Nizomiy nomidagi


Birinchi bob bo‘yicha xulosalar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə5/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

Birinchi bob bo‘yicha xulosalar


1.8-9- sinflarda chizmachilitkda mavjud va fo‘llanib kelinayotgan grafik topshiriqlar tahlil qilindi. Mazkur tahlilga ko‘ra «topshiriq» tushunchasining keng qamrovli tushuncha ekanligi aniqlandi.
2. Chizmachilik o‘qitish jarayonida o‘quvchilar qobiliyatining eng muhim sifati o‘quvchilarda fazoviy tasavvurning tarkib topishi bo‘lib, bu ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida qo‘l kelishi aniqlandi va asoslandi.


II BOB . TADQIQOTLAR NATIJASI.

2.1. Chizmachilikni o‘qitishda qo‘llaniladigan ishlanma mashqlar va ularning tayyorlash.


Pedagogik va metodik adabiyotlarda, shuningdek, ilmiy-tadqiqotlarda bilish qobiliyatini rivojlantirish usullariga turlicha qaralgan.


Har bir o‘quv predmetini o‘qitishning usul va metodlari mavjud. Bulardan eng ko‘p tarqalgani o‘quvchilar oldiga masala va mashqlar qo‘yib, uni mazmunini anglatuvchi, sinfda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, o‘qituvchining savodli, dasturlashtirilgan (programmalashtiril-gan) ta’limi, o‘quv mashqlarini o‘quvchilarga tabaqalashtirgan holda yondashish, bilimlarni nazorat qilish, munozaralar, suhbat, izohli mashqlar, mustaqil ishlar, taqqoslash va solishtirishlar, ekskursiyalar, ta’limning texnika vositalaridan foydalanish va hokazolardir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bilish qobiliyatini rivojlantirish usul va metodlarini qo‘llashning o‘ziga xos vositalari bor. Shuning uchun kelgusi tahlillarimizni qulaylashtirish maqsadida maktab amaliyotida foydalaniladigan rivojlantirish vositalarini quyidagi uchta guruhga bo‘lib bayon etamiz.
Birinchi guruhga o‘quvchi shaxsi va uning bilish faoliyatini rivojlantirishni, ikkinchi guruhga o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan bilish qobiliyatlarini o‘quv topshiriqlarini bajarishga safarbar etishni, uchinchi guruhga bilish faoliyatini rivojlantirish vositalarini kiritamiz (2.1-jadval).
Yuqorida aytilganidek, birinchi guruh rivojlantirish usullari, asosan, ikkita maqsadni amalga oshirishga yo‘naltiriladi: bulardan biri bilish faoliyatini rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchisi o‘quvchi tafakkurini tarkib toptirishdir.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə