O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Abu Abdullo Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Jayhoniy



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə27/117
tarix10.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#132755
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi (1)

Abu Abdullo Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Jayhoniy
870-yillarda tug’ilib, 942-yilda halok bo’lgan. X asrda Buxoro Somoniylar poytaxti bo’lib 914-yilda amir Ahmad bin Ismoil vafot etgach, go’dak o’g’li shahzoda Nasr bin ahmad taxtga o’tirdi. Uning yoshligida davlatni buyuk vazir, ayni paytda fanimiz jonkuyari Jayxoniy boshqardi. Arab geografi Mahsudiy: “Kutubxonalar Jayxoniyning yetti yillik geografiya kitobini ko’rdim”,- deb e’tirof etadi. Bu kitobning nomi “Masofalar va mamlakatlar kitobi” (“Kitob ul Masolik va mamolik”) bo’lganligini Abu Rayhon Beruniy o’zining “Osori boqiya” asarida uqtirib o’tgan va undan juda ko’p marta foydalangan.


Abu Bakr Muuammad bin Ja’fari Narshaxiy
X asr birinchi yarmida (899-959- yy.) Buxoroda yashagan tarixchi olim. U “Tahqiqi ul viloyat” nomli asari - Buxoro viloyati tarixini 944-yilda arab tilida yozib qoldirgan. Biroq odamlarning arab kitoblarini o’qishga rag’batlari bo’lmagani uchun bu kitob 1129-yilda Abu Nasr Axmad bin Muhammad al-Kubaviy tomonidan tojik tiliga qisqartirib va ayrim yangi parchalarni qo’shib tarjima qilingan. Bu kitobni 1179-yilda Muhammad bin Zufar yana qisqartirib va tahrir qilib ko’chirib chiqqan. Ammo ilgarigi qo’lyozmalar bedarak yo’qolib ketgan va keyingi asar esa saqlangan. “Nar­shaxiy tarixi” da Buxoro tog’risida turli rivoyat va hikoyatlar, eng muhimi - Buxoro topografiyasi, tabiati, shaharlari, boyligi, sanoati va aholisi to’grisida ma’lumotlar keltirilgan. Narshaxiy Buxoro shahrini Numujkat, Mis shahri (“Madinat us-Sufriya”), Savdogarlar shahri (“Madinat ut-Tujjor”), Foxira degan nomlari bo’lganligini aytib, “Xurosonda hech bir shaharga buncha ko’p nom berilmagan”,- deydi.
Boshqa kimyogarlar haqida
X asrning ikkinchi yarmida yashab o’tgan Abu Mansur Muvaffas al-Haraviy farmakopeyaga doir tojik tilida yozgan kitobi eng qadimiy asar sifatida bizgacha yetib kelgan. U 585 ta har xil dorilar to’g’risida ma’lumot keltiradiki, bu kimyo fani uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Ibn Sino va Beruniygacha yashab o’tgan yana ikki xorazmlik olimlar kimyoga doir ilmiy ishlar qilishgan. Ulardan biri Abu Abdullo Muhammad ibn Ahmad al-Xorazmiy X asrning ikkinchi yarmida yashagan va mashhur “Fanlar kaliti” (“Miftoxil al-Ulum”) asarining muallifidir. Bu asarda alkimyoga alohida bob ajratilgan bo’lib, unda o’sha davrda kimyoda qo’llaniladigan barcha birikmalar, asbob-uskunalar, jarayonlar haqida ma’lumot beradi. Ikkinchisi Abdulhakim Muhammad ibn Abdumalik al-Xorazmiydir. U 1034-yili o’rta Osiyodagi barcha kimyoviy kashfiyotlar tarixini yig’gan asarini yozib tugatadi.
O’rta Osiyo va arab olimlari qadimgi misrliklar va yunonlar ishlatib kelgan shayinli tarozini ancha takomillashtirdilar va o’lchov aniqligini 5 mg chegarasigacha tushira oldilar. Sobit ibn Qora “Qarastun haqidagi kitob” risolasida qarastun-rimliklar tarozisi haqida ma’lumot bergan. Xorazmlik alloma Abdurahmon Xaziniyning 1121-yilda yozidgan “Donishmandlik tarozilari haqida” nomli risolasida har xil tarozilarning (hatto gidrostatik tarozilar ham tavsiflangan) konst­ruksion tuzilishi va o’lchash usullari batafsil yoritib berilgan. Asarda ikki elementdan tarkib topgan har xil metall qotishmalarining tarkibini aniqlash usullarini ko’rsatib o’tilgan, bunda olim qotishmani suyuqlantirish va ajratishdan tashqari ularning solishtirma og’irligini aniqlash orqali ham bu natijalarga erishish mumkinligini izohlaydi. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniyning tajribalaridagi natijalarini o’rganib chiqqan Xaziniyning har xil jismlar, birikmalar, ma’dan va metallarning solishtirma og’irliklarini aniqlashga doir keltirgan ma’lumotlari hozirgi aniqlangan kattaliklardan juda kam farq qiladi (2-jadvalga qarang). Yevropa olimlarining asarlarida bunday yuqori aniqlikdagi ma’lumotlar ko’rsatilgan jadvallar XVIII asrga kelib, faqatgina fransuz olimi A.Lavuazyening “Kimyo kursi” asaridan keyingina paydo bo’la boshladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə