Geoinformatika va geografik axborot tizimlari



Yüklə 133,58 Kb.
səhifə12/14
tarix30.12.2023
ölçüsü133,58 Kb.
#167963
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
geoinformatika javoblar YOZGI SMESTR

Tadqiqotlar darajasi

Fazoviy qamrovi,
kv.km

1. Global

108

2. Qit’a (kontinental)

107

3. Mintaqaviy

105 106

4. Submintaqaviy

103 ─ 104

5. Mahalliy (lokal)

102

6. Sohali

10 10-2


Yer haqidagi fanlarda geotasvirlardan foydalanish tajribasi shundan dalolat bermoqdagi, hududiy jihatdan har bir ilmiy va amaliy tadqiqot darajasiga kartalar va suratlarning qandaydir optimal gradasiyali masshtablar to’g’ri keladi. Masalan, mayda masshtabli geotasvirlar tabiiy zonallikni kuzatish, yirik tog’ tizmalari va planetar tektonik tuzilmalarni o’rganish uchun qulay. O’rta masshtabli kartalar va suratlar qit’a va okeanologik hududlarni rayonlash, lineamentlar va yirik halqali tuzilmalarini tahlil qilishda qo’llaniladi, yirik masshtabli kartalar va aerofototasvirlarga qarab esa landshaftlarni, hududlarning mikrorelyefi va mikroiqlimini, alohida geologik tuzilmalarni o’rganish qulay. Odatda qaysi masshtabdan foydalaganda hudud va o’rganilayotgan obyektni eng to’liq qamrash mumkinligini, qanday kartalar, suratlar boshqa geotasvirlar generalizasiya, obzor va to’liqlik uchun eng qulay bo’lishini tadqiqotchining o’zi aniqlaydi. Bunda tadqiqotchi uchun u yoki bu masshtablarning an’anaviyligi va odatiyligi ham muhim ahamiyatga ega. Kartalar uchun masshtablar va tadqiqot ishlarining darajalari (nisbatlari) quyidagicha bo’ladi:


Global

1:60 000 000 – 1:10 000 000

Kontinental

1:15 000 000 – 1:1 000 000

Regional

1:2 500 000 – 1:200 000

Subregional

1:500 000 – 1:50 000

Mahalliy

1:100 000 – 1:5 000

Sohaviy (maxsus)

1:10 000 da yirik


Sxematik tarzda kartalar va fazoviy qamrov nisbatlari 12 rasmda keltirilgan.
Ba’zida berilgan masshtab chegaralaridan chiqib ketish ham mumkinligini hisobga olsak, grafik shaklida ishlatiladigan masshtablar diapazonining bosh regressiya chizig’iga nistaban deyarli bir tartibga kengaytiradigan polosa berilgan. Bu mintaqaviy darajali tadqiqotlarni yirik masshtabli kartografik manbalar bo’yicha olib borib, keyin natijalarni o’rta yoki hatto mayda masshtabli yakuniy kartada muvofiqlashtirish mumkin ekanini bildiradi. Bu yerda ko’p narsa tadqiqotning maqsadiga, hal etilayotgan vazifalarning xususiyatlariga, shuningdek, kartalarning mavzusi, turi va guruhiga ham bog’liq.
Kosmik suratlar uchun bunday umumlashtiruvlar quyidagi natijalarga olib keladi:


Global

1:100 000 000 – 1:20 000 000

Kontinental

1:50 000 000 – 1:5 000 000

Regional

1:10 000 000 – 1:1 000 000

Subregional

1:2 500 000 dan yirik


Mahalliy darajadagi tadqiqotlarda kosmik suratlardan kamroq foydalaniladi, maxsus darajada esa deyarli ishlatilmaydi. Grafik shaklidagi polosa masshtab intervallari kosmik tasvirlarning spektral diapazoni va ularni olish yo’llari bo’yicha anchagina farqlanishini bildiradi. Biroq shunga qaramay shunday qonuniyat yaqqol ko’zga tashlanadiki, tadqiqotlarning barcha bosqichlarida kosmik suratlar masshtablari kartalar masshtablaridan kamroq olinishi kerak, bunda eng kam farq global darajada kuzatiladi, keyingilarida esa karta va kosmik suratlar o’rtasidagi farqlar ortib boradi (12-rasm).
Aerosuratlar uchun boshqa qonuniyatlar xos. Ulardan global tadqiqotlarda foydalanilmaydi va juda kamdan-kam hollarda kontinental tadqiqotlarda qo’llaniladi. Qolgan hollarda nisbatlar quyidagicha:


Regional

1:100 000 – 1:20 000

Subregional

1:50 000 – 1:5 000

Mahalliy

1:10 000 – 1:1 000

Sohaviy

1:5 000 dan yirik




Yüklə 133,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə