O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə8/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Kursning mazmuni davlat darajasida ham, tarmoq, korxona darajasida ham indikativ rejalashtirish jarayonining nazariy-amaliy masalalarini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy oldindan ko’ra bilish tabiati, ko’rsatkichlar va parametrlar tasnifi, mutaxassislarning prognozlashtirish va rejalashtirish masalalari bo’yicha fikrlari va qarashlari, xorijiy mamlakatlarning ushbu sohadagi tajribasi, faoliyatning turli sohalarini iqtisodiy jihatdan asoslash, shu jumladan rivojlanish strategiyalarini tanlashga nisbatan tavsiya etilayotgan yondashuvlar, tanlangan qarorlarining iqtisodiy samarasini aniqlash, reja tarkibi, mamlakatda rejali ishni takomillashtirish vazifalari bularning barchasi va qator boshqa masalalar o’rganilayotgan fanning mazmunini tashkil qiladi. Mazkur kursni bilish bo’lajak mutaxassisga tanlangan xo’jalik yuritish maqsadlari, ko’zlangan natijalarga erishish, faoliyat ko’rsatishning iqtisodiy muammolarini hal etish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur
bo’lgan harakatlarni malakali asoslash imkonini beradi.
Kursning metodologik asosini dialektika tashkil etadi. Aynan dialektika, ko’plab ilmiy fanlarning metodologiyasi bo’lgani holda, mutaxassisga turmush, jamiyat va tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimni beradi. Xo’jalik yuritish muhitini tushunishni belgilab beruvchi uning kategoriyalari hayot faoliyati unsurlarining tutashish nuqtalarini aniqlash, ularda bir lahzali va tasodifiy holatlarni olib tashlab, obyektiv va alohida holatlarni ko’rish imkonini beradi.
Dialektika kategoriyalari va qonunlari iqtisodiy hodisalar tadqiqotlari qoidalari va usullarini tushunishga yordam beradi. Shunday qilib, iqtisodiy tahlil istalgan rejalashtirish jarayonining majburiy qismi hisoblanib, u nihoyasiga etgach, alohida hisob-kitoblarning o’zaro ta’siri va to’ldirishini tekshirish orqali ularni sintez qilish zarur. Bunda fanlarni bilish dialektikasi namoyon bo’ladi.
Indikativ rejalashtirishning zamonaviy amaliyoti davlatning o’tmishdagi ko’rsatmali rejalashtirishini tubdan qayta anglab etadi. Biroq, bir necha yildan so’ng rejalashtirish darajasiga nisbatan yangi talablar rejalashtirish nazariyasining ko’plab hozirgi talqinlaridan voz kechishga majbur qiladi. Mana shunda ham kursni o’rganish dialektikasi har qanday ilmiy fan rivojlanishining qonuniy jarayoni hisoblanadi, chunki yangidan jamg’arilgan tajriba, odatda, vaqt o’tishi bilan ilgarigi yondashuvlarning maqsadga muvofiqligini inkor qiladi, ularning faoliyat yuritishning yangi sharoitlariga xos bo’lgan sifat jihatdan yangi tarkibini belgilab beradi.
Insonni, ayniqsa, muayyan korxona sharoitlari nuqtai nazaridan rejalashtirish sohasidagi iqtisodiy hisob-kitoblarni malakali tarzda bajarishga o’rgatish qiyin. Lekin uni ilmiy oldindan ko’ra bilish metodologiyasi bo’yicha bilimlar tizimiga, pirovardida esa, - u fikrlash xilidagi tafakkur bilan birgalikda malakali prognozlar va rejalarni amalga oshirishga ko’maklashuvchi iqtisodiy tafakkurga o’rgatish mumkin. Bu mutaxassisning iqtisodiyot sohasidagi kelgusi bilimlarining garovidir.

    1. Bozor xo’jaligini davlat yo’li bilan tartibga solish—
      indikativ rejalashtirishning obyekti sifatida


Iqtisodiy mustaqillikning mustahkamlanishi bilan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish zarurati yanada qat’iylashdi. Yangi sharoitda davlatning tartibga soluvchi roli iqtisodiyotni rivojlantirishning
qonunchilik va huquqiy asoslarini yaratish, faol sanoat, tashqi iqtisodiy, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish hamda hayotni ta’minlovchi muhim tizimlar infratuzilma, fan-texnika sohasi, fuqarolar xavfsizligini to’g’ridan-to’g’ri davlat yo’li bilan boshqarishdan iborat. Rivojlangan mamlakatlarda indikativ rejalashtirish iqtisodiyotni tartibga solishning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar, aholi va boshqaruv organlarining ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va hududni rivojlantirishdagi boshqa muammolarni hal etish yuzasidan o’zaro munosabatlari iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish jarayonining asosiy mazmunini tashkil etadi. Xo’jalik yurituvchi subyektlar, aholi va boshqaruv organlari o’rtasida o’zaro munosabatlar jarayonida yuzaga keladigan va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga yo’naltirilgan o’zaro bog’liq muammolar majmui ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish predmeti hisoblanadi.
Davlat jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish choralarini ko’radi. Davlat miqyosida raqobat, talab va taklifni shakllantirish bilan bog’liq va ayrim boshqa hodisalarning istiqbollari prognoz qilinadi. Bu ularning haqiqiy mazmunini buzib ko’rsatish ehtimoli tufayli iqtisodiyotga davlatning to’g’ridan to’g’ri aralashuvi ko’ngilsiz bo’lgan holat. Biroq mamlakatda hamma vaqt davlat ularni stixiyali bozor ta’siriga tashlab qo’ya olmaydigan qator faoliyat sohalari mavjud bo’ladi. Bunday sohalar jumlasiga milliy mudofaa, huquq-tartibot, ilmiy tadqiqotlar, ta’lim, shuningdek ayrim energetika tarmoqlarining faoliyati kiradi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga soluvchi hujjatlar ro’yxati quyidagilarni o’z ichiga oladi: iqtisodiyot va u bilan bog’liq sohalar rivojining prognozlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi, mamlakat, mintaqalar, tarmoqlar va yirik ko’p tarmoqli majmualarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari. Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanish ustidan oqilona rahbarlik qilish uchun indikativ rejani ishlab chiqish zarur. Ishlab chiqiladigan prognoz hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning alohida sohalari o’zgarishini aks ettiruvchi alohida prognozlar, xususan:

  • mamlakatdagi demografik vaziyat;

  • tabiat muhitining holati, shu jumladan tabiiy qazilmalarning aniqlangan zahiralari, er, suv va o’rmon resurslari;

  • fan-texnika yutuqlarining holati va ularni ishlab chiqarishga joriy etish;

  • aholining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabining hajmi va dinamikasi;

  • asosiy ishlab chiqarish omillari: sarmoya, mehnat, investistiyalarni prognoz qilish;

  • xalq xo’jaligi alohida tarmoqlari, hududlar va faoliyatning boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik sohalarining rivojlanishini prognoz qilish.

Hech bir xo’jalik, strategik qaror ehtimoliy oqibatlarning oldindan ko’ra bilmasdan, strategik ustuvor yo’nalishlarni, va ularni amalga oshirishning aniq maqsadga yo’naltirilgan harakatlarini tanlamasdan turib qabul qilinishi va bajarilishi mumkin emas. Buning uchun mamlakat va uni tashkil etuvchi mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirish, strategik va indikativ rejalashtirish, dasturlash kabi sinab ko’rilgan vositalardan foydalaniladi. Bu bilan davlat nafaqat iqtisodiy hayotni umumiy tartibga solish Funksiyasini, balki mamlakatni rivojlantirish istiqbollari va uning jahon xo’ jaligidagi o’rnini hisobga olgan holda tarkibiy siljishlar va innovastion rivojlanishning asosiy yo’nalishlarini belgilab beruvchi o’zining strategik-innovastion Funksiyasini ham bajaradi.
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko’p qirrali, ko’p omilli va ziddiyatli bo’lib, shuning uchun prognozlar va rejalar odatda ehtimoliy o’zgarishlarni baholash uchun ko’p variantlidir. Bu iqtisodiy tizimning rivojlanishidagi o’tish, tanglik bosqichlari sharoitida juda muhim, chunki bunda u beqaror bo’lib qoladi.
Prognozlar davlat organlari uchun, birinchi galda, uzoq muddatli va o’rta muddatli davrlarga mo’ljallangan rivojlanishning ustuvor yo’nalishlar va strategiyalarini asoslash uchun, ya’ni indikativ rejalashtirish uchun zarur. Markazlashgan-rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish rejalashtirishning roli va ahamiyatini tubdan oshirdi. Ilgari asosiy qarorlar ittifoq markazida qabul qilinib, ular fan-texnika taraqqiyotining yig’ma dasturi va ularning 20 yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, 15 yilga mo’ljallangan mamlakatning ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish bosh sxemasi kabi uzoq muddatli prognozlarga asoslanar edi. Endilikda korxonalar, tashkilotlar, banklar, xoldinglar xo’ jalik qarorlarini qabul qiladi va ular oqibatlari uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Sifatli prognozlar uchun talab keskin oshdi. Ular endilikda bozorning barcha agentlariga talab etiladi. Biroq har bir tadbirkor milliy va jahon xo’ jaligidagi o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilishga qodir emas. Davlat organlari va ilmiy tashkilotlarning roli hamda prognozlarning asosliligi va ishonchliligi uchun javobgarligi oshdi.

    1. Indikativ rejalashtirishning mohiyati va uning ijtimoiy- iqtisodiy vaziyatlarni tartibga solishdagi roli

Tadbirkorlar ichida sodir bo’layotgan voqealarni sust kuzatuvchi insonni uchratish qiyin. Istalgan mulkdor o’zining shaxsiy manfaatlarini boshqa insonlar ehtiyojlaridan foydalangan holda amalga oshirishga intiladi. Bu esa faoliyat maqsadlari va ularga erishish bo’yicha sa’y-harakatlarni anglab etishni talab qiladi. Shuning uchun xo’jalik yurituvchi subyekt darajasida prognozlashtirish jarayoni monand ravishda unda hayotning obyektiv shart-sharoitlarini tushunishga tadbirkorlik manfaatlarini aks ettiruvchi subyektiv omillar qo’shimcha qilinadigan rejalashtirish jarayoniga aylanadi. Biznesda subyektiv omillarga rejalar orqali erishiladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə