O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə91/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Agrar islohotlar


Qoraqalpog‗istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Qoraqalpog‗iston Respublikasining qishloq xо‗jaligi yetakchi tarmoqlari g‗allachilik (sholichilik va guruch yetishtirish), paxtachilik, ipakchilik va chorvachilik tashkil qiladi.
Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga о‗tish rо‗y berdi. Qishloq xо‗jaligi respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmog‗i hisoblanadi. 1997 yil boshlarida respublikada 263 ta qishloq xо‗jalik korxonasi faoliyat kо‗rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xо‗jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda - 98,1 foizni, kartoshkachilikda - 99,7 foizni, sabzavotchilikda - 98,8 foizni, polizchilikda - 95,1 foizni, bog‗dorchilikda - 98,5 foizni, pillachilikda - 100 foizni, gо‗sht yetishtirishda - 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda - 99,4 foizni, qorakо‗l teri va jun yetishtirishda - 100 foizni tashkil etdi.
Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi о‗zgardi. Agar 1991 yilda g‗alla maydonlari ekin maydonlarining 27,1 foizini (jumladan, bug‗doy 1,9 foizni) tashkil etgan bо‗lsa, 1996 yilning oxirida bu 35,8 foiz (bug‗doy maydonlari 8,3 foiz)ga yetdi. Shu davr mobaynida bug‗doy yetishtirish 13,6 ming tonna, ya‘ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot
11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 martaga kо‗paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xо‗jaliklarning hissasi tobora kо‗paydi.
Shu bilan birga chorvachilikda ahvol ancha mushkullashdi. Murakkab iqlim sharoiti tufayli respublikada keyingi yillarda hayvonlar soni kamaydi. 1991-1996 yillarda davlat xо‗jaliklari, ijara korxonalari, kooperativlarda va boshqa qishloq xо‗jalik korxonalarida 22 ming 588 bosh yirik shoxli qoramol, 23 ming 236 chо‗chqa, 176 ming 603 bosh qо‗y va echkilar yо‗qotildi.
Qoraqalpog‗istonda dehqon-fermer xо‗jaliklari tashkil etish bо‗yicha birmuncha tajriba tо‗plandi. Masalan, Ellikqal‘a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa xо‗jaliklari dehqon-fermer xо‗jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. О‗zbekiston hukumati ana shu tajribani ma‘qullab, uni boshqa viloyatlarda ham ommalashtirishni tavsiya etishga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Xо‗jalik yuritishning bu yangi usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija berdi. Lekin Qoraqalpog‗istonning о‗zida ana shu tajribani ommalashtirishga yetarli e‘tibor berilmadi. Oqibatda respublika qishloq xо‗jaligi mahsulotlari hajmida dehqon-fermer xо‗jaliklarining hissasi kam bо‗ldi. Buning asosiy sabablari fermer xо‗jaliklariga xizmat kо‗rsatuvchi korxonalar yaxshi ishlamadi, bо‗rdoqichilik bazasi sust rivojlandi, zotdor hayvonlarni kо‗paytirishga e‘tibor berilmadi, xо‗jaliklar moddiy-texnika va pul mablag‗lari bilan yetarli darajada ta‘minlanmadi, agrotexnik va zooveterinariya xizmati kо‗rsatish tо‗g‗ri tashkil. etilmadi.
Keyingi 6 yil ichida investitsiya faoliyatida sezilarli о‗zgarishlar rо‗y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablag‗lari hisobidagi qurilishlar hajmi kо‗payib, byudjet mablag‗ining hissasi kamaydi.
Bozor munosabatlariga о‗tish sharoitida ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag‗lar noishlab chiqarish obyektlariga ajratilgan mablag‗ga nisbatan ancha kо‗p bо‗ldi. Masalan, 1995 yilda ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag‗ 61,2 foizni tashkil etgan bо‗lsa, 1996 yilda bu 78 foizga yetdi. Bir vaqtning о‗zida noishlab chiqarish obyektlari uchun ajratilgan mablag‗lar miqdori 38,8 foizdan 22 foizgacha kamaydi.
2019 yil 7 noyabrda ―Qoraqalpog‗iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖ (PQ-4512), 2020 yil 3 iyulda esa ―Qoraqolpog‗iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish bо‗yicha qо‗shimcha chora- tadbirlar tо‗g‗risida‖gi О‗zR Prezidentining qarorlari (PQ-4776) qabul qilindi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə