Nizomiy nomidagi


-jadval Grafik faoliyat turlari va ularning o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishga ta’siri



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə8/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

2.2-jadval
Grafik faoliyat turlari va ularning o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishga ta’siri

Faoliyat xarakteri

Faoliyat turi

I. Tafakkurni rivojlanitirishga yordam bermaydigan reproduktiv almashtirish (RA)

1. Savollarga javob
2. Masshtabli almashtirish

II. Tafakkurni past darajada faollashtiruvchi produktiv almashtirish (TPDFA).

  1. Proyeksiyalash metodini almashtirish

  2. Tasvirlash usullarini o‘zgartirish

  3. Tasvirga belgi va shartlar kiritish asosida chizmani soddalashtirish

  4. Predmet sirtini yoyish

  5. Chizmaga ko‘ra yassi(tekis) shakllarni kombinatsiyalash

III. Tafakkurni yuqori darajada faollashtiruvchi ijodiy-produktiv almashtirish (TYUDFA).

1. Tasvirlanadigan predmetning fazoviy holatini chizmada o‘zgartirish
2. Predmetning shaklini chizmada o‘zgartirish; 3. Fazoviy kombinatorika
4. Loyihalash mazmunidagi almashtirish

2.3-rasmda tafakkurni reproduktiv, past darajada va yuqori darajada faollashtiruvchi masalalar mazmuni keltirilgan.
O‘quvchilarning almashtirishlar bilan bog‘liq faoliyati hozirgi kunda inson uchun eng muhim bo‘lgan kombinatsiyalash, qo‘yilgan masalani har xil nuqtai nazardan tahlil qila bilish kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi.


2.3-rasm. Grafik almashtirishlarga oid masala turlari va ularning mazmuni

Bu turdagi faoliyatga qayta konstruksiyalash, axborotlarni yaqqol sxemalashgan belgili shakllar ko‘rinishiga keltirish, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan jarayon va hodisalarni obrazli-belgili modellarda boshqarish kabi sifatlar kiradi. Chizmachilik turli xil almashtirishlar bilan bog‘liq.


Biroq hozirga qadar almashtirishlar aniq va tizimli ravishda ajratib ko‘rsatilmagan. Bu esa uni ta’lim jarayoniga maqbul shaklda kiritishga va o‘quvchilarda almashtirishni maqbul bajarishni ta’minlovchi ish usullarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqishga xalaqit bermoqda. Almashtirishlar majmuasini nazariy tadqiq qilish va o‘quv jarayoniga kiritish eksperimental o‘qitishni talab qiladi.
Bitiruv ishida almashtirish majmuasi bo‘yicha o‘z nuqtai nazarimizni bayon qilib, unga quyidagicha ta’rif berganmiz. Almashtirish deb predmetlarning fazoviy xususiyati va munosabatini chizmada o‘zgartirishlar bilan bog‘liq grafik faoliyatni tushunamiz.
Ishning mazkur bobida chizmachilik kursida foydalaniladigan barcha o‘quv mashq va masalalarni tafakkur rivojiga ta’siri bo‘yicha tasnifga keltirib, ularni yechish jarayonida talab etiladigan faoliyat turlari tadqiq qilindi va shu tasnifdan grafik almashtirishlarga tegishli o‘quv topshiriqlar umumlashgan guruhlarga ajratib chiqildi (2.4-rasm).



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə