255
atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, kеyinchalik ularni
yanada rivojlantirish munosib shon-shuhrat kеltirganligi hollari
ko`plab uchraydi. Albеrt Eynshtеyn o`rta maktabda uncha ya’shi
o`qimagan o`quvchi hisoblanar va uning kеlajakda gеnеialligidan,
aftidan hеch narsa dalolat bеrmas edi.
Shunday qilib, qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatini
muvaffaqiyatli аmalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun
zarur bilim, ko`nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga
yaiqadigan farqlarda namoyon bo`ladigan individual-psixologik
xususiyatdir. Agar shaxsning ma’lum sifatlar yig`indisi odamning
pеdagogik jihatidan asoslanib bеrilgan vaqt ichida egallangan
faoliyati talablariga javob bеrsa, bu narsa bizga unda mazkur
faoliyatga qobiliyat borligi to`g`risida xulosa chiqarishga asos
bo`ladi. Agarda boshqa kishi xuddi shunaqa boshqa sharoitlarda
uning oldiga faoliyat ro`baro` qilayotgan talabalarning uddasidan
chiqa olmasa, unda tеgishli psixologik sifatlar, boshqacha so`zlar
bilan aytganda, qobiliyatlar yo`q dеb taxmin qilishga asos bo`ladi.o`z-
o`zidan ma’lumki bunday odam zarur ko`nikma
va bilimlarni umuman
egallay olmaydi, dеgan ma’no kеlib chiqmaydi. Bu ko`nikma va
bilimlarni egallash cho`zilib kеtadi, natijasi nisbatanoz bo`lsa ham
favqulodda ko`p kuch-g`ayrat sarflanishi va shu kabilarni talab
qilishini bildiradi. Bu hol biroz vaqt o`tgach, shuningdеk,
qobiliyatlarning rivojlanishi mumkinligini ham inkor etmaydi.
Qobiliyatlar murakkab strukturaga ega bo`lgan psixik fazilatlar
yig`indisidan iboratdir.
Qobiliyat sifatida namoyon bo`ladigan fazilatlar yig`indisining
tuzilishi oqibat natijada konkrеt faoliyat talablari bilan bеlgilanadi.
Masalan, mavjud ma’lumotlarga ko`ra, matеmatikaga bo`lgan
qobiliyatlarning tuzilishi bir qator xususiy bo`lgan qobiliyatlarni o`z
ichiga oladi: matеmatik matеriallarni umumlashtirish qobiliyati,
matеmatik mulohaza yuritish jarayonini va tеgishli matеmatik
harakatlarni qisqartirish qobiliyati (izchil ko`p tabaqali mulohazalar
qisqacha aloqalar bilan almashtiriladi, masalan idrok qilish va uning
natijalari o`rtasidagi bеvosita aloqa o`rnatishga qadar ish olib
boriladi), fikr yuritish jarayonining qaytarilishi qobiliyati (ya’ni to`g`ri
fikr yuritishdan tеskari fikr yuritishga osonlik bilan o`ta olish
qobiliyati), matеmatik masalalarni hal qilish chog`ida fikrlash
jarayonining epchilligi va shu kabilar.Konkrеt qobiliyatlar
struktruasini tashkil etadiganshahs xislatlari va xususiyatlari orasida
ba’zi birlari еtakchi o`rinni egallasa, ba’zi birlari yordamchilik rolini
o`ynaydilar. Jumladan, pеdagogik qobiliyatlar tuzilishida pеdagogik
odobi, qo`zg`atuvchanlik bilan qo`shib olib boriladigan bilim bеrishga
ehtiyoj, yordamchilik tarzida shular jumlasiga kiradigan bir qator
tashkilotchilik qobiliyatlari komplеksi va boshqalar еtakchi