O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

2.MASSA (vazn, og‘irlik ). 
Bu bo‘limda o‘quvchilar massa (vazn) tushunchasi va uning o‘lchov birligi - 
«kilogramm»
bilan tanishadilar. Bu mavzuni o‘rganishdagi atamalarga alohida 
ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Sababi, so‘nggi vaqtlargacha massani oddiy 
tarozda tortib, uning ko‘rsatkichlarini «og‘irlik» deb atar edilar. Vaholanki, massa 
va og‘irlik bir xil narsa emas. Og‘irlik – massani tezlanishga ko‘paytmasidan ibo-
rat bo‘lgan kuchdir. Shuning uchun bolalarga savol berilganda «ushbu predmetni 


66 
og‘irligi qancha?» deb emas, «ushbu predmetning massasi qancha?» deb so‘rash 
joiz bo‘ladi. Savolning bunday shaklda qo‘yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan. 
Massa haqida tasavvurni shakllantirish metodikasida quyidagi bosqichlarni 
ajratish mumkin. 
Bolalarda massa haqida qanday tushuncha borligini aniqlab olish kerak. 
Buning uchun o‘qituvchi shunday vaziyatdan foydalanish mumkin. 
Stolga ikkita bir xil rangli va o‘lchamli ikkita kubikni qo‘yish lozim. (Ularning 
birini yog‘ochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin. Ularning tashqi tomon-
dan farqi bo‘lmasligi kerak).O‘qituvchi bu ikkala kubik bir xil bo‘lsa ham, ularn-
ing o‘rtasida farqlar borligini tushuntirishi kerak. Shunda bolalarda bu farq nimada 
ekanligiga qiziqish uyg‘onadi. Ba’zi bolalar esa kubiklarni yaqindan va hatto 
ko‘tarib ko‘rishga harakat qilishadi. Shunda o‘qituvchi «og‘irroq» va «yengil-
roq»predmetning massasi bilan bog‘liq sifati ekanini tushintiradi. Matematikada
«og‘irroq» va «engilroq» so‘zlari o‘rniga «Ushbu predmetning massasi ko‘p (yoki 
kam)» degan iboralar ishlatiladi. So‘ng o‘qituvchi har bir o‘quvchiga (massasiga 
ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi) ikkita kitobni ikki qo‘liga olib, ulardan qay biri 
og‘iriroq ekanini so‘raydi. Javob turlicha bo‘lishi mumkin. Shunda o‘qituvchi 
predmetlar massasini qo‘lga olib chamalash mushkul ekanligini uqtiradi. Bunday 
hollarda eng oddiy pallali tarozilardan foydalanish mumkinligini tushintiradi va 
predmetlar massasini taqqoslash jarayonida undan foydalanish yo‘llarini tushunti-
radi. Zaruriy tajribaga esa amaliy mashqlar davomida erishiladi. O‘quvchilarning 
diqqatini taroz pallalari bo‘sh vaqtida ko‘rsatkich tillarning holatiga, so‘ngra esa, 
pallalarga har xil buyum qo‘yilgandan keyingi holatga qaratiladi. 
O‘qituvchi bolalarga, uzunlikni o‘lchashda qo‘llanilgani kabi, massani o‘lchash 
uchun o‘lchov birligi zarurligini ma’lum qiladi. Bunday o‘lchov birligi sifatida 
«kilogramm» qabul qilingan. 
O‘qituvchi 1 kg, 2 kg, 5 kg li taroz toshlarini namoyish etadi. O‘quvchilar 
toshlarini o‘lchash (tortish) bo‘yicha mashqlarni o‘tkazadilar. Buning oqibatida 
ular miqdorlar haqida tasavvurni kengaytirish o‘lchov bilan boshqa mavzularni 
kengroq anglash, hisob-kitob bo‘yicha ko‘nikmalarini mukammallashtiradilar.
Massalarning yig‘indisi, ayirmasi yoki qoldig‘ini topish bilan bog‘liq masala-
larni yechish jarayonida o‘quvchilar bir xil nomdagi birliklarda ifodalangan mi-
qdorlarni qo‘shish va ayirishga oid vazifalarni bajaradilar. 
4. Hajm. 
Hajm tushunchasi va uning o‘lchov birligi 
litr
tushunchasi bilan bolalar bi-
rinchi sinfda tanishadilar. 4- sinfda hajm o‘lchov birligining sodda ko‘rinishlari
o‘rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o‘rganishda bir nomli ko‘rsatkichdan 
boshqa nomli ko‘rsatkichga o‘tish, ikki xil nomdagi hajm miqdorini qo‘shish va 
ayirish kabi jarayonlar bo‘lmaydi. 
Hajm va uning o‘lchov birligi litr bilan tanishish jarayonida quyidagi muam-
moli holatlardan foydalanish mumkin. 
1. O‘qituvchi stolida suv to‘latilgan ikki xil idish turibdi. Har ikkovida suv bir 
xil to‘latigan bo‘lsa ham idishlardan biri ingichka, ikkinchisi esa yo‘g‘on va ikki 


67 
xil hajmda ikkita stakan (ularni 1 va 2 deb belgilaymiz) va suvni quyish uchun 
ishlatiladigan yana boshqa uchinchi idish bor.
O‘qituvchi 1 sonli stakan bilan har ikkala idishdagi suvlar hajmini o‘lchashni 
topshiradi. O‘quvchilar katta idishda 10 stakan, kichik idishda 5 stakan suv borlig-
ini aniqlaydilar. Bundan tegishli xulosa chiqariladi.
Keyin ikkinchi stakan bilan har ikki idishdagi suv o‘lchanadi. Bu holatda katta 
idishdagi suv 4 stakan, kichik stakandagi suv 2 stakan chiqadi. Ya’ni xulosa qi-
linadi.
Endi o‘qituvchi katta idishdagi suvni ikkinchi stakan bilan, kichik idishdagi su-
vni birinchi stakan bilan o‘lchashni topshiradi. Yakunlarni muhokama qilish 
o‘quvchilarni shunday xulosalarga olib keladiki, idishlardagi suv hajmini o‘lchash 
va taqqoslash uchun bitta o‘lchov birligidan bitta stakandan foydalanish zarur 
ekan. Bu holatda uzunlikni santimetr bilan, massani esa kilogramlar bilan 
o‘lchashni misol keltirib, hajmni o‘lchash uchun litrdan o‘lchov birligi sifatida 
foydalanishni tushuntiradi.
2. Suvli ikki idishdan biri kengroq ikkinchisi uzunchoq bo‘lib, ikkinchisidagi 
suvning balandligi birinchisiga nisbatan yuqoriroq. O‘qituvchi savol beradi: «Bu 
idishlarning qaysi birida suv ko‘proq?». Javoblar turlicha bo‘ladi. Qaysi idishda 
suv ko‘proq ekanligini hal etish kerak. O‘quvchilarning o‘zlari idishlardagi suvni 
o‘lchash uchun uchinchi idishdan foydalanishni taklif etadi. Bolalar suvni o‘lchash 
jarayonida har ikkala idishda ham bir xil hajmdagi bir xil suv bor degan fikrlarga 
kelishlari ham mumkin. O‘qituvchi o‘lchovlar yakuni bo‘yicha qo‘yidagicha 
xulosaga keladi: turli hajmli idishlarda turli miqdorda suv bo‘lishi mumkin va 
ularni yuzaki chamalash mumkin emasligini, o‘lchov yo‘li bilan aniq natijaga er-
ishish mumkinligini tushuntiradi. Hajmning o‘lchov birligi kiritilganidan so‘ng 
turli amaliy mashqlar bajariladi. Masalan: «Bir idishda 5 l suv bor, ikkinchisida 3 l 
suv bor. Har ikkala idishdagi suvlar hajmi teng bo‘lishi uchun nima qilishi 
kerak?». (Birinchi idishdan ikkinchisiga suv quyilsa unda ikkala idishda 4 litrdan 
suv bo‘ladi, yoki birinchi idishdagi 2 l suv to‘kib tashlansa, har ikkala idishdagi 
suvning hajmi teng bo‘ladi). «Bir idishda 3 l. suv bor. Ikkinchisida esa 2 l. 
ko‘proq. Nima qilsak, ikkinchi idishda birinchi idishga nisbatan 1 l suv ko‘proq 
bo‘ladi?». 
Birinchi masala kabi, bu ham bolalarda fikrlash haqiqiy javobni topish davom-
ida aqliy harakatni yuzaga keltiradi. Masalan, bolalar, birinchi idishga 1 l suv 
qo‘shimcha quyishni, yoki birinchisiga 2 l, ikkinchisiga 1 l suv yana quyishni tak-
lif etishlari mumkin. Bu takliflarning hammasi amalda bajarilib ko‘rilishi kerak, 
ya’ni, hajmni o‘lchash bo‘yicha mashqlarga aylanishi kerak. Yuqorida keltirilgan 
vazifalar bolalarda oddiy holat – idishdagi suvni stakan bilan o‘lchashga nisbatan 
ko‘proq qiziqish uyg‘otish mumkin.
5.Vaqt. 
Mavjud dastur bo‘yicha vaqt miqdori va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 
2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi 
murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq 
lozim. 


68 
O‘quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni 
qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi 
sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi.
2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar 
o‘rganiladi. 3-sinfda esa, sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt 
haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida 
tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berishi 
mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut 
o‘tgach,bolalar ham qarsak chalishini tushuntiradi. (bolalar bir minut vaqt o‘tishi 
uchun 60 gacha sanashlari kerak ). Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija be-
radi. Darslikda keltirilgan mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida 
qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə