Geoinformatika va geografik axborot tizimlari



Yüklə 133,58 Kb.
səhifə7/14
tarix30.12.2023
ölçüsü133,58 Kb.
#167963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
geoinformatika javoblar YOZGI SMESTR

18. Birlashgan geotasvirlar? Birlashgan geotasvirlar
Har qanday geotasvirlarning ko’rinishi, turlari va variantlarini oddiy sanab o’tish, hyech qachon ularning barcha jihatlarini qamrab olamaydi. Kartografiya uslublarining rivojlanishi masofadan turib zondlash, kompyuter texnologiyasi va mashina-grafikasi vositalari taraqqiyoti, ya’ni murakkablashib borayotgan ilmiy tadqiqotlarning talablariga javob beruvchi va kuniga paydo bo’layotgan yangi amaliy ilovalarning barchasi hayotga yangidan-yangi fazoviy modellarni taqdim etmoqda.
Barcha bunday ko’p qirralilikni ─ geotasvirlashning yagona tizimi sifatida qaraladigan, ularning bu tizimdagi o’rniga bog’liq holda sifati va xossalarining o’zgarishi qonuniyatlarini aniqlash, bundan esa o’zaro moslikni, baholash muammolarini o’ylab ko’rish o’ta dolzarb masaladir. Tizimli yondashish ehtimol xossalari avvaldan berilgan geotasvirlarning yangi turlari va ko’rinishlarini qurish vazifalarini hal qilishga yaqinlashish, ya’ni geotasvirlash tizimini boshqarish imkonini beradi.
Oldingi bobda ko’rib chiqilgan geotasvirlarning sinflari va turlari loyihalash usullari, geometrik va dinamik xatoliklarini taqsimlanishiga bog’liq bo’lgan, grafikli modellarga o’xshagan ayrim o’ta namunaviy belgilarni ta’riflash hozir muammo emas. Shuningdek, ular orasida yana umumiy jihatlar ham kam bo’lmay, barchasi masshtablangan, generalizasiyalangan va hammasi ham sayyoramizning yoki boshqa planetalarning grafikli tasvirini o’zida ifoda eta oladi.


19. Voqelik modeli sifatida geotasvirlarning xususiyatlari?
Voqyelik modeli sifatida geotasvirlarning xususiyatlari
Nazariyadan ma’lumki, model bu ─ ilmiy bilish va amaliy faoliyatda qo’llaniladigan original tasvirning o’rnini bosuvchi obraz, modellashtirish orginalning o’zini emas, balki uning o’rnini bosuvchi obrazini yaratishdir, ya’ni bu uning yordamchi sun’iy yoki tabiiy tizimi.
Modellashtirishning bilish nazariyasida tajribaning maxsus turi sifatida originalni uning modeli bo’yicha, ya’ni ishlatishga juda sodda va o’rganish uchun qulay (oson) bo’lgan tuzilish xossalari ko’rinishidagi modelning originalda ham bor elementlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va munosabatlarini ularning dinamikasi va funksiyalariga qarab o’rganiladi.

Yüklə 133,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə