O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Pnevmokimyo va uning shakllanishi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə34/117
tarix10.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#132755
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi (1)

Pnevmokimyo va uning shakllanishi. Kimyoviy uyg’onishning dastlabki kurtaklari flamandiyalik olim Van Gelmont (1579-1644-yy.) ishlarida kuzatildi. U birinchi bo’lib kimyoviy reaksiyalar, yog’och yonishi jarayonida ajralib chiqadigan bug’larni o’rganib, ularning havodan farq qilishiga e’tibor qaratdi. Bu xildagi doimiy hajmi va shakli bo’lmagan havoga o’xshagan moddalarni yunonlarning “xaos” so’zi bilan atadi, ammo flamand tili fonetikasida xaos so’zi “gaz” iborasidek aytilgani uchun bu so’z 1620-yildan bugungacha o’z ma’nosini saqlab qoldi. Van Gelmont nomi bilan kimyo fani rivojlanishining bu bosqichi pnevmatik kimyo (pneuma - shabada, shamol) davri deb ataldi.
Yog’och yoqilganda hosil bo’lgan gazni Van Gelmont “o’rmon gazi” (gas sylvestre) deb nom berdi, organik moddalarning bijgishida, ohaktosh yoki potashga kislotalar ta’sir etganda ham shu gaz ajralib chiqishini aniqladi. U CO2 va CH4 har qaysisi individual modda ekanligini aniqladi. Gazlar ham qattiq jismlardek bir-biridan farq qiladi, ularni ajratib olish mumkin deydi. Olim azot (II) oksidi zaharli gaz ekanli­gini birinchi bo’lib aniqladi, organik moddalardan yonuvchan gaz olish mumkinligini ham aytdi. Olimlar orasida gazlarga, ayniqsa havoga bo’lgan qiziqish ortdi. 1638-yilda havo zichligini aniqlagan G. Galiley ham materiya o’zining ma’lum massasi va zichligiga ega, deb hisoblaydi. 1643-yilda italiyalik fizik Evandjelista Torrichelli (1608-1647-yy.) havoning o’z bosimi borligini aniqladi, buning natijasida barometr ixtiro qilindi. Endi gazlar va ularning tabiati olimlar uchun uncha katta muammo emas edi. Keyinroq aniqlanishicha, gazlar ham suyuq va qattiq jismlardek o’z og’irligiga ega, faqat zichligining kichikligi bilan ulardan ajralib turadi.
Nemis olimi Otto fon Gerike (1602-1686-yy.) atmosfera havosining og’irligini aniqladi. Gerike o’zi yaratgan nasos yordamida idishlardan havoni so’rib oldi va natijada tashqi bosim ortgani kuzatildi. 1654-yilda Gerike buyurtmasiga ko’ra misdan ikkita yarim sharlar yasaldi. Yarim sharlar mum va skipidar shimdirilgan charm yordamida bir biriga tutashtirilib, ichidan havosi so’rib olindi. Tashqi atmosfera bosimi kattaligi natijasi­da bu yarim sharlar hosil qilgan sferik jismning ikki tomonidan otlar bi­lan tortilganda ham ular ajralib ketmadi, ammo idishga havo kiritilganda yarim sharlar o’z-o’zidan ajralib qoldi. Bu tajriba ilm-fan tarixida “magdeburglik yarim sharlar” nomi bilan mashhur bo’ldi. Bu xildagi namoyishlar olimlarning havoga bo’lgan qiziqishini kuchaytirdi.
Yevropada kimyodan tashqari astronomiya sohasi yutuqlari keskin yuksaldi. Italiyalik Galileo Galiley (1564-1642-yy.) XVI asrning 90-yillarida jismlarning erkin tushishiga e’tiborini qaratib, bu fizikaviy eksperiment natijalari­ni matematik hisoblashlar bilan tasdiqlash lozimligini uqtirdi.
1687-yilda ingliz olimi Isaak Nyuton (1642-1727-yy.) ning “Matematikaning boshlanishi” (“Principia Mathematika”) asarida Galiley ishlarining muhim xulosalari o’z tasdig’ini topdi va ilmiy asoslandi. Nyuton o’zining mexanika asoslarining shakllanishini yakunlagan harakat to’g’risidagi 3 ta qonunini va dunyodagi planetalar va yulduzlar orasidagi o’zaro tortishish qonunini ham shu asarida tushuntirdi. Lekin I.Nyuton oddiy metallarni oltinga aylantirish ustidagi tajribalarini davom ettirib alkimyo tarafdori bo’lib qoldi. Galiley va Nyutonlarning yutuq va miqdoriy o’lchamlarini hali kimyoga qo’llab bo’lmasdi, shuning uchun Yevropa kimyosi rivojlanishdan orqada qoldi. Kimyoviy tushunchalarning shakllanishi bilan elementllar haqidagi bilim darajasi pastligi yaqqol ko’rinib qoldi. Birikma tarkibini aniqlovchi element yoki uning boshlang’ich shaklini qidirish boshlandi. Bu haqida fransiskanlik monax (rohib) Rodjer Bekon (1214-1292-yy, bundan 300 yil keyin o’tgan Frensis Bekon bilan adashtirmang) ham qat’iyat bilan yozgan edi. Aristotel ta’limotini o’sha davrda cherkov tan olgani va uni har xil fikrlardan himoya qilgani uchun rohibning qat’iyati o’ziga qimmat tushishi mumkin edi. Ammo xalq uni hurmat bilan “mo’jizakor hakim” deb atagani uchun ham omon qolgan. keyinchalik uning dunyoqarashini rivojlantirgan kishi Van Gelmont bo’ldi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə