Geoinformatika va geografik axborot tizimlari


Geoinformatika – fan, texnologiya va ishlab chiqarish sifatida qanday tushuniladi, ta’riflar va tushunchalar bering



Yüklə 133,58 Kb.
səhifə6/14
tarix30.12.2023
ölçüsü133,58 Kb.
#167963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
geoinformatika javoblar YOZGI SMESTR

15.Geoinformatika – fan, texnologiya va ishlab chiqarish sifatida qanday tushuniladi, ta’riflar va tushunchalar bering.
Shunday qilib, bugungi kunda geoinformatika fan, texnika va ishlab chiqarishni qamrab oladigan tizim sifatida namoyon bo’ladi. Bu hozirda oddiy holat bo’lib, zamonaviy ilmiy-texnikaviy progressda, fan va ishlab chiqarish yaqinligi, jipsligi natijasida kuzatiladi. Ma’lumki, kartografiya ham shunday jarayonni boshidan kechirmoqda: bir tomondan, u borliqning modeli bo’lgan kartalar orqali tabiatning va jamiyatning hodisalarini tasvirlash va ular orqali bilish haqidagi fan bo’lsa, ikkinchi tomondan ─ kartografik asarlarni yaratish va ulardan foydalanish texnika va texnologiya sohalari, uchinchidan, kartografik tasvir mahsulotlarini (kartalar, atlaslar, globuslar va boshqalar) ishlab chiqarish sohasi. Shunga o’xshash holatni masofadan turib zondlash fanida ham ko’rish mumkin, u fan, texnologiya va shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarish hamdir (suratga olish asboblarini ishlab chiqish). Ko’rinib turganidek, aynan shu uchlik, ya’ni fan ─ texnika ─ ishlab chiqarish kartografiyaga yaqin bo’lgan masofadan turib zondlash va geoinformatika integrasiyasini ko’rsatadi. Yuqorida ko’rsatilgan birlashishning 3 ta turi geoinformatika va GISni shakllanishida quyidagi natijalarga olib keldi:
16. Geoinformatika va geoinformasion konsepsiyalar haqida ma`lumot bering? Geomatika va geoinformasion konsepsiyalar va ta’riflar asosan o’xshash bo’lishi asosiy e’tiborni geoinformatikaga qaratish zarurligini talab qilmoqda. Hozirgi taraqqiyot darajasida GISning o’rni Yer va jamiyat haqidagi fanlarda axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlash bilan cheklanib qolinmaydi. GIS tabiiy, xo’jalik, sosial jarayonlar va holatlarni modellashtirish, bog’liqligi va o’zaro harakatlarni kuzatish, makonda va zamonda keyingi rivojlanishini bashoratlash, eng asosiysi boshqarish uchun aniq qarorlar qabul qilish uchun asosiy, hattoki ajralmas quroli bo’lib qolmoqda.
GIS-modellashtirish ma’lumotlar bazasi va bilimlar manbaiga tayanadi. Birinchisi, obyektlarning fazoviy joylashishi, holati va munosabatlari haqidagi raqamli kartografik, aerokosmik, statistik va boshqa ma’lumotlarni birlashtiradi, ikkinchisi esa ─ modellashtirish va boshqarishni olib borish uchun zarur bo’lgan barcha mantiqiy qoidalar, bilimlar, g’oyalarni o’zida mujassamlaydi. Bir vaqtning o’zida GIS aniq texnologiya, kompyuter komplekslariga va dasturlariga asoslangan ─ bu kompleksning asosiy elementini avtomatik kartaga olish tizimi tashkil etadi.
Shunday qilib, bugungi kunda geoinformatika fan, texnika va ishlab chiqarishni qamrab oladigan tizim sifatida namoyon bo’ladi. Bu hozirda oddiy holat bo’lib, zamonaviy ilmiy-texnikaviy progressda, fan va ishlab chiqarish yaqinligi, jipsligi natijasida kuzatiladi. Ma’lumki, kartografiya ham shunday jarayonni boshidan kechirmoqda: bir tomondan, u borliqning modeli bo’lgan kartalar orqali tabiatning va jamiyatning hodisalarini tasvirlash va ular orqali bilish haqidagi fan bo’lsa, ikkinchi tomondan ─ kartografik asarlarni yaratish va ulardan foydalanish texnika va texnologiya sohalari, uchinchidan, kartografik tasvir mahsulotlarini (kartalar, atlaslar, globuslar va boshqalar) ishlab chiqarish sohasi. Shunga o’xshash holatni masofadan turib zondlash fanida ham ko’rish mumkin, u fan, texnologiya va shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarish hamdir (suratga olish asboblarini ishlab chiqish).


17. Geoinformatika Yer haqidagi fanlar tizimida? Geoinformatika ─ ma’lumotlar bazasi, banki (to’plami), ularni boshqarish, standartli (tijorat uchun), turli maqsadlar va muammolarni yechishga yo’naltirilgan GISlarni tayyorlashni o’z ichiga oluvchi, apparat vositali va dastur mahsulotlarini tayyorlovchi ishlab chiqarish sanoati. Shuningdek, GISga infratuzilma va marketing xizmatlarini shakllantirish ham kiradi. GIS ─ geoinformasion texnologiyalarni amalga oshiradigan dasturli qobiq.
Geoinformatika fan sifatida kartografiya, masofadan turib zondlash, geografiya va Yer haqidagi boshqa fanlar o’rganadigan tabiat va jamiyat geotizimlarini maxsus vosita va metodlar orqali tadqiq qiladi. Ulardan eng muhimi kompyuterli modellashtirish va geoinformasion kartaga olishdir.
Ilmiy yo’nalishda 3 ta bo’lim alohida shakllanganini ko’rish mumkin: geoinformatika nazariyasi (kompyuter orqali geotizimlarni modellashtirish nazariyasi); geoinformatikani texnologiyasi va metodlari; geoinformatika amaliyoti ─ GIS texnologiyalarini har xil geoinformasion muhitda tatbiq qilishni ta’minlash.
Geoinformatika (GIS), kartografiya (K) va masofadan (distansion) zondlashni (M3) bir-biri bilan o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqamiz. Kompyuterli modellashtirish va u bilan yaqin bog’liqlikda bo’lgan geoinformasion kartaga olish geoinformatikaning alohida ahamiyatli vosita va uslublaridan hisoblandi. O’zaro bog’liqliklarda kuzatilgan ko’plab tadqiqotlardan N.Fisher va R.Lindenbergning ishlaridagi 4 ta alternativ modellar keltirilgan (1-rasm).



Yüklə 133,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə