Geoinformatika va geografik axborot tizimlari



Yüklə 133,58 Kb.
səhifə1/14
tarix30.12.2023
ölçüsü133,58 Kb.
#167963
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
geoinformatika javoblar YOZGI SMESTR


1.Geoinformatikaning tadqiqot ob`ekti, predmeti va prinsiplari
Yer haqidagi fanlarga informasion texnologi yalarning kirib kelishi yangi atamalarning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda ─ geoinformatika va geografik axborot tizimlari (GAATT, keyinchalik umumiy qabul qilingan termin GIS geograficheskiye informasionnыye sistemы, ishlatiladigan bo’ldi). Bunda “geografik” so’zi hududiylik va yaxlitlilikni emas, balki GISdagi komplekslilik (majmualilik) va tizimlilik ma’nosini anglatadi. GISning jadal rivojlanib borishi Yer haqidagi fanlar, xususan, geografiya yuqori darajada texnologiyalashgan zamonaviy fanga aylanishiga sabab bo’ldi.GIS 60-yillarning o’rtalarida, dastlab Kanada va AQShda yaratilgan bo’lib, hozirda rivojlangan mamlakatlarda minglab GISlardan iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, resurslarni boshqarish va tabiatni muhofaza qilish, kadastr xizmati, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda samarali foydalanib kelinmoqda. GIS global, regional, milliy, lokal, mahalliy miqyosda Ona sayyoramiz Yer haqidagi har xil ma’lumotlarni qamragan holda barcha sohada keng darajani egallagan: masalan, kartografiya, masofadan zondlash, statistika, kadastr, gidrometeorologiya, dala ekspedisiya kuzatish, quduq va suv ostini zondlab tekshirish va boshqalarda. GISlarni tuzilishida qator xalqaro nufuzli tashkilotlar (BMT, YuNEP, FAO va boshqalar) ishtirok etishadi.


2.Aerosuratlarning masshtablari nimalarga bog’liq va ular qanday aniqlanadi?
Aerofotosuratlarga kelsak, ularning masshtab bo’yicha tasnifi fazoviy qamrovgagina emas, balki suratga tushirish balandligiga ham bog’liq, chunki boshqa sharoitlar teng bo’lganda aerofotoapparat qanchalik baland ko’tarilsa, suratning masshtabi ham shunchalik mayda bo’ladi. Vertoletlardan asosan yirik va ba’zida o’rta masshtablar, samoletlardan o’rta va mayda masshtablarda, yuqori balandli samoletlarda esa mayda masshtablarda va o’ta mayda masshtablarda aerofotosuratlar olinadi. Bu yerda ham uch pog’onali guruhlash asosida yirik 1:5 000 va undan yirik, o’rta, ya’ni 1: 5 000 dan 1:100 000 gacha va mayda mastabli ─ 1: 100 000 dan ko’p masshtabli suratlar ajratiladi

Yüklə 133,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə