O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

 
ALGEBRAIK MATERIALLARNI 
 O‘RGANISH METODIKASI
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,14,15,,16,17,18 
 
Boshlang‘ich sinflarda arifmetik materiallarni o‘rganib yakunlash algebraik 
materiallarni va matematika simvolikani o‘rganish bilan umumlashtiriladi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar alfavitni matematik simvol tarzida qo‘llay 
boshlaydilar. Shu orqali algebraik ifoda, tenglik, tengsizlik, tenglama to‘g‘risida 
boshlang‘ich ma’lumot oladilar. 
Bular to‘g‘risida ma’lumot berishning asosiy maqsadi arifmetik amallarning 
mohiyatini to‘laroq ochish, shuningdek, keyingi sinflarda o‘rganiladigan algebra 
fani uchun zaruriy tayyorgarlikni amalga oshirishidir. 
Lekin, algebraik misollarni yechish algebra qoida va qonuniyatlarga asos-
lanmasdan arifmetik qoidalarga asoslanadi. 
Masalan, 3+a=10 dan a qo‘shiluvchini topish no’ma’lum komponentni topish 
qoidasi bilan yechiladi. 
Algebra materiallarini o‘rganish algebraik ta’riflarga asoslanmaydi. 
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf dasturining asosiy mazmuni natural sonlarni 
og‘izaki va yozma raqamlash va ular ustida 4 arifmetik amallarni bajarish mala-
kasini berishdir. Shuning uchun 1-sinfdan boshlab sonlarni o‘qish va yozish mala-
kalari bir necha bosqichga bo‘lib o‘qitiladi. 
Masalan, 10 ichida og‘zaki va yozma raqamlash, 100, 1000 va ko‘p xonali son-
lar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Sonli ifodalar deganda sonni biror amallar bi-
lan birlashtirilgan yoki alohida yozilgan bir xonali, yoki ikki xonali yoki ko‘p xon-
ali sonlarni o‘qish va yozishni tushunamiz. 
Nazorat uchun savollar. 
1. Matematika boshlang‘ich kursiga algebra elementlarini kiritishdan qanday 
maqsadlar ko‘zda tutiladi? 
2. Тenglama va tengsizlik tushunchalarini shakllantiruvchi mashqlar tizimini 
ishlab chiqing. 
3. Sonli ifodalar, o‘zgaruvchan ifoda tushunchalarini shakllantirishga qaratil-
gan dars bo‘lagini ishlab chiqing. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə