Yilning 19-21-avgustida Sovet Ittifoqida davlat to‘ntarishi sodir etildi



Yüklə 17,71 Kb.
səhifə1/2
tarix04.05.2023
ölçüsü17,71 Kb.
#108320
  1   2
11 Sinf O\'zbekiston tarixi QO\'LLANMA


1-mavzu
1. 1990-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining II sessiyasida O‘zbekiston SSRning Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi.
2. 1991-yilning 19–21-avgustida Sovet Ittifoqida davlat to‘ntarishi sodir etildi
3. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining Rayosati, O‘z-bekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 21-avgustda qo‘shma majlis o‘tkazib, unda «SSSR GKChPning O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi va qonunlariga zid hujjatlari O‘zbekiston hududida amal qilmaydi», degan qaror qabul qildi.
4. 991-yil 25-avgust kuni esa O‘zbekiston SSR Prezidenti mamlakatimizning to‘la mustaqilligi yo‘lida tamal toshini qo‘ygan yana bir muhim farmonni e’lon qiladi.
5. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
6. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Markaziy nazorat qo‘mitasining 28-avgustda bo‘lgan qo‘shma Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
7. XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi.
Unda «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilindi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.
8. 5-sentabrda imzolangan Toshkent shahridagi Lenin nomidagi maydonni Mustaqillik maydoni deb nomlash to‘g‘risidagi, 6-sentabr kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida»gi Prezident farmonlari e’lon qilindi
9. 1990-yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi.
10. Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tash-kilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Komissiya Konstitutsiya ustida 2.5 yil davomida ish olib bordi. Loyihaning dastlabki varianti 1991-yilning oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘lim va 158 moddadan iborat edi.
11. 1992-yil bahorida esa loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi.
12. 1992-yilning kuz oylarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muho-kamasi uchun 2-marta matbuotda e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi.
13. 1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo‘ldi. Unda Kons. ga 80ga yaqin o’zgartirish kiritildi. Konstitisiya qabul qilingan kunni umumxalq bayrami kuni sifatida nishonlanishi belgilandi
14. 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi.
16. 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
18. Sessiyada shoir Abdulla Oripov (1941–2016) va bastakor Mutal Burhonov (1916–2002) tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.
19. Turkiya Respublikasida Davlat madhiyasini yozgan shoirga nisbatan “Milliy shoir” maqomi berilgan.
20. Sessiya – (lot. sessio — majlis, yig‘ilish) Ish, mashg‘uloti davriy ravishda amalga oshiriladigan vakolatli organlarning, sud yoki jamiyatlarning ish, yig‘ilish o‘tkazadigan davri.
21. Deputat – (lot. deputatus — vakil qilingan, yuborilgan) Vakolatli davlat organiga saylangan kishi, vakil.
2-mavzu
1. Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida Prezident lavozimi ta’sis etilgan.
2. 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik instituti vujudga keldi.
3. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi
4. 1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
5. 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi.
6. Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.
7. Saylovlar yakuniga ko‘ra ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3% esa Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.
8. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi.
9. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi.
10. 2007-yil 23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 yilga saylandi.
11. 2015-yil 29-mart kungi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi.
12. 2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi.
13. 2016-yil 4-dekabrda Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 88,61 % ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylandi.
14. 1990–1994-yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi.
15. 1995–2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi.
16. 2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi
17. Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik palatasida 150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 nafar el-yurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi.
18. 1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
19. 1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi.
O‘zbekistonda Bosh vazir maqomiga teng Vitse-prezidentlik lavozimida Shukrullo Mirsaidov (1990–1992), Bosh vazir lavozimida Abdulhoshim Mutalov (1992–1995), Oʻtkir Sultonov (1995–2003), Shavkat Mirziyoyev (2003–2016)lar faoliyat yuritgan. 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla Aripov Bosh vazir etib tasdiqlangan.
20. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 1993-yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi (yangi tahriri 2003-yil) Qonuni asosida olib boradi.
21. 2003-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» degan ikkinchi qismi olib tashlandi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
23. 2000-yilda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahrirda) sud islohotlarining huquqiy asosidir.
24. O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
25. 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi
26. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) muddatlariga qat’iy aniqlik kiritildi. sudyalik lavozimiga birinchi marotaba tayinlash besh yilga, ikkinchi marotaba – o‘n yil, keyingisida muddatsiz tayinlanish (saylanish) imkoni yaratildi.
27. O‘zbekiston Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi farmoni asosida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi komitetining respublika tasarrufiga o‘tdi
28. O’zbekiston Respublikasi Prezidentininig 1991-yil 6-sentabrdagi farmoniga asosan, Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi.
29. 1993-yildagi qonuniga muvofiq 14-Yanvar - «Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi.

Yüklə 17,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə