Dunyoning etakchi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning xususiyatlari 1 12-mavzu. Ikkinchi jahon urushidan so'ng dunyoning yetakchi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning xususiyatlari



Yüklə 370,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix23.01.2023
ölçüsü370,85 Kb.
#99046
  1   2   3   4   5
12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO\'NG DUNYONING Yetakchi MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI.



12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI
1
12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG DUNYONING Yetakchi 
MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI. 
 
Tayanch atamalar va iboralar: 
Marshall rejasi, amerika ta'siri, "yangi marralar" dasturi, 
reyganomika, retsessiya, "Tetcherizm", Neoliberalizm, integratsiya 

 
Reja: 
12.1.
 
AQSh iqtisodiy qudratining o'sib borishi
 
12.2.
 
Yetakchi mamlakatlarning rivojlanishi dinamikasi va shakllari
 
12.3.
 
Integratsiya jarayonlari
 
12.1.
 
AQSh iqtisodiy qudratining o'sib borishi 
Ikkinchi jahon urushi oqibatida bir qator mamlakatlarning, birinchi navbatda Yaponiya va 
G'arbiy Germaniyaning iqtisodiyoti uzoq muddatga izdan chiqqan edi. Fransiya va Buyuk 
Britaniyan- ing pozitsiyasi sezilarli bo'shashgan edi. Urush kapitalistik takror ishlab chiqarishni 
tartibga solishni bozor mexanizmlari shakllarini buzdi yoki to'liq ishdan chiqartirdi, ko'pchilik 
mamlakatlarning xo'jalik faoliyatida tushkunlik yuzaga keldi. 
AQSh - Ikkinchi jahon urushidan kuch-quvvatga to'lib chiqqan jahondagi yagona 
mamlakat edi. Undan tashqari, urush davrida mamlakatning milliy daromadi ikki barobar o'sdi. 
Urushdan so'ng AQShga kapitalistik dunyo sanoat mahsulotining 60%, oltin zax- irasining 2/3 va 
eksportning 1/3 to'g'ri kelgan edi. Belgiyalik tarix- chi va iqtisodchi olim German Van der Bee 
quyidagi fikrni bildir- gan edi: "Qo'shma shtatlar urushdan kuchayib chiqishdi"
1
. Shu sa- babdan 
urushdan so'ng mamlakat o'z iqtisodiyotini xalq iste'moli mahsulotlari ishlab chiqarishga tez 
o'tkazishga imkon topdi. 1947 yilning o'rtalariga kelib bu o'tish to'liq yakunlandi. Uning asosini 
quyidagi omillar tashkil qildi: 

davlat boshqaruvining yaxshi tashkil etilganligi; 

frontdan qaytgan askarlar uchun rekonversiya dasturlarin- ing mavjudligi; 

xususiy iste'molni jadal o'sishi; 

zaxira va uskunalarga investitsiyalarni jadal o'sishi; 

xukumat siyosati ta'sirida tovar va xizmatlar eksportini rivojlanishi. 
AQSh Yalpi ichki mahsuloti (YaIM) indeksi o'sdi. 
Texnologik ustunlik va eng yuqori mehnat unumdorligi, mo'l foydalar mamlakat ichida va 
uni tashqarisida yangi kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish imkonini berdi. 
AQShning urushdan keyingi davrdagi tashqi iqtisodiy siyo- satida G'arbiy Yevropa alohida 
o'rin egallaydi. Urushdan keyingi davrda AQSh ushbu hudud bilan aloqalarida yetakchilik 
qilishdan nisbatan tenglik munosabatlarigacha bo'lgan bosqichlarni bosib o'tdi. 

Marshall rejasi "Yangi marralar".
2
Bu bosqichda AQSh o'zining G'arbiy Yevropadagi ittifoqdosh- larini ijtimoiy-iqtisodiy 
barqarorlashtirish bo'yicha say'i-harakat- larini amalga oshirdi. 1947 yilning 5 iyunida ikkinchi 
Jahon urush- idan so'ng "Yevropani tiklanish dasturi" sifatida 
Marshall rejasi 
taqdim etildi. Uning 
nomi rejani ishlab chiqqan AQSh davlat kotibi Dj.Marshallga atab qo'yilgan edi. Reja bo'yicha 
ma'lum bir shartlar bo'yicha zayom va kreditlar ajratilishi nazarda tutilgan edi. Marshall rejasida 
16 ta yevropa mamlakatlari ishtirok etishga rozilik bildirdilar. 1948 yil apreldan 1952 yil 
fevralgacha G'arbiy Yevropa mamlakatlari (Angliya, Fransiya, Gollandiya, Ispaniya, G'arbiy Ger-
maniya) Marshall rejasi doirasida 17 mlrd.dollar olishdi. Shu bilan bir vaqtda amerika biznesi o'z 
manfaatini ko'zlagan holda G'arbiy Yevropa korxonalarini sotib olardi. 
G'arbiy Yevropa kapitalizmi holatini mustahkamlash, mint- aqada Amerika ta'sirini 
kuchaytirishga qaratilgan rejani amalga oshirish maqsadida maxsus Yevropa iqtisodiy hamkorlik 
tashkiloti (YIHT-OEES)
3
tashkil etilib, u mablag'larni taqsimlash va ulardan foydalanish 
sharoitlarini nazorat qilish bilan shug'ullandi.
Koreyadagi urush (1950-1953 yy.) Amerika iqtisodiyotiga o'z ta'sirini ko'rsatdi: harbiy 
1
 
http://www.historicus.ru/789
 
2
Заславская М.Д. История экономики: Учебное пособие для бакалавров / М.Д.Заславская. - М.: "Дашков и К°”, 2013. -С.235. 
3
1961 yildan IHTT (OESR) - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti. 
134 


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI
2
ehtiyojlar uchun ishlovchi sanoat hajmi kengaydi, aholi bandligi oshdi. AQSh sanoatiga 30 
mlrd.doll. in- vestitsiya qilindi, ya'ni butun Ikkinchi jahon urushi davridagidan ko'p. 
Ijobiy iqtisodiy kon'yunkturaga qaramasdan, AQShga 54 ming halok bo'lganlar va 103 
mingta yarador bo'lganlarni vujudga keltirgan Koreya urushi, mamlakatda shuhrat qozonmadi. Bu 
1952 yildagi saylovda demokratlarni mag'lub bo'lishiga olib keldi. 
Hukumat iqtisodiyotda 
monetaristik siyosatga
asoslanar edi. Tartibga solishning moliyaviy 
markazlari yordamida 1953-1954 yy.dagi iqtisodiy tushkunlik va 1957-1958 yy.dagi uchinchi 
urushdan keyingi retsessiya yengib o'tildi. 
Urushdan keyingi birinchi o'n yillikda jahon kapitalistik xo'jaligida AQShning yetakchilik 
holati shubhasiz edi. Lekin G'arbiy Yevropaning iqtisodiy ko'tarilishi va Yaponiyaning sanoat 
sakrashi ushbu holatni sezilarli darajada o'zgartirdi. 
50-yy.larning ikkinchi yarmida AQSh iqtisodiyotiga ilmiy-tex- nika inqilobi (ITI) katta 
ta'sir ko'rsatdi. ITIning tarkibiga ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, EHMdan foydalanish, ishlab 
chiqarishni intensifikatsiyalashtirish va konsentratsiyalashtirish kiradi. Buning natijasida, bir 
tomondan, ishlab chiqarish jadal rivojlandi va turmush sifati oshdi, ikkinchi tomondan, ishsizlik 
ko'paydi, iqtisodiy o'sish sur'atlari pasaydi. 
Davlat oldida turgan yangi vazifalar 60-yy. boshidagi Dj.Kennedining "Yangi marralar" 
dasturida o'z aksini topdi. Das- tur bir guruh neoliberal iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilgan 
edi. Ular yuqori darajada bandlik va barqaror narxlar zarurati sharoitida barqaror iqtisodiy o'sishni 
ta'minlash maqsadida tovar va xizmatlar taklifi va jami talab o'rtasida muvozanatni saqlashga 
qaratilgan bosqichma-bosqich rivojlanishni nazarda tutishgan edi. Dastur asosida 
defitsitni 
moliyalashtirishni keynsian g'oyasi 
yotardi. 1962-1963 yy.da ijtimoiy dasturlar sohasida chora-
tadbir- lar amalga oshirildi. Yirik biznes vakillariga imtiyozlar berildi. 
Umuman olganda "Yangi marralar" siyosati ijobiy natijalar berdi. 1964 yilda sanoat ishlab 
chiqarishi indeksi 1961 yildagi ko'rsatkichdan 20%ga oshdi. Jahon kapitalistik eksportida AQShn-
ing ulushi sezilarli darajada qisqardi: 1960 yilda - 18%, 1980 yilda 
-
12%. 1950 yilda AQShdan mehnat unumdorligi darajasi bo'yicha 2-5 marotaba 
orqada bo'lgan yetakchi kapitalistik mamlakatlar, 80-yy.lar boshlariga kelib ushbu farqni butunlay 
bartaraf etishdi. 
Jahon kapitilistik xo'jaligida AQShning yetakchilik roli havfi ishlab chiqarishni tarmoq 
tarkibini o'zgartirishga, fan sig'imi yuqori bo'lgan tarmoqlarga yo'naltirilgan sanoatni qayta 
qurishga, ilm- iy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ga xarajatlarni oshirishga, 
ilmiy-texnika progressini rag'batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini qabul qilishga 
majbur qildi. 
Jadval ma'lumotlarini ko'rsatishicha, Ikkinchi jahon urushidan keyingi 20 yil davomida 
(1948-1966 yy.) mehnat unumdorligi yuqori sur'atlarda o'sdi - yiliga o'rtacha 3,2%. Ammo 1966-
1973 yy.da ushbu sur'atlar keskin pasayib ketdi. Undan keyin mehnat unumdorligi dinamikasida 
eng noqulay davr boshlandi (19731981 yy.), undan so'ng esa, 80-yy.da mehnat unumdorligini 
o'sish sur'atlarida jonlanish yuz berdi. 

"Reyganomikaga o'tish". 
1981
yil yanvarda R.Reygan AQSh prezidenti etib saylandi. U tomonidan o'tkazilgan 
U
RUSHDAN KEYINGI DAVRDA MEHNAT UNUMDORLIGI

Yüklə 370,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə