238
faoliyati sistemasiga kiradi, unda kishining u yoki bu irodaviy
fazilatlari namoyon bo'ladi, irodasi ko'rinadi
..
Tavakkalchilikning birinchi sababi va tegishli ravishda
tavakkalchilikning birinchi turi bu yutuqqa umid bog'lash,
muvaffaqiyat
qozonilganda
kutilayotgan
kattalikning
muvaffaqiyatsizliklar
oqibati
darajasidan
ortishidir
(situativ
tavakkalchilik).
Bu
o'rinda
muvaffaqiyat
motivasiyasi
muvaffaqiyatsizlikdan qutilib qolish motivasiyasidan kuchliroqdir. Agar
kundalik hulq-atvor, garchi kishidan irodaviy qarorni talab qiladigan
bo'lsa-da unchalik noyob narsa emas.
Xatti-harakatning xavfli variantini afzal biladigan hulq-atvor yoki
tavakkalchilikning ikkinchi turi uchun sabab-shaxsning vaziyat usti
faolligidir. Kishining vaziyat talablari ustidan ko'tarila bilish dastlabki
vaziyatdan ustun keladigan maqsadni qo'yish qobiliyatga to'g'ri keladi.
Irodani tarbiyalash. Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda
ham har xil bo'lishi mumkin. Ularning hammasi quyidagi shartga amal
qiladi:
1. Irodani tarbiyalani nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf
qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo'lmagan
qiyinchilikni, vaqt o'tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni
muntazam ravishda yenga bori, kishi o'z irodasini mashq qildiradi va
chiniqtiradi. Har bir qarshilkni «bo'ysindirilmagan qal'a» sifatida
baholash lozim va bu qal'ani «olish uchun» barcha imkoniyatni ishga
solish kerak.
2. Qiyinchiliklarni, to'siqlarni bartaraf etish ma'lum maqsadlarga
erishish uchun amalga oshirish. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo'lsa,
irodaviy motivlar darajasi yuqori bo'lsa, kishi shunchalik katta
qiyinchliklarni bartaraf etishga qodirdir.
3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror
qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilsa kishining
irodasi izdan chiqadi.
4. Agar kishi uzoqqa mo'ljallangan maqsadni oldiga qo'ygan
taqdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi kerak. Bu maqsadga erishish
bosqichlarini ko'rishi, ya'ni kelajakka mo'ljallangan istiqboolni ko'ra
olish juda muhim.
Irodali kishi-o'z vaqtining xo'jayini. O'z faoliyatini oqilona tashkil
etar ekan, bu bilan u belgilangan narsani shoshilmasdan amalga
oshiradi. O'z irodasini chiniqtirish uchun ishda va turmushda
tarqoqlik va pala-partishlikka qarshi kun sayin kurash olib borishi
kerak.
Sport bilan muntazam shug'ullanishi kishi irodasini chiniqtiradi.
Jismoniy mashq bilan shug'ullanishda qiyinchiliklarni bartaraf etish
kishining faqat mushaklari emas, balki uning irodasini chinakam
mashq qildirish hisoblanadi.
239
Irodaviy akt (irodaviy harakat)da uni motivlashtirishning
barcha uchto tomoni faollik manbai, uning yo'nalganligi va o'z-o'zini
boshqarish vositalari namoyish qilingandir.
Irodaviy aktning bo'g'inlari. Irodaviy harakatlar sababli har
doim ozmi-ko'pmi darajada anglanilgan xarakterda bo'ladi. U yoki bu
ehtiyojning qanchalik anglanilganligiga bog'liq holda intilish va istakni
ham farq qilsa bo'ladi. Intilish ham differensiyalashmagan, yetarli
darajada anglanilmagan extiyojdan iborat faoliyat motivi. Istak
faoliyatinning motivi sifatida extiyojning yetarli darajada tushunib
yetilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda faqat extiyoj ob'yekti emas,
balki uni qondirishning mumkin bo'lgan yo'llari ham tushunib yetiladi.
Faoliyatning butun sabablari kishining yashash sharoitlarini aks
ettirish va uning extiyojlarini fahmlash natijasi hisoblanadi. Ana shu
sabablar orasida hayotning har bir daqiqasida bir xillari ko'proq,
boshqalari kamroq ahamiyatga ega bo'ladi. Kishida turli extiyojlar
ahamiyatining o'zgarishi munosabati bilan motivlar kurashi paydo
bo'ladi, bir istak boshqa istakka qarama-qarshi qo'yiladi. Muhokama
va motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya'ni muayyan
maqsad va unga erishish usuli tanlanadi. Paydo bo'lgan qarorni
muntazam ravishda bajarmaslik irodasi kuchsizligini ko'rsatadi.
Irodaviyxatti-harakatning so'nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga
aylanadi. Ijroda, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi
namoyon bo'ladi. Kishining irodasi haqida birgina yuksak g'oyaviy
motivlarga qat'iy qaror va niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab
hukm chiqarish kerak.
Irodaviy zo'r berish. Irodaviy aktning eng muhim bo'g'ini-qaror
qabul qilish va uni ijro etishdir. Bu ko'pincha alohida hissiy holatning
irodaviy zo'r berish sifatida tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga
sabab bo'ladi. Irodaviy zo'r berish hissiy hayajon shakli bo'lib,
kishining harakatga qo'shimcha motivlarni vujudga keltiradi. Irodaviy
zo'r berish natijasida bir xil motivlarning haraktini to'xtatib qo'yib,
boshqalarning harakatini xaddan ziyod kuchaytirish mumkin bo'ladi.
Irodaviy kuch g'ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo'rquv,
charchash kabilan ustidan qozonilgan g'alaba anchagina hissiy zavq
beradi, o'z ustidan erishilgan g'alaba singari boshdan kechiriladi.
Tashqi to'siq yengib o'tish lozim bo'lgan ichki qiyinchilik, ichki
qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo'lsa, u irodaviy zo'r berishni
talab qiladi.
Irodaviy kuch-g'ayrat odamlarning barcha qaxramonlik ishlariga
zarur qism bo'lib kiradi. Irodaviy kuch-g'ayrat sarflash odati manonatli
fe'l atvorni shakllantirishning majburiy shartidir.
Irodaning individual xususiyatlari. Iroda faoliyatning ichki
qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilma va o'z-o'zini
Dostları ilə paylaş: |