O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Tashabbuskor yoshlar – Yangi O‟zbekiston kelajagi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə79/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Tashabbuskor yoshlar – Yangi O‟zbekiston kelajagi.


О‗zbekiston jami aholisining 60 foizdan ortig‗ini yoshlar tashkil etadi. Shuning uchun О‗zbekistonda yoshlarning hayotiy maqsadlarini rо‗yobga chiqarish uchun zarur bо‗lgan barcha sharoit yaratilib, ularning muammolari davlat siyosati darajasida hal etilmoqda.
Xususan, keyingi besh yilda yoshlar siyosatiga oid jami 77 ta qonun va qonunosti hujjatlari, jumladan, 2016 yil 14 sentabrda ―Yoshlarga oid davlat siyosati tо‗g‗risida‖gi О‗zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Alohida ta‘kidlash joiz, 2017-2021 yillarda О‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‗nalishi bо‗yicha Harakatlar strategiyasida ham yoshlar masalasi ustuvor о‗rin egallagan.
2017 yil 30 iyunda mamlakat yoshlari hayotida yangi sahifa ochildi: Davlat rahbari tashabbusi bilan О‗zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilib, uning asosiy maqsadi yoshlarning barcha tashabbuslarini qо‗llab-quvvatlash va amalga oshirishga qaratildi. О‗z navbatida, Prezident taklifiga kо‗ra, ―О‗zbekiston Respublikasida yoshlar kunini belgilash tо‗g‗risida‖gi qonun bilan 30 iyun ―Yoshlar kuni‖ deb e‘lon qilindi.
Ayni damda yoshlarning har tomonlama kuchli, salohiyatli, ilm-ma‘rifatli, vatanparvar shaxslar sifatida unib-о‗sishlari yо‗lida qator tuzilmalar samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qо‗mitasi, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar masalalari bо‗yicha komissiya, Quyi va Yuqori palata qoshidagi ―Yoshlar parlamentlari‖, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Yoshlar muammolarini о‗rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Yoshlar akademiyasi va boshqalar shular jumlasidandir.
О‗zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, 2019-2023 yillarga mо‗ljallangan Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi, 2020-2025 yillarga mо‗ljallangan Kitobxonlikni rivojlantirish va qо‗llab-quvvatlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan say-harakatlar esa, yoshlar muammolari va ularni qiynayotgan muammolarni bevosita davlat darajasida kо‗rib chiqish va hal etish imkonini ta‘minlamoqda.
Ana shu kabi mislsiz imkoniyat va shart-sharoitlardan bugun yoshlarimiz о‗z orzu-umidlari, intilishlari va maqsadlarini rо‗yobga chiqarish yо‗lida hech ikkilanmay foydalanishayotgani, g‗ayrat-shijoatli, fidoyi va tashabbuskor yigit-qizlar safi tobora kengayib borayotgani quvonarlidir. Yana bir mulohaza. Bugun barcha har kuni, har soatda yosh avlodning dardu tashvishi,
qayg‗usi bilan yashamog‗i, bu borada davlat rahbaridan ibrat olmog‗i darkor.
Zero, Prezident g‗oyasi bilan О‗zbekistonda ilk bor ishsiz yoshlar bandligini ta‘minlashga qaratilgan mutlaqo yangi tizim – ―Yoshlar daftari‖ning joriy etilishi о‗z vaqtida kо‗rilgan muhim chora bо‗ldi. Bu tizim asosida о‗tgan qisqa davr ichida respublikadagi 8 714 ta mahallada yashayotgan 18-30 yoshdagi jami 6 484 806 nafar yigit-qizning 5 451 442 nafari, yoki 84 foizi bilan yuzma yuz muloqotlar о‗tkazildi. Suhbatlar asosida 682 787 nafar ijtimoiy himoyaga, iqtisodiy va psixologik qо‗llab-quvvatlashga muhtoj, ishsiz shaxslar ―Yoshlar daftari‖ga kiritildi.
Hududiy va mahalliy hokimliklar qoshida ―Yoshlar daftari‖ga kiritilgan yigit-qizlarning muammolarini hal qilishga kо‗maklashish uchun ―Yoshlar jamg‗armalari‖ tashkil etilib, 113,5 milliard sо‗mdan ortiq mablag‗ ajratildi. Ayni vaqtga qadar ushbu mablag‗ning 4,6 milliard sо‗mi yoshlar manfaatlari uchun yо‗naltirildi.
―Yoshlar kelajagimiz‖ Davlat dasturi doirasida esa, 8 635 ta biznes loyihaga jami 1 trillion 830 milliard sо‗m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilib, 42 421 ta yangi ish о‗rni yaratildi.
Shuningdek, Davlat dasturi doirasida yoshlarning 31,4 milliard sо‗mlik 63 ta loyihasiga jamg‗arma kafilligi taqdim etilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga yaqindan kо‗maklashildi.
Hududlarda 19 ta ―Yosh tadbirkorlar‖ kovorking-markazi hamda 212 ta ―Yoshlar mehnat guzari‖ kompleksi foydalanishga topshirilib, ularda jami 2 380 ta yangi ish о‗rni yaratildi.
Umuman, sо‗nggi uch yil ichida 841 147 nafar yoshning о‗z ish joyiga ega bо‗lgani juda katta natija ekanini alohida ta‘kidlash joiz. 2018 yil sentabr oyida tashkil etilgan ―El-yurt umidi‖ jamg‗armasi orqali esa, ilm-fanga chanqoq, iste‘dodli yoshlarimizning yetakchi xorijiy oliy о‗quv yurtlarida bakalavr, magistratura va doktoranturada о‗qishlari uchun grantlar ajratilmoqda. Bugunga kelib, mazkur jamg‗arma madadi bilan о‗qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshirildi. 2021 yilda tasdiqlangan davlat byudjeti parametrlariga kо‗ra, jamg‗arma dasturlarini moliyalashtirish uchun 62 milliard sо‗m ajratildi.
Muxtasar aytganda, О‗zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni kо‗zlagan holda, bosqichma bosqich, kompleks chora-tadbirlarga tayanib izchil davom ettirilmoqda.
Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi say-harakatlarni tizimli ravishda yо‗lga qо‗yish bо‗yicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi yangi О‗zbekistonning yangi tarixida yana bir inqilobiy bosqichga asos soldi.
Davlat rahbarining bu ezgu g‗oyasi О‗zbekiston xalqi, ayniqsa, yoshlari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, qisqa vaqt ichida mamlakat bо‗ylab keng quloch yozdi.
Darhaqiqat, har qanday davlatning yuksak taraqqiy etishi, xalqining farovonligi yoshlarga yaratib beriladigan imkoniyat va qulayliklar bilan baholanadi. Ya‘ni mamlakat taraqqiyotiga kiritiladigan yuqori samarali sarmoya yoshlar ta‘lim-tarbiyasiga yо‗naltirilgan investitsiya ekani tarix isbotlagan haqiqat. Shu ma‘noda, yangi О‗zbekistonning Uchinchi Renessansga dadil qadam qо‗yishi zamonaviy innovatsion bilimlarni egallagan, har tomonlama yetuk va barkamol, inson kapitali sohibi bо‗lgan yosh avlodning ertangi kuchli intellektual salohiyati, iqtidori va qobiliyatiga bog‗liq. Tadqiqotlardan ma‘lum bо‗lishicha, shaxsning 3 yoshidan 22 yoshigacha bо‗lgan davrida unga sarflanadigan investitsiya kelgusida 19-22 barobar kо‗p foyda berar ekan.
Shu bois, О‗zbekistondagi barcha о‗zgarishlarning negizi hisoblangan ta‘lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta‘lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun sarflanayotgan xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlari umumiy qiymatining yarmidan kо‗pini tashkil etmoqda. Tabiiyki, bunday katta xarajatlarni har qanday davlat ham kо‗tara olmaydi, ammo qanchalik og‗ir bо‗lmasin, mamlakatimizda buning uchun zarur mablag‗ va resurslar izlab topilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun qо‗yilgan sarmoya deb hisoblab, ta‘lim darajasi va sifati davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta‘kidlamoqda.
Bil‘aks, mamlakat ta‘lim tizimida bola tug‗ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bо‗lgan davrda uni har tomonlama qо‗llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib о‗rin topishi uchun kо‗mak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratish yо‗lida amaliy say-harakatlar olib borilmoqda. Bu jarayonda, birinchi navbatda, farzandlarimizga bog‗cha, maktab va oliy о‗quv yurtida sifatli ta‘lim- tarbiya berishni yо‗lga qо‗yish, ularning jismoniy va ma‘naviy sog‗lom, vatanparvar insonlar bо‗lib ulg‗ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish kо‗zda tutilmoqda. Shuningdek, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bо‗lgan insonlar etib voyaga yetkazishga alohida e‘tibor qaratiladi.
Bir sо‗z bilan aytganda, yoshlarning ta‘lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk va komil shaxslar bо‗lib ulg‗ayishi yо‗lida zamonaviy, qulay, ilg‗or va innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun О‗zbekiston bor kuch-imkoniyatlarini ishga solmoqda. Maqsad – Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, mamlakatimiz dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlari qatoriga chiqishi uchun intellektual va ma‘naviy yetuk, tashabbuskor yoshlarni yangi О‗zbekistonning drayveriga aylantirishdan iborat.
Shuning uchun ham, О‗zbekistonda jamiyatning eng faol qatlami sifatida e‘tirof etiluvchi yosh avlodga ―muammo‖ deb emas, balki ertangi taraqqiyotni ta‘minlovchi katta kuch, davlatning
strategik resursi, deb qaralmoqda. Natijada yuksak bilimli, g‗ayrat-shijoatli, zamonaviy fikrlaydigan, mustaqil, qat‘iy pozitsiyaga ega yoshlar hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə