185
masalasi xozirgi zamon psixologiyasida eng murakkab va munozarali
masalalarda biridir.
Psixologiyada shaxsda ikkita omil-biologik va ijtimoiy omillar
ta'siri ostida shakllangan ikkita asosiy kichik struktura borligini
aloxida ta'kidlaydigannazariya sezilarli urin egallaydi. Inson shaxsining
uzi "endopsixik" va "ekzopsixik" tuzilishga bulinadi, degan fikr xam
ilgari murildi. Shaxs tuzilishining kichik strukturasi sifatidagi
"endopsixika" bamisoli kishining nerv-psixik tuzilishiga uxshash
bulgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik kismlar va
funksiyalarning uzaro ichki boglikligini ifoda etadi. "Ekzopsixika"ning
tashki muxitga munosabati bilan, ya'ni shaxs kanday bulmasin,
baribir munosabatga kirishishi mumkin bulgan va shaxsga karama-
karshi turadigan tuzilishlarning barchasiga nisbatan munosabati bilan
belgilanadi.
Inson shaxsning individualligida uning tabiiy, biologik tuzilishi
uzining izini koldiradi, albatta. Gap shaxsning tuzilishida biologik va
ijtimoiy omillarni xisobga olish kerakmi, yukligi xakida emas (ularni
e'tiborga olish shart, albatta), balki ular urtasidagi uzaro
munosabatlarni kanday tushunish kerakligi xakidadir. Ikkita omil
nazariyasi ijtimoiy va biologik omillarni, muxit va biologik tuzilishni,
"ekzopsixika"ni beixtiyor ravishda bir-biriga karama-karshi kuyadi.
Xakikatda esa bunday tashki, uzidan-uzi buladigan karama-karshi
kuyish samarasizdir va shaxsning tuzilishini anglab olish uchun xech
bir naf keltirmaydi. Lekin shaxsning shakllanishi va tuzilishidagi
tabiiylik va ijtimoiylik masalasiga boshkacha yondashish xam
mumkin.
Buni buyi 80-130 santimetrdan oshmaydigan odamlar shaxsiga
xos belgilarning shakllanishini urganishga bagishlangan tadkikot
misolida kurib chikamiz. Buyining pastligidan boshka biron-bir
patologik cheklanishlari bulmagan bu odamlar individualligining
tuzilishida anchagina uxshash jixatdan mavjudligi aniklandi. Ularda
uziga xos bachkana yumor, muloxazasiz nekbinglik, samimiylik,
anchagina xissiy zurikishni takozo etadigan vaziyatlarga yuksak sabr-
bardoshlik, biron-bir darajada iymanib utirmaslik va shu kabilar
kuzatildi. Tabiiy, tarkibiy jixatlar va belgilar kishi shaxsning
individualligi tuzilishida uning ijtimoiy jixatdan takozo etilgan kismlari
sifatida mavjud buladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshka fazilatlar)
va ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va shaxsning mustakil
kichik tuzilishi sifatida bir-biriga uzidan-uzi karama-karshi kuyilishi
mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: