3 I bob Bolalarni maktabga tayyorlashning nazariy asoslari



Yüklə 161 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü161 Kb.
#152272
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maktab ta\'limiga tayyorlashda ta\'lim tarbiyaviy jarayonning o\'rni (2)



Mundarija
Kirish........................................................................................................................3
I Bob Bolalarni maktabga tayyorlashning nazariy asoslari
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab dasturlarining izchilligi.............. ......6
1.2 Bolalarni maktabda o’qishga psixologik tayyorgarligi......................................9
II BOB. Maktab ta’limiga tayyorlashda ta’lim- tarbiyaviy jarayonning o’rni va o’ziga xos xususiyatlari
2.1 Maktab ta’limiga tayyorlashda bolalar faoliyatini tashkil etishning ahamiyati.................................................................................................................17
2.2 Tayyorlov guruhdagi bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi.....................................................................................................................22
Xulosa va tavsiyalar.................................................................................................29
Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................................31

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi.Har qaysi davlatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda har bir mamlakat o’zining intellektual salohiyati o’sishi uchun turli islohotlar olib bormoqda. Mamlakatimizning asosiy boyligi har tomonlama rivojlangagn avloddir va fdavlatimiz farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli bo’lib o’sishlari uchun maktabgacha ta’lim tashkilotidayoq maktabga tayyorlash ularning ilmiy savodxonligini oshirish juda muhim hisoblanadi aynan shu zarurat tufayli ushbu mavzuni dolzarb deb hisoblayman.

Yüklə 161 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə