O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104

 
228 
elementlarning,  narsa  va  hodisalarning  qismlarini  bir  butun 
qilib  qo’yishdan  iboratdir,  amaliy  analiz  bo’lgani  singari 
amaliy sintez ha bo’ladi. 
«Tafakkur,-deb 
yozgan 
edi 
I.P.Pavlov,-albatta 
assosiasiyalardan,  sintezdan  boshlanadi,  so’ngra  sintezning 
ishi  analiz  bilan  qo’shiladi.  Analiz,  bir  tomondan, 
reseptorlarimiz, 
periferik 
uchlarining 
analizatorlik 
qobiliyatiga,  ikkinchi  tomondan  esa,  bosh  miya  katta  yarim 
sharlarining  po’stida  takomil  topuvchi  va  voqelikka  muvofiq 
bo’lmagan  narsalarni  voqelikka  muvofiq  bo’lgan  narsalardan 
ajratib turuvchi tormozlanish jarayoniga asoslanadi». 
Abstraksiya-shunday  bir  fikrlash  jarayonidirki,  bunda 
tafakkurda  aks  etilayotgan  bir  yoki  bir  necha  ob’yektlarning 
biror  belgisi  (xususiyati,  harakati,  holati,  munosabati)  shu 
obyekt yoki ob’yektlardan fikran ajratib olinadi.t bu jarayonda 
ob’yektdan ajratilgan bir belgining o’zi tafakkurning mustaqil 
ob’yekti bo’lib qoladi. Obstraksiya odatda analiz jarayoni yoki 
analiz  natijasida  sodir  bo’ladi.  Abstraksiya  umumlashtirish 
bilan bog’liqdir. 
Umumlashtirish-predmetlar  va  xodisalarni  ularning 
umumiy  va  asosiy  tomonlarini  ajratib  ko’rsatish  asosida  bir-
birlari bilan fikran birlashtirishdir.  
Klassifikasiya-ko’p 
narsalarni, 
holatlarni, 
kechinmalarni  guruhlarga  bo’lish.  Masalan  tibbiyotda 
kasalliklarning  klassifikasiyalari  mavjud:  sil  kasalligi,  zaxm, 
yuqumli 
kasalliklar. 
Anatomiya 
fanida 
suyaklar 
klassifikasiyasi alohida o’rganiladi. 
Tushuncha-bu  predmet  va  hodisalardagi  umumiy  va 
muhim  xususiyatlar  hamda  sifatlarning  kishi  ongida  aks 
etishidir.  Tushunchaning  ikki  turi  bor:  biri-konkret 
tushuncha, ikkinchisi-abstrakt tushuncha. 
Muhokama-biror  narsa,  hodisa  haqida  biror  nimani 
tasdiqlash yoki inkor qilish demakdir.  
Xulosa  chiqarish-tafakkurning  tarixan  tarkib  topgan 
mantiqiy shaklidir. Tafakkurning shu mantiqiy shakli vositasi 
bilan  bir  yoki  bir  necha  ma’lum  hukmlardan  yangi  hukm-
xulosa chiqariladi. 
Fikriy  qobiliyatlar  haqida  gapirganda  ko’pincha  bu 
tushuncha  ostida  (aql)  ko’zda  tutiladi.  Aql  olingan  bilimlarni, 


 
229 
tajribani  va  ularni  yanada  boyitishga  va  aqliy  faoliyatda 
foydalanishga  bo’lgan  qobiliyatni  o’z  ichiga  oladi.  Kishining 
aqliy  fazilatlari  uning  hajmi  bilan  belgilanadi.  Tafakkur 
aqlning  faol  funksiyasi  bo’lib,  mantiq  qonunlari  asosida 
takomillashib boradi. Tafakkur amaldagi aqldir. Tafakkurning 
jarayonidagi tushunish boshqa bir kishining og’zaki va yozma 
nutqini  idrok  qilish  va  uqib  olish  jarayonida  sodir  bo’ladi. 
Nutqni  tinglayotganimizda  yoki  biror  yozma  matnni 
o’qiyotganimizda,  odatda  biz  o’zimiz  eshitayotgan  yoki 
o’qiyotgan so’z birikmalarini to’g’ri idrok qilishga intilamiz. 
Bolalar  amaliy  va  ko’rgazmali-hissiy  tajribalari  asosida 
ularning  maktab  yoshidagi  davrlarida  shakladgi  mavhum 
tafakkur,  ya’ni  mavhum  tushunchalar  shaklidagi  tafakkur 
rivojlanadi. Tafakkur bu yerda faqat amaliy harakatlar tarzida 
va  ko’rgazmali  obraz  shaklida  emas,  balki  avval  mavhum 
tushunchalar va muhokamalar shaklida namoyon bo’ladi. 
Maktab  o’quvchilarining  turli  fanlar-matematika,  fizika, 
tarix  asoslarini  o’zlashtirishlari  davomida  tushunchalarni 
egallashlari  ularning  aqliy  taraqqiyotlari  uchun  katta 
ahamiyatga egadir. Matematika, geografiya, fizika, biologiya va 
boshqa  ko’plab  tushunchalarnimaktab  ta’limi  davomida 
tarkib  toptirish  va  o’zlashtirish  juda  ko’p  tadqiqotlarning 
predmetini  tashkil  etadi.  Bu  ishlarda  tushunchalarning 
xususan  qaysi  belgilari,  qanday  izchillikda,  qanday 
sharoitlarda  o’quvchilar  tomonidan  o’zlashtirilishi  batafsil 
qarab  chiqiladi.  Maktab  ta’limining  oxiriga  kelib,  bolalarda 
ma’lum darajada tushunchalar sistemasi tarkib topadi.  
Har  xil  odamlarda  tafakkurning  individual  xususiyatlari 
eng  avvalo  ularda  fikrlash  faoliyatining  har  xil  va  o’zaro  bir-
birini  to’ldiruvchi  turlari  hamda  shakllari  turlicha  nisbatda 
tarkib  topgani  uchun  yuzaga  keladi.  Tafakkurning  individual 
xususiyatlariga  bilish  faoliyatiining  mustaqillik,  epchillik, 
fikrning tezligi kabi boshqa sifatlari kiradi. 
Tafakkurning  mustaqilligi  dastavval  yangi  masala,  yangi 
muammoni  ko’ra  bilish  va  qo’ya  bilishda,  undan  so’ng  esa 
ularni  o’z  kuchi  bilan  yecha  bilishda  namoyon  bo’ladi. 
Tafakkurning  ijodiy  xarakteri  mana  shunday  mustaqillikda 
yorqin ifodalanadi. 


 
230 
Tafakkurning 
o’zgaruvchanligi 
shundan 
iboratki, 
masalani  yechishning  boshda  belgilangan  yo’li  (plani)  chiqib 
asta-sekin  yuzaga  chiqadigan  va  avvaldan  hisobga  olib 
bo’lmagan  muammo  shartlarini  qanoatlantirmasa,  ana  shu 
yo’lni o’zgartira olishdan iboratdir. 
Fikrning  tezligi  xususan  shunday  hollarda  kerak 
bo’ladiki,  ba’zan  (masalan,  jang  paytida,  avariya  paytida) 
kishidan  biror qarorni juda  qisqa muddat  ichida qabul qilish 
talab  qilinadi.  Fikrning  tezligi  maktab  o’quvchilariga  ham 
kerakdir. 
Tafakkurning  yuqorida  ko’rsatilgan  barcha  va  juda  ko’p 
sifatlari  uning  asosiy  sifati  yoki  belgisi  bilan  chambarchas 
bog’liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi, uning 
ayrim  individual  xususiyatlardan  qat’iy  nazar  muhim 
tomonlarini  ajratib,  mustaqil  ravishda  tobora  yangi 
umumlashtirishlarga  kela  bilishdan  iboratdir.    Kishi 
o’ylayotgan  paytda, bu o’yning hatto juda yorqin, qiziq, yangi 
va favqulodda bo’lishiga qaramay, biror narsa yoki hodisalarni 
sharxlash  bilan  cheklanmaydi.  Tafakkur  mazkur  hodisaning 
mohiyatiga  chuqur  kirgan  va  tashqi  jihatdan  bir-biridan  farq 
qilishidan  qat’iy  nazar,  ozmi  yoki  ko’pmi  bir  xil  hodislarni 
barchasining  umumiy  taraqqiyot  qonunini  kashf  etgan  holda 
zarur ravishda oldinga qarab boradi.    
Nutk.  

 
 

 
Nutk mexanizmi.  Nutk  uzining  fiziologik  negiziga 
kura    eshitish  va  xarakat  analizatorlari  faoliyatini  bajaradi. 
Miya  kobigida  tashki  olam  tomonidan  buladigan  turli  xil 
kuzgatuvchilar  bilan  suzlarning  talaffuz  kilinishini  boshkarib 
turadigan  tovush  paychalari,  xikildok,  til  va  boshka  a'zolar 
xarakati  urtasidagi  muvakkat  boglanishlar  urnatiladi.  Nutk 
ikkinchi    signallar  sistemasi    negizida  amal  kiladi.  Suz, 
I.P.Pavlov  aytganidek,  "signallar  signali"dir.  Suzlar  birinchi 
signallar  sistemasi  signallarini,olamning  timsolllar  tarzida 
mavjud bulgan turli-tuman taassurotlarni xabar kilgan xolda 
bevosita kuzgatuvchilar keltirib chikaradigan ta'sirlarga turtki 
berishi  mumkin.  Suzlar  va  ularning  birikmalari  xar  doim 
miyada 
 
birinchi 
signallar 
sistemasi 
signallarining 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə