Geoinformatika va geografik axborot tizimlari


Geotasvirlarni muvofiqlash muammolari



Yüklə 133,58 Kb.
səhifə9/14
tarix30.12.2023
ölçüsü133,58 Kb.
#167963
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
geoinformatika javoblar YOZGI SMESTR

22. Geotasvirlarni muvofiqlash muammolari? Geotasvirlarni muvofiqlash muammolari
Geoinformasion kartaga olish, monitoring va umuman ─ Yer haqidagi fanlarda qo’llaniladigan, ko’pchilik ilmiy va ilmiy amaliy tadqiqotlardagi barcha turli-tuman va ko’pincha geoinformasion kartaga olishning barcha bosqichlarida turli xil materiallar paydo bo’lib, geotasvirning imkoniyatlari va prinsiplarining o’zaro muvofiqligi alohida muhokamaga loyiq bo’lib qoldi.
Ayniqsa, GISning loyihasini tuzishda va ishlatishda geotasvirni muvofiqlashtirilishi muhim. Dastlab bu muammolar ma’lumotlar bazasini to’plashda, raqamlashtirishda, ma’lumotlarni kiritishda va ularni ma’lumotlar bazasida birgalikda ko’rsatishda yuzaga keldi, keyinchalik, matematik modellashtirishni qo’llash bilan kompleks-analitik o’zgartirishlar darajasida va nihoyat, modellashtirish natijasining vizualizasiyasi va ularni foydalanuvchilarga ko’rsatish davrida yuzaga keladi. Geotasvirlarni muvofiqlashtirish tushunchasining o’zi ham yetarlicha aniq ta’rifga va izohga ega emas.
Geotasvirlarni muvofiqlashtirish fazoviy-geometrik, vaqt va mazmunli-mavzuli jihatlarda ko’rinishi mumkin. Ammo muvofiqlash barcha ma’noda grafikli obrazlarning o’zaro zid kelmasligini anglatib quyidagilarni taxmin qiladi:
- tasvirlanadigan obyektlarning yagonaligi (birligi);
- grafikli obrazlarning bir-birini ma’lumotli to’ldirishi;
- birgalikda ishlov berish va birlashtirilgan (integral) grafikli obrazlarni olish imkoniyati.


23. Nazariyaning shakllanish omillari? Nazariyaning shakllanish omillari
Geotasvirlar turlari, xususiyatlari, afzalliklarini hilma-xilligi ulardan foydalanish sohalari va ular bilan ishlash usullarining ko’pligi ma’lum paytgacha ularni o’zaro taqqoslash, tizimlashtirish, imkoniyatlarini bilish va imkoniyati torligi, ularni qiyosiy baholash muammosi shu kungacha e’tibordan chetda bo’ldi. Biroq, so’nggi paytlarda ilmiy va amaliy jihatdan e’tirof etilgan hamda kelajakda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega va ko’plab goyeotasvirlarni qamrab oluvchi umumiy nazariyani shakllantirish, yagona yondashuvni ishlab chiqish zarurati sekin-asta yaqqol ko’zga tashlandi.
Geotasvirlarning modellik xususiyatlari, tasniflari, o’ziga xos aloqalaridan kelib chiqib, ularni tashkil etadigan tizimlarni ko’rib chiqish natijasida ularda talaygina umumiy belgilar borligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Ularning inson tomonidan idrok etilishi yo’llari, tahlil usullari, mazmunan talqin etish tamoyillari ─ bularning hammasi ma’lum darajada ularni birlashtiruvchi omillardir. Kartalarni tahlil qilishga odatlanib qolgan tadqiqotchilar har qanday turdagi suratlarni yoki videotasvirlarni osongina o’zlashtiradilar. Geotasvirlarning yagona nazariyasini yaratishning maqsadga muvofiqligini belgilab beruvchi kamida oltita asosiy omillarni ko’rsatib o’tish mumkin. Bularga:

  • o’rganilayotgan (tasvirlanayotgan) geografik, geologik, okeanologik, planetologik va boshqa turdagi obyektlarning umumiyligi;

  • turli guruh va turdagi geotasvirlar miqdori va turli-tumanligining tobora ortib borishi;

  • barcha geotasvirlarga voqyelik modellari sifatida xos bo’lgan umumiy va bir-birini to’ldiruvchi xususiyatlarning mavjudligi;

  • inson tomonidan kartalar, suratlar, ekrandagi tasvirlar va boshqa fazoviy geografik obrazlarni tasavvur qilinishi, o’qilishi va ajratilishi jarayonlarining o’xshashligi;

  • geotasvirlarni tahlil qilish, aniqlashtirish va o’zgartirish uchun ilmiy-texnik bazaning bittaligi;

  • ilmiy va amaliy vazifalarni hal qilishda (ayniqsa, geoaxborot kartashunosligi amaliyotida) geotasvirlardan kompleks foydalanish, ularni oqilona o’zaro birlashtirish zarurati kiradi.




Yüklə 133,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə