Nizomiy nomidagi


Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, chizmachilikdan ijodiy topshiriqlar tizimini tayyorlashda quyidagi metodik tamoyillarga asoslanmoq zarur



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə14/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, chizmachilikdan ijodiy topshiriqlar tizimini tayyorlashda quyidagi metodik tamoyillarga asoslanmoq zarur:
- ijodiy o‘quv topshiriqlarining o‘quv materialiga mosligi;
- ijodiy o‘quv topshiriqlarining o‘quvchilarning yoshi, qiziqishi, bilish imkoniyatlariga mosligi;
- topshiriqlarining izchilligi;
- o‘quv topshiriqlarining mantiqiy bog‘liqligi;
- o‘quv topshiriqlarining mantiqiy yakun topishi.
Chizmachilikdan ijodiy o‘quv topshiriqlari tizimini tayyorlashda quyidagi metodik tamoyillarga rioya qilinadi.
1. Ijodiy o‘quv topshiriqlarining o‘quv materialiga mosligi. O‘qituvchi o‘quv topshirig‘ining o‘quv materiali mazmuniga tengligi talabidan kelib chiqib, o‘quvchilar faoliyatini boshqaradi. Bu tamoyil o‘quv materiali mazmunini to‘liq o‘zlashtirish mantig‘iga rioya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2. Ijodiy o‘quv topshiriqlarining o‘quvchilarning yoshi, qiziqishi, bilish imkoniyatlariga mosligi. Bu tamoyil o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish talablarini amalga oshirishga mo‘ljallangan.
4. Topshiriqlarining izchilligi. Bu tamoyil jarayonlarning o‘zaro aloqadorlik xususiyatlarini belgilaydi.
5. O‘quv topshiriqlarining mantiqiy bog‘liqligi. Bu tamoyilga rioya qilish yo‘li bilan o‘quvchilar o‘zlashtirishining davomiyligi amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bu tamoyil o‘quv topshiriqlarining osonligi va qiyinligini, soddaligi va murakkabligini boshqarish mezoni sanaladi.
6. O‘quv topshiriqlarining mantiqiy yakun topishi. Bu tamoyil o‘quvchilar o‘zlashtirishining sistemligi g‘oyasiga asoslanib, o‘quv topshiriqlari to‘plamiga qo‘yiladigan pedagogik talablarni o‘rgangan. Kompleksda, uning yozishicha, o‘quvchilarning ijodiy va noijodiy ishlariga mos keladigan, dars tiplari va uning bosqichlari bilan uzviy bog‘langan, ham sinf jamoasining, ham alohida o‘quvchining bilish ehtiyojlarini ta’minlaydigan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish talablariga javob bera oladigan o‘quv topshiriqlarining barcha turlari, tiplari mavjud bo‘lishi zarur.
Bundan tashqari, chizmachilik ta’limi jarayonida foydalaniladigan ijodiy topshiriqlarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
- o‘quvchilar tomonidan misol va masalalar tuzish hamda ularni o‘zgartirishga dior topshiriqlar;
- misol va masalalarni biror belgisiga ko‘ra guruhlarga ajratishga doir topshiriqlar;
- taqqoslashga doir topshiriqlar;
- sharti yetishmaydigan topshiriqlar;
- ko‘p yechimli topshiriqlar;
- nostandart yechimga ega bo‘lgan topshiriqlar;
- mantiqiy xarakterdagi topshiriqlar;
-predmetlarning fazoviy holatini almashtirish bilan bog‘liq (predmetning shakli yoki fazoviy holatini o‘zgartirish);
-yig‘ish chizmalarini bajarishga aloqador, tasvirni rekonstruksiyalash,
- ularni qisman almashtirish;
- loyihalash elementlari bo‘lgan masalalar;
-tavsif bo‘yicha moslamalar va ular uchun zarur bo‘lgan barcha chizmalarni bajarish talab etiladigan ijodiy xususiyatdagi masalalar.
Mazkur masalalar oddiydan murakkabga didaktik prinsipiga asoslangan bo‘lib, ularni murakkablik darajasiga ko‘ra tabaqalashtirilgan tizimi ishlab chiqilgan (2.6-rasm).

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə