3 I bob Bolalarni maktabga tayyorlashning nazariy asoslari



Yüklə 161 Kb.
səhifə4/9
tarix19.12.2023
ölçüsü161 Kb.
#152272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maktab ta\'limiga tayyorlashda ta\'lim tarbiyaviy jarayonning o\'rni (2)

Nutq o'stirishda:
-Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish;
-Lug'at ustida ishlash;
-Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish;
-Bog lanishli nutqni shakllantirish;
-Ijodiy hikoya qilish;
-Badiiy adabiyot bilan tanishtirish ishlari olib boriladi.
Nutqning qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo'lishi bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Gna tilidagi hamma tovushlarni aniq talaffuz qilish, lug'atning boyligi, o'z fikrini mantiqiy grammatik to'g'ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi - bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli o'qishning zaruriy sharti hisoblanadi. Shuningdek, kesma harflar yordamida tovush- harf tahlil va sintez bo'yicha mashqlarni bajarishga o'rgatish, kesma harflardan bo'g'in tuzdirish va o'qitish, unli va undosh tovushlar xususiyatlari, o'z ismini va 2-3 ta so'zlarni bosma harflarda mustaqil o'qishga o'rgatib boriladi. Bu tayyorgarlik davridagi tushunchalar maktab davrida mustahkamlanib, chuqurlashtirib boriladi. Sementar matemattk bilim va ko'nikmalar bo'limida - son-sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak-atrofni mo'ljaiga olish, vaqtni chamalash, qurish-yasash faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bolalarda pul qiymatlari, narx, plastik kartochka, terminal haqida dastlabki tushunchalar beriladi. Yil fasllari, yil taqvimi, hafta kunlari, soat turlari bilan tanishtiriladi. Musiqa faoliyatida: musiqa tinglash, musiqiy-ritmik harakatlar, qo'shiq aytish, bolalar cholg'u asboblarida chalish, turli harakatli o'yinlar o'rgatiladi. Ko'pchilik psixolog-pedagog olimlarning (A.M.Leushina, D.B.Elkonin, L.E.Jurova, F.R.Qodirova) ta'kidlashicha, maktabgacha ta'lim tashkilotida va maktab ta'limidagi o'qitishdagi bog'liqlik maktabda fanlarni o'qitish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi. Shunday qilib maktabdagi o'qishga aqliy tayyorgarlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning o'zaro bog'langan tarkibiy qismlaridan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof-olam haqidagi anglangan, tizimlashtirilgan tasavvurlar hamda elementar tasavvurlar, nutq va elementar o'quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o'quv materialini egallashga aqliy tayyorgarlikni vujudga keltiradi.Maktabgacha yoshdagi bolani maktabda o'qishga jismoniy tayyorgarligi Maktabda o'qishga tayyorgarlik bu - bolani maktabda muvaffaqiyatli o'kishi uchun asosiy negiz hisoblanadi. Maktabga borish munosabati bilan bolaning kun tartibi, turmush tarzida jiddiy o'zgarishlarning paydo bo'lishi, darslarning davomiyligi jismoniy zo'r berishni keltirib chiqaradi. Maktabga jismoniy tayyorgarlik quyidagi omillarga bog'liq:

  • Bola salomatligining yaxshi bo'lishi;

  • Bola organizmining chiniqqanligi;

  • Ma'lum darajada chidamliligi va ish qobiliyati;

  • Kasalliklarga qarshilik ko'rsata olish xususiyatlariga bog'liq. Bu bolaning jismoniy va nerv-psixologik uyg'un rivojlanganligi, morfologik va fiziologik rivojlanishining yosh ko'rsatkicMariga muvofiqligi (yoki birmuncha ilgariligi}.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda: Jismoniy mashqlar va jismoniy o'yinlar;Ertalabki badantarbiya mashqlari; Asosiy harakatlar (yugurish, sakrash, tashlash, ilib olish, irg'itish, emaklab yurish, tirmashib chiqish, muvozanatni saqlash) mashqlari; Umumrivojlantiruvchi mashqlar (qo'l va yelka, oyoq, gavda uchun mashqlar, saflanish va qayta saflanish, velosipedda uchish va suzish); Chiniqtirish va sog'lomlashtirish - gigiyenik badantarbiya mashqlari, chiniqtirish, qomatni to'g'ri tutish ko'nikmasini tarbiyalash;

  • Ochiq havodagi sport o'yinlari (sakrab o'ynaladigan, irg'itib, ilib olib o'ynaladigan o'yinlar);Ermak o'yinlar;O'zbek xalq harakatli o'yinlari o'ynaladi.

Shuningdek, gigiyena va o'z-o'ziga hurmat:Uxlash gigiyenasi;Shaxsiy gigiyenasi;Ovqatlanish gigiyenasi;Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni aniqlash va o'z-o'zini hurmat qilish (o'ziga xos gigiyena, shikastlanishni oldini olish).Maktabgacha yetuklikni aniqlashda bola sog'lig'ining holati va organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik ko'rsatkichlarga: suyak, mushak, nafas olish va yurak-qon tomir tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko'p omilli tahlil, fiziologik funksiyalarning rivojlanishi darajasini baholashdan iborat. Bularga:-Partada uzoq vaqt o'tirish uchun zarur bo'ladigan tormozlash qobiliyatining rivojlanganligi;Harakatlarini yaxshi boshqara olish (yozish, rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda barmoqlarning mayda harakatlari);Ijobiy va tormozlanishga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash;Ikkinchi signal tizimining yetarlicha rivojlanganligi.Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga yetadi, og'irligi 22-24 kg bo'lishi jismoniy norma hisoblanadi.Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya faoliyati, xilma-xil harakatli o'yinlar va jismoniy mashqlar faol harakat tartibi bolalarni maktabda o'qishga jismoniy tayyorgarligini ta'minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi. Psixologik tayyorgarlik tushunchasi - maktab ta'limi nuqtayi nazaridan 1-sinfga qadam qo'yayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko'rsatkichlarining majmuasi bo'lib hisoblanadi. Bu tayyorgarlik bolaning o'qishga intilishi, maktabgacha yoshdagi bo'lish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi, bolaning o'quv faoliyati elementlarini egallash, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo'luvchi asoslangan tayyorgarlikni o'z ichiga oladi. Bolaning maktab ta'limiga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish, o'quv materiallarini ongli- faol egallash, maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni yangi psixologik mavqelarini yaratishdan iborat bo'lib, uning xususiyati guruhdagi barcha bolalar uchun ahamiyatii bo'lgan kelajakda maktabga kirish istiqbolidir. Bu istiqbol bolalar kechinmalari, qiziqishlari, mtilishlarining birligini yaratib, tarbiyachilar undan bolalar jamoasining umumiy maqsad - maktabga puxta tayyorlanish asosida jipslashtirish maqsadida foydalanadilar. Tayyorlov guruhiga o'tish bolalarda yangi holat - kattaliklarini anglashlariga asoslangan "yetuklik" hissiyotini yaratadi. Tarbiyachi ta'lim-tarbiya jarayonlarida bolalarning katta ekanliklaridan faxrlanish, maktabgacha yoshdagi bo'lishga intilish, xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish va javobgarlik hissini tarkib toptiradi. "Ilk qadam" dasturida belgilab qo'yilgan ijtimoiy-hissiy rivojlanish talablarini bajarish, bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqat qilish doirasini kengaytirish, o'z fikrini mustaqil ayta bilish qobiliyati, o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlasha olish, hissiy kechinmalarni so'z bilan ifodalashi, jamoada o'zini tuta bilishi, o'zini shaxs sifatida anglashi, o'zini hurmat qilishi, qadr-qimmatini bilishi, "men" konsepsiyasi, kattalar yordamida kamchiliklarini bartaraf etish kabilar psixologik tayyorgarlik asosini tashkil etadi. Bu yoshdagi bolalarda o'zidan kichiklarga g'amxo'rlik hissi jadallik bilan rivojlanadi. Шаг uchun sovg'alar tayyorlash, "konsertlar" uyushtirish, birgalikdagi o'yin faoliyatlari bo'lajak maktabgacha yoshdagi uchun katta ahamiyatga ega. Bu ishlar bo'lajak maktabgacha yoshdagi ning ma'naviy tajribalarini boyitadi, shaxsning insoniy xislatlari - xayrixohlik, saxiylik, yaxshilik, rahmdillik sifatlarini tarkib toptiradi. Tayyorlov guruhi bolalar mavqeyidagi o'ziga xos xususiyat ularning ijtimoiy zonasini kengaytirishdir. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik mavqeyida bo'lajak maktabgacha yoshdagilarda ma'naviy sifatlarni shakllantirishning katta imkoniyatlari mavjuddir.

II. BOB. Maktab ta'limiga tayyorlashda ta'lim-tarbiyaviy jarayonning o'rni va o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 161 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə