O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


О„zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog„iston davlatining barpo etilishi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə89/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

О„zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog„iston davlatining barpo etilishi.


Qoraqalpog‗iston jamoatchiligining О‗zbekiston tarkibida davlat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosga ega bо‗lishga intilishi О‗zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qо‗llab-quvvatlandi.


1990 yil 14 dekabrda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Kengashining IV sessiyasida
«О„zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog„iston Respublikasi Davlat suvereniteti tо„g„risida Deklaratsiya» qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «О‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari tо‗g‗risida»gi Qonunda о‗zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog‗istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e‘tirof etildi.
1991 yil 11 noyabrda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan Qoraqalpog‗iston Respublikasining Prezidenti lovozimi joriy qilinadi. Ushbu lavozimni Davlatboy Shamshetov egalladi. Ammo bu lavozim 1992 yil 20 iyunda tugatildi va uning о‗rnida Qoraqalpog‗iston Jо‗qorg‗i Kengesi Raisi lavozimi joriy qilindi.
1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpog‗iston Respublikasi qayta tashkil etildi.
Har ikki respublika о‗rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar О‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (XVII bob, 70-75-moddalar) о‗z aksini topdi. Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining о‗z taqdirini о‗zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat‘iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bо‗ldi.
Bundan tashqari О‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilanganidek, Qoraqalpog‗iston Respublikasi О‗zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi (70- modda).
Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‗iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda О‗zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga О‗zbekiston xalqlarining barcha huquqlaridan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator huquqiy imkoniyatlar yaratildi. Masalan, О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Qoraqalpog‗iston Respublikasining huquqiy vakilligi mavjud. О‗zbekiston Konstitutsiyasining 86-moddasida mustahkamlab qо‗yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‗iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpog‗iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bо‗yicha О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xо‗jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog‗iston Respublikasining xuddi shunday sud organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari о‗zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda).
Konstitutsiyaning 71-moddasida belgilab qо‗yilganidek, Qoraqalpog‗iston Respublikasi о‗z Konstitutsiyasiga ega bо‗lmog‗i kerak. Ana shu huquqiy asosga kо‗ra Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Kengashi о„zining XII sessiyasida 1993 yil 9 aprelda Qoraqalpog„iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi Konstitutsiyasi О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hech qanday mone‘lik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‗iston hududida tо‗la amal qilishini ta‘minlaydi.
О‗zbekiston Respublikasi Qonunlari Qoraqalpog‗istonning butun hududida majburiy ekanligi e‘tirof etilgan.
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi о‗z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bо‗ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha davlat ramzlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 14 dekabrda bо„lib о„tgan XI sessiyasida Qoraqalpog„iston Davlat bayrog„i, 1993 yil 9 aprelda bо„lib о„tgan XII sessiyasida Davlat tamg„asi, 1993 yil 4 dekabrda bо„lib о„tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994 yil 25 dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qorg‗i Kengesi deb ataldi. Jо‗qorg‗i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda Nukus shahrida bо‗lib о‗tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jо‗qorg‗i Kenges Raisi, uning о‗rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qо‗mita raislari va uning a‘zolari saylandi. Ayni paytda deputatlar qо‗mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan, demokratik jamiyat qurish, erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mо‗ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jо‗qorg‗i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilingan bо‗lib, uning tarkibiga Jо‗qorg‗i Kenges Raisi, rais о‗rinbosarlari, Vazirlar Kengashi raisi, mandat komissiyasi va qо‗mitalar raislari kiradi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi о‗rinbosar va 4 ta tarmoq о‗rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qо‗mitalari rahbarlari ham kiradi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida о‗zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
Qoraqalpog‗iston Respublikasida faoliyat kо‗rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda respublika hududida hukumatga qarashli bо‗lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi», «EKOSAN», «Aral-808», «Sog‗lom avlod uchun» singari bir qator xalqaro tashkilotlarning bо‗limlari ish olib bormoqda.
Ayni vaqtda shuni ta‘kidlash joizki, istiqlol yillarida Qoraqalpog‗istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamonaviy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qо‗yilgan bо‗lsada, hali bu borada qator muammolar saqlanib qolmoqda.
1997 yil 17 iyul kuni Nukusda bо‗lgan Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qorg‗i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayotgan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan Qonun va qarorlarni hayotga tо‗la tadbiq qilishda, ijroiya intizomini qaror toptirishda hali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi.
Sessiyada Qoraqalpog‗iston boshqaruv tizimida bir qator kamchiliklar mavjudligi rо‗yrost kо‗rsatib о‗tildi. Jumladan, Jо‗qorg‗i Kenges va Vazirlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmiyatchilik, hujjatbozlik, bо‗lar-bо‗lmas ma‘lumotlar tо‗plash kabi nuqsonlar tilga olindi. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‗yishdagi rasmiyatchilik va tо‗rachilik illatlariga barham berish alohida ta‘kidlandi. Jо‗qorg‗i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va о‗tmish sarqiti hisoblangan - shо‗rolar davridagi «Oliy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani, Jо‗qorg‗i Kenges qо‗mitalari faoliyati о‗z maqomiga va о‗z oldiga qо‗ygan vazifalarga mos kelmayotgani, ishlab chiqarishga doir muammolar bilan о‗ralashib qolayotgani kо‗rsatib о‗tildi. Uchala hokimiyat organi – Jо‗qorg‗i Kenges, Ijro hokimiyati - Vazirlar Kengashi va sud hokimiyati о‗z maqomi doirasida ish olib bormog‗i lozimligi ta‘kidlandi. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.




    1. Yüklə 0,82 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə