212
mumkin. Jumladan, P.P.Lazerev (1878-1942) teri ultrabinafsha nurlari
bilan nurlanishi natijasida ko'rish sezuvchanligi susayib ketishini
aniqlagan.
I D R O K
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Idrok, predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik,
N.M.Sechenov, konstantlik, appersepsiya, I.P.Pavlov, reflektor,
analizatorlar, shakl, hajm, akkomadasiya, konvergensiya,
illyuziyalar.
Narsalar yoki hodisalarning sezgi a'zolariga bevosita ta'sir qilish
jarayonida kishi ongida aks etishiga sezgilarning tartibga solishi
hamda narsalar va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi
yuz beradi.Idrokning sеzgidan farqi, narsalarni umumlashgan holda,
uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir.
Idrokning muhim xususiyatlari uning prеdmеtliligi, yaxlitligi,
strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir. Idrok
narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks
ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig'indisidan iborat tarzda emas,
balki hissiy bilishning o'ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan
yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi. Idrokning ancha muhim
xususiyatlari predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik va
anglanilganlikdan iborat.
Idrokning predmetliligi ob'yektivlashtirish hodisasi deb atalmish
hodisada, ya'ni tashqi dunyodan olinadigan axborotning o'sha dunyoga
mansubligida ifoda etadi. Bu xildagi mansublik bo'lmasa, idrok
kishining amaliy faoliyatida o'zining mo'ljal oldirish va yo'naltirishdan
iborat vazifasini bajara olmaydi. Idrokning predmetliligi tug'ma xislatga
kirmaydi. Predmetlilik idrokning belgisi sifatida hatti-harakatni
boshqarishda alohida rol o'ynaydi.
Idrokning yana bir xususiyati uning yaxlitligidir. Sezgi a'zolariga
ta'sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan
sezgilardan farqli o'laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblnadi. O'z-
o'zidan ravshanki, bu yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va
belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni
umumlashtirish negizida tarkib topadi.
Idrokning yaxlitligi uning strukturaliligi bilan bog'langandir. Idrok
ma'lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi va
ularning shunchaki oddiy yig'indisi ham emas. Biz ana
shu sezgilardan
amalda mavhumlashgan va birmuncha vaqt davomida shakllanadigan
umumlashgan strukturani idrok etamiz. Agar kishi birorta kuyni
tinglayotgan bo'lsa, oldinroq eshitgan ohangi yangisi eshittira