O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


II. BOB. MANFIY BO‘LMAGAN BUTUN SONLARNI RAQAMLASH-



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

II. BOB.
MANFIY BO‘LMAGAN BUTUN SONLARNI RAQAMLASH-
GA O‘RGATISH METODIKASI 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17, 
 

Тalabalarda ushbu mavzu bo‘yicha bilim ko‘nikmalariga qo‘yiladigan tal-
ablar: 
I.Har bir talaba: 
1) konsentirlar bo‘yicha «raqamlash» mavzusini mazmuni va vazifalarini 
bilishi; 
2) o‘quvchilarni o‘zlashtirishni takomillashtiradigan аmashqlar tizimini ishlash 
jarayonini bilishi: 
a) fanlararo aloqadorlik va sonlarni xonalar bo‘yicha o‘zaro uzviyligiga bog‘liq 
metodlar: 
b) natural sonlar qatorining hosil qilish tamoyillari: 
d) Sonning o‘nli tarkibi to‘g‘risida: 
e) konsetrlar bo‘yicha sonlarning o‘qilishi va joylashuvi: 
f) yangi sanoq birligining hosil qilinishi: 
g) konsentrlar bo‘yicha sonlarning joylashuv tarkibi: 
h) xona birliklari bo‘yicha munosabat: 
i) sonlar tarkibining o‘qilishi va yozilishini bilishi kerak. 
Mavzuni o‘rganish jarayonida ko‘rgazmalilikdan foydalanish. 
II. Bilish kerak: 
– mavzu bo‘yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qo‘shiluvchilari 
yig‘indisi shaklida tasvirlash; 
– darslik bo‘yicha ko‘rgazmalar asoisda suhbatlar olib borish: 
– o‘quv materialini o‘zlashtirishini mustahkamlashga va kuchaytirishga oid 
didaktik o‘yinlar tanlash: 


55 
– bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil bo‘lishi bo‘yicha turli metodlar va 
mashqlar, mustaqil ishlar tuza olish: 
– turli xil ko‘rinishdagi ko‘rgazmali vositalar asosida yangi materialni va 
o‘tilgan materiallarni mustahkamlash va bayon qila olish. Raqamlash metodikasi 
bosqichda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 
1-10, 100 ichida, 1000 ichida va ko‘p xonali sonlarni sanay olishini, didaktik 
tamoyillar asosida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni 
natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat. 
Buning uchun o‘quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur: 
1) O‘quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalari 
aniqlashadi: 
2) Predmetlarni sanashni shakllantirish: 
3) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari kerak; 
4) Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda har bir narsaning beril-
gan guruhdagi tartib raqamini aytib bera olishlari kerak; 
5) Sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo‘lishini 
ongli ravishda o‘zlashtirishlari kerak; 
6) Raqamlarni o‘qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan 
mos qo‘ya olishlari kerak; 
7) Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak; 
8) 2,3,4,5 sonlarning ikkita qo‘shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha 
hollarini mustahkamlab, o‘zlashtirib olishlari kerak; 
9) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko‘rinishdagi matematik yozuvlarni o‘qiy olishlari 
va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo‘yishlarini bilishlari kerak. 
10) Miqdorlar yordamida predmetlarni o‘zaro taqqoslash, «ko‘p», «kam», «or-
tiq», «baland», «past» kabi tushunchalarni taqqoslay olishi; 
Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta 
olishlari kerak. 
Raqamlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni o‘nlik, yu-
zlik, minglik, ko‘p xonali sonlar konsentrlari bo‘yicha kiritishni nazarda tutadi. 
Matematika dasturi o‘z ichiga avvalo natural sonlar bilan to‘rt arifmetik amal 
bajarishni oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga alge-
bra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar kiritilgan, ular arif-
metik amallar bilan zaruriy o‘rinda qo‘shib o‘qitiladi. 
N
0
ni nemerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang‘ich ma-
tematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo‘shib algebra va geometriya ele-
mentlari o‘qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni asta-
sekin o‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish 
nazarda tutiladi. Bu o‘nlik sanoq tizimining xususiyalari bilan, og‘zaki va yozma 
raqamlashni takror-takror qo‘llash orqali beriladi. 
1-o‘nlikni raqamlashda 1-10 sonlarini sanash, raqamlarni aytish, ketma-
ketligini, katta-kichikligini o‘zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o‘nlik bilan nol soni 
ham birga o‘rgatiladi. Uni bo‘sh to‘plamning xarkteristikasi sifatida berilgan. 
Raqamlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni raqamlash qaraladi. 1-
,2-, ....o‘nliklarni hosil qilish, birgalikda o‘nliklarni, ya’ni o‘nli sanoq tizimining 


56 
mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko‘p xonali 
sonlar og‘zaki va yozma raqamlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning 
nomlarini o‘rgatishlar amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə