O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə71/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Shanarsozlik. Mustaqillik yillarida shaharsozlik va arxitektura qurilishi misli ko‗rilmagan darajada avj oldi. O‘zbekiston poytaxti – Toshkent shahrining qiyofasi tubdan o‗zgardi, yuzlab zamonaviy, ko‗rkam, osmon o‗par binolar bunyod etildi. Oliy Majlis, Prezident qarorgohi – Oqsaroy, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, ―O‘zbekiston‖ xalqaro anjumanlar saroyi, Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonani o‗z ichiga olgan Ma‘rifat markazi binosi, Toshkent shahar hokimligi, Turkiston saroyi, Respublika birja markazi, Biznes markaz, Markaziy bank, Milliy bank, Banklararo moliyaviy xizmatlar markazi, Xalqaro savdo- ko‗rgazma xizmatlar majmuasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Interkontinental va Toshkent-Sheraton mehmonxonalari shular jumlasidandir.
Toshkent shahri ko‗rkiga ko‗rk qo‗shib turgan ―Oloy‖, ―Chorsu‖, ―Otchopar‖,
―Yunusobod‖, ―Mirobod‖, ―Parkent‖, ―Qo‗yliq‖ va boshqa bozor binolari, zamonaviy ko‘p qavatli uylar barpo etildi. Zamonaviy jismoniy tarbiya va sport, sog‗liqni saqlash muassasalari, mustahkam ko‗priklar qurildi, transport yo‗llari tubdan ta‘mirlandi va obodonlashtirildi.
Respublikamizning barcha viloyatlari markazlarida ham yirik zamonaviy ma‘muriy binolar, sport inshootlari, bog‗lar, saylgohlar, savdo inshootlari bunyod etildi, obodonlashtirildi.


    1. Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi.


О‗zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov davlat rahbari sifatida о‗z faoliyatini boshlagan dastlabki davrda, Ittifoqning sport sohasidagi markazlashgan siyosatidan holi ravishda, о‗zbek sportini mustaqil va jadal rivojlantirish harakatlari boshlandi.
1990 yil 24 mart kuni Oliy Kengashning birinchi sessiyasida Islom Karimov "Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma‟rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim" (Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatani shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining aso- siy mezonidir. 19 j. -T.: О„zbekiston, 2011. B. 96-97.), deb ta‘kidlagan edi.
Albatga, bu davr tarixini о‗rganish uchun о‗tgan davrga ham nazar tashlab, haqqoniy baho berish kerak bо‗ladi. О‗rta Osiyo hududida jismoniy tarbiya va sport qadimdan rivojlanib kelgan va ular asosan aholining turmush tarzi bilan bog‗liq bо‗lgan. Dastlabki jismoniy harakatlarga tayyorgarlik о‗zini, oilasini, Vatanini himoya qilish bilan bog‗liq bо‗lib, ulardan harbiy mudofaa maqsadida foydalanilgan. Mahalliy aholi orasida hozirgi kо‗rinishdagi sport turlari uchramasa- da, milliy bayram va tо‗y-tomoshalarda erkaklar о‗rtasida о‗ziga xos musobaqalar tashkil etilgan. Xalq milliy о‗yinlari (kо‗pkari, uloq, chovgon, dorbozlik, kurash) bugungi kunga asl holicha yetib keldi.
Aholining salomatligini yaxshilash, о‗quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini ta‘minlash, iqtidorli sportchilarning mahoratini davr talabi va xalqaro andozalar asosida takomillashtirib borish, shuningdek, ziyolilarning ish qobiliyati va mehnat unumdorligini oshirish, eng muhimi, sog‗lom turmush tarzini shakllantirish, sog‗lom avlodni tarbiyalashga alohida e‘tibor berildi.
Respublikada sport sohasini rivojlantirishga yо‗naltirilgan dasturlarning bosh maqsadi aholi barcha qatlamlarining jismoniy tarbiyaga qiziqishini oshirish va zarur shart-sharoitlar yaratish, deb belgilandi. Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki, u inson salomatligini mustahkamlash, yosh avlodning jismoniy barkamolligi hamda sport mahoratini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Uning tarixiy xususiyati esa ta‘lim-tarbiya va ijtimoiy turmushdagi afzalliklarni yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi muhim jarayon ekanligida. 1-bosqichda, 1991-2001 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qonunlar, Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Ularda jismoniy tarbiya va sportning huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy asoslari belgilanib, sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari kо‗rsatib berildi. Chunonchi, jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning tashkiliy asoslari takomillashtirildi. О‗zbekiston Milliy Olimpiya qо‗mitasi hamda sport turlari bо‗yicha federatsiyalar tashkil etildi, jismoniy tarbiya- sog‗lomlashtirish, ommaviy sport, milliy sport turlari va о‗yinlari rivojlantirildi. Respublikamizda MDHga a‘zo davlatlar ichida birinchilardan bо‗lib, 1992 yil 14 yanvarda О‗zbekiston Respublikasining ―Jismoniy tarbiya va sport tо‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilindi. 1999 yil 27 mayda Vazirlar Mahkamasining ―О‗zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Qarori qabul qilindi. Unda joylarda aholi salomatligini yaxshilash maqsadida sport-sog‗lomlashtirish klublari tashkil etish, ularning faoliyatiga sportning ommaviy, milliy turlari va xalq о‗yinlarini keng joriy etish belgilandi.
Shu yillarda ommaviy sport turlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor berila boshlandi. Xususan, 1992 yildan milliy kurash bо‗yicha jahon chempionatlari, 1994 yildan tennis bо‗yicha
―Prezident kubogi‖ xalqaro turniri, 1996 yildan ―Toshkent Open‖ xalqaro ayollar turniri, shuningdek, Farg‗ona, Samarqand, Guliston, Buxoro, Qarshi shaharlarida ―Chelenjer‖,
―Fyuchers‖ va ―Satellit‖ kabi xalqaro turnirlar о‗tkazila boshlandi. Bundan tashqari, boks bо‗yicha Osiyo chempionati (1996) va kurash, boks, sharq yakkakurashlari bо‗yicha rasmiy musobaqalar, xalqaro turnirlar Toshkent, Buxoro, Qarshi, Termiz va boshqa shaharlarda о‗tkazildi, ularda dunyo mamlakatlarining nufuzli sportchilari ishtirok etdi. Bu, о‗z navbatida, ushbu sport turlariga bо‗lgan qiziquvchilar sonining oshishi, ommaviyligining о‗sishiga sabab bо‗ldi.
О‗zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro sport hamjamiyatiga a‘zo bо‗lib kirish maqsadida 1992 yil 21 yanvarda Milliy Olimpiya qо‗mitasi (MOQ)ni tashkil etdi. Xalqaro
Olimpiya qо‗mitasi (XOQ) xartiyasi asosida va jahon sport harakatining ilg‗or tajribalariga tayangan holda MOQ Nizomi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Olimpiya о‗yinlarida mustaqil ravishda qatnashish oson bо‗lmadi. 1992 yili Barselonada (Ispaniya) о‗tkazilgan Olimpiya о‗yinlarida respublikamiz mustaqil bо‗lganiga qaramasdan, hali XOQ tarkibiga rasmiy ravishda a‘zo bо‗lmaganligi sababli Mustaqil Davlatlar Hamdо‗stligi (MDH) terma jamoasi tarkibida ishtirok etishga majbur bо‗ldi. Bu о‗yinlarda yurtimiz vakillari sport tarixida ilk bor 17 kishidan iborat jamoa bilan qatnashdi. Kam sonli bо‗lishiga qaramasdan, sportchilarimiz Vatanimizga 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini olib kelishga muvaffaq bо‗ldilar (O.Chusovitina, R.Galiyeva sport gimnastikasi, M.Shmonina yengil atletika, A.Asraboyev miltiqdan о‗q otish, S.Sirpov og‗ir atletika, V.Zaxarevich qilichbozlik).
1993 yilda XOQning 101-sessiyasida О‗zbekiston XOQ a‘zosi sifatida tan olinib, xalqaro sport hamjamiyatining tо‗laqonli subyektiga aylandi. Bu mamlakatimizga о‗z jamoa va sportchilari bilan barcha xalqaro musobaqalarda, Olimpiya va Osiyo о‗yinlarida mustaqil ravishda qatnasha olish imkonini berdi. Bu sport olamida eng muhim va olamshumul voqea bо‗ldi.
1993 yildan buyon О‗zbekiston MOQ tarkibida tashkil etilgan Olimpiya Akademiyasi olimpiya harakati, g‗oyalari, jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda amaliyotini о‗rganish va ularni targ‗ibot qilishga xizmat qilmoqda.
О‗zbekistonning xalqaro sport tarixidagi eng muhim voqea 1994 yil fevralida XVII qishki Olimpiya о‗yinlarida respublikamiz sportchilari mustaqil ravishda birinchi marotaba qatnashishlari bilan boshlandi. Unda chang‗ida akrobatik sakrash bо‗yicha hamyurtimiz L.Cheryazova yana bir bor о‗z mahoratini namoyish etdi va oltin medal sohibi bо‗lib, О‗zbekiston bayrog‗ini baland kо‗tarish va respublika madhiyasining yangrashiga erishdi.
1994 yil 2-15 oktabrda Yaponiyaning Xirosima shahrida XII Osiyo о‗yinlari bо‗lib о‗tdi. Unda ilk bor О‗zbekiston sportchilari ham ishtirok etdi, futbol bо‗yicha mamlakatimiz terma jamoasi final uchrashuvida xigoylik futbolchilar ustidan g‗olib keldi. Respublikamiz sportchilari ushbu о‗yinlarda jami 40 ta medalni (10 ta oltin, 11 ta kumush, 19 ta bronza) qо‗lga kiritdi.
1995 yil 3-8 sentabrda Toshkentda Markaziy Osiyo respublikalarining о‗yinlari о‗tkazildi.
Tantanali ochilish marosimida XOQ Prezidenti X.A.Samaranch tabrik sо‗zi bilan qatnashdi.
1994-2001 yillarda Respublika Prezident kubogi uchun tennis bо‗yicha xalqaro turnirlar, boks bо‗yicha Osiyo chempionati (1996 yil sentabr), kurash, boks, sharq yakkakurashlari bо‗yicha rasmiy musobaqalar bо‗lib о‗tdi. Ayniqsa, tennis bо‗yicha ―Prezident kubogi‖ xalqaro turnirida Marat Safin, Yevgeniy Kafelnikov, Tim Xenman, Karlos Moya kabi taniqli tennis yulduzlarining ishtirok etishi ushbu musobaqa nufuzini yanada oshirdi. Xalqaro tennis federatsiyasi bu turnirni ―Yilning eng a‘lo turniri‖, deb e‘tirof etdi.
Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis majmuasi barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002-yillarda O‘zbekiston Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o‗tkazildi. 1999- yilning iyul oyida Londonda o‗tgan tennis bo‗yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda To‘laganova „Uimbldon― turnirida g‗olib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan nusxasini qo‗lga kiritdi.
Mamlakatimizning xalqaro sport tashkilotlari bilan amaliy aloqalarida О‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning hissasi katta bо‗ldi. XOQ Prezidenti X.A.Samaranch О‗zbekistonning olimpiya harakatiga qо‗shayotgan ulkan hissasini yuqori baholab, Xalqaro Olimpiya Kо‗mitasining bosh shtabi Lozannada (Shveysariya) Islom Karimovga ―Olimpiya oltin ordeni‖ni tantanali ravishda topshirdi.
1996 yil avgustda Toshkentda ―Olimpiya shon-shuhrati‖ muzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz sport tarixi, Olimpiya harakati, sportchilar erishgan yutuqlar о‗z ifodasini topdi. XOQning Prezidentimiz Islom Karimovga topshirgan "Olimpiya oltin ordeni", Osiyo Olimpiya kengashining "Oltin ordeni", beshta qita ramzi bо‗lgan oltin zanjir va kumush plastina, Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasining "Oltin marjoni" hamda kо‗plab sportchilarning g‗oliblik nishonlari muzey eksponatlari qatoridan о‗rin oldi.
1996 yilda XXVI yozgi Olimpiya о‗yinlarida (Atlanta, AQSH) О‗zbekiston sportchilari mustaqil jamoa sifatida ilk bor qatnashdi. Unda 76 nafar sportchi ishtirok egib, 13 sport turi bо‗yicha bellashuvlarda qatnashdilar. О‗zbekiston medallar soni bо‗yicha 197 mamlakat ichida 58-о‗rinni egalladi. A.Bagdasarov dzyudo bо‗yicha kumush medalga, K.Tо‗laganov boks bо‗yicha bronza medaliga sazovor bо‗ldi. Boshqa sport turlarida ham sportchilarimiz yaxshi natijalarga erishib, kuchli о‗nlikdan joy olishga muvaffaq bо‗lishdi. Ushbu Olimpiya о‗yinlarida g‗oliblikni qо‗lga kiritgan sportchi va murabbiylar О‗zbekiston Prezidenti Farmoniga kо‗ra orden va medallar bilan taqdirlandi.
1998 yil XIII Osiyo о‗yinlarida (Bangkok) respublikamiz sportchilari 21 tur bо‗yicha bellashishdi, umumiy hisobda 10 о‗rinni egalladilar. V.Shin boshchiligidagi bokschilar jamoasi a‘zolari: M.Abdullayev, S.Mixaylov, R.Chagayev Osiyo о‗yinlari chempioni bо‗lishdi. Suv sporti turlarida jamoalarimiz 2-3-о‗rinlarni egalladi. Yengil atletikachilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 12 ta bronza medalini qо‗lga kiritishdi.
1999 yil Toshkentda boks bо‗yicha Osiyo chempionati bо‗lib о‗tdi. Unda D.Yо‗ldoshev, A.Rahimov, T.Turgunov, S.Mixaylov, R.Chagayev, R.Saidovlar oltin medalga sazovor bо‗lishdi. Shu yil Xyustonda boks bо‗yicha jahon chempionati bо‗lib о‗tdi. О‗.Haydarov va M.Abdullayevlar jahon chempioni unvoniga sazovor bо‗ldilar.
Mustaqillik yillarida L.Cheryazova (fristayl), A.Taymazov (erkin kurash), O.Chusovitina (sport gimnastikasi), A.Bagdasarov (dzyudo), R.Qosimjonov (shaxmat), A.Ryaxov (baydarkada suzish) kabi kо‗plab sportchilar jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib, davlatimiz sporti sharafini dunyoga tarannum etdilar.
Sidney (Avstraliya) shahrida XXVII Olimpiya о‗yinlari 2000 yil 15 sentabrdan 1 oktabrgacha davom etdi. Unda О‗zbekistondan 77 nafar sportchi sportning 13 turi bо‗yicha qatnashdi. Umumiy medallar soni bо‗yicha О‗zbekiston 41-о‗rinni, Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida esa 7-о‗rinni egalladi. Boks bо‗yicha sportchilar g‗oyat qattiq kurash olib borishdi. Muhammadqodir Abdullayevga oltin medal, erkin kurashchi Artur Taymazovga kumush medal nasib etdi. Bokschilar Sergey Mixaylov va Rustam Saidov bronza medallari sohibi bо‗ldilar.
1998 yili "Alpomish" dostonining 1000 yilligiga bag‗ishlab Termizda "Alpomish о‗yinlari" respublika festivali bо‗lib о‗tdi. 2000 yildagi festival Farg‗ona shahrida, uchinchi festival esa Guliston shahrida 2002 yilda tashkil etildi. Xalq milliy о‗yinlari respublika musobaqalari va "Alpomish о‗yinlari" dasturlaridan kurash, poyga, kо‗pkari (uloq), "Bо‗ron", arqon tortish, bilak kuchini sinash, "Mindi", "Qirqtosh" (qizlar о‗yini) kabi harakatli о‗yinlar о‗rin oldi.
Ushbu milliy о‗yinlar festivallarini о‗tkazishdan maqsad qadimiy an‘ana va urf- odatlarimizni asrash, avloddan-avlodga о‗tib kelayotgan milliy tadbirlarni tiklash, kelajak avlod uchun ularni asl holida yetkazib berishdan iborat.
1998-yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog‗ining eng baland ―Everest‖ cho‗qqisiga chiqib, O‘zbekiston dovrug‗ini dunyoga taratdilar.
1999-yilda Germaniyada yoshlar o‗rtasida bo‗lib o‗tgan karate bo‗yicha xalqaro turnirda 200 mamlakatdan 900 nafar sportchilar qatnashdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston komandasi faxrli uchinchi o‗rinni egalladi.
2002 yil 24 oktabrda О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―О‗zbekiston Respublikasi bolalar sportini rivojlantirish jamg‗armasini tuzish tо‗g‗risida‖gi Farmoni e‘lon qilindi. Bolalar jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish borasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, о‗sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy kamolotga intiltirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qishloq joylarda sportning moddiy-texnik bazasini shakllantirish, zamonaviy sport majmualarini barpo etish, tibbiyot muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borish jamg‗armaning asosiy vazifasi deb belgilandi
Mustaqillik yillarida respublikamizning barcha viloyat, shahar va tumanlarida sportni ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida sport inshootlari qurilishi jadallashdi. Respublikada bugungi kunda 51198 ta sport inshootlari ommaviy sport hamda bolalar sporti rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
О‗quvchi va talaba yoshlarning ―Umid nihollari‖, ―Barkamol avlod‖, ―Universiada‖ sport musobaqalarini uch bosqichda о‗tkazish an‘ana tusini oldi.
2000 yilda Namanganda birinchi universiada sport musobaqalari bо‗lib о‗tdi. Dastlabki "Barkamol avlod" sport musobaqasining final qismi 2001 yilda Jizzax shahrida, 2003 yilda Andijonda, 2005 yilda Toshkent viloyatida, 2008 yilda Nukus, 2011 yilda Surxondaryo, 2014 yilda Namanganda о‗tkazilib, bо‗lajak kasb-hunar egalarining jismoniy barkamolligi sinovdan о‗tkazildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublika miqyosidagi 14577 ta jismoniy jamoalarda 5,5 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullangan bо‗lsa, 2012 yilga kelib jismoniy jamoalar soni 16 425 ta, shug‗ullanuvchilar soni 7,2 mln. nafarga yetdi
Mustaqillik yillarida Prezident va hukumat tomonidan xotin-qizlar salomatligi, ularning ijtimoiy-moddiy jihatdan ta‘minlanishi va doimiy ravishda tibbiy xizmat kо‗rsatishni yaxshi yо‗lga qо‗yish kabi masalalar borasida olib borilayotgan ibratli tadbirlar ham e‘tiborga molik.
Bugungi kunda ijtimoiy turmush va madaniy hayotda ayollarning о‗rni beqiyos va katta ahamiyat kasb etmoqda. Har yili xotin-qizlarning 8 Mart bayramiga bag‗ishlab vazirlik va tashkilotlar о‗rtasida ayollar sporti о‗n kunligini о‗tkazish yaxshi an‘anaga aylandi. Mazkur musobaqalarda stol tennisi, badmingon, shaxmat, shashka, badiiy gimnastika va yengil atletika bо‗yicha 1 milliondan oshiq xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda.
Oksana Chusovitina (sport gimnastikasi), Iroda Tо‗laganova, Oqgul Omonmurodova (tennis), Saida Burxonxо‗jayeva (stol tennisi), Zarina Muhitdinova, Ulyana Trofimova, Zamiraxon Sanaqulova (badiiy gimnastika), Yekaterina Xilko (tramplin), Yulduz Hamroqulova (shaxmat), Gо‗zal Xubbiyeva, Svetlana Radzivillar (yengil atletika) jahon sporti yulduzlariga aylanishdi. Sport maktablari va turli jamoalarda mahalliy millat qizlarining ishtiroki kengayib bormoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchi xotin-qizlar soni 1996 yilda 1180 kishini tashkil qilgan bо‗lsa, 2012 yilga kelib ularning soni 3 237 169 ga yetdi.
2002 yil 29-sentabr – 14-oktabr kunlari Pusanda (Koreya) о‗tkazilgan XIV Osiyo о‗yinlarida sportchilarimiz katta g‗alabaga erishganlarini alohida ta‘kidlash zarur. Ular sportning
24 turi bo‗yicha muvaffaqiyat bilan qatnashib, 15 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza medallarini qo‗lga kiritib, qirqdan ortiq mamlakatlar orasida faxrli beshinchi o‗rinni egalladilar. Bu Osiyo о‗yinlarida kо‗rsatilgan eng yaxshi natija bо‗ldi.
2004-yil 18-iyun – 13-iyulda Liviya poytaxti Tripoli shahrida bo‗lib o‗tgan shaxmat bo‗yicha jahon chempionatida 56 mamlakatdan 128 nafar shaxmatchi qatnashdi. Ular orasida hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov ham bor edi. Rustam Qosimjonov barcha da‘vogarlar ustidan g alaba qozonib, jahon chempioni degan yuksak unvonni qo‗lga kiritdi. Bu g‗alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch va g‗urur iftixor bag‗ishladi.
2004 yil 4-26-avgust kunlari Afinada (Gretsiya) о‗tkazilgan XXVIII Olimpiya о‗yinlarida mamlakatimiz sportchilari munosib ishtirok etib, A.Doktorashvili oltin (yunon-rum kurashi), A.Taymazov oltin (erkin kurash), M.Ibragimov bronza (erkin kurash), B.Sultonov kumush (boks), О‗.Haydarov bronza (boks) medallariga sazovor bо‗lishdi.
2006 yil 1-15-dekabrda mamlakatimiz terma jamoasi Doxada (Qatar) XV Osiyo о‗yinlarida qatnashib, umumjamoa hisobida 7-о‗rinni egalladi.
2008 yil 8-24-avgust kunlari Pekinda о‗tkazilgan XXIX yozgi Olimpiya о‗yinlarida 205 davlatdan 10500 sportchi qatnashdi. Mamlakatimiz sharafini 15 sport turi bо‗yicha 58 nafar sportchi himoya qilib, umumjamoa hisobida 40-о‗rinni egalladilar. Artur Taymazov ikki karra Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bо‗lib, oltin medalni qо‗lga kiritdi. Uning jamoadoshi Soslan Tigiyev kumush, Rishod Sobirov bronza (dzyudo), Anton Fokin bronza (sport gimnastikasi), Yekaterina Xilko bronza (trampolin) medali sohiblari bо‗ldilar.
2010 yil 12-27-noyabrda Guanjouda (Xitoy) о‗tkazilgan XXI Osiyo о‗yinlarida ham sportchilarimiz muvaffaqiyatli qatnashib, umumjamoa hisobida 8-о‗rinni egalladi, jami 56 ta (11 ta oltin, 22 ta kumush va 23 ta bronza) medal qо‗lga kiritildi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami Ravshan Ermatov o‗zbek futbolining shuhratini jahonga tanitish, xalqaro maydonda uning nufuzini yuksaltirishda ibrat va
namuna ko‗rsatmoqda. 2010 yil JARda va 2014 yil Braziliyada bо‗lib о‗tgan futbol bо‗yicha jahon chempionatida vatandoshimiz Ravshan Ermatov о‗ta mas‘uliyatli uchrashuvlarga hakamlik qilib, О‗zbekiston davlatini butun dunyoga mashxur qildi. FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘zbekiston milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirish ishiga qo‗shgan munosib hissasi uchun ―O‘zbekiston iftixori‖ faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
2012 yilning iyul oyida Buyuk Britaniyaning London shahrida XXX-yozgi Olimpiada o‘yinlari bо‗lib о‗tdi. Unda erkin kurashchi Artur Taymazov uch karra Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bо‗ldi.
2013 yili о‗zbek shaxmatining yosh vakillari Bahora Abdusattorova 14 yoshgacha bо‗lgan jahon chempionatida ikkinchi о‗rinni, 5 yoshli Islombek Sindarov va 8 yoshli Nodirbek Abdusatgorov Osiyo chempionlari bо‗lishdi.
2017 yil ayniqsa о‗zbek milliy kurashi tarixida yorqin sahifa bо‗ldi. Sentabr oyida Turkmanistonda bо‗lib о‗tgan Osiyo olimpiya kengashi Bosh assambleyasi yig‗ilishida ushbu milliy sport turini Osiyo о‗yinlari dasturiga kiritish haqida qaror qabul qilindi. 2018 yil Indoneziyada bо‗lib о‗tgan 18-Osiyo о‗yinlarida qit‘amiz sportchilari о‗zbek milliy kurashi bо‗yicha ham о‗zaro bellashdilar. Endi jahon sport maydonlarida “halol”, “g„irrom”, “chala”, “yonbosh” degan sо‗zlar jaranglab, о‗zbek nomini, О‗zbekiston nomini dunyoga tarannum etmoqda.
2018 yil yanvarda XXRda bо‗lib о‗tgan futbol bо‗yicha 23 yoshgacha bо‗lgan yoshlar о‗rtasida Osiyo chempionatida О‗zbekiston yoshlar terma jamoasi g‗olib bо‗ldi.
2019 yilda 16 martda poytaxtimizda ―Humo‖ muz sporti saroyi, shuningdek, Toshkent viloyatida Amirsoy zamonaviy dam olish maskani ishga tushirildi.
2021-yil Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bо‗lib о‗tgan yozgi olimpiya о‗yinlarida o‗zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin (U.Rashidov (tekvondo), A.Jо‗rayev (shtanga), B.Jalolov (boks) va 2 ta bronza (D.Bobonov (dzyudo), B.Abduraxmonov (kurash) madalini qо‗lga kiritdilar. О‗zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida jahonda 32, Mustaqil Davlatlar Hamdо‗stligi davlatlari orasida uchinchi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi о‗rinni egallashga muvaffaq bо‗lishdi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida О‗zbekistonda jismoniy madaniyag va sport ishlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun yetarli darajada huquqiy-meyoriy hujjatlar ishlab chiqilib, ular asosida sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda qatnashish bilan birga, milliy sport turlarini targ‗ib qilish faollashdi. Yuqorida aytib о‗tilgan qaror va farmonlarning amalda bajarilishi natijasida sport davlat siyosatining muhim yо‗nalishi ekanligini, uning tobora yuksalib borayotgan о‗rnini yurtimizda sog‗lom turmush tarzini targ‗ib qilish, insonlarning yoshi, jinsi, millatidan qat‘i nazar, sportga jalb etish, sportdagi erishilgan yutuqlar milliy g‗ururning oshishiga xizmat qilayotganini kо‗rishimiz mumkin.



    1. Yüklə 0,82 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə