Dunyoning etakchi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning xususiyatlari 1 12-mavzu. Ikkinchi jahon urushidan so'ng dunyoning yetakchi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning xususiyatlari



Yüklə 370,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix23.01.2023
ölçüsü370,85 Kb.
#99046
1   2   3   4   5
12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO\'NG DUNYONING Yetakchi MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI.


partiyalar vakillari kirdi. 
Hukumatda moliya-iqtisod sohasidagi masalalar bo'yicha fikr- lar birdamligi yo'q edi. 
Milliy iqtisodiyot vaziri P.M.Frans tomonidan taklif etilgan pul islohoti, inflyasiyani oldini olish 
maqsadida ish haqi va narxlarni muzlatilishini, bank hisob raqamlarini yo- pish, banknotalarni 
majburiy tarzda almashtirishni nazarda tut- gan edi, lekin bu islohot de Goll tomonidan rad etildi. 
6
История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: 
Ю
Н
И
ТИ-ДА
Н
А,
2007.-
С.467. 
7
Neoliberalizm - iqtisodiyot fani va xo'jalik faoliyatini boshqarish amaliyotidagi yo'nalish bo'lib, uning namoyondalari o'zini-o'zi tartibga solish, 
ortiqcha bo'ysundirishdan ozod bo'lish tamoyilini yoqlaydilar. Neoliberalizmga asosan uch maktab kiritiladi: chikago (Milton Fridmen), london (Fridrix 
fon Xayek), frayburg (Valter Oyken, Lyudvig Erxard). 


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI
6
U moli- ya vaziri R.Pleven tomonidan ishlab chiqilgan islohot loyihasini qo'llab-quvvatladi. Ushbu 
islohot asosida katta hajmda ichki zay- omlar chiqarish nazarda tutilgan edi. Kommunistlar va 
hukumat- dagi ba'zi "so'llar" muhim vazifa tariqasida xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish 
va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish qayd etishardi. 
1945-1947 yy. davomida mamlakatda fransuz sanoatining 1/5 qismi davlat mulkiga 
o'tkazildi. Boshqa rivojlangan mamlakatlar kabi xususiy mulkni davlat mulkiga o'tkazish 
sanoatning boshqa asosiy tarmoqlariga ta'sir ko'rsatmadi. Davlat mulkiga o'tkazish jarayonining 
cheklangan xarakterga egaligiga qaramasdan, u ma'lum bir darajada monopoliyalarning 
hukmronligini cheklash imkonini berdi, ikkinchi tomondan esa milliy iqtisodiyotga kapital 
qo'yilmalar oqimini o'sishiga olib keldi. 40-yy. oxiriga kelib mamlakat iqtisodiyoti tiklandi. 
1947
yil kuzida yangi moliya vaziri R.Mayer qat'iy cheklangan narxlar tizimini bekor 
qilib, turli valyuta kurslarini joriy etadigan rejani olg'a surdi. Uning siyosati muvaffaqiyatli amalga 
oshirildi. 
1947-1955 yy.da o'zaro yordam borasida keng shartnoma va kelishuvlar tizimi yaratildi. 
142 
1948 yilda Parijda AQSh bilan iqtisodiy hamkorlik borasida kelishuv (Marshall rejasi) 
imzolandi. 1958 yilga kelib Fransiyaga AQSh tomonidan ko'rsatilgan umumiy yordam 12 
mlrd.doll.ni tashkil etdi. Bu summaning asosiy qismi mamlakat sanoat salohi- yatini 
rivojlantirishga mo'ljallangan edi. 
Urushdan keyingi davrda Fransiyada ishlab chiqarish vosita- larini ishlab chiqarish, 
iste'mol buyumlari ishlab chiqarishdan us- tunlik qilardi. Sanoat tarkibidagi o'zgarishlar 
avtomobilsozlikni jadal rivojlanishidan boshlandi. XX asrning 50-yillar oxiriga kelib mamlakatda 
sanoatning uch sektori shakllandi: an'anaviy tarmo- qlar (tekstil, metallurgiya, mashinasozlik, zeb-
ziynat buyumlarini ishlab chiqarish), yangi tarmoqlar (avtomobilsozlik, aviasanoat, neftni qayta 
ishlash) va o'ta yangi (atom energetikasi, elektronika, plastmassa buyumlar ishlab chiqarish). 
XX
asrning 50-60-yy.dagi iqtisodiy strategiyani o'zgarishi sanoatni yangi texnika bilan 
qayta jihozlanishida, sanoat va sav- doga kapital qo'yilmalarni oshib borishida, iqtisodiyotni 
militari- zatsiyalashuvida, hamda xo'jalik taraqqiyotini dasturlashtirishda namoyon bo'ldi. 
Militarizatsiya - ittifoqdoshlar oldidagi majburi- yatlar bilan bog'liq: NATO (1949 y.), SEATO 
(1954 y.), G'arbiy Yevropa Ittifoqi (1955 y.), Vetnamdagi (1946-1954 yy.) va Jazoirdagi (1954-
1962 yy.) harbiy harakatlar. Xo'jalik taraqqiyotini dastur- lashtirish deganda - Birinchi reja (1947-
1953 yy.), Ikkinchi reja (1954-1957 yy.), Uchinchi reja (1958-1961 yy.) tushuniladi. Rejalar 
majburiy emas edi, ular tavsiya xarakteriga ega edi. 
Fransiyani G'arbiy Yevropa integratsiyasida va Ilmiy-texnika inqilobi (ITI)da faol ishtiroki 
sanoat va qishloq xo'jaligini iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. O'n yil ichida (1958-
1968 yy.) sanoat ishlab chiqarish hajmi 60%ga (har yili 5,5% o'sgan holda), qishloq xo'jalik 
mahsulotlarini ishlab chiqarish 66%ga o'sdi. 
1969 yildan boshlab yangi prezident J.Pompidu saylangandan so'ng mamlakatning 
moliyaviy siyosatida o'zgarishlar yuz berdi: frank devalvatsiyasi, tashqi bozorlarda fransuz 
tovarlarining raqo- batbardoshligini oshirish maqsadida narxlarni chegaralash. 
Ettinchi reja (1976-1980 yy.) sanoatni qayta tashkil etishni naz- arda tutgan edi. Bunda 
mamlakat xo'jaligi tarkibini xalqaro iqtisodiy integratsiya sharoitlariga moslashtirish, yadro 
energetikasi, informatika, aviasozlik bo'yicha davlatning tarmoq dasturlarini 
143 
ishlab chiqish, hamda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensiv metodlarini joriy etish 
nazarda tutilgan edi. 
Sanoat ishlab chiqarishi o'sish sur'atlarini ikki barobar qisqartir- gan 70-yillardagi 
inqirozga, "neft falaji"ga qaramasdan Fransiyan- ing jahondagi iqtisodiy holati barqaror bo'lib 
qolaverdi, mamlakat yirik besh rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallardi. 
80-yy. boshlarida Fransiya iqtisodiyotiga amerikaning dollar kursini sun'iy ravishda 
oshirish borasidagi valyuta-moliya siyosati jiddiy zarar yetkazdi. Dollar kursini oshishi 
mamlakatning to'lov balansini keskin yomonlashuviga olib keldi, chunki fransuz impor- tining 1/3 


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI
7
qismi amerika valyutasida to'lanar edi. Fransuz eksportini rag'batlantirish maqsadida hukumat 
frankni devalvatsiya qil- ishga, ishlab chiqarish va moliya tarkibini qayta qurishga majbur bo'ldi. 
1982
yilda yirik sanoat guruhlari, tijorat va tadbirkorlik banklarini davlat mulkiga 
o'tkazish to'g'risidagi qonun qabul qilindi. Moliyalashtirish va kredit sohasida davlat sektorining 
ulushi 95%ni tashkil etdi. Bu choralar iqtisodiyotni barqarorlashuviga olib keldi, 1984 yilda 
iqtisodiy o'sish 1,75%, 1985 yilda - 2%ni tashkil etdi. 
1986 yilda davlat tepasiga yangi hukumatni kelishi natijasida mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish, soliqqa tortishni qisqartirish, xo'jalik faoliyatining turli sohalarini tartibga solishni bekor 
qilish borasida islohotlar amalga oshirildi. 1987 yildan boshlab korxonalar o'z mahsulotlariga 
mustaqil narx belgilash huquqiga ega bo'ldilar, narxlar faqatgina dori vositalariga, kitoblarga, 
elektr en- ergiyasi, gaz va temiryo'l transporti tariflariga chegaralangan edi. 
Bu chora-tadbirlar Fransiya iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Fransiyaning iqtisodiy 
taraqqiyotiga uning Yevropa Ittifoqi(YI) dagi ishtiroki juda katta ta'sir ko'rsatmoqda. YI doirasida 
Fransiya kamlitraj (tejamkor) avtomobillar, ayollar liboslari, poyabzal, ichki kiyim eksportiga 
ixtisoslashgan. Iqtisodiy tarkibni tenglashtirilishi Fransiyani YIning teng huquqli hamkoriga 
aylantirdi. 

G'arbiy Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlari. 
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Germaniya ikki mustaqil dav- latlarga - GFR va GDR ga 
bo'lingan edi. 
Germaniya iqtisodiyotining og'ir holatiga urush vayrona- garchiliklaridan tashqari 1945 yil 
2 avgustda urushda g'olib mamlakatlari rahbarlarining Potsdam konferensiyasida qabul qilingan 
sanoat korxonalari uskunalarini demontaj qilinishi ham katta ta'sir ko'rsatdi. Ushbu qaror 
ko'rsatilgan zararni kompensatsiyalash va mamlakatni ikkiga ajratilishi munosabati bilan qabul 
qilingan edi. 1948 yilda L.Erxardning
8
bevosita ishtirokida pul va iqtisodiy islo- hotlar amalga 
oshirildi. 
Puxta tayyorlangan iqtisodiy islohot bir vaqtning o'zida pul is- lohoti, narxlar islohoti, 
markaziy boshqaruvni qayta qurish bilan birgalikda amalga oshirildi. Avvalgi tizim asta-sekin 
emas bird- aniga buzib tashlandi. Narxlarning o'sishi taxminan yarim yildan so'ng to'xtadi. 
Islohotlarning muvaffaqiyati o'z vaqtida korrek- tirovkalar kiritish bilan ham belgilandi (masalan, 
milliy valyuta almashuv kursini qayta ko'rib chiqilishi) va kuchli va nufuzli hu- kumatning 
mavjudligi bilan ham ta'minlandi. L.Erxard neoliberal bo'lib maqsadga erishish yo'lida davlat 
vositalaridan unumli foy- dalangandir. Pul islohotlaridan so'ng resurslarni ma'muriy taqsim- 
lanishi va ularni nazorati bekor qilindi. 
1948 yilda ishlab chiqarish hajmi 1936 yilga nisbatan 57%ni tashkil etgan bo'lsa, 1949 yil 
o'rtalariga kelib - 85%, 1950 yil o'rtalarida - 107%, 1951 yil iyulida 127%ni tashkil etdi. 
1951 yilda Erxard o'z ma'ruzalarining birida Germaniyada Yevropa mamlakatlari ichida 
ish haqi indeksi eng katta ko'rsatkichni tashkil etishini ta'kidlab o'tdi: GFR-123%, Buyuk Britaniya 
-109%, Italiya - 113%, Belgiya - 109%, Gollandiya - 111%, Shvetsiya - 101%. 
Erxard islohotlari tez orada ijobiy natijalarini berdi. 1949 yil oxiriga kelib sanoat 1936 yil 
holatiga tenglashdi, 1950 yil oxiriga kelib esa 1936 yil ko'rsatkichini 14,4%ga oshib o'tdi. 
XX
asrning 60-yillaridan boshlaridan boshlab iqtisodiy o'sish sur'atlari sekinlasha 
boshladi, natijada xalqaro sanoat ishlab chiqa- rishida GFRning ulushi kamayib bordi. Kapitalistik 
ishlab chiqarish- ning ichki qarama-qarshiliklari to'planib borib 1966-1967 yy.dagi siklik 
inqirozda o'z salbiy jihatlarini namoyon qildi. GFR tarixida eng chuqur 1974-1975 yy.dagi 
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi iqtisodiyotni barcha tarmoqlarini qamrab olib yalpi milliy 
mahsu- lotni 5%ga, sanoat ishlab chiqarishini - 12,3%ga, asosiy kapitalga ichki xususiy 
investitsiyalarni - 18,6%ga qisqarishiga olib keldi. Bankrotlik sonlari keskin oshdi, inflyasiya 
ko'rsatkichlari ko'tarildi. Ishlab chiqarishdagi siklik inqiroz xalqaro xarakterdagi energetik inqiroz 
va sanoat tarmoqlaridagi tarkibiy inqiroz bilan birgalikda yuz berdi. 1980-1982 yy.da GFR 
iqtisodiyotida uchinchi ortiqcha ishlab chiqarish siklik inqirozi yuz berdi. 
8
Lyudvig Erxard - iqtisodchi, davlat arbobi (avval iqtisodiyot vaziri, so'ng GFR kansleri), G'arbiy Germaniyaning iqtisodiy tiklanishi 
siyosatining arxitektori. 


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI
8
Inqiroz 1982 yil kuzida GFR hukumati tepasiga konservator- lar kelishiga sababchi bo'ldi. 
1982 yilda xristian demokrat Gelmut Kol GFR kansleri bo'ldi, u iqtisodiyotni tartibga solishda 
keyn- sian metodlaridan voz kechdi. G'arbiy Germaniya neokonserva- tizmining xususiyatlari 
yirik kapitalni foyda olishini ta'minlashga yo'naltirilgan konservativ siyosatning "yumshatilgan" 
varianti qo'llanilganligidadir. 1983 yildan GFRda iqtisodiy o'sish bosh- landi. 
1990 yilning 3 oktyabrida Germaniyaning birlashuvi yuz berdi. Mamlakat hududi 1/3 
qismga oshdi, aholisi 64 mln.dan 80 mln. gacha oshdi. Beshta yangi yerlarda bozor islohotlari 
boshlanib, katta kapital qo'yilmalarni talab etdi, natijada, budjet defitsiti yu- zaga keldi, davlat 
qarzi va ishsizlik oshishiga olib keldi. 
Mamlakat birlashgandan so'ng salbiy holatlar yuzaga kelgan bo'lsa ham GFR YIning 
yetakchi mamlakatlaridan biri bo'lib qo- laverdi. GFR iqtisodiy rivojlanishining asosiy sabablari: 
1)
iste'mol talabining yuqori darajasi; 
2)
bandlik va ish haqini oshishi; 
3)
nemis ichki bozorini yangi besh federal yerlar hisobiga ken- gaytirish; 
4)
ilmiy-texnika progressini jadal o'sishi; 
5)
eksportga yo'naltirilgan tarmoqlarni ustuvor rivojlantirish. 

Yapon rivojlanish modeli tahlili. 
Yaponiyaning urushdan keyingi rivojlanishi shunisi bilan qiziqarliki, urushdan vayron 
bo'lgan mamlakatda qisqa mud- datda iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatga aylanishni strate- 
gik rejasi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Yaponiyaning urushdan keyingi 
birinchi bosh vaziri Iosida Sigeru va undan keyingi barcha liberal-demokratik partiyalari o'z dok- 
trinalarida asosiy urg'uni harbiy bo'lmagan omillarga qaratib shu orqali Yaponiyani jahon 
hamjamiyatini yetakchi rolida mustahkamlanishiga e'tibor qaratdilar (ya'ni, harbiy yo'l bilan 
erishol- magan yutuqlarga). 
Yaponiyadaiqtisodiyotni barqarorlashtirish dasturi Dodj rahbar- ligida ishlab chiqildi, u 
ittifoqdosh kuchlar Oliy qo'mondonligining moliyaviy maslahatchisi edi. Ushbu dasturning asosini 
quyidagilar tashkil etardi: budjet muvozanatini o'rnatish, soliqlarni oshirish, ish haqi va bank 
krediti berishni cheklash, hamda yenani deval- vatsiyalash. 1948 yildan boshlab amalga 
oshirilayotgan ushbu dastur Yaponiya iqtisodiy tiklanishida muhim rol o'ynadi. U "Dodj tizimi" 
nomini oldi. 
Rivojlanishning yapon modeli o'zida faqatgina iqtisodiy emas, balki siyosiy, etnomadaniy 
va sotsiopsixologik omillarni o'zida mujassamlashtirgan edi. Yapon modelining iqtisodiy 
jihatlarini quyidagi uch xususiyat bo'yicha ta'riflash mumkin: son - iqtisodiy- statistik 
xarakteristikalar; sifat - iqtisodiy modelni samaradorligini baholash; prognozli - uni istiqbolda 
rivojlanishini baholash. 1950 yildan 1990 yilgacha mamlakat jadal sur'atlar bilan rivojlandi: aholi 
jon boshiga real daromadlar (1990 yil narxlarida) 1230 doll.dan 23970 doll.gacha oshdi, ya'ni 
o'sish sur'atlari yiliga 7,7%ni tashkil etdi. Shu davrning o'zida AQSh daromadlarni o'sishida yiliga 
bor yo'g'i 1,9% o'sishga erishdi xolos. Yaponiya aholi jon boshiga YaMM bo'yicha 1991 yilda 
AQShdan o'zib ketdi va jahonda Sh- veysariyadan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi. 
Jahon xo'jaligi tizimida Yaponiyaning pozitsiyalari kuchaydi. Unga jahon YaMMsining 
10% to'g'ri kelardi. Yaponiyaning xorijd- agi aktivlarining umumiy summasi 1988 yilda 1 
trln.doll.ni tashkil etdi va Amerikaning darajasiga etdi. 
Yaponiya iqtisodiyotining sifat jihatdan o'sishi quyidagi omil- lar hisobiga ta'minlandi: 
sanoatda fan sig'imi yuqori bo'lgan tar- moqlar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish, resurs 
va en- ergiya tejovchi texnologiyalar qo'llash hisobiga ishlab chiqarish bazasini yangilash, 
elektronikani rivojlantirish va uni barcha ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jarayonlariga 
(iqtisodiyotni elek- tronlashtirish va kompyuterlashtirish) joriy etish, kommunikatsion tizimlarda 
inqilobiy o'zgarishlar va axborot jamiyati modeliga o'tish orqali yirik tarkibiy o'zgarishlarni 
amalga oshirish va iqti- sodiy o'sishni intensiv modelini shakllantirish. 
Ushbu vazifalarning barchasi ITI yutuqlaridan faol foydala- nish, xorij tajribasi va o'z ilmiy 
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari(ITTKI-NIOKR)ni jadallashtirish asosida amalga 
oshi- rilar edi. ITTKIga xarajatlar bo'yicha jahonda Yaponiya AQShdan keyin ikkinchi o'rinni 


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI
9
egallaydi. 1988 yilda fundamental fanga xarajatlar ulushi AQShda 12,2%ni Yaponiyada 12,9%ni 
tashkil et- gan. 
Yaponiya iqtisodiyotini eng umumiy "sintezlashgan" sifat xarakteristikasi orqali 
ta'riflaganda uni o'zgaruvchan ichki va ayniqsa, tashqi sharoitlarga moslashuvchanligini ta'kidlash 
zarur. 
Yaponiya iqtisodiyotining yuqori sifati energiya iste'molining solishtirma ma'lumotlari 
misolidan ko'rishimiz mumkin. 1985 yilda Yaponiyada aholi jon boshiga 2,6 tonna shartli yoqilg'i 
iste'mol qilinar edi, AQShda esa - 6,7 t., ya'ni 2,6 marotaba ko'p, bunda Yaponiyada aholi jon 
boshiga to'g'ri keladigan YaMM AQShni- kidan yuqori ekanligini hisobga olish kerak. 
Yaponiyada yangi energetik madaniyat konsepsiyasi ishlab chiqildi, uning mazmuni 
-
tarkibiy o'zgarishlarni chuqurlashtirish, tugamas va ekologik sof energiya 
manbalariga ega bo'lish maqsadida energiyaning muqo- bil manbalarini rivojlantirish hisobiga 
mamlakatning energetik ehtiyojlarini ta'minlash. 
XX
asrning 90-yillarda Yaponiya bir ishchiga to'g'riga keladigan robotlar soni bo'yicha 
jahonda birinchi o'rinni egalladi. Jahonda mavjud 610 mingta ishlab chiqarish funksiyalarini 
bajaru- vchi uskunalardan 385 mingtasi Yaponiyada ishlab chiqilgan edi. 
Yaponiya narxlar barqarorligi va ish haqi darajasi bo'yicha rivojlangan mamlakatlar ichida 
birinchi o'rinni egallab kelmoqda. 

Yüklə 370,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə