Nizomiy nomidagi


Ijodiy grafik topshiriq orqali o‘quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirish vositalari tizimi 2.1-жадвал



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə6/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

Ijodiy grafik topshiriq orqali o‘quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirish vositalari tizimi 2.1-жадвал

I. O‘quvchining mavjud bo‘lgan bilish qobiliyatlarini rivojlantirish vositalari

II. Bilish faoliyatini rivojlantirishga qulaylik yaratuvchi vositalar

Bilish faoliyatining
operatsion tomonlarini
shakllantirish

O‘quvchilarda o‘qishga
qizikish uyg‘otuvchi
vositalar

O‘quvchilar bilish
faoliyatining
tashqi tomonlarini
faollashtiruvchi
vositalar

O‘quvchilar bilish faoliyatining ichki
tomonlarini
faollashtiruvchi
vositalar

Oqilona usullarni shakllantirish

Darsda hissiy fonni yaratish

Ancha sodda bilish jarayonlarini
rag‘banlantirish
va o‘quvchining umumiy ish qobiliyatini saqlash

O‘quvchilarning fazoviy tasavvuri va ijodkorligini rag‘batlantirish

Real detallardan foydalanish

Materialni muammoli bayon etish

Kompyuter texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish

O‘quvchining mustaqil ishi

O‘yin va
musobaqalarni
qo‘llash, ekskursiya va hokazolar

O‘quv jarayonida
so‘zli va ko‘rgazmali, aniq
va mavhumiyning
to‘g‘ri o‘zaro munosabati

O‘z-o‘zini nazorat,
o‘zaro nazorat qilish

Ijodiy topshiriqlar

Alqissa, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish uning bilish faoliyatini shakllantirish jarayonida amalga oshirilar ekan, yuqorida ko‘rsatilgan har ikkala tarkibni bir-biridan ajratib bo‘lmasa ham bizning fikrimizcha, bilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini yechishda uni tabaqalarga ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.


O‘quvchi shaxsini ikkita yo‘nalishda rivojlantirish mumkin:
Bulardan birinchisi tafakkurni rivojlantirish va uni takomillashtirish, ikkinchisi shaxsning muayyan sifatlarini tarkib toptirishdir.
Tafakkurni faolllashtirish bilish faoliyatini rivojlantirishda asosiy bo‘g‘in bo‘lgani uchun bu guruh vositalarini quyida batafsilroq ko‘rib o‘tamiz.
O‘quvchi shaxsining muayyan sifatlarini shakllantirish masalasiga kelsak, bu holda mustaqillik, faollik, ijodiy yondashish, havas va shaxsning boshqa sifatlarini tarkib toptirish vositalari qo‘llaniladi.
Bilish faoliyatini rivojlantiruvchi vositalardan ikkinchi guruhi o‘quvchida mavjud bo‘lgan bilish qobiliyatini muayyan amallarini yechishga safarbar etishdir.
Bunga, asosan, ikkita yo‘l bilan erishish mumkin. Bulardan birinchisi turli vosita bilan o‘quvchilarga topshiriq bajartirish bo‘lsa ikkinchisi o‘quvchida o‘qishga qiziqish uyg‘otish bo‘lib, bunga o‘quvchi shaxsining motivatsion jihatlariga ta’sir o‘tkazish bilan erishiladi. Bunga darsda o‘quvchilarga emotsional holat yaratish, o‘quv materialini muammolar qo‘yib bayon etish, darsning boshida tajribalar namoyish qilish va boshqa vositalarni kiritish mumkin.
O‘quvchilarni hech qanday qiziqishlarsiz majbur etish yo‘li bilan olib borilgan ta’lim o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan moyilligini bo‘g‘ishi mumkin.
O‘quvchilarning bilish qobiliyatini faollashtiruvchi uchinchi guruh vositalar ta’limda befoyda vaqt sarflanadigan ishlarning oldini olish bo‘lib, buning evaziga tafakkurning maqbul zo‘riqish bilan ishlashiga shart-sharoit yaratish orqali bilish jarayonini faollashtirishdir. Bu guruhga o‘quvchilar mehnatini yengillashtiruvchi turli-tuman didaktik vosita (kompyuter, chizish asbobi va hokazo) larni kiritish mumkin.
Chizmachilik ta’limida chizmasi tayyor tarqatma didaktik materiallardan foydalanish vaqt budjetini tejashga sezilarli yordam beradi. Ayniqsa, grafik masalalarning shartini ko‘chirish uchun yechishga ketadigan vaqtdan ikki hissa ortiqdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda chizmachilik o‘qitishda qo‘llaniladigan chizmasi tayyor tarqatma materiallarni ham faollashtiruvchi vositalar qatoriga kiritish mumkin. Bu vositalardan foydalanib dars o‘tilganda tejalgan vaqt hisobiga o‘quvchilarning bilish faoliyatini vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turishga keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratiladi.
O‘quvchilarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil qilish va uni boshqarishga muammoli o‘qitish alohida o‘rin tutadi. Biroq keyingi vaqtda maktablarda muammoli ta’lim berish metodi bir muncha susayayotgani sezilmoqda. Buning asosiy sababi bir tomondan o‘quv muammosining yechishni bosqichlar asosida berilgan vaqt budjeti doirasida hal etish qiyinchiligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘qituvchilar uchun ta’limning bu usuli bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarning yetarli emasligidadir.
Ma’lumki, tafakkurning faol ishlashi uchun o‘quvchi oldiga o‘quv muammosi qo‘yish va unga javob izlashni talab qilish lozim. Biroq shuni e’tiborga olish kerakki, har qanday topshiriq ham tafakkurning faol ishlashini ta’minlay olmaydi. Chunki, ta’limda qo‘llanadigan tipik mashqlarni yechish usullari izlanish talab qiluvchi mashqlardan farq qiladi. Binobarin, har qanday o‘quv vazifalarini ham muammoli topshiriq deb bo‘lmaydi.
Chizmachilik o‘qitish amaliyotida tipik o‘quv mashqlar yechish keng qo‘llaniladi. Masalan, chizmalarni o‘qishga mo‘ljallangan ikki ko‘rinish bo‘yicha detalning uchinchi ko‘rinishini yasash mashqini izlanish topshirig‘i deb bo‘lmaydi. Izlanish talab qiluvchi o‘quv muammosida masalaning muammoli sharti va uning yetishmaydigan elementlari bo‘lishi shart. Bundan tashqari yechimi maqbul xarakter kasb etishi kerak.
Ma’lumki, matematika, fizika va texnikaviy fanlarni o‘qitishda fazoviy almashtirish tushunchasi atroflicha qaraladi. Bitiruv ishida mazkur tushuncha chizmachilik o‘quv fani nuqtai nazaridan izohlangan.
Chizmachilik fanida fazodagi (uch o‘lchovli Yevklid fazosi) jismlarni tekislikka tasvirlash maqsadida markaziy proyeksiyalash, parallel proyeksiyalash (xususiy holda ortogonal proyeksiyalash), aksonometrik proyeksiya kabi usullar qo‘llaniladi. Shuningdek, predmetning ikki yoki uch tekislikdagi proyeksiyasini hosil qilish; predmetning uchta proyeksiyasiga asosan yaqqol tasvirini chizish; chizmada kesim va qirqim bajarish; predmetning fazodagi holati, shaklini o‘zgartirib, ayrim qismlarining o‘rnini almashtirib, uning biror qismini olib tashlab proyeksiyalarini hosil qilish; fazoviy jismlarni kombinatsiyalash, predmet sirtini tekislikka yoyish kabi amallar mavjud. Bularning barchasi chizmachilikda fazoviy almashtirish deb qabul qilingan.
Quyida ta’lim jarayonida o‘quvchilarning fazoviy tasavvur va mantiqiy tafakkur kabi xislatlarini rivojlantiradigan fazoviy masala turlari va ularni yechish bilan bog‘liq faoliyat turlarini tahlil qilamiz (2.1-rasm).



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə