Nizomiy nomidagi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə1/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTAB VA MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Himoyaga ruxsat etilsin”


Professional ta’lim fakulteti dekani
M.Qodirov
___ ______2023y”

3-kurs talabasi
RAJAMATOVA UMIDANING
Umumta’lim maktablaridachizmzchilik fanidan dars ishlanmalarini tayyorlash tartibi ” mavzusidagi
KURS ISHI


Ilmiy rahbar _______________
Kafedra mudiri________N.E.Tashimov


MUNDARIJA


KIRISH 2
I BOB . ADABIYOTLAR TAHLILI. 5
1.1. Maktabda chizmachilik fanini o‘qitishning tashkil etish va uning muammolari. 5
1.2. O‘quvchilarning dars jarayonida bilish qobiliyatini rivojlantirish asoslari. 12
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar 18
II BOB . TADQIQOTLAR NATIJASI. 19
2.1. Chizmachilikni o‘qitishda qo‘llaniladigan ishlanma mashqlar va ularning tayyorlash. 19
2.2. Chizmachilikdan grafik topshiriqlar tizimini yaratish metodikasi 33
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar 44
UMUMIY XULOSALAR 44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 45


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini takomillashtirish asosi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hisoblanadi. Ular yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo‘lgan, ijodiy va ijtimoiy faol, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil holda harakat qila oladigan, kelajakka qaratilgan vazifalarni qo‘ya olish va ularni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Oliy texnik ta’limni takomillashtirish konsepsiyasida ta’kidlanganidek, Milliy dasturning muhim vazifalaridan biri “Mamlakat sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat talablari, fan, texnika va madaniyatning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqadigan kadrlar tayyorlash mazmuni va strukturasini qayta tashkil qilishdan iboratdir”.1
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar chizmachilik darslarida an’anaviy topshiriqlarni to‘g‘ri va tez bajaradilar, lekin ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida har xil turdagi xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Xo‘sh, buning sababi nimada? Bizningcha, chizmachilik darslarida ilmiy-metodik jihatdan asoslangan ijodiy topshiriqlar tizimining yaratilmaganligi va bunday topshiriqlar ustida ishlash metodikasining ishlab chiqilmaganligidadir. Bunday topshiriqlardan foydalanishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, ular mustaqil fikrlashga o‘rgangan, odatlangan o‘quvchini har qanday sharoitda o‘z ijodiy imkoniyatlarini ishga solishi bilan bir qatorda, turli darajadagi o‘quv qiyinchiliklarini bartaraf etishlari va o‘quv materialini osongina o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadi.
Chizmachilik fanini o‘qitish metodikasiga A.D.Botvinnikov, V.N.Gerver, A.Umronxo‘jayev, J.Yodgorov, E.Ro‘ziyev, P.Odilov, kabi olimlar salmoqli hissa qo‘shgan. Jumladan o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish (N.Yodgorov) va fazoviy tasavvurni rivojlantirish (YE.N.Vlasov, V.Y.SHerbakova), kabi mavzularni tadqiq qilgan.
Yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning o‘quv topshiriqlari bo‘yicha olib borgan kuzatishlari, ularning didaktik hamda metodik ishlari biz o‘tkazadigan tadqiqotning asosi sanaladi. Har qanday fanda, jumladan, chizmachilik fanida ham tadqiqot asosini o‘rganish ilmiy ishni tashkil etish va boshqarishning ibtidosi hisoblanadi.
Ta’lim sohasidagi hujjatlarni o‘rganish, didaktikada qabul qilingan tadqiqot metodlari, didaktika, chizmachilik va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasida “Grafik topshiriqlar tizimini yaratish” tushunchasi va bu faoliyatga yordam beruvchi usul va metodlar ishlab chiqish, ta’lim sohasini rivojlantirishda o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan ta’lim texnologiyalarini tahlil qilish, o‘rta maktab va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha izlanishlar olib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Ammo qator yutuqlarga qaramasdan bu sohada ancha munozarali, atroflicha tadqiq qilinmagan masalalar talaygina. Shunday munozarali muammolar sirasiga «topshiriq, o‘quv topshirig‘i, ijodiy topshiriq» tizimini tahlil qilish hamda ularning o‘xshash va farqli tomonlarini belgilash, umuman, o‘quv topshirig‘ining, xususan, ijodiy topshiriqlarning «biluv topshiriqlari», «mustaqil ish», «amaliy topshiriq», «intellektual topshiriq»lardan farqlarini aniqlash, «o‘quv materiali va ijodiy topshiriq» tizimini tahlil qilib, umum o‘rta maktab chizmachilik darslarida ijodiy topshiriqlar to‘plamini tayyorlash mexanizmini o‘rganish muammolari kiradi.
Tadqiqot maqsadi: chizmachilikdan ijodiy grafik topshiriqlari tizimini yaratish va ulardan dars jarayonida foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish usullarini ishlab chiqish.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə