51
1) Joriy ( kundalik) nazorat.
2) Oraliq ( tematik) nazorat .
3) Yakuniy ( davriy ) nazorat.
Joriy nazorat qilishda bilimlarni har bir sinf uchun mo‘ljallangan
darslik va
dastur bo‘yicha olib boriladi. Har bir darsda o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirish sifatini
aniqlaydi va har bir darsda daftardagi uy vazifasini, o‘tilgan mavzuni
o‘zlashtirilganini tekshiradi va baholaydi.
Joriy nazoratning asosiy metodi uy vazifasini tekshirish
va ular bilan savol-
javob o‘tkazishdir. O‘qituvchi darsda nimani va kimdan so‘rashligini rejalashtirib
kelishi zarur. O‘qituvchi har bir darsda ilgari o‘tilgan materialdan foydalanadi,
chunki har bir yangi tushuncha ilgari o‘rganilgan bilimlar asosida tushuntiriladi.
Joriy nazorat o‘tilgan materialni qayta eslashga imkon beradi, yangi material bilan
ilgari o‘rganilgan material o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni vujudga keltiradi.
O‘qituvchi har bir darsni rejalashtirayotganda joriy nazoratning quyidagi uch xil
ko‘rinishini e’tiborga olishi kerak:
a) o‘tgan darsning materialini so‘rash ;
b) ilgari o‘tilgan bo‘lib, hozir o‘tiladigan darsga bevosita bog‘liq bo‘lgan mate-
rialni so‘rash;
v) darsda tushuntirilgan materialni mustahkamlash maqsadida so‘rash.
O‘qituvchi darsga tayyorlanganda har uchchala tur
nazorat uchun ham savollar
majmuasini tuzib kelishi zarur.
2) Oraliq (tematik nazorat).
O‘quv dasturidagi asosiy tushunchalar darslar tizimi orqali o‘tib bo‘lgandan
keyin, yoki darslikdagi biror bob tugagandan keyin oraliq nazorat o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat uchun maxsus uquv, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish darsi
o‘tkaziladi, u o‘qituvchining ish rejasida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Har bir bobda o‘zlashtirilgan tushunchalar keyingi o‘quv ishini muvaffaqiyatli
olib borish uchun zarurdir. Shu sababdan oraliq nazorat darsini o‘tkazishga oldingi
bobdagi asosiy tushunchalarni takrorlash, kamchiliklarni to‘g‘rilash
zarurati
tug‘iladi.
So‘rash rejasiga o‘qituvchi savollar majmuasini tuzadi, misol, masalalarni
yechishni aniqlaydi. Natijada oldingi o‘tilgan o‘quv materialining qaysi savollarini
yaxshi, qaysi savollarini yomon o‘zlashtirilganligi aniqlanadi.
Yomon
o‘zlashtirilgan savollarga aniqlik kiritiladi, qayta takrorlanadi. O‘quvchilar bilimi-
ga yarasha baholanadi.
Masalan, 2-sinfda «20 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish» bobidan keyin
oraliq nazorat o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat
Bu
nazorat chorak, yarim yil, yil oxirilarida o‘tkazilib, unga ham maxsus
«O‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish» darsi ajratiladi. Shu
vaqt davomida olgan bilimlar yuzasidan savollar tuziladi, yozma ish o‘tkaziladi va
baholanadi.
52
Yakuniy nazoratda olgan ballarini to‘plash va uni baholashda o‘qituvchi
maxsus daftarida quyidagicha qaydnoma yuritsa yaxshi bo‘ladi.
Baholash va baho me’yorlari
O‘quvchilarning bilimi va malakalaridagi asosiy kamchiliklarining hisobga olib
borilishi o‘qituvchiga o‘zi yo‘l qo‘ygan
kamchiliklarni bilishga va
o‘quvchilarning yutuq va kamchiliklarini aniqlashga katta yordam beradi.
O‘quvchilar bilimi, malakasi, ko‘nikmasini tekshirish har doim baholash bilan
olib boriladi.
O‘qituvchi qo‘ygan baho o‘quvchilar o‘z-o‘ziga beradigan
baho bilan bir xil
bo‘lgandagina eng ko‘p samara beradi. O‘quvchilarning bilimini tizimli
baholash, ularning yutuq va kamchiliklarini xarakterlash o‘qituvchiga sinfdagi
mavjud o‘zlashtirish vaziyatini aniqlashga olib keladi.
O‘quvchilarning o‘zlashtirishini xarakterlash uchun baho ham zarurdir.
Chunki, o‘quvchi qancha ko‘p baholansa, shunchalik ko‘p tayyorlanishga, uy va-
zifasini bajarishga
intiladi, doimo dars uchun sergak bo‘lib turadi.
Hozirgi paytda baho normalari 100 ballik bo‘lib, uni 5 ballikka aylantirish
orqali amalga oshirilmoqda.
«2» baho «55» ballgacha.
«3» baho «55-70» ball.
«4» baho «71-85» ball.
«5» baho «86-100» ballar orasida qo‘yiladi.
Nazorat savollari:
1.O‘qitish vositalari deyilganda nimalar tushuniladi va ularning asosiy vazifala-
ri nimalardan iborat?
2.Darsliklar bilan ishlash qanday yo‘nalishlarda olib boriladi?
3.Ko‘rsatmalilikdan foydalanishning ahamiyati va maqsadlari nimalardan ibo-
rat?
Dostları ilə paylaş: