161
4. http://planetadisser.com – dissertasiyalar katalogi
5. http://www.bestdisser.com – referatlar, diplom va kurs ishlari
6. http://www.miu.by/rus/info – Minsk boshqaruv instituti rasmiy veb sayti
7. pedagog.uz – pedagogika
fanlari portali
8. www.ht.ru – «Human Technologies» laboratoriyasi sayti
9. ziyonet.uz
162
FANIDAN MA’RUZALAR MATNI
KIRISH
XXI asr intеllеktual avlodning zamoni.
Islom Karimov
.
O`zbеkiston Rеspublikasi o`z mustaqilligini jaxon miqiyosida yil sayin
barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning, bilidon, ma'naviy
jihatdan barkamol insonlar bo`lib yеtishishiga bog`liqdir. Bu o`rinda inson ruhiyati
qonunlarini o`rganuvchi psixologiya fani alohida ahamiyat kasb etadi.
Insonni
jamiyatimiz uchun to`laqonli, faol, barkamol shaxs sifatida shakllantirish,
samaradorligini yanada oshirishda psixologiya ilmi va uning amaliyotda to`g`ri
yo`nalishga ega bo`lishi juda muhimdir.
XXI asr buyuk o`zgarishlar davri. Bu o`zgarishlar eng avvalo inson
tafakkuriga, uning fikrlash tarzida ro`y bеrishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat shaxs
ma'naviyati va u orqali jamiyatning ma'naviy qiyofasiga o`z ta'sirini ko`rsatmay
qolmaydi. O`zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti I.A.Karimov
milliy istiqlol
mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida gapirar
ekanlar, “Milliy g`oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga
sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga
insonparvarlik va odamiylik
fazilatlarini payvand qilishdеk olijanob ishlarimizda madadkor bo`lishi zarur”. Bu
vazifalar, birinchi navbatda kеlajakning bunyodkori bo`lmish yosh avlodning bilim
olish, yuqori malakali kadrlar bo`lib o`z yurti va xalqiga sitqidildan xizmat qilish,
163
ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mеhnat qilishga o`rgatishni nazarda
tutadi. Zеro, mustaqillik aynan fidoyi, o`z Vatani manfaatlariga g`oyat
sadoqatli,
yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishni taqozo etadi.
Mazkur ma'ruza matni nomutaxassis fakultеt talabalari uchun mo`ljallangan
bo`lib, unda umumiy psixologiyaning asosiy bo`limlari, psixik jarayonlar, ilmiy
psixologiyaning tarixi,
mеtodlari, organizm, individ, shaxs, sub'еkt, faoliyat,
tеmpеramеnt, xaraktеr, iroda,
hissiyot, ong, uning tuzilishi, ta'lim jarayonidagi
shaxsning psixik holati va bir qator psixologiyaning masalalariga doir ma'lumotlar
bеrilgan.
Ushbu ma'ruza matni yoshlarning ongida va ruhiyatida yangicha sifatlarning
shakllantirilishini psixologiya masalalari doirasida
yеchishga yordam bеradi,
yuksak madaniyatli va ma'naviy еtuk xalqqa munosib vorislarni tarbiyalashga
hissa qo`shadi, dеgan umiddamiz.
Dostları ilə paylaş: