231
mavxumlashtirilishi, umumlashtirilishi va kayta ishlanishi
natijasi xisoblanadi. Ogzaki munosabatdek murakkab jarayon
uni ta'min etuvchi mexanizmlarning izchillik bilan xarakatga
keltirishga tayanadi. Nutkni programmalashtirish-nutkiy
ifodaning, ya'ni kishi bildirmokchi bulgan fikrning ma'naviy
uzagini tuzish birinchi boskich xisoblanadi. Buning uchun
inson muxim deb xisoblaydigan axborot ajratib olinib,
yaroksizlari, ya'ni ikkinchi darajalilari bir chetga surib
kuyiladi. Ikkinchi boskich-jumlaning sintaktik strukturasini
tuzishdan iboratdir. Iboraning umumiy tuzilishi, uning
grammatik shakli taxmin kilib kuriladi. kerakli suzlarning
kidirib topilishini, ularni eng anik talaffuz etadigan
tovushlarning tanlanishini ta'min etadigan mexanizmlar ishga
solinadi. Va nixoyat, jumlani ovoz chikarib aytila boshlaydi,
ya'ni nutk real tarzda ruyobga chikadi. Shunday kilib,
"gapirish" jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida
kommunikator
uzatilishi
lozim
bulgan
axborotni
kodlashtiradi. xamsuxbat (resipiyent) tinglash jarayonida
olinga axborotning kodini ochadi. Bu uz navbatida eshitilgan
nutkning tovushlarini boskichma-boskich suzlar moxiyatiga
aylantirishdan iborat bulib, kommunikatorning aytmokchi
bulgan suzi anglab yetilishini ta'minlaydi. Tinglovchining
unga
xabar
kilingan
narsani
tugri
tushunganligi
kommunikator
uchun
fakat
resipiyenning
uzi
kommunikatorga aylanib (kommunikativ rollar almashgan
xolda), unga xabar kilingan narsani kabul kilgani va tushunib
yetganini ma'lum kilganidan keyingina anik-ravshan buladi.
Diologik munosabatda kommunikativ rollar navbatma-navbat
uzgarib turadi, natijada sekin-asta xamjixatlar tarikb topadi.
Mulokat kilayotganlarning xatti-xarakatlari va xulk-atvori
muvofiklashgan bulish extimoli tugiladi. Buning birgalikda
faoliyat kursatishda biron natijaga erishib bulmaydi.
MOTIVASIYA, HISSIYOT VA IRODA
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
His-tuyg'ular, ehtiyojlar, emosional, emosiya, affekt,
kayfiyat, kuchli hiyajonlanish (stres), ehtiroslar, quvonch,
232
hayratlanish, g'azablanish, nafratlanish, qo'rquv, hissiy
zo'riqish, Iroda, shaxs, faollik, undovchi, tormozlash,
lokallashtirish, irodaviy akt, intilish, istak, irodaviy zo'r berish,
abuliya, apraksiya, yalqovlik, qat'iylik.
ana shunday hi
Kishi idrok etish, xotirlash, hayol surish va tushuncha fikrlash
jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga
hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo'lmasin munosabat
bildiradi, unda ularga nisbatan u yoki bu barzda his-tuyg'u paydo
bo'ladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbai faoliyat va
munosabat jarayonlari bo'lib, u ana shu jarayonlarda ro'y beradi,
o'zgaradi, barqaror tus oladi yoki yo'qoladi.
His-tuyg'ular-kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga,
nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga
nisbatan o'zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
His-tuyg'ularning kechishi sub'yekt alohidla his etayotgan psixik
holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va
tushunib yetish, biron-bir narsa to'g'risida bilib ldish idrok etilayotgan,
tushunib olinayotgan, ma'lum yoki noma'lum narsalarga nisbatan
shaxsiy munosabat bilan birlikda ro'y beradi. Ana shu hollarning
barchasida his-tuyg'ularning boshdan kechilishi xususida, kishining
alohida hissiy holati xususida gapiriladi. Shu bilan birga his-
tuyg'ularning kechishi o'z rivojlanishiga ega bo'lgan, joriy va o'zgarib
turadigan psixik jarayondir.
His-tuyg'ular shaxs extiyojlariga javob beradigan narsalarni
aniqlab olishga yordam beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan
faoliyatga omil baxsh etadi. Ilmiy kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli
kechinmalar olimning izlanuvchanlik faoliyatini rag'batlantiradi, bilish
extiyojini, qondirish jarayonini jadal tarzda saqlaydi. Ehtiyoj namoyon
bo'lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo yorqin hissiy tusga
ega bo'ladi.
Kishi uchun sub'yektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning
ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligining belgisi
sifatida namoyon bo'ladi. Munosabat va faoliyat jarayonida paydo
bo'lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish, mamnunlik va shu kabilar)
ehtiyojlarni
qondirish
jarayonining
xush
keladigan
tarzda
kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi
salbiy hissiy kechinmalarga (uyalish, o'kinish, hasrat va shu kabilarga)
olib keladi. Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, ularning
kechishi ham miya faoliyatining natijasi hisoblanadi. Emosiyalarning
paydo bo'lishi tashqi olamda ro'y beradigan o'zgarishlardan
boshlanadi. Bu o'zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga
yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo bo'lishiga yoki
233
boshqalarning yo'qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan
jarayonlardgi o'zgarishlarga olib boradi.
Kishining tevarak-atrofida va uning o'zida yuz berayotgan
o'zgarishlar kishi uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lsa, his-
tuyg'u kechinmalari ham shu qadar chuqur bo'ladi. Shunga ko'ra ro'y
beradigan muvaqqat bog'lanishlar sistemasining jiddiy qayta qurilishi
katta yarim sharlar qobig'i bo'ylab tarqalgan holda qobiq osti
markazlariga ta'sir qiladigan qo'zg'alish jarayonlarini yuzaga keltiradi.
Miyaning katta yarim sharlar qobig'ining pastroqdagi bo'lmalarida
organizm fiziologik faoliyatining har xil markazlari: nafas olish, yurak-
qon tomirlari, ovqatni hazm qilish, ichik sekresiya bezlarini ishlatish va
boshqa markazlar joylashgandir. Shuning uchun qobiq osti
markazlarining qo'zg'atilishi bir qancha a'zolar faoliyatining kuchayib
ketishiga olib keladi. Shu boisdan ham his-tuyg'ularning kechirilishi
nafas olish maromining (kishi hayajonlanganidan bir lahza nafasi
chiqmay qoladi, og'ir va o'xti-o'xtin nafas oladi) va yurak ish
faoliyatining o'zgarishi (yurak urishdan to'xtab qoladi yoki tez-tez ura
boshlaydi) bir vaqtda sodir bo'ladi, organizmning ayrim qismlariga qon
kelishi o'zgarib (uyalganidan rangi qizarib, qo'rqqanidan oqarib ketadi),
sekresiya bezlarining ishi buziladi (g'am-g'ussa ko'z yoshi to'kilishiga
sababchi bo'lsa, hayajonlanib ketganda og'iz quriydi, qo'rqqanida
badandan «sovuq» ter chiqadi va hoqazo. Tananing ichki a'zolarida yuz
beradigan jarayonlarning qayd qilinishi va kishining o'zi tomonidan
kuzatib borilishi nisbatan oson. Shu sababdan ham qadimgi
zamonlardan buyon ularni ko'p hollarda his-tuyg'ularning sababchisi
deb hisoblab kelingan. Xalq orasida haliga qadar ham «yuragim sezib
turibdi», «yuragim g'ash» va shu kabi iboralar saqlanib qolgandir.
His-tuyg'ular ba'zan har qanday psixik jarayonning faqat ёqimli,
ёqimsiz yoki aralash asorati tarzida boshdan kechiriladi.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil
shaklni kasb etadigan o'ziga xos kechinmalarni: emosiyalarni, affektlar
(hissiy bo'ronlar)ni, kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress)
holatlarini va xususan his-tuyg'ular (tor ma'nodagi so'z bilan
aytganda)ni hosil qiladi.
«Hissiyot» («emosiya») va «his-tuyg'u» degan so'zlar ko'pincha
sinonimlar sifatida qo'llaniladi. Torroq ma'noda olganda, hissiyot bu
qandaydir bir oz doimiyroq his-tuyg'ularning bevosita va vaqtincha
boshdan kechirilishidan iboratdir. «Emosiya» so'zini o'zbek tiliga aniq
tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan
ma'noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan, kishining musiqaviy asarga
nisbatan o'rnashib qolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg'usining
o'zini emas, balki konsert paytida yaxshi musiqiy asarni eshitayotib,
boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |