O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə33/117
tarix10.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#132755
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi (1)

1- savol bayoni: Yatrokimyo (iatrokimyo). Metallarni oltinga aylantirish alkimyogarlarning yagona maqsad va orzusi emasdi. Ular kishini barcha kasalliklardan forig’ qiluvchi eliksir va hamma moddalar uchun universal erituvchi alkagestni qidirish ustida izlanishardi. Eramizgacha 121-yilda tug’ilgan qadimgi yunon shifokori va faylasufi Galen (Sharqda uni Jolinus deb atashgan) Aristotelning tabiatni tashkil etuvchi to’rt unsur haqidagi ta’limotini inson organizmiga ham tadbiq qildi. Galenning fikricha, inson organizmida bu to’rt element muayyan miqdoriy nisbatlarda bo’ladi, agar organizmda bu moddalardan birortasining miqdori ortsa yoki kamaysa, u kishi kasallikka uchraydi. U bir qancha dorilar tayyorlash usullarini (erituvchilarda eritish, aralashtirish, bug’latish, ekstraksiyalash) batafsil tushuntirib yozgan. Dorilar haqidagi fan - farmakognoziya bir qator yunon va Sharq olimlarining asarlarida batafsil yozilgan. Qadimgi aptekalar hozirgi zamon farmasevtik va kimyoviy laboratoriyalarning debochasi, dastlabki ko’rinishi edi. O’simlik va hayvonot dunyosidan dori tayyorlashga qo’shimcha qilib kimyoviy usullar bilan dori tayyorlashni birinchi marta Ibn Sino qo’llagan. Ammo XVI asrlargacha bu usuldan juda kam foydalanishgan.
Galen ishlaridan so’ng 14 asr o’tgandan keyin XVI asrning birinchi yarmida yashagan nemis vrachi va kimyogari Filipp Aureol Teofrast Bombast fon Gogengeym (1493-1541-yy.) kimyo faniga asoslangan tabobat san’atini namoyon qildi. Bu olim o’zini Parasels nomi bilan atay boshladi (kichik yutuqlardan kibrlangan olim o’zini qadimda yashab o’tgan hakim va tabiatshunos Selsdan ortiq ekanligini ko’rsatish uchun shunday psevdonim-taxallus oladi). Ari­stotel va Galen ta’limotining davomchisi inson organizmi ham to’rt unsur va uch boshlang’ich moddalardan (simob, oltingugurt, mishyak) tashkil topgan deydi. Organizmda bu uchta dastlabki moddalar tabiiy muvozanatda bo’ladi, uning buzilishi kasallik sababi deb tushuntiradi. Parasels umri davomida alkimyo bilan shug’ullangan otasining vrachlik faoliyatini tanqid qiladi.
Parasels fikricha, sun’iy oltin olish mumkin emas, balki kimyo fanining vazifasi kasallikni davolashi lozim deb hisoblaydi. 1526-yilda Bazel senati universitetning tabiatshunoslik tarixi va tabobat kafedrasini boshqarishni olimga taklif etdi. Parasels bu joyda yevropalik olimlarning muqaddas an’analarini buzib, lotin tili o’rniga nemis tilida ma’ruzalar o’qiy boshladi. Birinchi ma’ruzasidayoq o’zining bilim darajasini Galen va Ibn Sinonikidan ortiq deb keriladi. Parasels faqat vrach emas, balki kimyogar ham bo’lgan.
O’z davridagi ma’lum moddalarning ko’pchiligini dori sifatida ishlatib keldi, avval ularni tashqi, teri kasalliklariga qarshi davolashda qo’llasa, keyinchalik ichki kasalliklar uchun ham tavsiya qildi. O’zini kimyo va tabobat bilan shug’ullangani uchun yatrokimyogar (“iatros” - vrach degani) deb atay boshladi. Kasalliklarni davolashda o’simlik shirasi va sharbatlaridan foydalangan Galenga qarshi ravishda organizm a’zolari faoliyatining kimyoviy nazariyasini ilgari surdi. Barcha kimyoviy moddalar bilan birga simob, surma, mishyak, mis kuporosi, qo’rg’oshin qandi kabi kuchli va o’tkir ta’sir etuvchi preparatlarni ko’proq tavsiya etdi. Bularning ichida o’simlik va ma’danlardan oladigan “kvintessensiya” (quinta es-sentia- beshinchi modda) nomli mo’jizakor dorisini birinchi o’ringa qo’yardi. Og’ir kasalliklarni davolashda “oltin tinkur” ga katta ahamiyat berar edi. Bu preparat oltindan tayyorlangan qizil kolloid eritmaning aynan o’zi edi. O’z asarlarida kimyoviy moddalar va tajribalar haqida, achchiqtosh va kuporoslar farqi haqida, rux metali va uning xossalari haqida ma’lumotlar keltirgan. Dori-darmon tayyorlashda doimo tarozidan foydalanishni Parasels joriy etgan.
Parasels davomchilaridan biri yatrokimyogar germaniyalik Andreas Libaviy (1540-1616-yy.) vrach va kimyo o’qituvchisi bo’lgan. Yoshligida Iyen shahrida falsafa, tarix va tabobatni yaxshi o’rgangan, shu yerda tibbiyot doktori ilmiy darajasini oldi. Libaviy butun umri davomida tibbiyot, alkimyo va metallurgiyaga doir bir qancha risola va adabiyotlar yozdi. Paraselsning kuchli ta’sir etuvchi dorilarni qo’llash fikriga qarshi chiqdi. Libaviy 1597-yilda kimyo tarixida sezilarli o’rin olgan "Alkimyogar" asarida barcha kimyoviy idishlar, uskunalar, isitish, haydash, distillash apparatlari haqida batafsil to’xtaladi. Libaviy qo’llanmasi 2 qismdan iborat bo’lib, uning birinchi qismida yuqoridagi ma’lumotlardan tashqari "Ideal kimyoviy laboratoriya" tarhini ilova qiladi. Uning tasavvuricha, laboratoriya alohida binoda bo’lishi lozim, unda laborantlar ishlashi uchun katta laboratoriya xonalari, rahbar kabineti, darsxona va kutubxona, isitish, distillash xonalari, hatto kichkina yerto’la bo’lishi ham kerak.
Yatrokimyogar Vittenberglik Daniil Zennertni (1572-1637 yy.) tibbiyot sohasida professor bo’lsa ham, fizikaviy atomistik ta’limotni rivojlantirdi. Bu nazariya eritmalar hosil bo’lishi va sublimatlash kabi kimyoviy jarayonlarni tushuntirish uchun qo’l keldi. Nemis emigrantlari oilasidan chiqdan, venesiyalik Anjelo Sala (1576-1637-yy.) yatrokimyogar sifatida Libaviydek Paraselsning universal dorilar, kuchli ta’sir etuvchi kimyoviy moddalarni ishlatishga qarshi chiqdi. Sala kuporoslardan va oltingugurtni yoqish usuli bilan olinadigan “oltingugurt spirti” (“spiritus vitrioli”)ning har ikkisi bir narsa ekanligini isbotladi. Selitradan nitrat kislotasi olish mohiyatini tushuntirib berdi. Birinchi marta mis ionlarining eritmasidan katod sifatida tushirilgan temir plastinkasi sirtiga atomar mis ajralib chiqishini to’g’ri talqin qildi va bu metallar transmutasiyasi emasligini isbotladi.
Fransua Deleboe Silviy (1614-1672-yy.) vrach sifatida tibbiyotni amaliy kimyo deb hisoblaydi va kimyo faqatgina kasallarni davolash uchun xizmat qilishini lozim deydi. Van Gelmontning me’da shirasi kislotali xossalari va fermentlar haqidagi ta’limotini rivojlantirdi. Nafas olish jarayoni yonish jarayoni bilan aynan bir xil, u ham harorat va nafas olinadigan havoning tozaligi bilan belgilanadi, deb o’rgatadi. Yatrokimyo namoyandalarining oxirgi vakillaridan biri Silviy shogirdi Vestfaliyalik Otto Taxeniy (1620-1699-yy.) hisoblanadi. Mineral moddalar kimyosiga o’z e’tiborini qaratgan Taxeniy, bi­rinchi bo’lib tuzlarning hosil bo’lishi kislota bilan ishqorning o’zaro ta’siri natijasidir deb o’rgatadi. Kimyo amaliyotida minerallarning tarkibiy qismini aniqlash uchun ayrim reaktivlarni kiritdi, miqdoriy tahlil tajribalarini amalga oshirdi. Barcha asarlari faqat tibbiy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lsa ham, Taxeniy analitik kimyoning asoschilaridan biridir.
Yatrokimyo davri XVI asrdan XVII asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi. Bu davrda kimyo bilan tibbiyot yaqinlashdi, kimyoviy bilimlar chegarasi kengayib rivojlandi. Kimyo fani eksperimental tajribalarning mohiyati va uning kimyo­viy tahlil rivoji va murakkab moddalarning tarkibiy qismlarini aniqlash borasidagi xizmatlari katta bo’ldi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə