Geoinformatika va geografik axborot tizimlari


Kartografiya nazariyasida geoinformatsion konsepsiya



Yüklə 133,58 Kb.
səhifə3/14
tarix30.12.2023
ölçüsü133,58 Kb.
#167963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
geoinformatika javoblar YOZGI SMESTR

4.Kartografiya nazariyasida geoinformatsion konsepsiya
Geoinfarmasion konsepsiya - unda kartografiya ma’lumotnomali-kartografik modellashtirish tizimi va geotizimlarni bilish haqidagi fan, deb qaraladi. Bu konsepsiyaga asosan kartografiya geoinformatika, Yer va jamiyat haqidagi fanlar bilan chambarchas bog’liq. Karta borliqning obrazli-belgili geoinformasion modeli, boshqacha qilib aytganda, u birato’la borliqni bilish vositasi va borliqni modellashtirish usuli hamda raqamli ko’rinishdagi modellarni uzatish vositasi sifatida namoyon bo’ladi. Bu konsepsiyada asosiy nazariy tadqiqotlar geoinformasion kartalashtirish, kartografik modellashtirish, kartografik belgilar tizimi nazariyasini ishlab chiqishga va belgilar tizimini tushunish muammolarini yechishga qaratiladi.


5. Yassi geotasvirlar.
Yassi geotasvirlar - bu juda katta va hajmi bo’yicha keng sinf bo’lib, uning tarkibiga quyidagi geotasvirlar kiradi: kartografik; fotografik; televizion; skanerli; lakasion; mashina-grafikli va displeyli tasvirlar. Yuqorida nomlari keltirilgan geotasvirlarga quyidagicha tarif berish mumkinYassi geotasvirlarni batafsil ko’rib chiqish, bugungi kunda keng tarqalgan “raqamli kartalar” tushunchasiga murojaat qilishga undab, ularni geotasvirlar desa bo’ladimi, degan savolga javob beradi. Umuman olganda, raqamli karta ─ bu EHM xotirasida saqlanadigan, avtomatik ravishda hosil qilinadigan, turli fazoviy masalalarni o’zida avtomatik yechadigan tasvirlarning (masalan, kartografik, navigasion va boshqalarning) raqamli yozuvidir
6. Hajmli geotasvirlar – turlari, mohiyati, xususiyatlari nimalardan iborat?
Hajmli geotasvirlar
Ikkinchi toifa geotasvirlar hajmli, uch o’lchamli hajmiy modellardan tashkil topgan. Ular o’zlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi va alohidagi tadqiqot amaliyotlariga alloqachon mustahkam kirib oldi. Bunday xilma-xillik nafaqat real, balki xayoliy obyektlarni ularning turli ko’rinishlarini ham modellashtirish imkonini beradi (8-rasm). Tasvirlash turlarining ko’pligi va qo’llanilidigan texnologiyalar uch o’lchamli kartografiya haqida gapirish maxsus ilmiy yo’nalish ekani haqida belgi beradi. L.Ye.Smirnov birinchi marta uch o’lchamli kartografiya vazifalarini aniqlab, shunday modellar tasnifini tuzdi. U modellarni tasvirlashning tizimli usullarini ishlab chiqib, ”real kuzatiladigan fazoviy obyektlar uch o’lchamli tasvirlanishi mumkin, bir vaqtning o’zida unda shartli obyektlarda hodisalarning tarqalishini ko’rsatish mumkin” ─ deb yozadi. 7.Dinamikali 3 va 4 o’lchamli geotasvirlar O’lchami bo’yicha dinamik geotasvirlar 3 va 4 o’lchamli bo’lib, 3-o’lchamliga (x, y, z) va (x, z, t), ko’p vaqtli suratlar, animasiyalar, slayd-filmlar, kinokartafilmlar, kinoatlaslar; ─ 4 o’lchamli (x, y, z, t) stereofilmlar, stereomultiplikasiyalar, stereoanimasiyalar, dinamik blok-diagrammalar, dinamik gologrammalar va hokazolar kiradi. tasviri hosil qilingan stereoskopik modellarni hajmli aks ettirish, lekin bu moddiy bo’lmay, faqatgina undan fazoviy ko’rinishda namuna ko’chirish va shu bilan fizik modellar, obyektlarning tasvirini hajmli ko’rinishda aks ettirish bo’ladi. Uch o’lchamli tasvirni hosil qilishda katta ahamiyatni ko’rish mumkin bo’lgan tasvir kasb etib, obyekt va hodisalarning fazoviyligi to’g’risida, shuningdek, ularning haqiqiy tasviri yoki uch o’lchamli modelni yaratuvchilari tasavvuridagi tasviri qanday bo’lishi kerakligi haqida to’liq tushuncha bo’lishi lozim. 8.Mashinografik va displeyli geotasvirlarMashinografik va displeyli geotasvirlar ─ deb vektor yoki rastr farmatidagi avtomatik grafikli quruvchilar va displeylar yordamida hosil bo’lgan kartalar yoki suratlarga aytiladi.Avtomatik grafopostroitellar ─ tasvirlarni qog’ozga, plastikka, fotoplyonkaga va boshqa materiallarga chizish, gravirlash (o’yish) bo’yicha tushiruvchi avtomatlardir. Ular tuzilishi, chizuvchi yoki bosuvchi kallak moslamalari, ifodalash aniqligi, formati va boshqa texnik tavsilotlari bilan bir-biridan farqlanadi.Karta tuzishning dastlabki avtomatlashgan bosqichlarida alfavit-raqamli bosish qurilmasidan foydalanilgan (ASPU) ─ ular har xil zichlikdagi rastrlarda raqamlarni tasvirlash yoki kulrang shkalalar va effektlarini hosil qiluvchi yozuv mashinalariga o’xshash avtomatlar bo’lgan.

Yüklə 133,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə