O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


yil 27 iyulda “Oliy ma‟lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Prezident Qarori



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə78/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

2017 yil 27 iyulda “Oliy ma‟lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Prezident Qarori (PQ-3151) qabul qilindi.


2017 yil 9 avgustda ―Oliy ta‘lim muassasalarida pedagogika yo‗nalishida maxsus sirtqi bo‗limlarni tashkil etish to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Qarori (PQ-3183) qabul qilindi. 15 ta OTMda maxsus sirtqi bo‗limlar tashkil etildi.
2017 yil 16 avgustda O‗zbekiston davlat san‘at va madaniyat institutining Farg‗ona mintaqaviy filiali tashkil etildi (PQ-3218).
2017 yil 26 sentabrda ―Oliy ta‘lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Qarori (PQ-3290) qabul qilindi.
2017 yil 28 sentabrda ―OO‗MTV tasarrufidagi Oliy ta‘lim muassasalarining 2017-2030 yillarda rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi OO‗MTVning 707- sonli Buyrug‗i e‘lon qilindi.
2017 yil 16 noyabr kuni ―Respublika OTM bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‗tkazish tartibini takomillashtirish to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining qarori (PQ-3389) e‘lon qilindi.
2017 yilda yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta‘lim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga yetdi. Shular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po‗lat va qotishmalar institutining, Toshkent
shahrida esa AQShning Vebster universitetining filiallarini tashkil etish bo‗yicha kelishuvlarga erishilganini ta‘kidlash lozim. Oliy ta‘lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo‗limlar ochildi.
2018 yil 5 aprelda ―Respublika oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‗lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Qarori (PQ-3655) qabul qilindi. 2018 yilda pedagog xodimlarning ish haqi so‗nggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha ko‗paytirildi (Murojaatnoma. 28.12.2018).
2018 yil 5 mayda ―Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Qarori (PQ- 3704) qabul qilindi.
2018 yil 8 may kuni Prezident qarori bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etildi (PQ-3703). Xuddi shu sanada ―Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‗jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Qarori (PQ-3702) qabul qilindi.
2018 yil 24 mayda O‗zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi (PQ-3737).
2018 yil 5 iyunda ―Oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta‘minlash bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi Prezident Qarori (PQ-3775).
2018 yil 24 oktabrda Prezident SH.Mirziyayevning ―Oliy ta‘lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish masalalari‖ga bag‗ishlangan yig‗ilishi bo‗lib o‗tdi. Unda maktab bitiruvchilarni OTM b-n qamrab olish RFda 74 %, J.Koreyada 96 %, O‗z da 2016 yil xolatiga ko‗ra 7-9 % ligi ta‘kidlanib, sohada amalga oshirilishi lozim bo‗lgan qator vazifalar belgilandi.
2018 yil dekabrdagi Prezident Murojaatnomasida so‗nggi ikki yilda ko‗rilgan chora- tadbirlar tufayli, bitiruvchilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasini 9-10 foizdan 15 foizdan oshirishga erishilganligini qayd qilib o‗tdi. Lekin bu hali yetarli emas. Chunki dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo‗lsak, bu ko‗rsatkich ularda 60-70 foizni tashkil etadi. Shuning uchun 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasi 20 foizga yetkazildi.
2019 yil 14 may kuni ―OTMga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining qarori (PQ-4319) qabul qilindi.
Oliy ta‘limni rivojlantirish uchun 2019 yili 19 ta yangi oliy o‗quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda
141 ta qo‗shma ta‘lim dasturi bo‗yicha kadrlar tayyorlash yo‗lga qo‗yildi. Oliy ta‘lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko‗p talaba o‗qishga qabul qilindi (O‗z.R. Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasidan. 24.01.2020).
2019 yildan yoshlarimizga bir vaqtning o‗zida bir nechta oliy o‗quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyati berildi. OTMlarga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimi joriy etildi.
Ma‘lumki maktab bitiruvchilarini oliy ta‘lim bilan qamrab olish 2016 yildan 9 % ni tashkil etgan. 2020 yilda bu ko‗rsatkich 25 % ga yetkazildi. 2020-2021-o‗quv yilida oliy o‗quv yurtiga talabalarni qabul qilish davlat grantlari 2 baravarga ko‗paytirildi. Qizlar uchun alohida grantlar ham ajratildi. Xotin-qizlar qo‗mitasi tomonidan ushbu grantlar asosida o‗qitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlari ishlab chiqildi.
Joriy o‗quv yilidan boshlab Oliy ta‘lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirildi, ta‘lim yo‗nalishlari va o‗qitiladigan fanlar qayta ko‗rib chiqildi. Mutaxassislikka aloqasi bo‗lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartirildi.
Oliy ta‘limda o‗quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‗tkazish ishlari boshlandi. Joriy yildan pedagogik ta‘limning 6 ta yo‗nalishi bo‗yicha o‗qish muddati 3 yil qilib belgilanadi.
Oliy o‗quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik berila boshlandi. 2020-2021 o‗quv yilida ularning 10 tasi o‗zini o‗zi moliyaviy ta‘minlashga o‗tkazildi. 5 ta oliy ta‘lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta‘lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish ishlari boshlandi.
2019 yil 8 oktabrda O„zR Oliy ta‟lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi (PF-5847). Konsepsiyada O‗zRda 2030 yilga qadar bitiruvchilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasini 50 % dan oshirish; O‗zMU va SamDUni mamlakatimiz oliy ta‘lim muassasalarining flagmaniga aylantirish; respublikadagi kamida 10 ta OTMni xalqaro e‘tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o‗rindagi OTMlari ro‗yxatiga, shu jumladan, O‗zMU va SamDUni birinchi 500 ta o‗rindagi oliy ta‘lim muassasalari ro‗yxatiga kiritish; OTMlarda o‗quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‗tkazish; o‗quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‗naltirilgan ta‘limdan amaliy ko‗nikmalarni shakllantirishga yo‗naltirilgan ta‘lim tizimiga bosqichma-bosqich o‗tish; OTMlarining akademik mustaqilligini ta‘minlash; OTMlarda texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish kabi muhim chora-tadbirlar belgilandi.
2020 yil 27 fevralda ―Pedagogik ta‘lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Prezident Qarori (PQ-4623) e‘lon qilindi. Unga ko‗ra 5 ta universitet qoshida (SamDU, AndDU, BuxDU, TerDU, QarDU) pedagogika institutlari tashkil etildi. Toshkent davlat pedagogika universitetiga ilmiy unvon berish huquqi berilib, universitetda kredit-modul tizimi joriy etildi. 2020-21 o‗quv yilidan bakalavriat bosqichida o‗qish muddati 3 yil bo‗lgan pedagogik ta‘lim yo‗nalishlari (musiqa ta‘limi, jismoniy madaniyat, texnologik ta‘lim, chaqiriqqacha harbiy ta‘lim, tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi, maktabgacha va boshlang‗ich ta‘limda jismoniy tarbiya va sport). Alohida iqtidor talab etiladigan yo‗nalishlarda ijodiy imtixonlar bilan birgalikda 3 ta fan bo‗yicha (ona tili, matematika, O‗zbekiston tarixi) test sinovlari topshiradi.
Umuman, 2017-2021-yillarda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta‘lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy о‗quv yurtlarining soni 131 taga yetganligi sohada islohotlarning amaliy natijasi deb xisoblash mumkin.
Ta‘lim tizimida o‗quvchilarning nafaqat keng bilim va professional ko‗nikmalarii egallashi, ayni paytda, chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, bugungi dunyoda ro‗y berayotgan barcha voqea-hodisalar, yangilik va o‗zgarishlardan atroflicha xabardor bo‗lish, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni ham chuqur o‗rganishga katta ahamiyat berilmoqda.
O‗zbekistonda bugungi kunda ta‘lim sohasida alohida e‘tirof etib kelinayotgan yutuqlar sifatida maktab ta‘limi mamlakatda yashayotgan turli millatlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, 7 tilda o‗zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‗iz, tojik va turkman tillarida olib borilayotganini aytish mumkin. Bunda har bir bitiruvchi majburiy ta‘limdan so‗ng, o‗z xohishiga ko‗ra, oliy o‗quv yurtlarida o‗qishni davom ettirishi va bakalavr hamda magistr darajasini olishi mumkin. Har bir kollej tegishli korxonalar bilan aloqa bog‗lagan. Respublikaning har bir o‗quv yurtida optik-tolali aloqa liniyalari asosida qurilgan yagona "Ziyonet" axborot ta‘lim tarmog‗iga ulangan axborot resurs markazlari tashkil etilgan.
2017 yil 16 fevralda “Oliy o„quv yurtidan keyingi ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish to„g„risida” Prezident Farmoni (PF-4958) e‘lon qilindi. Mazkur Farmon ijrosini ta‘minlash maqsadida 2017 yil 22 mayda Vazirlar Mahkamasining 304-sonli Qarori qabul qilindi. Farmonga asosan 2017 yilning 1 iyulidan boshlab Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘limning ikki pog‗onali tizimi (Tayanch doktorantura (PhD) va Doktorantura (Doktor of Science) joriy qilindi.
O‗zbekiston ta‘lim sohasidagi islohotlar respublikadagi mazkur tizim faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitida tub o‗zgarishlarga, uning yangidan barpo etilishiga olib keldi, boshqaruv usullari demokratlashdi, ta‘lim muassasalarining, birinchi navbatda, maktabgacha ta‘lim muassasalarining nodavlat sektori, ta‘lim faoliyatini moliyalashtirishning yangi manbalari
paydo bo‗ldi, ta‘lim xizmatlari spektri kengaydi na iste‘molchilar (aholi, ish beruvchilar) tomonidan bu xizmatlarga bo‗lgan ehtiyoj kuchaydi.
O‗zbekistonda ta‘lim tizimini isloh etish dasturini joriy etish bo‗yicha amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan barcha ishlar, birinchi navbatda, mamlakatimizning uzoq muddatli manfaatlariga, uning hozirgi ancha murakkab rivojlanish bosqichining mavjud holati va xususiyatlariga to‗la javob beradi.



    1. Yüklə 0,82 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə