O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


-bob. REJALASHTIRISH BOSHQARUV VOSITASI SIFATIDA



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə14/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

4-bob.
REJALASHTIRISH BOSHQARUV VOSITASI SIFATIDA

    1. Rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadlari.

    2. Rejalashtirishning asosiy vazifalari va bosqichlari.

    3. Korxonada rejalashtirishning tarkibiy qismlari.

    4. Qishloq xo’jaligini rejalashtirishda prognozlashning ahamiyati.

    1. Rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadlari

Iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasiga ega bo’lgan jamiyatda rejalashtirish vositasi boshqaruv jarayonida muqarrar yordamchi hisoblanadi.
Ham davlat, ham xususiy tashkilotlar murakkab vaziyatda o’z maqsadlari va o’z faoliyatini rejalashtirishi lozim. Davlat ijtimoiy xavfsizlik, transport, mudofaa, xalqaro munosabatlar sohasidagi rejalashtirish, shuningdek umumiy davlat soliqlarini rejalashtirish bilan shug’ullanadi. Xususiy korxonalarda sotish, ishlab chiqarish, saqlash, ta’minot, investistiyalar va xodimlar rejalashtiriladi. Va, nihoyat uy xo’jaligi darajasida rejalashtirish predmeti sifatida o’z daromadi, iste’mol, mablag’larni tejash, ta’lim, qarilikni ta’minlash, mol-mulk, uy qurish va sayohatni tanlash mumkin.
Rejalashtirish muddati, aniqligi, kiritiladigan tuzatishlar va muvofiqlashuv darajasiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Quyidagi belgilar umumiy hisoblanadi:

  • tartibga solingan jarayon,

  • axborotga ishlov berish,

  • loyihani ishlab chiqish,

  • muayyan maqsadlarga erishishga yo’naltirilganlik,

  • kelajakka nisbatan munosabat.

Rejalashtirishning oliy maqsadi korxonaning maqsadlariga erishishning amaliy vositasi bo’lish, ya’ni mablag’lar, muqobil variantlar, shuningdek maqsadlarga erishish imkoniyatlari va xatarlarini o’z vaqtida aniqlash va tegishli tadbirlarni tanlashdan iborat.
Ushbu asosiy maqsaddan rejalashtirishning qator alohida maqsadlari kelib chiqadi. Rejalashtirishning quyidagi maqsadlari ajratiladi:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə