O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


OG‘ZAKI HISOBLASH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

OG‘ZAKI HISOBLASH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH 
TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH METODLARI 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,14,15 
 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar og‘zaki hisoblash bilimini shakllantirish 
hozirgi zamon o‘qitish metodikasida yangi texnologiyani joriy etishni asosiy ma-
sala qilib qo‘ymoqda. Lotin yozuviga asoslangan matematika darsliklarimizda 
ayniqsa, yuz ichida, ming ichida arifmetik amallar bajarish jarayoni o‘quvchilarni 
fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradigan, ijodiy qobiliyatini aniqlaydigan, yig‘indidan 
ko‘paytmaga o‘tish qoidasi, ko‘paytma, bo‘linma tushunchalari, ularning kompo-
nentlari orasidagi munosabatlarini mukammal o‘zlashtirishni talab etadiki, bu 
yuqori sinf matematika fanidan oladigan bilimini mustahkamlash asosi bo‘lsin. 
Boshlang‘ich sinflarda eng qulay usul bilan hisoblash masalasi arifmetik amallar 
bajarishning asosiy tayanchi bo‘lib hisoblanadi. O‘qituvchi darslikdagi materiallar 
bilan cheklanib qolmasdan, balki ijodiy fikrlaydigan materiallar bilan darsni boyit-
ish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 10, 100, 1000 ichida ko‘paytirishni turli 
ko‘rinishlaridan foydalanish o‘quvchilarni qiziqishini oshiradi. 


83 
68x5 = (34x2)x5 =34x (2x5) = 34x10 =340 
68x50= 34x100=3400 
Qo‘shishning distrebutevlik qonuniga ko‘ra: 
17x50= (16+1) x50= 16x50+1x50=800+50 = 850
Sonlarni bo‘lish texnikasiga ko‘ra:
135:5= (135x2) : (5x2) =270:10=27 
2250:50=4500:100=45 
O‘quvchilar diqqatini shunga jalb etish zarurki, og‘zaki va yozma ko‘paytirish 
oddiy odat bo‘lib qolishini o‘qituvchi nazorat qilishi kerak. 
24x25 = (6x4) x 25= 6x (4x25) = 6x100=600 
Bunda imkon boricha qisqa holat tanlashga intilish zarur: 
24x25=(24:4) x(25x4) = 6x100=600 
Ko‘paytirishning qavslardan foydalanish holatlari juda ham qiziqarlidir: 
37x25=(36+1) x25=36x25+25=900+25=925 
35x25=(36-1)x25=36x25-1x25=900-25=875 
38x25=(36+2) x25=36x25+2x25=900+50=950 
25 ga ko‘paytirishning og‘zaki usulini 24 va 26 ga ko‘paytirishni
(25-1) va (25+1) ifoda bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir. 
(Bu chorak,bo‘lak, ulushlar tushunchasini o‘tganda zarur bo‘ladi.) 
Masalan: 36x26=36(25+1)=36x25+36x1=900+36=936 
36x24=36(25-1)=36x25-36x1=900-36=864 
25 ga bo‘lish esa, 5 ga bo‘lish qoidasidek bajariladi. Yuqoridagi hisoblashlarga 
teskari hisoblashlarni bajarish bilan mustahkamlaymiz. Bo‘luvchini 2 ga, 4 ga ikki 
martalab ko‘paytirish bo‘lgan hollar uchun xonalarni nollar bilan to‘ldirish qoida-
lariga asoslanadi: 
225:25=(225x2)x2=225x4=900 
Agar 9,99 va 999 ga ko‘paytirish kerak bo‘lsa, u holda eng qulay usulda 
hisoblash qoidasiga ko‘ra (10-1), (100-1), (1000-1) ko‘rinishlarda distrebutevlik 
qonuniga ko‘ra: 
678x9=678x(10–1)=6780-678=6102 
577x99=577(100–1)=57700-577=57123 
34x999=34(1000–1)=34000-34=33966 
2-sinfda (14x15) ko‘paytirish qoidasi
14x15=14(10+5)=140x14x5=140+70=210 
Buni 
darhol 
hisoblashga 
shoshilmasdan 
bajarish 
zarur, 
chunki
14x15=14x10+14x5=(14+7)x10=21x10=210
ko‘rinishda hisoblashni bajarishni unutmaslik kerak. 
Agar 23x15 bo‘lsa
23x15=(22+1)x15=22x15+1x15=330+15=345 
Shuningdek, 14 va 16 ga ko‘paytirishni (15+1) va (15-1) ifodaga almashtirish 
mumkin. 
66x14=66x(15–1)=66x15 – 66 = 990 – 66 = 924 
62x16=62(15+1)=62x15+15x1=930+62=992 
61x69=6(6+1)x100+1x9=4200+9=4209 


84 
243x247=24x25x100+3x7=60000+21=60021 
Bunday usullardagi hisoblashlarni bajarish o‘quvchilarni arifmetik amallar ba-
jarishda hisoblashlarini mustahkamlaydi.
Hisoblash malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyasiga asos bo‘ladi. 
Nazorat uchun savollar 
1. “10 ichida qo‘shish va ayirish” mavzusidagi dars bo‘lagini ishlab chiqing. 
2. “100 ichida qo‘shish va ayirish” mavzusidagi dars bo‘lagini ishlab chiqing. 
3. “ming va ko‘p xonali sonlar ustida arifmetik amallar ” mavzusidagi dars 
bo‘lagini ishlab chiqing. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə