3 I bob Bolalarni maktabga tayyorlashning nazariy asoslari


Bolalarni maktabda o’qishga psixologik tayyorgarligi



Yüklə 161 Kb.
səhifə3/9
tarix19.12.2023
ölçüsü161 Kb.
#152272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maktab ta\'limiga tayyorlashda ta\'lim tarbiyaviy jarayonning o\'rni (2)

1.2. Bolalarni maktabda o’qishga psixologik tayyorgarligi
Bola hayotida maktabdagi o'qitish jarayoni atrofdagilar bilan munosabat tizimini o'zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan o'quv faoliyati bola hayotida markaziy o'rinni egallaydi. Bunda erkin o'yin faoliyatini farqli ravishda majburiy faoliyat egallaydi. Endi 1-sinf maktabgacha yoshdagi sidan quyidagi jiddiy munosabatlar talab etiladi. Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolalar kundalik hayot jarayonini qayta quradilar; - Kun tartibi o'zgaradi; Erkin o'yinlar vaqti qisqaradi;Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi, intizomliligiga talab ortadi; Maktabgacha yoshdagi bolalarning o'z xatti-harakati, majburiyatlarini bajarishga mas'uliyati ortadi. Maktabgacha yoshdagi ning bu yangi holati uning shaxsini alohida ma'naviy jihatdan yo'nalganligini yaratadi. Unda o'z Vatani, oilasi va kishilar oldidagi burch va majburiyatlarni anglay olish, mamlakat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shish kabi ijobiy sifatlar rivojlanib boradi. Maktabgacha yoshdagi o'zining jamiyat uchun kerakligini tushuna boradi.Maktab maktabgacha yoshdagi dan - aqliy faoliyatning murakkabroq shakllarini, axloqiy-irodaviy sifatlarning yuksakroq rivojlan- gan darajasini, o'z xatti-harakatini boshqarish qobiliyatini, katta ishchanlik qobiliyatini talab qiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotining vazifasi - Davlat talablari asosida maktab talablariga muvofiq ravishda maktabda o'qishga tayyorgarlikni tarkib toptirishdan iborat. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash:Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim tarbiyaviy ishni umumiy va har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajada ta'minlanishi;Maktabning boshlang'ich sinflarida o'zlashtirishlari lozim bo'lgan o'quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta'minlashni nazarda tutadi. Pedagog olimlar va psixologlar (L.A.Venger, A.V.Zaparojes, G.M.Lyaminya) va zamonamiz pedagog olimlari (F.R.Qodirova) tomonidan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning quyidagi jihatlari ta'riflangan:• Maktab ta'limiga umumiy tayyorgarlik; Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik;- Maktab ta'limiga maxsus tayyorgarlik. Maktab ta'limiga umumiy tayyorgarlikni amalga oshirishda quyidagi omillar muhim hisoblanadi:Tengdoshlar bilan o'zaro munosabatlarda madaniy xulq qoidalariga rioya qilish; Maktab mulkiga tartibli va ehtiyotkorona munosabatda bo'lish. Bu talablarni bajarishga tayyorgarlik, avvalambor, oilada, maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladigan maqsadli, tizimli ta'lim-tarbiyaviy jarayonda amalga oshirilishi lozim. Axloqiy-ma’naviy tayyorgarlik maktabgacha yoshdagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo'ladi. Bunda maktabgacha yoshdagi bilan ishlashda quyidagilarni hisobga olish zarur: Xulq-atvorni ongli boshqarishga ko'maklashish; Dafatan asabiylashib ketishga erk bermaslik; Kutilgan maqsadga erishishda qat'iyatni namoyon etishdagi yordam. Bo'lajak maktabgacha yoshdagi xulq-atvoridagi ixtiyoriylikning rivojlanish asosini Maktabgacha ta'lim yoshi oxiriga kelib tarkib , o'zaro bo'ysunuvchilari tashkil etadi. Sabablarning o'zaro bo'ysunganligi bu yoshdagi bolalarning ushbu daqiqadagi o'z ishtiyoqlarini ma'naviy ahamiyatli maqsadlar yo'lida yengish uchun irodaviy, ongli intilishga aloqadordir. Ma'lumki, maktabgacha yoshdagi bolani xulq-atvori ixtiyoriylikning yuqori darajasi bilan ajralib turadi, ammo bu davrda maktabdagi yangi xulq-atvor turiga o'tishni ta'minlaydigan ixtiyoriy xulq-atvor mexanizmining tarkib topishi muhimdir. Ma'naviy-axloqiy tayyorgarlikning qaror topishida quyidagi uch jihat:Mustaqillik; Uyushganlik; Intizomlilik muhim ahamiyat kasb etadi.Maktabgacha yoshdagi bolada mustaqillikni tarbiyalash va shakllantirish maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga oshiriladigan barcha ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda o'z aksini topadi. Bola maktabda o'z xulq-atvori va boshqa jarayonlarda mustaqil bo'lishga intiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitishda u maktabgacha ta’lim tashkilotida egallagan birgalikdagi mehnat malakalari ishni rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash, o'z holatlarini o'rtoqlari bilan kelishish, ishni oxiriga yetkazish katta o'rin egallaydi. Xulosa qilib, bolaning maktabda o'qishga ma'naviy-axloqiy tayyorgarligi uni maktab yillarida axloqiy-irodaviy rivojlanti- rishning muayyan yakuni sifatida namoyon bo'Iadi. U maktab ta'limi nuqtayi nazaridan bola shaxsi va xulq-atvorining o'z mazmuniga ko'ra bolaning maktab sharoitiga moslashish, o'z majburiyatlarini mas’uliyatli bajarish, o'qituvchi va nisbatan axloqiy munosabatini shakllantirish uchun zamin tayyorlaydi, Ma'naviy-axloqiy tayyorgarlik bolani maktabda o'qishga aqliy va jismoniy tayyorgarligi bilan uzviy aloqadordir. Bolaning maktabda o'qishga aqliy tayyorgarligi.Bolalarni maktab ta'limiga aqliy jihatdan tayyorgarligining ahamiyati o'quv faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi. Bu maktabgacha yoshdagi bolalardan jiddiy aqliy mehnatni, aqliy qobiliyatni va bilish foaliyatini talab qiluvchi o'quv jarayonida kelib chiqib belgilanadi. Maktabga aqliy tayyorgarlik quyidagi tarkibiy qismlardan tarkib topadi:oladi atrof-olam haqida yetarlicha keng bilim boyligining mavjudligi. Bilimlarning bu zaxirasi o'qituvchi ishini tashkil etishda zaruriy asos hisoblanadi;

  1. Bolalar bilimlarining yetarli darajada hisoblashtirilganligi. Bu bola voqelikning nisbatan yirik sohalarini (jonli va jonsiz tabiat inson faoliyati, narsalar olami va h.k.) ayrim tomonlarini farqlay olishi;Bola egallagan bilimlarining sifati. Bunda bilimlarning sifat ko'rsatkichi, ongli ravishda egallanganligi, tasavvurlarning aniq va tabaqalashtirilganligi, oddiy tushunchalar mazmuni va hajmining to'liqligi, muntazamlilik (funksional, makon va zamon munosabatlari, sabab, oqibat va shu kabilarni aks ettira bilish qobiliyati).Bolaning bilish faoliyatining muayyan darajada rivojlanganligi. Bunda bilish jarayonlarining o'sib boruvchi ixtiyoriyligi: mavzuni ma'no jihatidan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati, bilish jarayonining sifatini oshirish, sezgilarning aniqligi, idrokning to'liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi, bolada atrof-olamni bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o'qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Psixolog olimlarning (L.I.Bojovich, L.A.Venger, A.A. Lyublinskaya) fikricha, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olishga bo'lgan qiziqishni, ishtiyoqni, o'qishga va maktab qoidalarini bajarishga istakni tarbiyalash, maktabga ijobiy munosabatni, kitobga qiziqishni tarkib toptirish, maktabgacha yoshdagi larda barqaror o'quv qiziqishlari va maktabdagi o'quv jarayoniga mas'uliyatli munosabatni hosil qilishning muhim zamini hisoblanadi. Bo'lajak maktabgacha yoshdagi ni maktabga aqliy tayyorgarligida-tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhimdir. Bunda maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim-tarbiyaviy va pedagogik sharoitlarda olib boriladigan har tomonlama ishlar asos hisoblanadi. Bolalarning tafakkur faoliyatlarini shakllantirishda tahlil qilish, sintez, oddiy umumlashtirish, qiyoslash qobiliyatlari tarkib toptiriladi. Aqliy faoliyatning elementar mustaqilligini ta'minlashda bola o'z amaliy faoliyatini mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish ko'nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo'yish va uni hal eta olish ko'nikmalari rivojlantiriladi.

Bolalar muntazam ta'lim olish jarayonida, maktabgacha davrning oxiriga kelib, o'quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini:Tushunarli o'quv vazifasini qabul qilish;Tarbiyachining ko'rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni; Kattalar tomonidan ko'rsatilgan usullardan foydalangan holda ishni bajarish va natijaga erishish;O'z xatti-harakati, xulq-atvori, faoliyati va topshiriqlarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish ko'nikmasi;O'zining va boshqalarning ishlariga tanqidiy baho bera olish qobiliyatlarini egallay olishlari;Tarbiyachi tomonidan qo'yilgan ma'lum talab va qoidalarga ongli ravishda bo'ysunish ko'nikmasini tarkib toptirish zarurdir.Maktabga aqliy tayyorgarlik quyidagi ko'nikmalar asosida amalga oshiriladi:Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik;Bilish jarayoni: atrof-olam to'g'risidagi bilimga ega bo'lish va uni anglash.a} Elementar matematik bilim va ko'nikmalar;Tasviriy faoliyat;Musiqa.

Yüklə 161 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə