O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə20/117
tarix10.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#132755
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi (1)

Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
3.1. Forobiy ta’limotidagi fanlarning sinflanishi va 5 katta guruhini izohlab bering..
3.2. Buyuk Sharq va Markaziy Osiyo mutafakkir va faylasuf, tabiatshunos allomalarining tabiat haqidagi ilmiy qarashlari va asoslab berilishi, undagi tafovutlar.
3.3. Xorazm “Ma’mun” Akademiyasining tashkil etilishi va bu maskanda olimlarning faoliyati.
3.4. “Alkimyoga oid 12 kitob" asarida nimalar bayon qilingan va nima sababdan ulardan voz kеchildi?
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga Jobir ibn Xayyom, Кindiy, Аbu Nasr Forobiy, Аbu Bakir Roziy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, Мuhammad ibn Muso аl-Хоrazmiy, Аbdul-Аbbos Farg’oniy kabi mashhur olimu fuzalolarning ilmiy faoliyati, erishgan yutuqlari va yozib qoldirgan asarlari haqida tushuncha berish, bilim va malakasini oshirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1.1. Jobir yaratgan Metallarning paydo bo’lish nazariyasi va uning kamchiliklari haqida ma'lumot bеra oladi.
3.1.2. Forobiyning barcha ilmiy ishlarini guruhlarga ajrata oladi va ularni tavsiflaydi.
3.1.3. Bilish nazariyasi va logikada ilg’or materialistik fikrlarni ilgari surgan Kindiy faoliyati bilan tanishadilar.
3.1.4. Forobiy tomonidan butun mavjudotni sabab va oqibat munosabatlari bilan bog’langan 6 darajaga bo’linishi to’grisida ma'lumot bеradi va bu darajalarni sanab beradi.


1- savol bayoni: Kimyo fani rivojida Sharq allomalarining qo’shgan ijodiy hissasi ilmiy-uslubiy va tarixiy manbalarda kam yoritilgan va kimyo ta’lim yo’nalishi talabalarini o’z ajdodlari bilan faxrlanish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi imkoniyat-lari kimyo o’qituvchilari tomonidan to’liq foydalanilmasdan qolmoqda..
Shu sababli ushbu mavzuda mashhur Sharq allomalarining hayoti va kimyo faniga qo’shgan ijodiy hissalari yoki ularning kimyo faniga bo’lgan munosabatlarini ochib berishga harkat qilingan.
Jobir ibn Xayyom
Tus shahrida tug’ilgan arab alkimyogari Jobir ibn Xayyom (721-815-yy.) matematika, tabobat, kimyo fanlari bilan ham shug’ullangan. Uning eng buyuk asarlari faqatgina 1927-1929-yillardagina arab qo’lyozmalari orasidan tasodifan topilgan. Bu alloma Yevropa adabiyotlarida Geber nomi bilan mashhur bo’lib, Aristotelning to’rt unsur-stixiyalar haqidagi ta’limotiga asoslangan holda simob-oltingugurtning barcha elementlar asosi degan “nazariyani” yaratdi, bu davrda ayrim noaniqliklarga ham yo’l qo’yilib “Yetmishlar kitobi” asossiz ravishda Jobirga nisbat berildi. Uning asarlarida oddiy haydash, quruq haydash, eritmalar tayyorlash, qayta kristallash, nitrat kislota, kumush nitrati, novshadil, sulema olish, metallarni suyuqlantirish kabi kimyoviy amallarni aniq bayon qilgan. Jobirning fikricha, yer qa’rida ikki xildagi bug’lanish mavjud:
a) Suvning bug’lanishidan keladigan (nam) bug’dan simob bunyod bo’ladi,
b) Yerning o’z moddasidan ko’tariladigan quruq tutun oltingugurtni hosil qiladi.
Oltingugurt - metallar otasi, Simob - metallar onasi.
Ular yer qa’rida birikib turli noasl metallarni hosil qiladi, faqat oltin va kumush oltingugurt va simobning yetuk nisbatda birikishidan nihoyatda toza holda olinadi, ularni yer qa’rida olish juda qiyin. Shuning uchun ham sof oltin olish uchun uning hosil bo’lishini “tezlashtiruvchi” birikma qo’shilishi kerak. Qadimgi tushunchalarga qaraganda bu modda quruq kukun holida bo’ladi. Yunon faylasuflari bu moddani xerion, arablar a1-iksir deb atashgan bo’lsa, u nihoyat, yevropaliklar tilida eliksir degan shaklga aylandi. Yevropada bu birikmaning nomini falsafiy tosh deb ham aytishardi. Juda ko’p metall buyumlarning sirtini oltin bilan qoplashda (oltin suvi yurgizish) uning simob bilan hosil qilgan amalgamasi ishlatiladi. Olib borilgan ishlar ko’lami Jobirning simob va oltingugurt xossalarini juda yaxshi bo’lganidan darak beradi. Metallarning kelib chiqishi nazariyasiga ko’ra simob va oltingugurt alohida element deb hisoblanmasdi.
Sharqda va G’arbda yashab ijod qilgan barcha alkimyogarlar Jobirni o’z ustozlari deb tan olishardi. Arab va O’rta Osiyo olimlarining ishlarida si­mob va oltingugurtning “ota-onalik” nisbatiga ko’ra o’sha paytdagi ma’lum 7 metallni hosil qilish mumkin deb hisoblashgan va shuni amalga oshirish uchun urinishgan.


Kindiy
Abu Yusuf bin Isoq al-Kindiy (800-870 yy.) mashhur arab faylasuf, matematik, astronom va tabibi. Kindiy birinchi arab Aristotelchilaridan bo’lib, Sharq peripatetiz­mi (aristotelizm) asoschisi hisoblanadi. Aristotel, Yevklid, Ptolemey ka­bi qadimgi yunon faylasuflarining asarlariga 40 dan ortiqroq risola va sharhlar yozgan, Kindiy qarashlari o’sha davrdagi ilg’or oqim - mu’taziliylar ta’limoti bilan uzviy bog’liq. Kindiy fikricha olam yaratuvchisi Olloh bo’lib u azaliy va tanho, lekin tabiatdagi barcha narsalar materiyadan tashkil topgan. Materiya o’z navbatida tuproq, olov, suv va havodan iborat. Kin­diy materiya, shakl, fazo, vaqt va harakatdan iborat beshta substansiyani e’tirof etgan. Bilish nazariyasi va logika (mantiq) da ilg’or materialistik fikrlarni ilgari surgan. Alkimyoni tanqid qilgan olimlarning eng birinchisi ham Kindiy hisoblanadi. Ammo Abu Bakr Roziy uning fikrlariga qarshi chiqadi va kamchiliklarini ko’rsatish uchun maxsus risola yozadi. Kindiyning asarlari o’rta asrlardayoq g’arbiy Yevropada tarjima qilingan va keng shuhrat qozongan.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə