O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Davlat xavfsizlik xizmati va favqulotda vaziyatlar tizimidagi islohotlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə85/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Davlat xavfsizlik xizmati va favqulotda vaziyatlar tizimidagi islohotlar.


О‗zbekiston Respublikasi mamlakat milliy xavfsizligini ta‘minlash borasida davlat siyosatini amalga oshira borar ekan, mazkur sohaning eng ishonchli posboni bо‗lgan idora tashkil etilishi zarurligini anglar edi. 1991 yilning 26 sentabrida sobiq Ittifoq Davlat xavfsizlik qо‗mitasining О‗zbekistondagi idorasi negizida О‗zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi davlat tuzumini himoya qilish, razvedka va kontrrazvedka faoliyati deb belgilandi. Xavfsizlik boshqarmasi zimmasiga iqtisodiy vazifalar ham yuklatildi.


О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 24 martdagi Farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati tasarrufida Chegara qо‗shinlari boshqarmasi tashkil etildi.
1993 yil 26 aprelda davlat chegaralarini mustahkamlash, qо‗shinlarni boshqarishni mukammallashtirish va ularning xavfsizligini oshirish maqsadida Boshqarma О‗zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qо‗shinlari Bosh boshqarmasiga aylantirildi va uning zimmasiga davlat chegarasini himoya qilish va quriqlash sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini ta‘minlash vazifasi yuklandi.
О‗zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini ta‘minlash borasidagi asosiy vazifalardan yana biri mamlakat chegaralarini xalqaro huquq talablaridan kelib chiqqan holda belgilab olish edi. Zero, Markaziy Osiyoning yangi, mustaqil davlatlari bilan О‗zbekiston о‗rtasidagi aniq chegarani belgilab olish davr talabi edi. Uzoq va murakkab kechgan kelishuvlardan sо‗ng О‗zbekistonning Davlat chegaralari belgilab olindi. Shu tariqa davlat chegaramizning umumiy uzunligi 6221 kilometr. Jumladan, Qozog‗iston bilan chegara 2203 km., Turkmaniston bilan 1621 km., Tojikiston bilan 1161 km., Qirg‗iziston bilan 1099 km., Afg‗oniston bilan 137 km.dan iborat (Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug„at / Abdullayev M., Abdullayeva M., Abdullayeva F. va boshq. -T.: Sharq, 2006. B. 85.).
Mintaqaviy mojarolar ham О‗zbekiston milliy xavfsizligiga nisbatan mavjud bо‗lgan eng asosiy tahdidlardan biri edi. Masalan, 1993 yilda Afg‗oniston siyosiy maydonida ―Tolibon‖ Islom harakatining paydo bо‗lishi natijasida fuqarolar urushi yangicha tus ola boshladi. Burhoniddin Rabboniy hukumati muammolarni bartaraf etish yо‗llarini topa olmadi. 1996 yilga kelib, toliblar mamlakat hududining 90 foizini ishg‗ol etgani holda, О‗zbekiston chegaralariga yaqin kelib qoldi. Afg‗onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat tubdan о‗zgardi. ―Tolibon‖ harakati
о‗z siyosiy kurashlarining birinchi kunlaridanoq diniy-ekstremistik va terrorchilik g‗oyalarining tarafdorlari ekanligini yaqqol namoyon qildi. Bu vaqtda Mozori Sharif, Tahor, Qunduz, Qobul, Qandahor, Jalolobod shaharlaridagi harbiy lagerlarda xalqaro terroristik guruhlar, jumladan, о‗zlarini ―О‗zbekiston Islom harakati‖ deb nomlay boshlagan jangarilar tо‗dasi qо‗nim topdi.
Afg‗onistondagi harbiy-siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning keskinlashuvi, binobarin, qurollangan guruhlarning xurujlari, chegara orqali qurol-yarog‗ va giyohvand moddalar kontrabandasi, chegaraoldi hududlaridagi migratsion jarayonlar О‗zbekistonning janubiy sarhadlaridagi ahvolni ancha murakkablashtirdi.
Qо‗shni Tojikistondagi ahvol ham о‗zining beqarorligi bilan barchani tashvishga solar edi. 1992 yil Tojikiston tarixida eng og‗ir yillardan biri bо‗ldi. Aslida ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga qarshi boshlangan kurash davlat va davlatchilik asoslarining barbod bо‗lishiga olib keldi.
MDH janubiy sarhadlaridagi harbiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi qator mamlakatlarni ham tashvishga solib qо‗ydi. Qо‗shni davlatlar hududida sodir bо‗layotgan voqealar 1992 yilning may oyida Toshkent shahrida Kollektiv xavfsizlik tо‗g‗risidagi Shartnomaning imzolanishiga turtki bо‗ldi. Bu Shartnomani Armaniston, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston, Rossiya va О‗zbekiston davlatlari imzoladi. Mutaxassislar ushbu Shartnomani "Toshkent Shartnomasi‖ deb atadilar.
1995-1999 yillarda Markaziy Osiyo va uning atrofida murakkab harbiy-siyosiy holat yuzaga kelgan edi. 1995 yilning may oyida davlat va jamiyat xavfsizligini ta‘minlash, mamlakat milliy xavfsizlik strategiyasini shakllantirish va uni izchil hayotga tatbiq etish maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Milliy xavfsizlik kengashi tuzildi.
Milliy xavfsizlik Kengashi О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahatlashuv organi hisoblanadi. О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kо‗ra ushbu Kengashning raisi hisoblanadi. Xavfsizlik Kengashi о‗zining majlislariga muvaqqat ravishda О‗zbekiston Respublikasidagi har qanday mansabdor shaxsni taklif etishi mumkin. Kengash majlisi davomida bildirilgan taklif va mulohazalar kо‗pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va mamlakat Prezidenti tegishli qarorni tasdiqlagandan sо‗ng kuchga kiradi.
2018 yil 10 yanvarda О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining ilk bor kengaytirilgan, ochiq, videokonferensiya shaklidagi yig‗ilishi bо‗lib о‗tdi. Unda О‗zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar holatga shayligi ilgarigi 5 kundan bugungi kunda 3 soatga yetkazilganligi ta‘kidlandi.
Respublika hukumati mamlakatimiz milliy xavfsizligini ta‘minlash masalasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchlik va barqarorlikning holati bilan bevosita bog‗liq ekanini yaxshi anglar edi.
О‗zbekiston milliy davlatchiligi, uning hududiy yaxlitligi, aholining tinch va osoyishta hayotini ta‘minlash davlat siyosatining bosh masalalaridan biri sifatida doim kun tartibida turdi. Bu yо‗nalishda 1996 yil 24 aprelda qabul qilingan ―Milliy xavfsizlik tо‗g‗risida‖gi Qonun, 1997 yil avgustda qabul qilingan ―О‗zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi‖ alohida ahamiyatga ega bо‗ldi.
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 30 noyabrdagi "О‗zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qо‗riqlashni kuchaytirishning tashkiliy tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Qarori davlat chegaralari himoyasini tashkil etishni yanada takomillashtirishda muhim omil bо‗ldi. Qarorga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qо‗riqlash va himoya qilish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiyaga muvofiq, chegara qо‗shinlarining yangi tashkiliy-shtat tarkibi aniqlandi: beshta chegara mintaqasi yaratildi, chegara otryadlari, komendaturalari va chegara zastavalari kaytadan tashkil etilib, mutanosib ravishda chegara rayonlariga, baza va postlariga aylantirildi.
1999 yilning 13 yanvarida О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan chegara qо‗shinlari Bosh shtabi negizida О‗zbekisgon Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qо‗mita tashkil etildi. Milliy xavfsizlik xizmati tarkibidan chegara qо‗shinlari chiqarilib,
О‗zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qо‗mita tasarrufiga berildi. Shu Farmon bilan Qо‗mita bevosita О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti bо‗ysunuviga о‗tkazildi.
Mamlakatimiz chegaralarini qо‗riqlash ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi tо‗g‗risida‖gi 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan Qonuni asosida tashkil etildi. Qonunda О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qо‗mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning davlat chegarasini himoya qilish va qо‗riqlashdash vakolatlari va ishtiroki aniq belgilab qо‗yilgan.
2018 yil 14 martda О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―О‗zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi (PF- 5379), 2018 yil 5 aprelda ―О‗zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tо‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilinib, ushbu sana ―Davlat xavfsizligi kuni‖ etib belgilandi. Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb qayta nomlandi. 2018 yil 23 iyunda ―О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‗i va emblemasi namunalarini tasdiqlash tо‗g‗risida‖gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Sobiq Ittifoq davrida О‗zbekiston hududidagi harbiy qо‗shinlarning asosiy qismi Afg‗oniston bilan chegaradosh hududlarda joylashgan edi. Bu holat respublikaning boshqa hududlari xavfsizligini ta‘minlash masalasini ancha murakkablashtirardi. Shu sababdan, mamlakat hududi yangidan harbiy okruglarga bо‗lib chiqildi. Harbiy okruglar belgilangan strategik va operatsion yо‗nalishlarda mamlakatning hududiy yaxlitligi va xavfsizligini ta‘minlash chora-tadbirlarini kо‗rish xamda amalga oshirishning muhim harbiy-ma‘muriy qismlariga aylandi.
1998 yilning yoziga kelib, qо‗shni Afgonistondagi harbiy-siyosiy vaziyat yanada murakkablashdi. ―Tolibon‖ diniy ekstremistik harakatining qurollangan guruxlari О‗zbekiston chegaralariga yaqin kelib qoldi.
Ushbu og‗ir kunlarda О‗zbekiston hukumati MDH davlatlariga, jumladan, Kollektiv xavfsizlik Shartnomasiga a‘zo davlatlarga yordam sо‗rab bir necha bor murojaat qildi. Lekin О‗zbekiston hech kimdan amaliy yordam ololmadi.
Aynan shu davrdan boshlab Qurolli Kuchlar islohotining keyingi bosqichi amalga oshirila boshlandi. О‗zbekiston xavfsizligini ta‘minlash vazifalari va yangi tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan hodda, mamlakat Qurolli Kuchlarida chuqur sifat о‗zgarishlarini amalga oshirish zarurati tug‗ildi. 1998 yil oxirlariga kelib, О‗zbekiston hukumati tomonidan son jihatidan ixcham, yuksak mahoratli va maxsus operatsiyalarni о‗tkazishga qodir bо‗linmalar tashkil etish bо‗yicha qarorlar qabul qilindi. Bu tariqa bо‗linmalarni tashkil etish vaqtida о‗zining tuzilishi, qurol-aslahalar bilan jihozlanishi va harbiy tayyorgarlik darajasi bilan terrorizm о‗choqlarini bartaraf etishda noan‘anaviy usullar bilan faoliyat olib boradigan Rossiya, AQSH maxsus operatsiya kuchlarining hamda NATO mamlakatlari maxsus bо‗linmalarining tajribasi e‘tiborga olindi.
Milliy xavfsizlikni ta‘minlashning eng muhim omillaridan biri bо‗lgan Qurolli Kuchlar islohotini izchil davom ettirar ekan, О‗zbekiston hukumati uning tarkibiy qismi bо‗lgan harbiy- xavo kuchlarini takomillashtirish masalasiga ham e‘tibor qaratdi.
90-yillarning о‗rtalariga kelib, sobiq Ittifoq davrida faoliyat kо‗rsatgan radiolakatsion tizim mutlaqo ishdan chiqqan edi. Shu sababli MDHning kо‗plab davlatlari, janub yо‗nalishidan kelishi ehtimol bо‗lgan tahdidlarning oldini olish maqsadida radiolakatsion tizimni qayta tiklashga qaror qilishdi. 1995 yil 10 fevralda Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, О‗zbekiston va Ukraina davlat rahbarlari MDHga a‘zo davlatlarning birlashgan havo mudofaasini tashkil etish tо‗g‗risidati Bitimga imzo chekdilar. MDH davlatlari rahbarlari Kengashining qarori bilan Bitimni imzolagan mamlakatlarga, jumladan, О‗zbekiston Respublikasiga havo mudofaasi tizimini yaratish va rivojlantirish tadbirlariga moliyaviy chegirmalar ajratish rejalashtirilgan edi. Ammo bu mablag‗ ajratilmadi. Birlashgan havo mudofaasi tizimining samarasiz faoliyati, mavjud xavf-xatarga
qarshi kurashish uchun vaqti kelganda kerakli yordam olinmaganligi keyinchalik О‗zbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik Shartpomasidan chiqishiga sabab bо‗ldi. Shunga qaramasdan, О‗zbekiston Respublikasi zikr etilgan Shartnomaga a‘zo bо‗lgan davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni davom ettiraverdi.
1999-2000 yillar О‗zbekiston uchun xavfsizlik borasida murakkab yillar bо‗ldi. Diniy- ekstremistik tashkilotlar va jinoiy guruhlarning rahbarlari asosiy e‘tiborlarini Farg‗ona viloyatiga qaratgan edi. Ularning maqsadi bu yerdagi siyosiy va ijtimoiy vaziyatni keskinlashtirish, Far- g‗ona vodiysini terroristik-ekstremistik guruhlarning makoniga aylantirish edi. Ularning rejalarini barbod etish, Farg‗ona vodiysi viloyatlari о‗rtasidagi avtomobil qatnov yо‗llari xavfsizligini ta‘minlash maqsadida "Angren-Qо‗qon" yо‗nalishidagi yо‗llarni qо‗riqlash ishlari kuchaytirildi.
Navbatdagi vazifa О‗zbekistonning qо‗shni davlatlar bilan bо‗lgan chegaralarida xalqaro huquq meyorlari asosida delimitatsiya va demarkatsiya ishlarini amalga oshirish edi. Shu maqsadda 1999 yilning noyabrida О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tuzilgan hukumat komissiyasi xalqaro huquq meyorlari va talablariga asoslanib, davlat chegarasini bosqichma-bosqich delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayoniga kirishdi. Natijada 2003 yilga kelib, О‗zbekiston va Qozog‗iston о‗rtasidagi bir necha bahsli hududlar masalasi о‗z yechimini topdi. Bu yо‗nalishdagi muzokaralar boshqa qо‗shni davlatlar bilan ham davom ettirildi.
1995 yilning 15-16 sentabr kunlari О‗zbekiston tashabbusi bilan Toshkentda BMTning shafeligi ostida ―Markaziy Osiyo da mintaqaviy xavfsizlik‖ mavzuida ilk bor yirik xalqaro konferensiya bо‗lib о‗tdi. Konferensiya ishida 30 dan ziyod mamlakatlar va 20 ga yaqin xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.
Afg‗onistonda tinchlik va barqarorlikni ta‘minlash yо‗lidagi muhim bosqichlardan biri О‗zbekistonning tashabbusi bilan BMT rahnamoligi ostida "6+2" muloqot guruhining tashkil etilishi bо‗ldi. 1999 yilning iyul oyida mamlakatimiz poytaxtida ushbu guruhning Toshkent uchrashuvi bо‗lib о‗tdi. Bir tomondan "Tolibon" vakillarining, ikkinchi tomondan, toliblarga qarshi koalitsiya rahbarlarining Toshkentda, bir davra atrofidagi uchrashuvlari о‗zbek diplomatiyasining ulkan muvaffaqiyati edi. Anjuman ishtirokchilari oldidagi о‗z nutqida О‗zbekiston rahbari mamlakatimizning Afg‗onistonning bundan keyingi rivojlanishiga nisbatan bо‗lgan yondashuvini ochib berdi. "Biz Qobulda milliy totuvlik va ichki barqarorlikni ta‘minlashga qodir bо‗lgan, xalqaro huquq meyorlarini hurmat qiladigan va chegaradosh mamlakatlar bilan yaxshi qо‗shnichilik munosabatlarini ta‘minlashga kafolat beradigan barcha tomonlar vakillaridan iborat nufuzli va kuchli hukumatni kо‗rishni istaymiz", degan edi Prezident Islom Karimov.
Yuqorida zikr etilgan Kollektiv xavfsizlik tо‗g‗risidagi Shartnomaning 1992 yili imzolanishi yangi geosiyosiy о‗zgarishlar sharoitida MDH davlatlarining milliy xavfsizligini ta‘minlash borasidagi muhim qadam edi.
Biroq, imzolangan Shartnoma kezi kelganda о‗z samaradorligini tо‗liq namoyon qila olmadi. О‗zbekiston Respublikasi 1999 yilning aprel oyida о‗zining ushbu Shartnoma doirasidagi faoliyatini vaqtinchalik tо‗xtatdi. Oradan bir oz vaqt о‗tib, ushbu Shartnomadan Ozarbayjon va Gruziya davlatlari ham chiqib ketdi. 2002 yilning may oyida Moskva shahrida bо‗lib о‗tgan yubiley sammitida Kollektiv xavfsizlik Shartnomasi asosida yangi siyosiy-harbiy tashkilot Kollektiv xavfsizlik shartnomasi Tashkiloti (ODKB) tuzildi.
О‗zbekistonning harbiy-texnik sohadagi xalqaro aloqalari tо‗g‗risida gap borar ekan, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti NATO bilan olib borilgan munosabatlarga tо‗xgab о‗tish joiz. Ushbu hamkorlikka 1991 yilning 21 dekabrida asos solindi. 1994 yilning 13 iyulida О‗zbekistonning "Tinchlik yо‗lida hamkorlik" dasturiga qо‗shilishi tо‗g‗risidagi hujjat imzolandi.
NATO bilan hamkorlik doirasida respublika Qurolli Kuchlari zobitlarining xorijiy tillarni egallashlariga qaratilgan ishlar xam amalga oshirildi. Zobitlar Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarning Qurolli Kuchlari qismlarida til о‗rgandilar.
О‗zbekistonning say-harakatlariga qaramasdan, mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat hamon mushkulligicha qolmoqda edi. 1999 yil 16 fevralda qurollangan bir necha terroristlar Toshkent shahrida portlashlarni amalga oshirdilar. Buning natijasida 16 nafar begunoh inson hayotdan kо‗z yumdi, О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va qator davlat idoralari va tinch aholining turar-joy binolariga jiddiy shikast yetdi.
1999 yilning avgust oyida О‗zbekiston Respublikasining Qirg‗iziston va Tojikiston bilan tutashgan janubi-sharqiy chegaralarida yana notinch vaziyat yuzaga keldi. Terroristik guruhlar Botken va Sо‗x tumanlari orqali О‗zbekistonga suqulib kirishga urindilar. Terroristlarning manzil-makonlari va rejalarini aniqlash, ularning jinoyatkorona xatti-harakatlariga chek qо‗yish maqsadida Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi va Ichki kushinlarning maxsus bо‗linmalaridan tashkil topgan guruhlar tuzildi. Muvaffaqiyatli о‗tkazilgan maxsus harbiy operatsiyalar natijasida terroristik guruhlar tor-mor qilindi.
1999 yilning noyabr-dekabr oylarida bir necha terroristlar Angren tog‗ tizmalari orqali respublika ichkarisiga kirishga va bu yerda notinch vaziyatni yuzaga keltirishga urindilar. Ularni izlab topish va yо‗q qilishda Maxsus operatsiya kuchlari batalyoni hamda Ichki ishlar vazir- ligining maxsus bо‗linmalari faol ishtirok etdi.
Terroristik guruhlar va ularning chet ellardagi rahnamolari О‗zbekistondagi barqarorlikni izdan chiqarish yо‗lidagi qabih niyatlaridan qaytmadi. 2000 yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani tog‗li hududlariga Tojikiston orqali jangarilar guruhi kirib kelgani aniqlandi. Ikki oy davom etgan qidiruv ishlari va о‗tkazilgan harbiy operatsiyalar natijasida Sariosiyo va Uzun tumanlari hududiga joylashib olgan jangarilar guruhi yо‗q qilindi.
2000 yilning avgust oyida Toshkent viloyatining tog‗li Bо‗stonliq tumaniga ham jangarilar guruhi bostirib kirganligi aniqlandi. Ichki ishlar vazirligi qо‗shinlarining Toshkent maxsus tezkor harakatlar batalyoni harbiylari tomonidan Bо‗stonliq va Ohangaron tumanlarining tog‗li hududlarida amalga oshirilgan operatsiyalar natijasida 15 nafar jangari yо‗q qilinib, katta miqdordagi qurol-aslaha va о‗q-dorilar qо‗lga kiritildi.
Mamlakatning milliy xavfsizligini ta‘minlash va hududiy yaxlitligini saqlab qolish maqsadida О‗zbekiston rahbariyati barcha kerakli siyosiy hamda harbiy chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Dunyoning qator davlatlari, jumladan, Rossiya, AQSH va Markaziy Osiyo respublikalari bilan kо‗p tomonlama harbiy-texnik aloqalar yо‗lga qо‗yildi.
Mamlakatimizning xavfsizlik borasida amalga oshirayotgan strategiyasini doimiy ravishda takomillashtirib borish maqsadida 2000 yilning 29 sentabrida О‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Birlashgan shtabi tuzildi.
2000 yilning 21 aprelida Toshkent shahrida Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston va О‗zbekiston rahbarlari tomonidan "Terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va mamlakatlarning xavfsizligi va barqarorligiga nisbatan mavjud bо‗lgan boshqa tahdidlarga qarshi birgalikdagi xatti-harakatlar tо‗g‗risida"gi Shartnomaning imzolanishi XXI asr boshlarida Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllantirish yо‗lidagi muhim qadam bо‗ldi.
2000 yilning 15 dekabrida "Terrorizmga qarshi kurash tо‗g‗risida"gi Qonun qabul qilindi. Qonunda "terrorizm‖ tushunchasiga ta‘rif berildi, bu illat bilan murosasiz kurash borasidagi davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning vakolatlari hamda burch-vazifalari belgilab berildi. 2001 yilning 12 mayida О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash haqidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilish tо‗g‗risida" qaror qabul qildi. Bu О‗zbekiston Respublikasining xalqaro terrorizmga va uni moliyalashtirishga qarshi olib borayotgan izchil siyosatining yorqin namoyishi edi.
2001 yilning 30 avgustida О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash haqidagi Shanxay Konvensiyasini ratifikatsiya qilish tо‗g‗risida"gi navbatdagi qarorni qabul qildi. Bu bilan mamlakatimiz Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlash, Afg‗onistonda tinchlikni qaror toptirish borasida nafaqat bong urayotganligini, shu bilan birga, amaliy harakatlar qilayotganligini ham isbotlab berdi.
2000 yilning sentabr oyida bо‗lib о‗tgan BMT Bosh assambleyasining "Ming yillik" yubiley sammitida О‗zbekiston ushbu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri bо‗lgan xavfsizlik yaxlitligi tamoyilini tо‗liq qо‗llab-quvvatlashini bildirdi. О‗zbekiston rahbari anjuman minbaridan turib, BMTga, Xavfsizlik Kengashi va butun xalqaro hamjamiyatga murojaat qilib, "Afg‗oniston hozirgi iaytda xalqaro terrorchilik va ekstremizmning poligoni hamda tayanch bazasiga, milliardlab daromad keltirayotgan va xalqaro terrorchilikni oziqlantirayotgan, giyohvand moddalar ishlab chiqarishning dunyo miqyosidagi asosiy manbai aylanganligini, Afg‗onistonda davom etayotgan urush faqat Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari xavfsizligiga emas, balki butun jahon xavfsizligiga ham tahdiddir", degan qat‘iy fikrni bildiradi.
2001 yil 11 sentabrda Amerika Qо‗shma Shtatlarining Nyu-York va Vashington shaharlarida amalga oshirilgan terroristik xatti-harakatlar, uning oqibatida 3 mingdan ziyod kishining dunyodan kо‗z yumishi, keltirilgan mislsiz talofatlar butun dunyo afkor ommasini larzaga keltirdi. Afsuski, ana shu mudhish voqealar bо‗lib о‗tgandan keyingina xalqaro hamjamiyat о‗z nigohini Afg‗onistonga qarata boshladi, u yerdan dunyoga yoyilayotgan terrorizm, diniy ekstremizm va giyohvandlik kabi illatlarning oqibatini anglab yetdi. Vaholanki, О‗zbekiston bu illatlarga qarshi kurashish uchun 90-yillarning boshlaridan beri jahon afkor ommasini chaqirib kelar edi.
11 sentabr voqealaridan sо‗ng О‗zbekiston birinchilardan bо‗lib, AQSH boshchiligida tuzilgan aksilterroristik kaolitsiyaga qо‗shildi. Qashqadaryo viloyatidagi ―Xonobod‖ aerodromi Afg‗oniston hududida insonparvarlik va qutqaruv-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun xalqaro aksilterroristik kuchlar ixtiyoriga berildi.
Mamlakat milliy xavfsizligini ta‘minlash va uning hududiy yaxlitligini saqlash maqsadida О‗zbekiston rahbariyati siyosiy hamda harbiy xarakterga ega bо‗lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, 2000-2005 yillarda О‗zbekiston Respublikasi vakillari bir necha marotaba harbiy dala mashqlarida ishtirok etdi. Ushbu о‗quv mashqlarida, asosan, tinchliksevar operatsiyalarni о‗tkazishda, tabiiy ofat va texnogen halokatlarning oqibatlarini bartaraf etishda harbiy bо‗linma hamda shtablar о‗rtasidagi hamkorlik masalalari о‗rganildi. Masalan, 2003 yilning aprel oyida Farg‗ona viloyati hududida NATO kuchlari bilan hamkorlikda о‗quv mashg‗ulotlari о‗tkazildi. Shu yilning о‗zida respublikamizda tashkil etilgan Maxsus operatsiyalar kuchlarining vakillari AQSH reyndjerlar maktabida, Germaniya va Shveysariyaning harbiy tayyorgarlik markazlarida malaka oshirdilar. 2002 yili О‗zbekistonda Tinchlikparvar kuchlarning batalyoni tashkil etildi. Batalyon harbiylari Armanistonda о‗tkazilgan "Best Efforg-2003" о‗quv mashg‗ulotlarida muvaffaqiyatli qatnashdi.
2002 yilning 22 noyabrida Chexiya poytaxti Praga shahrida Yevroatlantika hamkorlik kengashining majlisi bо‗lib о‗tdi. О‗zbekiston Prezidenti о‗z nutqida anjuman ishtirokchilarining diqqat-e‘tiborini yana bir bor Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik muammolariga qaratdi. NATOning О‗zbekiston va mintaqa davlatlari bilan olib borayotgan siyosatiga baho berar ekan, Islom Karimov "Biz NATO bilan tobora rivojlanib borayotgan hamkorligimizni yuksak qadrlaymiz va Qurolli Kuchlarimizni isloh qilish, harbiy kadrlarni tayyorlash uchun о„quv va axborot markazlarini tashkil etish, chegaralarni zamonaviy vositalar bilan jihozlash, terrorchilikka qarshi kurashish borasida tayyorgarlikni yanada takomillashtirishga yо„naltirilgan sheriklik munosabatlarimizni kengaytirish tarafdorimiz", dedi.
О‗zbekistonlik zobitlardan bir guruhi bu vaqtda Gretsiya, Shvetsiya, Ruminiya, Sloveniya, Turkiya va bir qator boshqa mamlakatlarda bо‗lib, NATOning "Tinchlik yо‗lida hamkorlik" dasturi doirasida tashkil etilgan tanishuv hamda taktik о‗quv mashg‗ulotlarida ishtirok etdi.
Mamlakat ichida va xalqaro maydonda amalga oshirilayotgan say-harakatlarga qaramasdan, xalqaro terroristik guruhlarning chet ellardagi rahnamolari О‗zbekistonga nisbatan qabih niyatlaridan qaytmadilar. Boz ustiga, AQSH qо‗shinlarining 2003 yili Iroqqa bostirib kirishi, Afg‗onistondagi aksilterroristik xatti-harakatlarning chо‗zilib ketganligi, natijada xalqaro terroristik guruhlarning, eng avvalo, "Al-Qoida" о‗z strategiya va taktikasini о‗zgartirganligi Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham jiddiy tahdid sola boshladi.
2004 yilning 29-30 mart va 1 aprel kunlari Buxoro viloyati va Toshkent shahrida
portlashlar sodir etildi. Bu mudhish terrorchilik harakatlari oqibatida 9 nafar ichki ishlar xodimi va 5 nafar fuqaro halok bо‗ldi. О‗tkazilgan tezkor-qidiruv va tergov harakatlari natijasida bir necha jinoyatchilar qо‗lga olindi. Tergov materiallarining tahlili ushbu terroristik xatti- harakatlarning ildizi mamlakatimiz tashqarisida joylashgan terroristik va diniy-ekstremistik markazlarga borib taqalayogganligidan dalolat berar edi.
2004 yilning 17 iyunida Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti bо‗lib о‗tdi. Toshkent sammiti davomida qator muhim hujjatlar qabul qilinganligi, binobarin, xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi birgalikda kurashish, a‘zo davlatlar о‗rtasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi kelishuvlarga erishilganligi uning avvalgi yig‗ilishlardan nufuzi oshganligini kо‗rsatdi.
Sammit doirasida О‗zbekiston va Rossiya Federatsiyasining Prezidentlari I.A.Karimov va V.Putin о‗rtasida muzokaralar о‗tkazildi. Muzokaralar yakunida О‗zbekiston va Rossiya о‗rtasida strategik sheriklik tо‗g‗risidagi Shartnoma imzolandi. SHHT sammitida ishtirok etgan Xitoy, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining rahbarlari Toshkent shahrida "Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi"ning ochilishi marosimida ham hozir bо‗ldilar. Mintaqaviy aksilterror tuzilmaning maqomi, faoliyatining muhim yо‗nalishlari SHHTning davlat rahbarlari darajasida tasdiqlangan asosiy hujjatlari bilan belgilab berildi. Toshkent sammiti SHHTning tashkiliy shakllanishida eng muhim bosqichlardan biri bо‗ldi.
2004 yil 30 iyul kuni О‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, AQSH va Isroil davlatlarining elchixonalari oldida yana portlashlar sodir etildi. Ushbu fojiali voqealar chog‗ida bir necha kishi halok bо‗ldi, Bosh prokuratura va elchixonalarga moddiy ziyon yetdi. Tergov natijalari asosida qilingan tahlillarning natijasi iyul oyidagi portlashlar 2004 yilning mart-aprel oylarida Toshkent va Buxoroda amalga oshirilgan portlashlar bilan uzviy bog‗liqligini kо‗rsatdi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, ayni shu kunlari О‗zbekiston Oliy sudida mart-aprel oylarida sodir etilgan terroristik xatti-harakatlarga aloqadorlikda gumon qilingan 15 nafar shaxs ustidan sud jarayoni ketayotgan edi.
Yuqorida sanab о‗tilgan barcha terroristik voqealarda ishtirok etgan, sud qarori bilan aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan turli jazo muddatlari belgilandi. Sud jarayoni davomida ularning orqasida turli terroristik va diniy-ekstremistik tashkilotlarning, jumladan, "Hizb ut- tahrir"ning xorijiy mamlakatlardagi rahnamolari turganligi ayon bо‗ldi. "Hizb ut-tahrir" о‗ta maxfiy sharoitda faoliyat olib borar ekan, о‗zining Markaziy Osiyoda joylashgan dunyoviy davlatlardagi konstitusion tuzumni о‗zgartirishga harakat qilayotganini, ushbu davlatlarga nisbatan jihod e‘lon qilganligini, 2001 yil iyun oyida nashr etilgan "Hizb" jurnalida yozilganidek, "kofirlarga qarshi kurashda barcha usullar, jumladan, о‗ldirish yо‗li bilan" ham о‗z maqsadlariga erishmoqchi ekanligini yashirmayotgan edi.
2004 yilning oxirlari 2005 yilning boshlariga kelib, MDH davlatlarida avval Gruziyada, keyin Ukrainada 2005 yilning mart oyida esa qо‗shni Qirg‗iziston hududida "rangli inqilob‖lar amalga oshirildi. MDH davlatlarida "demokratik tamoyillar"ni joriy qilish va yanada chuqurlashtirish uchun AQSH ma‘muriyati "Demokratiyani yoyish tо‗g‗risida" Qonun (Advance Democracy Act) qabul qildi, Qonunga kо‗ra, "rangli inqilob"larni moliyalashtirishda ham davlatga qarashli, ham nodavlat tashkilotlar (YUSAID, Fridom Xaus va boshq.) va turli jamg‗armalarning ishtirok etishi nazarda tutilgan edi. Jumladan, "rangli inqilob"larni moliyalashtirish maxsus ravishda davlat tomonidan tashkil etilgan "Inson huquqlari va demokratiyani qо‗llab-quvvatlash jamg‗armasi" (Human Rights and Democrasy Fund) tomonidan amalga oshiriladigan bо‗ldi. Ushbu jamg‗armaning 2005-2007 moliyaviy yillarga belgilangan byudjeti 250 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu vaqtda О‗zbekiston hududida AQShning ikki yetakchi siyosiy partiyalarining tegishli institutlari Xalqaro Respublikachilar instiguti va Milliy demokratik institut vakillari faol ish olib bormoqda edi. Ushbu tashkilotlar va ularning yonida faoliyat olib borgan yuzlab nodavlat, notijorat tashkilotlar (NNT) "rangli inqilob‖lar nafasini О‗zbekistonga ham yetkazib kelishga urinib, asta-sekin О‗zbekistondagi siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining faoliyatiga aralasha boshladi.
Lekin О‗zbekisgon hukumati bu masalaga jiddiy baho berdi va qonuniy yо‗l bilan NNTlarning mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy hayotidagi о‗rnini aniq belgilab berdi. Shu bilan bir qatorda, О‗zbekistonda tashkil etilgan jamoat tashkilotlarining maqomini kо‗tarish, ularning xuquqlarini kengaytirish borasidagi qator hukumat qarorlari e‘lon qilindi, "Fuqarolik jamiyatini о‗rganish instituti" tashkil etildi.
О‗zbekiston hukumati mamlakat milliy xavfsizlik strategiyasini hayotga izchil tatbiq etib borar ekan, ham respublika ichidagi, ham tashqi siyosatdagi ustuvor yо‗nalishlarni belgilab oldi.
2005 yilning 28 yanvarida Toshkent shahrida yangi saylangan О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qо‗shma majlisi bо‗lib о‗tdi. Ushbu majlisdagi о‗z nutqida О‗zbekiston Prezidenti deputatlar va Senat a‘zolarining diqqat-e‘tiborlarini jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish masalalariga qaratdi.
2005 yilning bahorida Qirg‗izistonda erishilgan "inqilobiy" yutuqlardan ilhomlangan ayrim kuchlar endigi navbat О‗zbekistonga degan xom xayolga berildilar.
2005 yilning may oyida Andijon shahrida terroristik va diniy-ekstremistik kuchlar о‗zlarining navbatdagi jinoyatkorona xatti-harakatlarini amalga oshirdilar. Shu yilning 12 mayidan 13 mayiga о‗tar kechasi qurollangan 30 ga yaqin, о‗zlarini "Akromiya" deb nomlagan diniy-ekstremistik tashkilotning jangarilari avval Andijon shahridagi militsiya navbatchilik qismiga, keyin harbiy qismlardan biriga hujum qilib, 4 nafar militsiya xodimi va 5 nafar harbiy xizmatchini о‗ldirib, kо‗plab о‗qotar qurollari va yuk tashish avtomashinasini qо‗lga kiritadi. Oradan biroz vaqt о‗tgach, jangarilar shaharda joylashgan tergov izolyatorini ishg‗ol etib, 527 nafar hukm qilingan va tergovda bо‗lgan shaxslarni u yerdan chiqarib yubordi. (Keyinchalik ana shu kimsalarning 470 nafari о‗z xohishlariga kо‗ra turmaga qaytib keladi, 15 nafar ozod etilgan jinoyatchi qо‗lga olinib, turmaga qaytariladi). 20 ga yaqin odam garovga olinadi. Jangarilar Andijon viloyat hokimiyati binosini bosib olib, hukumatga aqlbovar qilmas shartlar qо‗ya boshlaydi. Bu orada Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining Andijon viloyat boshqarmalari о‗qqa tutiladi, shahardagi kо‗plab binolar portlatib, yondirib yuboriladi. О‗z qabih niyatlariga erisha olmagan jangarilarning kо‗pchiligi о‗z oldilariga tinch aholidan "jonli devor" yasab, shahardan chiqib ketishga erishadi. Ushbu voqealar natijasida 180 dan ziyod kishi qurbon bо‗ladi, ulardan 32 nafari harbiylar va militsiya xodimlari edi (Karimov I.A. О„zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bо„lmaydi. 13-j. -T.: О„zbekiston, 2005. B. 306-419.).
Andijonda sodir etilgan voqealar dunyo afkor ommasini larzaga soldi. Kimlardir qamoqxonadagi jinoyatchi va gumondorlarni chiqarib yuborib, har qanday xalqaro huquq normalariga, insoniylik degan tushunchalarga mos kelmaydigan xatti-harakatlarni sodir etgan jangarilar va ularning ortida turgan kuchlarni qattiq qoralagan bо‗lsa, Andijonda bо‗lib о‗tgan voqealarni baholashda ayrim G‗arb mamlakatlarining siyosatdonlari bir yoqlama yondashdilar.
Bu о‗rinda taniqli amerikalik siyosatshunos olim Zbignev Bjezinskiyiing bir fikrini ta‘kidlab о‗tish joiz: "AQShda siyosiy qarorlarni qabul qilishga mas‘ul shaxslar demokratiyani zо‗rma-zо‗raki singdirish kabi xom xayollarga berilmasliklari о‗ta muhim masaladir. Haqiqiy va mustahkam demokratiya asta-sekinlik bilan, qadamba-qadam, har qanday zо‗ravonliklarsiz amalga oshirilgan joydagina kerakli maromda shakllanadi. Faqat ana shunday yondashuvgina siyosiy madaniyatni haqiqatan ham о‗zgartirishga qodirdir".
Andijon voqealari xalqimizning sabr-toqatini, donishmand va bag‗rikengligini, mehnatsevarlik fazilati hamda bunyodkorlik qudratini, ezgu maqsad sari, avvalo, о‗z kuchi va salohiyatiga tayangan holda qat‘iyat bilan borishga qodir ekanligini butun dunyoga namoyon etdi.
Andijon voqealaridan sо‗ng О‗zbekiston atrofida yuzaga kelgan og‗ir xalqaro siyosiy ahvol vaqtida mamlakatimizni qо‗llab-quvvatlagan davlatlardan biri Rossiya Federatsiyasi bо‗ldi. Rossiya tarafi О‗zbekistonga shu vaqtda ham moddiy, ham ma‘naviy kо‗mak berdi. Ushbu hamkorlik natijasida 2005 yilning 14 noyabr kuni Moskva shahrida "О‗zbekiston Res- publikasi bilan Rossiya Federatsiyasi о‗rtasida ittifoqchilik munosabatlari tо‗g‗risida Shartnoma" imzolandi. 2006 yilning 6 martida О‗zbekiston Respublikasining "О‗zbekiston Respublikasi
bilan Rossiya Federatsiyasi о‗rtasida ittifoqchilik munosabatlari tо‗g‗risida shartnomani ratifi- katsiya qilish haqida"gi Qonuni qabul qilindi.
2006-2007 yillarda respublikamizda milliy xavfsizlikni ta‘minlash borasida bir qator keng kо‗lamli ishlar amalga oshirildi. Shu davrda mintaqada yuzaga kelgan vaziyat, mamlakat atrofida avjiga chiqqan siyosiy о‗yinlar О‗zbekiston Respublikasini о‗z milliy xavfsizligini ta‘minlash borasida xalqaro hamkorlik masalalarini yanada kuchaytirishga undar edi. Shu munosabat bilan, О‗zbekiston-Amerika munosabatlari 2001 yil 11 sentabr voqealaridan sо‗ng yangicha ruxda rivojlandi. 2002 yil noyabr oyida О‗zbekiston Respublikasi va AQSH о‗rtasida "Strategik sherikchilik tо‗g‗risida"gi Shartnoma imzolandi. Shu vaqtdan boshlab siyosiy, iqtisodiy, harbiy, harbiy-texnik, ijtimoiy-gumanitar sohalar borasidagi aloqalar yangicha mazmun kasb eta boshladi. Ushbu davrda О‗zbekiston Afg‗onistondagi xalqaro kuchlarga yordam kо‗rsatish orqali xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida salmoqli ishlarni amalga oshirdi.
2001-2008 yillar oralig‗ida О‗zbekiston Respublikasining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) doirasida olib borgan faoliyati mamlakat milliy xavfsizligini ta‘minlashda muhim omillardan biri bо‗ldi. Shu vaqtda SHHT doirasida davlat rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari, vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan imzolangan 300 ga yaqin hujjatlar qabul qilindi.
Toshkent shahrida ish boshlagan SHHTning Mintaqaviy aksilterroristik tuzilmasi faoliyati doirasida 2007-2009 yillarga mо‗ljallangan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi hamkorlik Dasturi qabul qilindi va izchil amalga oshirilmoqda.
О‗zbekiston hukumati Afg‗oniston muammosiga milliy xavfsizlikni ta‘minlashga doimiy ta‘sir etuvchi omil sifatida qarab keldi. Jumladan, 2008 yil aprel oyida Buxarestda о‗tkazilgan NATO sammitida Prezident I.A.Karimov Afg‗onistondagi vaziyatni tartibga solish bо‗yicha BMT shafeligida "6+2" muloqot guruhini О‗zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Xitoy, Eron, shuningdek, AQSH va Rossiya hamda Afg‗onistonda aksilterror harakatlarini amalga oshirayotgan tashkilot NATOni qо‗shib, "6+3" shaklida qayta tiklash borasida о‗ta muhim tashabbus bilan chiqdi. О‗zbekiston rahbari dunyo hamjamiyati e‘tiborini afg‗on muammosi global ahamiyatga ega bо‗lganligi bois, uning yechimini NATO davlatlari ishtirokida umumjahon miqyosida kо‗rib chiqish zarurligiga qaratdi.
Sо‗nggi yillar davomida О‗zbekiston Afg‗onistonga uning iqtisodiyotini tiklash uchun keng miqyosli amaliy yordam kо‗rsatdi. Masalan, Osiyo Taraqqiyot banki kо‗magida О‗zbekiston Afg‗onistonning shimoliy viloyatlarini boshqa davlatlar bilan bog‗lab turuvchi yagona "Termiz Hayraton" temir yо‗l tarmog‗ini modernizatsiya qilishda, 75 km. dan iborat "Termiz Hayraton Mozori Sharif" temir yо‗l qurilishini amalga oshirishda yordam berdi. О‗zbekistonning tranzit sohasida kо‗rsatgan yana bir yordami bu 2009 yilning fevral oyida foydalanishga topshirilgan, NATOning Shimoliy taqsimlovchi tarmog‗i tarkibidagi sо‗nggi temir yо‗l tarmog‗ining mamlakat hududida joylashtirilishi, bu tarmoq NATOning Afg‗onistondagi xalqaro kuchlari uchun yetkazib berilayotgan yuklar hajmi oshishini ta‘minladi. Shu davrda О‗zbekiston kompaniya va mutaxassislari tomonidan "Mozori Sharif Qobul" yо‗nalishi bо‗ylab 11 ta kо‗prik qurib, ishga tushirildi. Yer sharining eng murakkab tog‗li landshaftlaridan biri orqali 275 milga teng yuqori kuchlanishli tarmoqni, 150 megavattli elektr energiyasini Termizdan Qobulgacha uzatish imkonini beradigan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, О‗zbekiston tomonidan optik tolali aloqalarni о‗rnatish hamda Afg‗onistonni Internet tarmog‗i bilan ta‘minlash borasidagi ishlarga ham katta e‘tibor
qaratilmoqda.
Ushbu holatlar О‗zbekistonning Afg‗onistonni qayta tiklash jarayonida faol ishtirokchi sifatida mustahkam о‗rin egallaganini bildiradi. О‗zbekiston Respublikasi Afg‗oniston muammosining yechimini topish bо‗yicha mintaqaviy say harakatlarga yetakchilik qilib kelmoqda, desak mubolag‗a bо‗lmaydi.
О‗zbekiston о‗z tashqi siyosatida doimo milliy manfaatlar ustuvorligi mezonlariga asoslangan holda, "ochiq qо‗l" siyosatini yurgizib kelgan. Mamlakat о‗z milliy xavfsizlik strategiyasini izchillik bilan amalga oshirar ekan, О‗zbekiston hukumati sobitqadamlik bilan
bunyodkorlik yо‗lidan bormoqda. Kurolli Kuchlarning, Milliy xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlarining, binobarin, mamlakat xavfsizligini ta‘minlashga mas‘ul barcha idora va jamoat tashkilotlarining istiqlolimizning bardavomligini ta‘minlash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, chegaralarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini saqlash, davlat qurilishi tizimini mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlikni ta‘minlash borasidagi mavqelari kundan-kun ortib bormoqda.

О‗zbekiston hukumati milliy xavfsizlikni ta‘minlash borasidagi siyosatini amalga oshirar ekan, fuqarolik mudofaasi tizimini takomillashtirish masalasiga ham alohida e‘tibor bilan qaradi. Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar rahbarlar tarkibini tayyorlash bo‟yicha Respublika markazi 1992 yili tashkil etilib, 1996 yilgacha faoliyat ko‟rsatgan. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning taklifiga binoan 1995-yil 16 avgust kuni



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə