Dunyoning etakchi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning xususiyatlari 1 12-mavzu. Ikkinchi jahon urushidan so'ng dunyoning yetakchi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning xususiyatlari



Yüklə 370,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.01.2023
ölçüsü370,85 Kb.
#99046
1   2   3   4   5
12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO\'NG DUNYONING Yetakchi MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI.

 
Ko'rsatkichlar
1979
1980
1985
1989
YaIM 
2,0 
-0,1 
3,8 
3,0 
Inflyasiya 
11,3 
13,5 
3,5 
4,8 
Ishsizlik 
5,8 
7,0 
7,2 
5,3 


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI
4
kirishiga va AQSh iqtisodiyotini modernizatsiyalashga imkon berdi. Natijada neokonservativ 
strategiya AQShga iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishni va texnologik qayta qurollantirishni 
asosan xorijiy kapital qo'yilmalar va mahsulot raqobatbardoshligini keskin pasaytirish evaziga 
amalga oshirish imkonini berdi. Shundan so'ng kredit si- yosatining keyingi fazasi boshlandi - foiz 
stavkalarini pasaytirili- shi. Natijada mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyasini va iqtisodiy 
o'sishni barqaror sur'atlarini ta'minladi. 
12.2.
 
Yetakchi mamlakatlarning rivojlanishi dinamikasi va shakllari 
-
asrning ikkinchi yarmida G'arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishi 
barqaror edi. 1948 yildan 1973 yilga qadar ushbu hududning umumiy YaIM hech ham qisqarmadi. 
Shu davr iqtisodchilari avvaldan beri foydalanib kelinayotgan iqtisodiy ter- minlar o'rniga 
yangilarini joriy eta boshlashdi: "inqiroz" o'rniga "retsessiya", "ish sikli" o'rniga - "iqtisodiy o'sish 
sikli", "inqiroz siyosati" o'rniga - "nuqtali tartibga solish".
5
G'arb mamlakatlari iqtisodiyotini urushdan keyingi rivojlanishi ularni 50-60-yillarda jadal 
o'sishi bilan xarakterlanadi. Germaniya va Italiyaning o'rtacha yillik o'sish sur'atlari 4 marotaba 
o'sdi, Fransiya 2 marotabadan ortiq, Buyuk Britaniya deyarli ikki marotaba. G'arb mamlakatlarini 
jadal rivojlanishiga faqatgina Marshall rejasi sabab bo'lmasdan, balki ichki bozorni kengayib bori-
shi, xalqaro savdoni o'sishi, Fors ko'rfazi mamlakatlaridan arzon neft qazib olinishi, urush 
davridagi ilmiy va texnik ishlanmalarni amaliyotga joriy etish asosida sanoatni sifat jiqatdan qayta 
qur- ish, g'arb mamlakatlari hukumatlarini iqtisodiy o'sishni qo'llab- quvvatlashga qaratilgan 
siyosati ham o'z hissasini qo'shgandir. 

Retsessiyalar. 
Yevropada biznes faollikni birinchi bor tushkunlikka tushishi 1948-1949 yy.da kuzatildi, 
lekin u havfli emasdi. 1951-1952 yy.da kuchli pasayish bo'lib o'tib, u butun Yevropa 
mamlakatlarini qamrab oldi. Ushbu retsessiya Koreya urushining (1950-1953 yy.) nati- jasi bo'lib, 
jahon urushiga aylanishi havfi mavjud edi. 
1957-1958 yy.dagi retsessiya faqatgina Yevropa mamlakatlarini emas, balki AQSh va 
Yaponiyani ham qamrab oldi. Retsessiyadan chiqishga hukumatlar tomonidan soliqlarni 
qisqartirish, kredit- lashtirish shartlarini yumshatish va boshqa qabul qilingan chora- tadbirlari 
sababchi bo'ldi. Iqtisodiy taraqqiyotga yangi, 1958 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)ni 
tashkil etilishi ijobiy ta'sir ko'rsatdi. 
1966-1967 yy.dagi retsessiya va undan keyin yuz bergan iqtisodiy jonlanish qisqa muddatli 
bo'lib, 1971 yilga kelib pul inqirozi va 1973 yilda neft embargosi ta'siriga duch keldi, va u 
Yevropada iqtisodiy o'sish sikllariga salbiy ta'sir ko'rsatdi. 1974-1975 yy.dagi tushkunlik davrida 
barcha industrial jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishining jismoniy 
hajmi 5%ga qisqardi, xalqaro tovar aylanishi esa 4%ga qisqardi. 
Iqtisodiy o'sish to'xtadi. G'arb mamlakatlarini xom ashyo va, asosan, neft bilan 
ta'minlanishida uzilishlar yuz bera boshladi. Neft narxning o'sishi barcha tovar va xizmatlarning 
qimmatlashishiga olib keldi. Narxlarni o'sishi, inflyasiya asosiy iqtisodiy muammoga aylandi. XX 
asrning 80-yillaridagi murakkab iqtisodiy holat nati- jasi g'arbning ko'pchilik mamlakatlarida 
neokonservatorlarni hu- kumatga kelishiga olib keldi. 

Buyuk Britaniya iqtisodiy rivojlanishi xususiyatlari. 
XIX
asrning 50-yillarida Buyuk Britaniyada rivojlanish sur'atlari boshqa yevropa 
mamlakatlarinikiga nisbatan pastroq edi. 70-y- illar boshlariga kelib Britaniya imperiyasi tarkibida 
jahon okean- idagi bir necha orollar qolgandi xolos, uning o'zi esa Britaniya hamkorligiga 
(avvallari tarkibiga kirgan va sobiq metropoliya bilan bog'liqlikni tan oluvchi mamlakatlarning 
hukumatlararo tash- kiloti) aylantirildi. Imperiyani yo'q qilinishi uni yevropa integratsi - yasida 
ishtirok etish masalasini ko'tardi. 
Buyuk Britaniya iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yo'naltirilgan bir qator chora-tadbirlarni 
amalga oshirdi. 1947 yildan boshlab tejamkorlik holati e'lon qilinib, unga binoan ish haqi, 
daromad- lar muzlatildi, fuqarolarni iste'moli chegaralandi. Mamlakat uchun 1945 yil 6 dekabrda 
5
Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. Т.: «Университет», 2003.- С.185. 


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI
5
ingliz-amerika zayomi to'g'risidagi kelishuv (Amerika hukumati funt sterling konvertatsiyalangan 
taqdirda Buyuk Britaniyani uzoq muddatli zayomlar bilan ta'minlaydi, bu esa, o'z navbatida, funt 
egalarini dollarga yo'naltirardi) katta muammolar tug'dirdi. 
Sanoatga kapital qo'yilmalar mehnat unumdorligini o'sishiga olib keldi, 1948 yildayoq 
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish urushdan oldingi darajaga yetdi. 1947 yilda qabul qilingan 
qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning to'rt yillik das- turi mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini oshirdi. XX asrning 50-yillar boshlariga kelib mamlakatning iqtisodiy salohiyati tiklangan 
edi. 
50-yillarda mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti jadallashdi. Bunga quyidagi omillar 
sababchi bo'ldi: ilmiy-texnika inqilobini ta'siri, boshqaruv metodlarini takomillashtirish, ishlab 
chiqar- ishga davlatning yirik kapital qo'yilmalari, sanoatdagi tarkibiy o'zgarishlar. 
Angliya boshchiligida 1960 yilda tashkil etilgan 
Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi 
(YESA), YIHga
kirmagan mamlakatlarni (Avstriya, Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shveysariya, 
Shvetsiya) birlashtirgan bo'lib ingliz tovarlari uchun qulay muhit yarata olma- di. Shu sababdan 
1961 yildan Angliya 
Umumiy bozorga
qo'shilish bo'yicha muzokaralarni olib borishni boshladi, 
va muzokaralar faqatgina 1973 yilga kelib muvaffaqiyat bilan tugadi. 
XX
asr 60-70-yy.ning ikkinchi yarmida mamlakat iqtisodiyoti murakkab holatda edi. 
Bunga 1973 yildagi jahon energetik inq- irozi, 1975 yildagi siklik inqiroz, va leyboristlar 
hukumatining ijtimoiy dasturlarga katta xarajatlari sababchi bo'ldi. 

"Tetcherizm".
6
1979 yilda Angliyada M.Tetcher boshchiligidagi hukumat rah- barlik qila boshladi. 
"Tetcherizm" tushunchasi, huddi "reygano- mika" kabi, jahon iqtisodiy adabiyotiga kirib, iqtisodiy 
siyosatning yangi konseptual ko'rinishlarini (neoliberalizm
7
yoki "yangi kon- servatizm" 
doirasida, neokeynsian tartibga solish konsepsiyalari- dan voz kechganlikni) aks ettira boshladi. 
Neokeynschilar
- Keynsning izdoshlari, ular Keynsning samar- ali talab nazariyasini 
to'ldirishgan va aniqlashtirishgan edi. Ular tomonidan turli kon'yunktura holatlarida (pasayishda 
va o'sishda) iqtisodiyotni davlat budjeti orqali tartibga solish nazariyasi yara- tilgan edi. 
Siyosat borasida Reygan va Tetcher chin konservator edilar. Amalga oshirilgan raqobatni 
qo'llab-quvvatlash siyosati, Amerika va Britaniya iqtisodiyotiga jo'shqinlik bag'ishladi. Reygan 
soliqlar- ni qisqartirish bo'yicha keng miqyosli dasturni amalga oshirishini va pul muomilasi 
sohasida monetaristik siyosat o'tkazishini e'lon qildi. Buyuk Britaniya va GFR AQShdan o'rnak 
olishdi. Monetaristik siyosat oqibatlari IHTT (OESR) mamlakatlarida uzoq muddatli 
stagnatsiyani, ishsizlikni o'sishini yuzaga keltirdi. Ammo importni kamayishi va neft eksport 
qiluvchi mamlakatlarga sanoat mahsu- lotlari sotilishini ko'payishi natijasida IHTT savdo balansi 
yaxshi- landi. Soliqlarni pasaytirilishi kapital qo'yilmalarni o'sishiga, iqtisodiy faollikni oshishiga 
olib keldi.Tetcher davrida Buyuk Britaniya iqtisodiyotida tarkibiy o'zgarishlar, ishlab chiqarish 
apparatini modernizatsiyalash amalga oshirildi. Yalpi ichki mahsulotni o'sishi G'arbiy 
Yevropadagi eng yuqori ko'rsatkichga erishdi, mehnat unumdorligi oshdi. 80- yillar boshlaridan 
iqtisodiy o'sish boshlandi. 

Fransiya iqtisodiyotining taraqqiyoti. 
Urush va to'rt yil davomidagi okkupatsiya mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 
1944 yilda Sharl de Goll boshchiligida muvaqqat hukumat tashkil etildi va u 1946 yilga qadar 
faoliyat ko'rsatdi. Hukumat tarkibiga aholining turli qatlamlari manfaat- larini aks ettiruvchi turli 
Yüklə 370,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə