O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Faoliyat va uning maqsadlari haqida tushuncha



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

Faoliyat va uning maqsadlari haqida tushuncha.
 
Agar 
xayvonlarning xatti-xarakati butunlay atrof-muxit bilan belgilansa, kishining 
faolligi uning ilk yoshlaridanok butun insoniyat tajribasi va jamiyat 
talablariga kura yunaltirib boriladi. Xatti-xarakatning bu turi shu kadar 
uziga xoslikka egaki, psixologiyada uni atash uchun maxsus termin-
faoliyat
termini kullaniladi. Faollikning bu, aloxida maxsus insoniy turining fark 
kiluvchi psixologik belgilari nimalardan iborat? 
Bu fark kiluvchi belgilardan biri shundan iboratki, faoliyatning 
mazmuni tamomila uni keltirib chikargan extiyoj bilan belgilanmaydi. 
Basharti motiv sifatidagi extiyoj faoliyatning shaklllari va mazmuni ijtimoiy 
shart-sharoitlar, talablar va tajriba bilan belgilanadi. Masalan, kishini 
ishlashga undagan motiv (sabab) ovkatga nisbatan extiyoj tugilishidan xam 
kelib chikishi mumkin. Lekin odam stanokni, masalan, uning ochligini 
bartaraf etish uchun emas, balki bu unga topshirilgan detalni tayyorlash 
imkonini 
bergani 
uchun 
xam 
boshkaradi. 
Uning 
faoliyati 
mazmunishunchaki extiyoj bilan emas, balki maksad bilan-undan jamiyat 
talab kilayotgan muayyan maxsulotni tayyorlash uchun belgilanadi. 
Kishining nima uchun muayyan tarzda xarakat kilayotgani uning 
nimani 
kuzlab 
ish kilayotganiga mos kelmaydi. Uni faoliyatga undovchi xoxish-
istaklar, sabab bilan ushbu faoliyatni yunaltiruvchi bevosita maksad bir-
biriga tugri kelmaydi. 


173 
Binobarin, faoliyatning birinchi farkli belgisi shundan 
iboratki, u faollik manbai bulgan extiyoj sifatida yuzaga chikkan 
xolda faollikning yunaltiruvchisi bulgan anglanilgan maksad bilan 
boshkariladi. Ushbu eng muxim belgisini kayd etarkan, shunday 
deb yozgan edi: "Urgimchakning ishi tukuvchining ishini eslatadi, 
asalari xam mumdan uya yasab, ba'zi kishilarni-me'morlarni 
uyatga koldiradi. Lekin eng yomon me'mor xam eng yaxshi 
asalaridan avvalo shu bilan fark kiladiki, u mmdan uya 
yasashdan oldin, bu uyani miyasida kuradi. Mexnat prosessining 
oxirida bu prosess boshlanmasdan oldinrok kishining 
tasavvurida, ya'ni fikran mavjud bulgan natija xosil buladi. Kishi 
asalaridan tabiat bergan narsaning formasini uzgartirish 
bilangina fark kilib kolmaydi; tabiat bergan narsada u uz ongli 
maksadini xam amalga oshiradi, bu maksad, konun sifatida, 
kishining ish usulini va bu ishning xarakterini belgilab beradi va 
kishi uz irodasini ana shu maksadga buysundirishi lozim". 
Faoliyatning ana shu barcha jixatlari ongda aks etish 
darajasi va tulakonliligi tegishli faoliyatning anglanilganligi 
darajasini belgilaydi. 
Faoliyat - vokelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday bir 
shaklidirki, u orkali kishi bilan uni kurshab turgan olam urtasida real 
boglanish xosil kilinadi. Odam faoliyat orkali tabiatga, narsalarga, boshka 
kishilarga ta'sir kursatadi. Faoliyatda u uz ichki xususiyatlarini ishga solib 
va namoyon kilib, narsalarga nisbatan
sub'yekt sifatida
, odamlarga 
nisbatan esa
shaxs sifatida
gavdalanadi. Uz navbatida ularning javobiy 
ta'sirotini xis kilgan xolda, u shu yul bilan odamlarning, narsalarning, tabiat 
va jamiyatning xakikiy, ob'yektiv, muxim xususiyatlarini bilib oladi. Uning 
karshisida narsalar 
ob'yektlar sifatida, 
odamlar esa 
shaxs sifatida
gavdalanadi. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə