3 I bob Bolalarni maktabga tayyorlashning nazariy asoslari


Tayyorlov guruhdagi bolalarning maktabga tayyorgarlik darajas



Yüklə 161 Kb.
səhifə7/9
tarix19.12.2023
ölçüsü161 Kb.
#152272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maktab ta\'limiga tayyorlashda ta\'lim tarbiyaviy jarayonning o\'rni (2)

2.2.Tayyorlov guruhdagi bolalarning maktabga tayyorgarlik darajas
Zaruriy faoliyatning barcha turlarini yanada takomillashtirish va shu asosda qimmatli ma'naviy sifatlar: mustaqillik, uyushganlik, jamoatchilikni shakllantirish, maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Faoliyatga qatnashish maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakllantiradi.Tarbiyachining rahbarligi faoliyat mazmunini va uni amalga oshirish usullarini yanada boyitishga, faoliyatni birgalikda rejalashtirish, faoliyat jarayonida hamkorlik hissi, umumiy intilishlar bilan ma'lum natijalarga erishish xulosalarini shakllantirishga yo'llangan bo'ladi
O'yin faoliyatida: O'yinlarda ijtimoiy hayotning ijobiy hodisalarini aks ettirish; O'yinda kelishish;Syujetni hamkorlikda aniqlash;Rollarni haqgo'ylik bilan taqsimlash; O'yin tuzilishi mustaqil tayyorlash;Syujet mazmunini faol rivojlantirish; O'yinda bir-birini tushunishga erishish;Do'stona munosabatlarni qo'llab-quvvatlash; O'yinning ma’nosini to'liq amalga oshirish; O'yinchoq va materiallarni joy-joyiga eslatishlarsiz olib Ixtrib qo'yish; O'yin qoidalariga to'liq rioya qilish kabi ko'nikmalar o'yin faoliyatini muvaffaqiyatli egallaganliklarining ko'rsatkichi l)o'lib hisoblanadi.
Mehnat faoliyatida: Mehnat majburiyatlarini (o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish, navbatchilik, ish o'rnini tartibli saqlash) yaxshi bajarish; Bajarilgan ish sifat va natijasi; Vazifalarni o'zaro adolatli taqsimlay olishlari; Do'stona ishlay olishlari; Mehnat jarayonida madaniy xulq-atvor qoidalariga rioya qilishlari orqali tarbiyachi bolalarda mustaqillikni, in ishqoqlikni, uyushganlik va javobgarlikni his qilish mas'uliyatini shakllantirishda foydalanadi. Bolalarning jamoa mehnatlari mazmunlari va uyushtirilishi murakkablashib, bolalar guruhlariga birikib ishlashadi, bunda hamkorlikdagi mehnat amalga oshiriladi. Bolalarning jamoa mehnati faoliyati asoslarini muvaffaqiyatli egallashlari, mehnatda mustaqillik va uyushganlikni shakllanganligining ko'rsatkichi bolalarning mehnat maqsadini tarbiyachi bilan birgalikda rejalashtirishlari va uning natijasini tasavvur (|ilishlari, zarur materiallarni ajrata olish, vazifalarni mustaqil taqsimlash va mehnat natijasini to'g'ri baholay olishlari lozim. Mehnat burchagida bolalarga tushunarli bo'lgan mehnat turlari bilan mustaqil shug'ullanish uchun barcha zarur narsalar bo'lishi kerak. Bolalarga uskuna, o'yinchoq, qo'llanmalarni guruh xonasida tartibli saqlash uchun mas’uliyat hissi shakllantiriladi, bu maqsadda har haftada guruh xonasini jamoa bo'lib yig'ishtirishda qatnashadilar. Bunda bolalarning badiiyestetik didlari ham rivojlantiriladi. Guruhda estetik muhitni yaratishda ishtirok etishlari ta'minlanadi, kattalar mehnati haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi, kishilar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash, ishlab chiqarish korxonalari qurilishlari umumlashtiriladi. Madaniy-maishiy xizmat xodimlarining mehnatlari to'g'risida tushuncha hosil qilinadi. Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etiladigan jarayonlarning butun tizimi maktabgacha yoshdagi bola ongi, xulq-atvori va shaxsini qayta qurishga, bolalarda mehnat ta’limining yangi sharoitlariga faol har tomonlama tayyorgarlikni shakllantirishga xizmat qiladi. Bolaning maktab ta’limiga maxsus tayyorgarligi mehnatda o'qishga umumiy, psixologik tayyorgarligiga qo'shimchadir. U bolalarda matematika, ona tili kabi o'quv fanlarini o'rganishi uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va malakalarning mavjudligiga ko'ra aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda eng oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o'stirish, o'qish va savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o'tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda o'qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta'minlaydi.
Bolalarni maktabda o'qishga tayyorlash hozirgi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayonining butun sistemasi orqali amalga oshiriladi. Tayyorlov guruhi bolalarini maktabda o'qishga tayyorlash muhim o'rinni egallaydi. U maktabgacha bolalikni yakunlaydi va maktabda o'qishga o'tuvchi bosqich hisoblanadi. Ayni shu davrda bolalar xulq-atvori, faoliyatida ularning aqliy, ma’naviy-irodaviy va ko'tarinki sohalariga aloqador keyingi o'qitishlar uchun muhim bo'lgan xususiyatlar faol shakllanib boradi.
Tayyorlov guruhi tarbiyachisining asosiy e’tibori barcha bolalarning maktabgacha ta’lim dasturida nazarda tutilgan mazmunni to'liq egallab olishlariga qaratiladi, chunki bu maktab ta’limiga to'laqonli tayyorlashning majburiy sharti hisoblanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalaridan kelib chiquvchi katta guruhlardagi pedagogik jarayon o'ziga xosdir. Bu o'ziga xoslik maktabning ta'lim-tarbiya ishlaridan nusxa ko'chirishgina emas, balki bolalarning ularda maktabda muvaffaqiyatli o'qitish uchun zarur bo'ladigan sifatlarni og'ishmay shakllantirishga yo'llangan faoliyat va xulq- atvorlarini maxsus tashkil etilishidadir.
Tayyorlov guruhiga kelganda bolaning har xil faoliyatlarida: o'z-o'ziga xizmat qilishda, navbatchilikda, tabiat qo'ynidagi mehnatida mustaqil namoyon bo'la boshlaydi. Boladagi mustaqillik vatashkilotchilik qobiliyati tarbiyachining bevosita rahbarligida ularning hamma faoliyatlarida shakllantirilib boriladi.
Jismoniy tarbiya dasturini bajarish umumiy vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, bolalarda ertalabki badantarbiya va jismoniy faoliyatni bajonidil bajarish, o'z harakatlarini takomillashtirishga xohish tarbiyalanadi. Shuning uchun bolaning jismoniy, aqliy faolligini va ish qobiliyatini o'stiruvchi harakat faolligini rivojlantirish kerak.
Bu guruhdagi bolalarni jismoniy mashqlarning sport turiga (suzish va shunga o'xshash) jalb qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalarning asosiy harakatini o'stiruvchi, jamoatchilikni, javobgarlik his etishni, chidamlilikni, mustaqillikni, uyushqoqlikni tarbiyalovchi harakatli o'yinlar kun tartibidagi katta o'rin egallaydi. Harakatli o'yinlarni boshqa mashqlar bilan almashtirib borish hamma harakatlarni rivojlantirishning asosiy shartidir.
To'g'ri tashkil etilgan sayr bolalarning jismoniy rivojlanishida muhim o'rin tutadi. Tarbiyachi bolalarning normal uxlashi va ovqatlanishini ta’minlash bo'yicha g'amxo'rlik qilib boradi.Ta’limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyati hozirgi zamon ta’limiga xos prinsipdir. Bu bolalardagi bilimga qiziqish va bilish jarayonlarini rivojlantiradi. Buning uchun bolalarga beriladigan bilim, malaka, ko'nikmalar rna’lum izchillik bilan takomillashtirilib boriladi. Natijada bolalar kattalarning ko'rsatmasi va namunasi bo'yicha ish- harakatlarni bajarishga, oldin egallagan bilimlarini yangi faoliyatda qo'llashga, o'zining xulqi, ishi, xatti-harakatini nazorat qilish va to'g'ri baholashga o'rganib boradilar. Bolalarda topshiriqqa ongli munosabat shakllanadi. Tarbiyachining tushuntirish va ko'rsatmalarini diqqat bilan tinglash, o'z ishida yaxshi natijaga intilishi, ma’lum tezlik va izchillikda diqqat bilan ishlash malakasi shakllanadi, ish qobiliyati ortadi.
Tarbiyachi mashg'ulot paytida har bir bolaning diqqati, tafakkuri, xotirasi, bilim va malaka darajasidagi o'ziga xos xususiyatlarni e’tiborga oladi.Ta'lim jarayoniga alohida yondashish aqliy vazifalarni, ularni bajarish usullarini murakkablashtirib borishni sekin-asta amalga oshirishni taqozo etadi. Masalan, bola biror narsani o'zicha hikoya qilib bera olmasa, tarbiyachi unga mavzuga doir reja beradi, keyinchalik ishni mustaqil bajarishni topshiradi. Alohida yondoshish orqali tortinchoq, sust bolalar faollashtirib boriladi, materialni yaxshi o'zlashtiradigan bolalarga topshiriq murakkablashtiriladi.Maktabga tayyorlov guruhida qo'shllaniladigan metodlarning o'ziga xos tomoni bor. Ko'rgazmali metodlar bu yerda faqat harakat usulida ishlatilmay, shu bilan birga bolalarning fikrlash faoliyatini faollashtirish uchun ham qo'llaniladi. Masalan, manzarali rasm chizish mashg'ulotida namunani ko'rsatishdan mashg'ulotning boshida xotirani, xayol obrazini jonlantirish uchun foydalaniladi, mashg'ulotning oxirida esa o'zining bajargan ishini, rasmni to'g'ri bajarganini tekshirish uchun namuna bilan taqqoslab ko'rish maqsadida foydalaniladi. Bilimlarni bolalar puxta o'zlashtirib olishlari, ta'lim jarayonini faollashtirish maqsadida amaliy va o'yin metodlarini ko'rgazmali metod bilan to'g'ri qo'shib olib borishda og'zaki metod katta ahamiyatga ega. O'yin metodlari, ayniqsa, didaktik o'yinlar metodi ham o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Chunki ta’lim o'yinlar, ayniqsa, didaktik o'yinlar orqali olib borilgan bolalar o'quv vazifasini yaxshiroq anglab oladilar, bu ulardagi ixtiyoriy diqqatni oshiradi, faoliyatni faollashtirib, bilishga qiziqishni kuchaytiradi.Rivojlantiruvchi ta’lim prinsipini amalga oshirishda tarbiyachining bolalar faoliyatiga rahbarlik va uni to'g'ri baholab borishi ham muhim ahamiyatga ega. Chunki bunda faqat ishning natijasigina baholanmay, balki bu ishni bajarishda bolalarning aqliy faoliyati, mustaqilligi, ishtiyoq bilan, jon-dildan harakat qilganliklari ham e'tiborga olinadi. Tarbiyachining bolalar ishini baholashga pedagogik nazokat bilan yondashishi natijasida ular o'zlarining yutuq va kamchiliklarini tushunib oladilar va kelgusida yaxshiroq natijalarga erishish uchun harakat qiladilar.Bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda tahlil qilish: solishtirish, taqqoslash, nazorat qilib borish o'quv faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan malakalarni shakllantiradi. Tarbiyachi bolalarni bajarilgan ishlarni tahlil qilishga o'rgatar ekan, avvalo, o'zi namuna beradi, keyin reja tuzib beradi va shundan keyin bolalar o'zlari va o'rtoqlarining ishini mustaqil tahlil qilib, uni baholaydigan bo'lib qoladilar. Holalardagi o'z-o'zini tekshirish malakasini tarbiyalash uchun tarbiyachi bolalarga o'rtog'i ishni qanday bajarganligini gapirib berishni taklif etadi va yo'l-yo'lakay "Sen uning ishni qanday bajarganini qayerdan bilib olding?", "Nima uchun shunday deb o'ylaysan?” kabi savollarni berib boradi.Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning mashg'ulotda uyushqoqlik bilan shug'ullanishlariga talab ortadi. Bolalarning ish joyini tayyorlab olish, kerakli materiallarni to'g'ri joylashtirish, ishni ma’lum ketma-ketlik bilan bajarish kabi malakalarni egallab olishlari aqliy mehnat malakasini shakllantiradi. Shuning uchun bolalarni bo'lajak faoliyat uchun zarur bo'ladigan ana shu ishlarga o'rgatib boriladi.Bolalarni faoliyatdagi xulqiga ham talab ortadi. To'g'ri o'tirish, o'zini batartib tutish, diqqat bilan quloq solish, boshqalarning gapini bo'lmaslik, o'rtoqlarining javobini to'ldirish va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Bu yoshdagi bolalarga axloqiy va mehnat tarbiyasi berish dasturi murakkablashadi; o'z tengdoshlari va kattalar bilan munosabati shakllantiriladi, insoniy hislarni tarbiyalash kuchaytiriladi. Xulq normalari qoidalarini egallab olishlariga, kundalik hayotda uchrab turadigan odob, axloq doirasidagi vazifalarni hal qilishga e’tibor beriladi.
Bolalarni maktab va maktabgacha yoshdagi lar hayoti bilan tanishtirish. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi va maktabgacha ta’lim tashkilotining tayyorlov guruhi tarbiyasi tayyorlov guruhi bolalarini maktab bilan tanishtirish bo'yicha ekskursiya uyushtiradilar. Bunday ekskursiyalar yil davomida 3 marta o'tkazilishi mumkin. Ekskursiya paytida katta va tayyorlov guruhi bolalari maktab maktabgacha yoshdagilari bilan tanishadilar, ular maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalariga o'zlarining maktabdagi o'qishlari, ishlari to'g'risida gapirib beradilar; maktabgacha yoshdagi lar xonasini qanday bezaganliklari, tabiat burchagidagi o'simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilayotganliklari, ustaxonada qanday ishlarni bajarayotganliklarini ko'rsatadilar. Bolalarni maktab va maktabgacha yoshdagilar hayoti bilan tanishtirishning ish shakllari:sinfda "Rasmga qarab so'zlab berish" mavzusidagi dars-mashg'ulotni birga o'tkazish; sport maydonchasida yoki sport zalida maktabdagi jismoniy tarbiya mashg'ulotini birga bajarish; birinchi sinf maktabgacha yoshdagilari va tayyorlov guruhi bolalari ishlagan rasmlarning birgalikdagi ko'rgazmasini tashkil etish;maktab ustaxonasida maktabgacha yoshdagi larning mehnat mashg'ulotini kuzatish.

  • maktabda o'qiyotgan bolalar o'z bog'chasiga kelishadi;"Maktab” o'yinini tashkil etish.Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi va boshlang'ich sinf maktabgacha yoshdagi si faoliyatida izchillik yaqqol namoyon bo'ladi. Biri bolalarni tarbiyalash va talim berishni boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi. Maktab bilan maktabgacha talim tashkiloti o'rtasidagi aloqa mustahkam bo'lgandagina bola tarbiyasidan ko'zlangan maqsadga erishish mumkin.



Yüklə 161 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə