O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104

 
231 
mavxumlashtirilishi,  umumlashtirilishi  va  kayta  ishlanishi 
natijasi xisoblanadi. Ogzaki munosabatdek murakkab jarayon 
uni ta'min etuvchi  mexanizmlarning izchillik bilan xarakatga 
keltirishga  tayanadi.  Nutkni  programmalashtirish-nutkiy 
ifodaning,  ya'ni  kishi  bildirmokchi  bulgan  fikrning  ma'naviy 
uzagini  tuzish  birinchi  boskich  xisoblanadi.  Buning  uchun 
inson  muxim  deb  xisoblaydigan  axborot  ajratib  olinib, 
yaroksizlari,  ya'ni    ikkinchi  darajalilari  bir  chetga  surib 
kuyiladi.  Ikkinchi  boskich-jumlaning  sintaktik  strukturasini 
tuzishdan  iboratdir.  Iboraning  umumiy  tuzilishi,  uning 
grammatik  shakli  taxmin  kilib  kuriladi.  kerakli  suzlarning 
kidirib  topilishini,  ularni  eng  anik  talaffuz  etadigan 
tovushlarning tanlanishini ta'min etadigan mexanizmlar ishga 
solinadi.  Va  nixoyat,  jumlani  ovoz  chikarib  aytila  boshlaydi, 
ya'ni    nutk  real  tarzda  ruyobga  chikadi.  Shunday  kilib, 
"gapirish"  jarayoni  boshlanadi.  Bu  jarayon  davomida 
kommunikator 
uzatilishi 
lozim 
bulgan 
axborotni 
kodlashtiradi.  xamsuxbat  (resipiyent)  tinglash  jarayonida 
olinga axborotning kodini ochadi. Bu uz navbatida eshitilgan 
nutkning  tovushlarini  boskichma-boskich  suzlar  moxiyatiga 
aylantirishdan  iborat  bulib,  kommunikatorning  aytmokchi 
bulgan  suzi  anglab  yetilishini  ta'minlaydi.  Tinglovchining 
unga 
xabar 
kilingan 
narsani 
tugri 
tushunganligi 
kommunikator 
uchun 
fakat 
resipiyenning 
uzi 
kommunikatorga  aylanib  (kommunikativ  rollar  almashgan 
xolda), unga xabar kilingan narsani kabul kilgani va tushunib 
yetganini  ma'lum  kilganidan  keyingina  anik-ravshan  buladi. 
Diologik munosabatda kommunikativ rollar navbatma-navbat 
uzgarib  turadi,  natijada  sekin-asta  xamjixatlar  tarikb  topadi. 
Mulokat  kilayotganlarning  xatti-xarakatlari  va  xulk-atvori 
muvofiklashgan  bulish  extimoli  tugiladi.  Buning  birgalikda 
faoliyat kursatishda biron natijaga erishib bulmaydi. 
 
 
 
 
                        MOTIVASIYA, HISSIYOT VA IRODA 
T a ya n ch     s o' z     v a     i b o r a l a r : 
 
His-tuyg'ular,  ehtiyojlar,  emosional,  emosiya,  affekt, 
kayfiyat,  kuchli  hiyajonlanish  (stres),  ehtiroslar,  quvonch, 


 
232 
hayratlanish,  g'azablanish,  nafratlanish,  qo'rquv,  hissiy 
zo'riqish,  Iroda,  shaxs,  faollik,  undovchi,  tormozlash, 
lokallashtirish, irodaviy aktintilish, istak, irodaviy zo'r berish, 
abuliya, apraksiya, yalqovlik, qat'iylik. 
ana shunday hi
  
Kishi  idrok  etish,  xotirlash,  hayol  surish  va  tushuncha  fikrlash 
jarayonlarida  faqat  voqelikni  bilib  qolmay,  balki  shu  bilan  birga 
hayotdagi  u  yoki  bu  narsalarga,  qanday  bo'lmasin  munosabat 
bildiradi,  unda  ularga  nisbatan  u  yoki  bu  barzda  his-tuyg'u  paydo 
bo'ladi.  Bunday  ichki  shaxsiy  munosabatning  manbai  faoliyat  va 
munosabat  jarayonlari  bo'lib,  u  ana  shu  jarayonlarda  ro'y  beradi, 
o'zgaradi, barqaror tus oladi yoki yo'qoladi. 
His-tuyg'ular-kishining  o'z  hayotida  nimalar  yuz  berayotganiga, 
nimalarni  bilib  olayotganiga  yoki  nima  bilan  mashg'ul  bo'layotganiga 
nisbatan o'zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. 
His-tuyg'ularning kechishi sub'yekt alohidla his etayotgan psixik 
holat  sifatida  gavdalanadi.  Bunda  biron-bir  narsani  idrok  etish  va 
tushunib yetish, biron-bir narsa to'g'risida bilib ldish idrok etilayotgan, 
tushunib  olinayotgan,  ma'lum  yoki  noma'lum  narsalarga  nisbatan 
shaxsiy  munosabat  bilan  birlikda  ro'y  beradi.  Ana  shu  hollarning 
barchasida  his-tuyg'ularning  boshdan  kechilishi  xususida,  kishining 
alohida  hissiy  holati  xususida  gapiriladi.  Shu  bilan  birga  his-
tuyg'ularning  kechishi  o'z  rivojlanishiga  ega  bo'lgan,  joriy  va  o'zgarib 
turadigan psixik jarayondir. 
His-tuyg'ular  shaxs  extiyojlariga  javob  beradigan  narsalarni 
aniqlab  olishga  yordam  beradi  va  ularning  qondirilishiga  qaratilgan 
faoliyatga omil baxsh etadi. Ilmiy kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli 
kechinmalar olimning izlanuvchanlik faoliyatini rag'batlantiradi, bilish 
extiyojini, qondirish jarayonini jadal tarzda saqlaydi. Ehtiyoj namoyon 
bo'lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo yorqin hissiy tusga 
ega bo'ladi. 
Kishi  uchun  sub'yektiv  hisoblangan  his-tuyg'ular  uning 
ehtiyojlari  qondirilishi  jarayoni  qanday  kechayotganligining  belgisi 
sifatida  namoyon  bo'ladi.  Munosabat  va  faoliyat  jarayonida  paydo 
bo'lgan  ijobiy  hissiy  holatlar  (zavqlanish,  mamnunlik  va  shu  kabilar) 
ehtiyojlarni 
qondirish 
jarayonining 
xush 
keladigan 
tarzda 
kechganligidan  dalolat  beradi.  Ehtiyojlarning  qondirilmasdan  qolishi 
salbiy hissiy kechinmalarga (uyalish, o'kinish, hasrat va shu kabilarga) 
olib keladi. Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, ularning 
kechishi  ham  miya  faoliyatining  natijasi  hisoblanadi.  Emosiyalarning 
paydo  bo'lishi  tashqi  olamda  ro'y  beradigan  o'zgarishlardan 
boshlanadi.  Bu  o'zgarishlar  kishi  hayoti  va  faoliyatining  jonlanishiga 
yoki  pasayishiga,  bir  xil  ehtiyojlarning  paydo  bo'lishiga  yoki 


 
233 
boshqalarning  yo'qolishiga,  kishi  organizmi  ichida  yuz  beradigan 
jarayonlardgi o'zgarishlarga olib boradi.  
Kishining  tevarak-atrofida  va  uning  o'zida  yuz  berayotgan 
o'zgarishlar  kishi  uchun  qanchalik  katta  ahamiyatga  ega  bo'lsa,  his-
tuyg'u kechinmalari ham shu qadar chuqur bo'ladi. Shunga ko'ra ro'y 
beradigan  muvaqqat  bog'lanishlar  sistemasining  jiddiy  qayta  qurilishi 
katta  yarim  sharlar  qobig'i  bo'ylab  tarqalgan  holda  qobiq  osti 
markazlariga  ta'sir  qiladigan  qo'zg'alish  jarayonlarini  yuzaga  keltiradi. 
Miyaning  katta  yarim  sharlar  qobig'ining  pastroqdagi  bo'lmalarida 
organizm fiziologik faoliyatining har xil markazlari: nafas olish, yurak-
qon tomirlari, ovqatni hazm qilish, ichik sekresiya bezlarini ishlatish va 
boshqa  markazlar  joylashgandir.  Shuning  uchun  qobiq  osti 
markazlarining  qo'zg'atilishi  bir  qancha  a'zolar  faoliyatining  kuchayib 
ketishiga  olib  keladi.  Shu  boisdan  ham  his-tuyg'ularning  kechirilishi 
nafas  olish  maromining  (kishi  hayajonlanganidan  bir  lahza  nafasi 
chiqmay  qoladi,  og'ir  va  o'xti-o'xtin  nafas  oladi)  va  yurak  ish 
faoliyatining  o'zgarishi  (yurak  urishdan  to'xtab  qoladi  yoki  tez-tez  ura 
boshlaydi) bir vaqtda sodir bo'ladi, organizmning ayrim qismlariga qon 
kelishi o'zgarib (uyalganidan rangi qizarib, qo'rqqanidan oqarib ketadi), 
sekresiya  bezlarining  ishi  buziladi  (g'am-g'ussa  ko'z  yoshi  to'kilishiga 
sababchi  bo'lsa,  hayajonlanib  ketganda  og'iz  quriydi,  qo'rqqanida 
badandan «sovuq» ter chiqadi va hoqazo. Tananing ichki a'zolarida yuz 
beradigan  jarayonlarning  qayd  qilinishi  va  kishining  o'zi  tomonidan 
kuzatib  borilishi  nisbatan  oson.  Shu  sababdan  ham  qadimgi 
zamonlardan  buyon  ularni  ko'p  hollarda  his-tuyg'ularning  sababchisi 
deb  hisoblab kelingan.  Xalq  orasida  haliga qadar  ham  «yuragim sezib 
turibdi», «yuragim g'ash» va shu kabi iboralar saqlanib qolgandir. 
His-tuyg'ular  ba'zan  har  qanday  psixik  jarayonning  faqat  ёqimli, 
ёqimsiz yoki aralash asorati tarzida boshdan kechiriladi. 
Ehtiyojlarning  qondirilishi  yoki  qondirilmasligi  kishida  turli  xil 
shaklni kasb etadigan o'ziga xos kechinmalarni: emosiyalarni, affektlar 
(hissiy  bo'ronlar)ni,  kayfiyatlarni,  kuchli  hayajonlanish  (stress) 
holatlarini  va  xususan  his-tuyg'ular  (tor  ma'nodagi  so'z  bilan 
aytganda)ni hosil qiladi. 
«Hissiyot»  («emosiya»)  va  «his-tuyg'u»  degan  so'zlar  ko'pincha 
sinonimlar  sifatida  qo'llaniladi.  Torroq  ma'noda  olganda,  hissiyot  bu 
qandaydir  bir  oz  doimiyroq  his-tuyg'ularning  bevosita  va  vaqtincha 
boshdan  kechirilishidan  iboratdir.  «Emosiya»  so'zini  o'zbek  tiliga  aniq 
tarjima  qilinganda  u  ruhiy  hayajonlanish,  ruhiy  harakatlanish  degan 
ma'noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan, kishining musiqaviy asarga 
nisbatan o'rnashib qolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg'usining 
o'zini  emas,  balki  konsert  paytida  yaxshi  musiqiy  asarni  eshitayotib, 
boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi. 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə