3 I bob Bolalarni maktabga tayyorlashning nazariy asoslari



Yüklə 161 Kb.
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü161 Kb.
#152272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maktab ta\'limiga tayyorlashda ta\'lim tarbiyaviy jarayonning o\'rni (2)

Kurs ishining maqsadi: Maktab ta’limiga tayyorlashda ta’lim-tarbiyaviy jarayoning o’rni va o’ziga xos xususiyatlari mavzusini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:Bolalarni maktabga tayyorlashning nazariy asoslari bilan tanishish.Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab dasturlarining izchilligi bo’yicha bilimlarga ega bo’lish. Maktab ta’limiga tayyorlashda ta’lim-tarbiyaviy jarayonning o’rni va o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish.
Kurs ishi ob’ekti: 6-7-yoshdagi maktabga tayyorlov guruhdagi tarbiyalanuvchilar.
Kurs ishi metodlari: ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan foydalandik.
Kuzatish Suhbat. Savol javob. Tajriba
Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Maktab ta’limiga tayyorlashda ta’lim-tarbiyaviy jarayoning o’rni va o’ziga xos xususiyatlari bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash mavzusini o’rganish va uning ahamiyatini o`rganib chiqamiz va tahlil qilib ma`lumotlar yig`amiz. To`plangan ma`lumotlardan ertangi kunda tarbiyachilar va bo`lajak mudiralar foydalanishlari mumkin bo`ladi.
Kurs ishi tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.

I BOB. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning nazariy asoslari
1.1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab dasturlarining izchilligi
Respublikada maktabgacha ta'lim tizimi bo'yicha qabul qilingan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, "Ilk qadam" tayanch dasturi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdek zarur ishni ta'minlaydi. Ya'ni, bu o'rinda maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab ishidagi izchillik katta ahamiyat kasb etadi. Bu izchillik ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari orqali ta'minlanib, izchillikni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari, ta’lim tizimi va uning tarkibiy va g'oyaviy tuzilishi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar yosh xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu esa maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasida izchillikni ta'minlashning asosiy negizi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabdagi ta’lim-tarbiya vazifa, shakl hamda metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni amalga oshirish maqsadlarida o'zaro aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab izchilligi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim-tarbiyaviy jarayonda bolalarning umumiy rivojlanishining zaruriy darajasiga erishish uchun maktabga qo'yiladigan talablarga yo'nalganligi;
- Bola shaxsini boshlang'ich ta'lim maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi sifat jihatidan shakllantirish. Bunda asosan maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabdagi pedagogik jarayonda ta'lim-tarbiyaning shaxsni uzluksiz yuksalib boruvchi shakllanishini ta'minlovchi yaxlit dinamik va istiqbolli tizimni amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasidagi izchillikning qaror topishi tayyorlov guruhi bolalari va 1-sinf bolalalariga ta'lim-tarbiya berish sharoitlarini yaqinlashtiradi, Shunga ko'ra maktab ta'limining yangi sharoitlariga o'tish bola uchun sezilarsiz bo'lgan psixologik qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Bunda bolalarning yangi sharoitlarga tabiiy kirib borishlari ta'minlanadi, bu esa maktabgacha yoshdagi larga maktabga birinchi kelgan kunlaridan boshlaboq ta'lim-tarbiya berish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabdagi butun pedagogik jarayonning bola shaxsini har tomonlama rivojlan- tirishga yo'nalaganligi ular o'rtasida ta'lim-tarbiya izchilligiga erishishning asosiy sharti hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar egallagan xulq-atvor va kattalar va tengqurlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shakllari, ma'naviy tasavvurlar va hissiyotlar boshlang'ich sinflarda amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning maktabgacha yoshdagi larda rivojlantirishdagi ma'naviy xatti-harakat, ong, hissiyot va munosabatlarning zamini hisoblanadi. Maktab-maktabgacha davrlarda shakllantiriladigan jamoatchilik xususiyatlarini sifat jihatdan yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratadi munosabatlar, xulq-atvor etikasi tarbiyalanadi. Mehnat ahliga ijobiy munosabatni shakllantirish, malaka va ko'nikmalari shakllantiriladi. Mehnat ta'limidagi izchillik amalga oshiriladi, mustaqillik, uyushtira olish, tashkilotchilik kabilar rivojlanadi.Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ish mazmunini belgilovchi dastur aloqasi izchillik asosini tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va boshlang'ich sinflarning amaldagi dasturlarini qiyoslash ular o'rtasida ma'lum izchil aloqa borligini ko'rsatadi. Bu quyidagilarda namoyon bo'Iadi:-Maktab va maktabgacha ta'lim tashkiloti dasturlariga asos qilib olingan falsafiy va psixologik nuqtayi nazarlar birligi;Ta'lim-tarbiyajarayonidagi prinsiplar birligi (mazmunning tarbiya maqsadi va vazifalariga muvofiqligi, ilmiyligi, ta'limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatlari);Fanlar o'rtasidagi izchillik. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabda ona tilining boshlang'ich kursini o'qitishga bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirib borish g'oyasi asos qilib olingan. Maktabgacha ta'lim tashkilotida lug'atni rivojlantirish, tovushmadaniyatini shakllantirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, bog'lanishli nutqni shakllantirish, ijodiy hikoya qilish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish, o'qish va savodga tayyorgarlik, oddiy tahlil va sintez qilish ko'nikmalari rivojlanadi. Maktabda bu asosda yangi vazifalar hal etiladi:Yozma nutq va harfiy yozuv malakalari shakllantiriladi;- Morfologik va sintaksis elementlar o'rganiladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida boshlangan lug'at boyligini yanada oshirish, nutqning ifodaliligi va va mantiqiyligi ustidagi ish maktabda davom ettiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilimlarming asosiy mazmunini atrof dunyo haqidagi xilma-xil tasavvurlarning keng doirasi va ayrim elementar tushunchalar tashkil etadi. Voqelikning turli sohalari haqidagi tasavvurlarning umumiy tizimi bolaga mustaqil egallashlari, bolalarni maktabda va maktabgacha ta'lim tashkilotida ham aqliy qobiliyatlari va ijodiy faolliklarini rivojlantirishga yo'nalganligining birligidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotida qo'llaniladigan o'qitish metodi va usullari bolalarning keng aqliy hamda ma'naviy-irodaviy rivojlanishlariga yordam beradi va shu orqali ularning yangi mazmunini egallashga darsda o'qituvchi bilan murakkabroq o'zaro aloqa shakllariga tayyorgarliklarini ta'minlaydi. Faoliyatda tarbiyachining bolalarni bilish va amaliy faoliyatlariga rahbarlik usullaridagi bu istiqbollilik ikki tomonlama metodlardagi izchillik asosini tashkil etadi. Maktabdagi dars va maktabgacha ta'lim tashkilotidagi mashg'ulot bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega, ammo shu bilan birga uyushtirilgan ta'limning asosiy shakllari sifatida ulargagina xos bo'lgan ichki umumiy xususiyatlar majmuiga egadir. Bularga:- Mashg'ulot va darsning mazmunan dasturlashganligi va vaqt jihatdan cheklanganligi;Ta'limda pedagogning yetakchi roli;-Ilmiy asoslangan o'qitish metodi va usullaridan foydalanish;Ta'lim jarayonida pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarini qo'llash. Bu umumiy xususiyatlar ta’lim shakllaridagi izchillik uchun zamin yaratadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi o'qitish jarayonida bolalarda o'quv faoliyatning dastlabki elementlari tarkib toptiriladi, o'z xatti-harakatlarini ixtiyoriy boshqara olish ko'nikmalari, maqsadgayo'nalgan aqliy faoliyat takomillashadi, bu esa bolaning maktab ta'limining yangi sharoitlariga faol kirishib ketishi uchun zarur bo'lgan psixologik jihatdan tayyorlaydi. Xulosa qilib, maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabda ta'lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishdagi izchillik bola shaxsini rivojlantirishni amalga oshirishda muhim omil bo'lib hisoblanadi. Maktabda o'qishga tayyorgarlik-bu maktabgacha ta'lim tashkiloti va oilada bolalarga berilgan ta'lim-tarbiyaning muhim natijasidir. U maktab bolaga qo'yadigan talablar majmuyi orqali aniqlanadi. Bu talablarning o'ziga xos tomoni maktabgacha yoshdagi ning yangi sotsial-psixologik o'rni, u bajarishi lozim bo'lgan yangi vazifa va burchlarni o'zida mujassam qiladi.

Yüklə 161 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə