O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


KO‘P XONALI SONLARNI RAQAMLASH MEТODIKASI



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

KO‘P XONALI SONLARNI RAQAMLASH MEТODIKASI 
 
Bu mavzuda o‘qituvchining vazifasi quyidagilardan iborat.
a) predmetlarni bittalab, o‘ntalab, yuztalab, guruhlarga birlashtirib sanash;. 
b) 1000 ichida sonlarni o‘qish va yozish hamda ularni natural qatorda kelish 
tartibini bilish; 
v) Sonlarni yuzlik, o‘nlik va birliklardan hosil qilish.
g) O‘ngdan chapga hisoblaganda, birliklar, o‘nliklar, yuzliklar qaysi o‘rinda tu-
rishini bilish; 
d) Sonni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida yoza olish va xona 
birliklarini bilish. 
1000 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi 
bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallab olishlari kerak.
1. 1000 ichida sonlarni raqamlashni, sonning hosil bo‘lishini, o‘zidan oldingi 
va keyingi sonlar bilan aloqadorligini bilish.
2. Har bir sonni sonlar qatoridagi o‘rnini bilish.
3. Sonlarning o‘rni qiymatlarini bilgan holda o‘qish va yoza olish. 
4. Тaqqoslash. 


63 
5. Sonni xona yig‘inidisi ko‘rinishida yoza olish. 
6. Sonlarning natural ketma-ketligini bilgan holda qo‘shish va ayirishni ba-
jarish. 
7. Uch xonali son va uchinchi xona birliklari tushunchasini bilish. 
Ko‘p xonali sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar: 
1. Milionlar sinfi ichida natural qator sonlarining nomlarini o‘zlashtirib olishla-
ri, ularning qanday hosil bo‘lishini tushunishlari, ularning o‘nli tarkiblarini bilib 
olishlari kerak. 
2.Sinflarning nomlarini va har bir sinf ichida xonalarni bilishlari kerak. 
3.Milionlar sinfi ichida har qanday sonni o‘qiy olishlari va yoza olishlari kerak. 
4. Sonlarni taqqoslay olishlari kerak. 
5.Har qanday sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida tasvirlay 
olishlari (berilgan sondagi birliklarning, o‘nliklarning va h.k.); 
6.Umumiy sonni topa olishlari, mayda birliklarni yirik birliklar bilan va aksin-
cha, yirik birliklarni mayda birliklar bilan almashtira olish. 
7. Sonlarni 10, 100, 1000 marta kattalashtira oldigan va nollar bilan tugaydigan 
sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytira oladigan bo‘lishlari kerak. 
1-topshiriq.
Raqamlash metodikasini o‘zlashtirish jarayonida quyidagi ko‘p 
xonali sonlarni hosil qilinishida 999, 9999, 99 999, ………, .. dan foydalanib ko‘p 
xonali sonlarni hosil qilish metodini tahlil eting.
Bu yerda xonalar birligi bo‘yicha yangi sanoq birligi hosil bo‘lishida, masalan, 
9 + 1, hosil bo‘ladi 10, bu yangi sanoq birligining hosil bo‘lishidir. 
Asosan o‘quvchilarga qiyinchilik 10 000 - 1, 100 000 - 1 va h.k. 
Buning uchun quyidagi qonuniyadan foydalanamiz: 
9 + 1 = 1010 – 1 = 9 
99 + 1 = 100100 – 1 = 99 
999 + 1 = 10001000 – 1 = 999 
9999 + 1 = 10 00010 000 – 1 = 9999 
Buni quyidagicha davom ettirish mumkin: 
9999 + 1 = ( 9900 + 99 ) + 1 = ( 99 + 1 ) + 9900 =
= 100 + 9900 = 10 000. 
10 000 - 1 = ( 9990 + 10 ) - 1 = 9990 + ( 10 -1 ) = 
= 9990 + 9 = 9999. 
2-topshiriq.
O‘quvchilarga «Raqamlash»ni shakllantirish bo‘yicha topshiriq, va 
mashqlarni o‘rganishni konsentrlari bo‘yicha analogiyadan foydalanib tahlil eting. 
3-topshiriq.
Maktab darsligidan foydalanib quyidagilarni mustahkamlaydigan 
mashqlar tuzing. 
a) ko‘p xonali sonlar ketma-ketligini saqlaydigan natural qatorni aniqlang. 
b) sonlar tarkibi va sinflar tarkibini aniqlang. 
d) o‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlarning o‘nli tarkibini tahlil etishga 
oid mashqlarni ajrating.
e)raqamlar joylashishi bo‘yicha fikr yuriting. 
Nazorat savollari: 


64 
1. O‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlarni raqamlashni o‘rganishning aso-
siy vazifalari qanday? 
2. Bolalarni yangi sanoq birligi bilan tanishtirishga bag‘ishlangan dars qismini 
ishlab chiqish qanday amalga oshiriladi? 
3. Raqamlashning asosiy bosqichlari nimalardan iborat? 
4. O‘qituvchining asosiy vazifalari nimada? 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə