Geoinformatika va geografik axborot tizimlari


Modellashtirishning universial prinsip



Yüklə 133,58 Kb.
səhifə8/14
tarix30.12.2023
ölçüsü133,58 Kb.
#167963
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
geoinformatika javoblar YOZGI SMESTR

Modellashtirishning universial prinsiplari o’xshashlik va analogiya hisoblanadi. Model (M) originalga (A) berilgan munosabat i-da mos kelishi M = SiA; bunda Si ─ o’xshashlik mezoni bo’lib, real obyektlarga, modellar yordamida olingan xulosalarning to’g’riligini kafolatlovchi o’lchamsiz konstantalar. Munosabatlarni o’xshashlik mezoni (Si, Sj,... Sn) bo’yicha ishonchliligi ehtimolligi qanchalik ko’p qanoatlantirsa, xulosalar shunchalik to’g’ri bo’ladi.
Modellashtirishning boshqa ahamiyatli prinsipi tizimlilik bo’lib, u quyidagi qoidalardan iborat deb taxmin qilinadi:
- modellarni qo’llash jarayonida ketma-ket takrorlab, takomillashtirib borish;
- komponentlar, tizim va ichki tizimlar qismlarini modellashtirish;
- komponentlar orasidagi o’zaro bog’liqlikni modellashtirish va tizimlanuvchi maxsus aloqalarni ajratish;
- strukturani modellashtirish va tizimlarni tashkil etish;
- tizim ichida va ular o’rtasidan modda, energiya va axborot almashinish jarayonlari faoliyatlarini modellashtirish;
- berilgan tizimni modelini bir qancha yirik tizimlar elementi sifatida qarash, modellarni o’zaro iyerarxik bog’liqligini ajratish.
Modellashtirishning ikki prinsipi dialektik tarzda o’zaro bog’liq bo’lib, tizimlilik talablari o’xshashlik asosida, o’xshashlikning to’laligi esa tizimlilik prinsipiga rioya qilingan holda ta’minlanadi.


20. Geotasvirlash kvadratiGeotasvirlashning har xil tasniflari, o’zicha uncha-muncha muvaffakiyatli, qulay ko’rinsa-da, lekin modellarning birini boshqasiga o’zaro o’tishi, fazoviy axborotlar vizualizasiyasi shakllarining o’zaro aloqadorligi haqida mulohazalar uchun yetarli emas. Buning uchun barcha geotasvirlashlar to’plamlarining hammasini qonuniyatli tizimlar deb qarash kerak bo’ladi.
Xatto V.Bunge tomonidan “Nazariy geografiya” kitobida dastlabki, xomaki kartadan oddiy kartaga va matematik modellarga o’tishning o’ziga xos “Aqlli travers”lari belgilangan. “Travers ─ ulovchi ko’prik ma’nosida ishlatilgan”. Bu traverslar bo’ylab generalizasiya xossalari, modellar xatoligining xarakteri, o’lchami va boshqa xossalarining o’zgarishi belgilab o’tilgan. Masalan, traversda “kichik masshtabli, yirik masshtabli ─ aerofotosurat komplekti geodezik bog’liqlik, topografik bog’langan holda va shartli belgilar bilan dastlabki karta yoki birlamchi aerofotosurat” modelning tasavvur etish darajasi va tasvirdagi ma’lumotlarning o’zaro munosabati qonuniy ravishda almashinib turadi. Shunga o’xshash o’zgarishlar boshqa traverslarda, ya’ni:
- aniq kartadan soddalashgan kartosxemalarga va anamorfozga;
- haqiqiy ko’rinishli kartadan taxmin qilingan tasvirlarga va xattoki mavjud bo’lmagan obyektlarga;
- kartadan landshaftga va joylarning go’zal qilib chizilgan tasviriga va boshqalarga o’tishda ham yuz beradi.
Dastlabki kartani, oddiy kartani va matematik modellarning xossalarini taqqoslab ko’rib, V.Bunge “Dastlabki karta yaxlitligicha bu kartaning tizimchasi, kartani esa ─ matematikaning tizimchasi”, ─ degan xulosaga keladi. Hozirda, bu xulosaning to’g’riligiga 30 yil oldin geotasvirlarni yagona tizim sifatida tushunish yo’lida qo’yilgan shahdam qadamlar sabab bo’ldi.
21. Gipergeotasvirlar? Geotasvirlar kvadrati”ning markaziy kismini kartaning, rasmning hajmli va dinamik modellarning xossalarini har xil darajada sintezlovchi murakkab grafikli modellar egallaydi. Geometrik, yorqin, dinamik, stereoskopik xossalar kompleksini sintezlovchi murakkab ko’p o’lchovli modellar holatini oddiy geotasvir tushunchasiga umumlashtirilgan holatda tushunib, ularni “gipergeotasvirlar (yoki oddiygina ─ gipertasvirlar)” atamasi bilan ifodalash maqsadga muvofiqdir. Qoidaga ko’ra, gepertasvirlar qurish (tuzish) jarayonida u yoki boshqa xossalarni kiritish va zaruriyatga qarab ularni o’zgartirishning dasturiy-boshqariladigan modellaridir.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan uch o’lchovli modellar bilan tuzatish kiritilgan rangli suratlar to’g’ri keladigan, shuningdek, “yashirin fototasvir” deb ataladigan EHMda modellashtirilgan har xil real va xayoliy obyektlarning fototasvirlariga to’g’ri keladigan foto-blok-diagrammalar “gipergeotasvir”larga misol qilib ko’rsatilishi mumkin. Shubhasiz, gepergeotasvirlarga mashina grafikasi vositasida qurilish, xududni obodonlashtirish, arxitektura landshafti va boshqa masalalarni yechish uchun yaratilgan “peyzaj kartalari” deb nomlanuvchi alohida stereomodellar kiradi. Bu rasmli tasvirlar peyzajning hajmliligi va ko’p kamligiga va blok-diagrammalarning aniqligiga ega bo’lib, landshaftning alohida detallarini o’zgartirgan holda, yorug’likni modellashtirib va soyalarini taqsimlab har xil rakurslar sifatida muhokama qila oladi.



Yüklə 133,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə