O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirpsh yo„lida. 16-j. -T.: O„zbekiston, 2008. B



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə75/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirpsh yo„lida. 16-j. -T.: O„zbekiston, 2008. B. 163.). Zero, har yili 600 mingdan ziyod butunlay yangicha shart-sharoit va muhitda kamol topgan yosh avlod vakillari katta hayotga yo‗llanma olayotganining o‗zi O‗zbekiston yoshlar davlati ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi.
Yoshlarning bilim olishi, ta‘lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari O‗zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ushbu jarayonlar, ya‘ni O‗zbekistonda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, yuksak bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli, bu borada to‗plangan tajriba bilan xalqaro hamjamiyatni keng tanishtirish maqsadida 2012 yilning 16-17 fevral kunlari “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuida xalqaro konferensiya o‗tkazildi. Unda qariyb 1000 nafar ishtirokchi, jumladan, dunyoning 48 davlati, 8 xalqaro tashkilot va ta‘lim jamg‗armalaridan 270 nafar vakil ishtirok etdi. Xalqaro konferensiya ochilish marosimida I.A. Karimov nutq so‗zlab, O‗zbekistonda ta‘lim sohasini islox qilish, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash bo‗yicha 1997 yilda qabul qilingan ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ning asosiy maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyatini qisqacha bayon etib, ―Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega bo„lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi bo„la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini ta‟minlashi mumkin” degan edi. (Karimov I.A. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat‟iyat bilan davom ettirish yo„lida. 21-j. -T.: O„zbekiston. 2013. B. 23).
O‗zRda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish va rivojlantirish masalasiga alohida g‗amxo‗rlik ko‗rsatilib, yoshlarga oid qonun, qaror va davlat dasturlari qabul qilindi hamda izchillik bilan hayotga tatbiq etildi. Bu siyosatning mazmun-mohiyati, asosiy yo‗nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O‗z.Rning 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O„zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to„g„risida”gi Qonunda belgilab qo‗yilgan. Ushbu huquqiy hujjat bosh islohotchi bo‗lgan davlatning yoshlar masalasiga doir asosiy strategik yo‗nalishlarini izchil va tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirishga imkoniyat yaratib berdi.
Ushbu Qonunga ko‗ra, yoshlar masalasi O‗zR davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishi bo‗lib, uning maqsadi yoshlarning bilim olishi, ta‘lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi, ijtimoiy-siyosiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidorining to‗liq ro‗yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat.
Mazkur qonun asosida yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirilar ekan, 1991-1993 yillarda yoshlar ijtimoiy kafolatini ta‘minlash va ular iste‘dodini kamol toptirish maqsadida 14 ta farmon qabul qilindi. Ularda yoshlarning moddiy ahvolini yaxshilashdan tortib, iste‘dodini moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirishgacha bo‗lgan tadbirlarni amalga oshirish belgilab berildi.
O‗zR mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat yoshlarini birlashtirish uchun ―Yoshlar ittifoqi‖ tashkiloti tuzilgan edi. U o‗zini oqlamagach, 1996 yilning 17 aprelida O‗zR yoshlarining
Kamolot‖ jamg‗armasi to‗g‗risidagi Prezident Farmoni asosida yangi yoshlar tashkiloti tuzildi. 2001 yil 25 aprel kuni mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish,
ayniqsa, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iqtidor va qobiliyatlarini ro‗yobga chiqarish, jamiyatda munosib o‗rin egallashlari va duch kelgan muammolarni hal etishga ko‗maklashishda alohida o‗ringa ega bo‗lgan, yoshlar tashkiloti O‗zR ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakatining ta‘sis qurultoyi bo‗lib o‗tdi.
Ta‘sis qurultoyda harakatning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Harakat Nizomiga asosan, boshlang‗ich tashkilotlar yoshlarning o‗qish, ish va xizmat joylarida tashkil etiladi. Respublika yoshlarini birlashtirib, keng qamrovli faoliyat olib borgan ushbu yoshlar tashkiloti barkamol avlodni tarbiyalashda ulkan ishlarni amalga oshirdi. Harakat tarkibida uning homiyligi asosida ishlaydigan, ―Kamalak‖ bolalar tashkiloti 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‗lgan o‗quvchilarni birlashtirgan bo‗lib, 4,2 mln.dan ortiq bolalar tashkilotga a‘zo bo‗lib kirgan. ―Kamalak‖ bolalar
tashkiloti o‗z faoliyatini ―Oltin meros‖, ―Ma‘naviyat va ma‘rifat‖, ―Umid‖, ―Sog‗lom avlod‖,
―Vatanparvar‖, ―Mehr-shafqat‖ kabi yo‗nalishlarda tashkil etildi.
Bu Harakat respublika miqyosidagi yirik yoshlar tashkiloti sifatida shakllanib, o‗z atrofida 5,5 million, ya‘ni mamlakatimizdagi 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‗lgan barcha yoshlarning 56 foizini ixtiyoriy ravishda 15 600 dan ortiq ta‘lim muassasalari va mehnat jamoalaridagi boshlang‗ich tashkilotlari orqali birlashtirib, respublikamizdagi eng yirik nodavlat notijorat tashkilotlaridan biriga aylandi.
Mustaqillik yillarida yoshlar kamolotini ta‘minlashga qaratilgan keng qamrovli davlat siyosati tufayli O‗zbekistonda barkamol avlod shakllanishi masalasiga asosiy e‘tibor qaratildi. Ta‘lim va tarbiya inson kamoloti va ma‘naviyatini shakllantirishning eng asosiy sharti hamda garovi, shu bilan birga, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, g‗oyaviy, madaniy hayotining muhim bo‗g‗ini hisoblanadi. Yosh avlodni ijodkorlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish taraqqiyotimizning muhim omili ekani "Ta‘lim to‗g‗risida"gi Qonun va
―Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi‖da ham alohida ta‘kidlab o‗tilgan. Ayniqsa, dasturda yosh avlodni ijodkor etib tarbiyalash hamda ularni ijod qilishga bo‗lgan moyilliklarini o‗stirishga katta e‘tibor berilgan. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlaganidek, "Bugungi kunda oldimizga qo„ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis-kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog„liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz" (Karimov I.A. Barkamol avlod O„zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: O„zbekiston, 1997. B. 5-6.) Ushbu fikrlar ilm-fan, ta‘lim, ilmiy-tadqiqot va texnologik faoliyat sohalarida yosh kadrlar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy ijodiyotni, uning qonuniyatlari va mexanizmini o‗rganish zamon talabi ekanligini bugun hayotning o‗zi tasdiqlab turibdi.
Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va taraqqiyot darajamiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada keng rivojlantirish iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirishdagi muhim omil ekanligini ko‗rsatdi. Bugungi kundagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta‘minlashdan iborat. Bu esa, o‗z navbatida, mazkur sohani rivojlantirish qulay tadbirkorlik muhitini yaratish bilan chambarchas bog‗liq.
Iste‘dodli va iqtidorli yoshlarni moddiy rag‗batlantirish va ma‘naviy qo‗llab-quvvatlash maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish salohiyatli yoshlarning kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‗lida sobitqadamlik bilan faoliyat yuritishlarini ta‘minlashning muhim sharti hisoblanadi. Shu maqsadda mamlakatimizda yoshlarni moddiy rag‗batlantirish va ma‘naviy qo‗llab-quvvatlashning samarali tizimi shakllandi. Iste‘dodli yoshlarni izlab topish, ularga ko‗maklashish, ularning qobiliyati va iste‘dodini o‗stirish bo‗yicha maxsus jamg‗armalar tashkil etildi. Yoshlarni rag‗batlantirish maksadida oliy o‗quv yurtlarida bakalavr, magistr va yosh tadqiqotchilar uchun davlat stipendiyalarining turli shakllari joriy etilgan. Ularning eng yuqori darajadagisi O‗zR Prezidenti stipendiyasidir. Ushbu stipendiya 11 yo‗nalish bo‗yicha bakalavr va magistrlarga hamda 5 yo‗nalish bo‗yicha yosh ilmiy xodimlarga beriladi. Bakalavrlar uchun muayyan yo‗nalishlar bo‗yicha Alisher Navoiy, Ulug‗bek, Beruniy, Al-Buxoriy, Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalari ham mavjud.
Mustaqillik yillarida mamlakatda yosh oilalar manfaatlarini ta‘minlash davlat siyosatining muhim yo‗nalishiga aylandi. 2007 yil 18 mayda qabul qilingan "Yosh oilalarni moddiy va ma‘naviy qo‗llab-quvvatlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida"gi Farmon yosh oilalarni moddiy va ma‘naviy qo‗llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishga yo‗naltirilgan ezgu ishlarning mantiqiy davomidir.Farmon asosida "Yosh oilalarni ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‗g‗risida"ga hukumat qarori qabul qilindi. O‗zbekistonda shu yili 2 ming 400 ta kvartira foydalanishga topshirilgan, ana shu uylarni sotib olishda qulay imkoniyat yaratish uchun minglab yosh oilalarga 15 yil muddatga mo‗ljallangan
Yoshlarning har tomonlama qo‗llab-quvvatlab, rag‗batlantirib borilishi, umuman, iste‘dodli yoshlarga berilayotgan e‘tibor ularning hayotga qiziqishlarini kuchaytiradi, ijodiy va
ilmiy faoliyatga, tadbirkorlikka jalb etilganlar safini yanada kengaytirish imkonini beradi. Bu esa respublikamizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining eng yaxshi samaralaridan biridir.
Mustaqil O‗zbekistondagi ijtimoiy o‗zgarishlar yosh avlodning jamiyatdagi o‗rni masalasiga yangicha yondashishni taqozo etmoqda. Mamlakat intellektual va ma‘naviy salohiyatini yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlangirish va uning milliy boyligini ko‗paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayottanligi, aholining yuksak ma‘naviy darajasi esa yoshlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokragik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o‗z huquq va erkinliklarini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo‗lida foydalanish imkonini beradi. Yoshlarning ma‘naviy darajasi yuqori bo‗lgan taqdirdagina ular ijtimoiy hayotning taraqqiyot qonunlarini, huquqiy davlat mohiyatini chuqur idrok etishi mumkin.
Binobarin, hukumatimiz yoshlar bilan ishlashda, eng dadil istiqbol rejalarini tuzishda asosiy e‘tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo‗lgan g‗arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‗or texnologiyalarga ega, ma‘naviy yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, ularning jamiyatda o‗z oldiga qo‗ygan strategik maqsadlariga erisha olishiga, "XXI asr bilim va tafakkur asri" talablariga mos bo‗lishiga va bunday hayotda munosib o‗rin egallashiga qaratadi.
2016 yildan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda tub burilish davri boshlandi. 2016 yil 14 sentabrda 33 moddadan iborat ―Yoshlarga oid davlat siyosati to‗g‗risida‖gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari, asosiy yo‗nalishlari belgilab berildi.
2017 yil 5 iyulda ―Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‗zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Farmoni (PF- 5106) e‘lon qilindi.
2017 yil 30 iyunda O‗zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakatining 4 quriltoyida ishtirok etib, ―Jismoniy va ma‘naviy barkamol yoshlar – bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir‖ mavzusida ma‘ruza qildi. Ushbu ma‘ruzada Prezidentimiz harakatning 16 yillik faoliyatini tahlil qilib, o‗tgan davrdagi faoliyatiga tanqidiy baho berdi va uni yangi mazmundagi tashkilotga – O„zbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirishni taklif qildi. Ma‘ruzada shuningdek, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini o‗rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish, ―Eng kitobxon maktab‖, ―Eng kitobxon mahalla‖, ―Eng kitobxon oila‖ kabi yo‗nalishlarda tanlovlar o‗tkazish, ―Yoshlar nashriyot uyi‖ni tashkil etish, yoshlarga harbiy ta‘lim-tarbiya beradigan kursantlar maktabiga “Temurbeklar maktabi” deb nom berish, turli soha va tarmoqlarda katta natijalarga erishib kelayotgan yigitlar uchun “Mard o„g„lonlar” nomli Davlat mukofotini ta‘sis etish, jamoat ishlarida faol yigit-qizlarimizni taqdirlash maqsadida ―Kelajak bunyodkori‖ medalini ta‘sis etish va har yilning 30 iyun sanasini ―Yoshlar kuni‖ deb e‘lon qilish taklif etildi. Prezidentimiz tashabbuslari qurultoy qatnashchilari tomonidan bir ovozdan qo‗llab-quvvatlandi.
2017 yil 21 noyabrda Prezident qarori bilan «Mard o‗g‗lon» davlat mukofoti ta‘sis etildi (PQ-3402).
2018 yil 27 iyunda ―Yoshlar-kelajagimiz‖ Davlat dasturi qabul qilindi (PF-5466).
2019 yil 19 martda O‗zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish va ularning bo‗sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‗yicha 5 ta tashabbus ilgari surildi. Bular quyidagilardan iborat:

  1. O‗quvchi-talabalarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish.

  2. O‗quvchi-talabalarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‗z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish.

  3. O‗quvchi-talabalar o‗rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish.

  4. O‗quvchi-talabalar ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o‗rtasida kitobxonlikni keng targ‗ib qilish.

  5. O‗quvchi va talaba qizlarni ish bilan ta‘minlash ishlarini tizimli tashkil etish.

Xulosa qilib aytganda Yoshlar Ittifoqi hali O‗zbekiston SSSR tarkibida bo‗lgan 1991 yili avvalgi Komsomol tashkiloti o‗rnida tashkil topgan va 1996 yilgacha amal qilgan. 1996 yil aprel oyida I.Karimov farmoni bilan ―Kamolot‖ jamg‗armasi tuzilgan. ―Kamolot‖ jamg‗armasi 2001 yilda Yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirilgan edi. 2017 yil iyul oyida Prezident SH.Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkilot nomi Yoshlar ittifoqiga o‗zgartirildi.
Yoshlar bilan ishlash masalasi, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini ta‘minlash maqsadida ―Yoshlar – kelajagimiz‖ jamg‗armasi faoliyati yanada kengaytirildi. 2019 yilda jamg‗arma uchun 2 trillion so‗mdan ziyod mablag‗ ajratilib, shu orqali 50 mingdan ortiq yangi ish o‗rni yaratildi.
2019 yilda farzandlarimizning turli radikal va zararli g‗oyalar ta‘siriga tushib qolishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun davlat-xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bog‗lari tashkil etildi. Ular zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirildi. Ushbu bog‗lar tarkibida birinchi navbatda sport maydonchalari, amfiteatr va kichik sahnalar, kutubxona, ―Kitob kafelari‖ tashkil etildi. Bugungi kunda yoshlarimizning bilim va ma‘lumot olishining asosiy manbai Internet hisoblanadi. Tadbirkorlarni qo‗llab-quvvatlagan holda, jamoat joylarida bepul ―Wi-Fi‖ hududlari tashkil etildi.
2020 yil 30 iyunda ―O‗zRda yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zR Prezidentining Farmoni (PF-6017) qabul qilindi. Unga ko‗ra 2020 yil 30 iyunda Vazirlar Mahkamasi huzurida O‗zR Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi (PQ-4768).
Hukumat qarori bilan 2020 yil 11 sentabrda O‗zR Vazirlar Mahkamasining 550-raqamli qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi to‗g‗risidagi Nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‗ra, Agentlikning qabul qilgan qarorlari davlat organlari, boshqa tashkilot va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Agentlik yuridik shaxs hisoblanib, o‗z nomi yozilgan va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‗azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga ega bo‗ladi.
Agentlik tizimiga agentlikning markaziy apparati, hududiy bo‗linmalari, Yoshlar muammolarini o‗rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, «Yoshlar media xoldingi» AJ kiradi.
Hududiy bo‗linmalar (tumanlar va shaharlar bo‗limlari bundan mustasno) yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.
Agentlikning asosiy vazifalaridan biri – yoshlar bilan bog‗liq soha va yo‗nalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yo‗nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.
O‗z navbatida, Yoshlar ittifoqi nodavlat-notijorat tashkilot sifatida faoliyatini davom ettiradi.
2020 yil 25 dekabr kuni Toshkentdagi ―Humo arena‖ majmuasida Respublika yoshlarining forumi bо‗lib о‗tdi. Shavkat Mirziyoyev forum doirasida yoshlar bilan uchrashib, muloqot qildi. Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar yechimiga oid rejalar bayon qilindi, vazifalar belgilandi. Prezidentimiz о‗z nutqida quyidagi muhim yangiliklar joriy qilinishini ma‘lum qildi:

  • Ikki va undan ortiq farzandi oliy о‗quv yurtida shartnoma asosida о‗qiyotgan oilalarga imtiyozli ta‘lim krediti berish yо‗lga qо‗yiladi. Bu kreditlarni yoshlar OTMni bitirib, ishlashni boshlaganlaridan keyin uzishi mumkin bо‗ladi.

  • 2021 yildan OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball tо‗plagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etiladi. Hozirgi Prezident stipendiyasi faqat bir о‗quv yili uchun mо‗ljallangan bо‗lsa, ushbu grant mablag‗lari tо‗rt yil davomida tо‗lab boriladi.

  • IELTS, TOEFL, GMAT va SAT kabi imtihonlarda maksimal ballning kamida 75 foizini tо‗plagan yoshlarning imtihon xarajatlari tо‗liq qoplab beriladi.

  • Hukumatga yosh kadrlar uchun belgilangan sinov muddati davrida ish beruvchilarga imtiyozlar taqdim etish masalasini kо‗rib chiqish vazifasi topshirildi.

  • Yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida alohida jamg‗arma tashkil etiladi va unga 100 million dollar mablag‗ ajratiladi.

  • Jamg‗arma yoshlarning loyihalarini qulay shartlarda va past foizlarda moliyalashtiradi. Bundan tashqari, kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish binolari qurilib, yoshlarga imtiyozli shartlarda ijara va lizing asosida beriladi.

  • Kasb-hunar hamda tadbirkorlik kо‗nikmalariga о‗qitish orqali maxsus sertifikat olgan yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada mikrokreditlar ajratiladi. Bu kreditlar 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan beriladi. Bu maqsadlar uchun 2021 yilda 45 million dollar ajratiladi.

  • Toshkent shahrida zamonaviy muhtasham kutubxona barpo etiladi va bu ma‘rifat saroyi ilm-fanning sо‗nggi yutuqlari asosida jihozlanadi.

  • Maktab о‗quvchilari va oliy о‗quv yurtlari talabalari о‗rtasida ―Bо‗lajak olim‖ tanlovini tashkil qilish orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard sо‗m mablag‗ yо‗naltiriladi.

Hayotda endigina о‗z yо‗lini izlayotgan, har imkoniyatga umid bilan qarayotgan yoshlar uchun ushbu islohotlar ularning kelajakka ishonchi va intilishlarini yanada yuksaltiradi.



    1. Yüklə 0,82 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə