O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 263,92 Kb.
səhifə14/24
tarix29.11.2023
ölçüsü263,92 Kb.
#141408
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
XORIJIY MAMLAKATLARNING MONOPOL QARSHI SIYOSAT (1)

Nazorat va muhokama uchun savollar:


    1. Hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi qanday kechmoqda?

    2. Rossiya Federatsiyasining monopoliyaga qarshi xizmati qanday ataladi?

    3. Rossiya Federatsiyasining monopoliyaga qarshi qanday qonunchiligi mavjud?

    4. Monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishning qanday usullari bor?
      1. bob. IQTISODIY KONSENTRATSIYA VA UNI TARTIBGA SOLISH


        1. Iqtisodiy konsentratsiyaning mohiyati

        2. Qo‘shib olish va birlashish jarayonlarini tartibga solish

        3. Xorijiy davlatlarda iqtisodiy konsentratsiyani tartibga solish

Korporatsiyalarning muvofaqqiyatli rivojlanishining muhim sharti va bir vaqtning o‘zida ushbu jarayonning natijasi bu ularni umumiylashtirish darajasining doimiy o‘sishi bilan bog‘liq. Mazkur umumiqsodiy qonunning amal qilishi to‘xtovsiz va doim yiriklashib boradigan konsentratsiga va kapitalning markazlashishiga, ishlab chiqarishning monopoliyalashuvga olib keladi.
Hozirda ishlab chiqarishni progressiv rivojlantirish, eng zamonaviy texnologik yutuqlarni qo‘llash uchun resurslarni markazlashtirish kerak bo‘ladi. Bitta korxona bozor segmentini ushlab turish, bozor raqobatiga bardosh berish uchun resurga ham, intellektual kuchga ham ega emas. Bozor segmentini ushlab turishning texnologik darajasi faqat o‘zlarining kuchlari va resurslarini birgalikdagi texnologik majmuada birlashtirgan korxonalar guruhi dorasida saqlanadi.
Jahon iqtisodining rivojlanishi ishlab chiqarish va kapitalning bir davlat milliy chegaralari doirasida markazlashuvi va konsentratsiyasi chegarasidan chiqib, internatsional darajaga chiqishi bilan tavsiflanadi. Aksariyat bozorlar raqobat va monopoliya o‘rtasidagi oraliq holatni egallaydi.
Yirik korxonalar kichiklari oldida hal qiluvchi ustunliklarga ega. Korxona qancha yirik bo‘lsa ishlab chiqarishni yaxshilash imkoniyati ko‘proq bo‘ladi, yangi texnikalarni kiritishi, texnologik yangilanishlarni kiritish imkoniga ega bo‘ladi va shu bilan mahsulot ishlab chiqarishdagi sarf xarajatlarni kamaytiradi.
Yirik korxonalar kichiklariga nisbatan kreditlardan kengroq foydalanishi mumkin. Yirik korxonalar ishlab chiqarish binolarini barpo etish va saqlash, xom ashyo va materiallarni sotib olish va etkazish, tayyor mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq xarajatlarni tejash yo‘li orqali ishlab chiqarishdagi sarf xarajatlarni kamaytirishi mumkin. Erkin raqobatni to‘laqonli xukmronligida amal qiladigan
kapitalizmning iqtisodiy qonunlari natijasi o‘laroq kuchsiz korxonalar tubga sho‘ng‘ib ketadi, yirik o‘yinchilar esa suv yuzasiga qalqib chiqadi.
Hozirgi davrda iqtisodiy rivojlanish kapitalni konsentratsiyalash va markazlashtirishni taqozo qiladi. Kapitalni konsentratsiyalash va markazlashtirish ishlab chiqarishni konsentratsiyalash, yirik korxonalarning o‘rni va ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Yetarli darajada rivojlangan ishlab chiqarishni konsentratsiyasi monopoliyani keltirib chiqaradi. SHunday qilib, monopoliyalarga o‘tish ishlab chiqarishni konsentratsiyalash bilan tayyorlangan, ishlab chiqarishni konsentratsiyalash esa o‘z o‘rnida erkin raqobat asosida rivojlangan.
Konsentratsiya iqtisodiy kategoriya sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’etlarni maqsadli tarzda o‘z bizneslarini kengaytirish va mustahkamlashni namoyon qiladi. U ishlab chiqarishning texnik – tashkiliy sharoitlarini o‘zgarishini natijasi sanaladi va u ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etishni va mulkiy mnuosabatlarni o‘zgarishini namoyon qiladi. Konetsentraatsiya ishlab chiqarish hajmlari(masshtab)ni kengaytirish jarayonlarini obektiv namoyon qiluvchi jarayon hisoblanadi. Keskin raqobat kurashi ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish jarayonlarini texnik-texnologik takomillashtirish, korxonani kengaytirishga majbur qiladi, bu esa ishlab chiqarishning yangi manbalarini jalb qilishni taqozo etadi. Ularning aksariyati esa yirik ishlab chiqarishda samaradorlikka erishadi.
Iqtisodiy konsentratsiya uzoq yillardan mavjud hisoblanadi. Lekin bu boradagi eng katta o‘zgarishlar 90 yillarnin 1- yarmidan 2000- yillarning o‘rtalarigacha kuzatilgan. Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy konsentratsiya jarayonlarini rivojlanishiga quyidagi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazgan:

  • fan – texnika taraqqiyoti, AKT jadallik bilan rivojlanishi, NIOKR xarajatlari va tavakkalchiligini ortishi;

  • global iqtisodiy makon tashkil qilinishi jarayoni, raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun samarli strategiyalar ishlab chiqish zarurligi;

  • xalqaro iqtisodiy munosabatlarni liberallashuvi.

Bu bosqichda jahon iqtisodiyotida konsentratsiya kelishuvlari ham son ham summa bo‘icha oshib bordi (bir davlat ichidagi kompaniyalar o‘rtasida yoki alohida
joylashgan davlatlar o‘rtasida). YUNKTAD mahlumotlariga ko‘ra xalqaro qo‘shib olish va birlashuvlarning umumiy qiymati 1994- y. 127 mlrd. AQSH doll. tashkil etgan bo‘lsa , 2000- yil 9- braobarga ortib 1144 mlrd AQSH doll. ga etgan. Mega kelishuvlar (1mlrd. doll. ortiq) soni 1994- y. 24 (51 mlrd. AQSH doll.) dan 2000- y. 175 (866 mlrd. AQSH doll)ga ortgan. Bu jarayonda eng katta hissa AQSH TNK, keyin Buyuk Britanii, Fransiya va Germaniya hissasiga to‘g‘ri keladi (90%). 2007 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi dunyo bo‘yicha tarixiy rekord 2 trln. AQSH doll.ni tashkil qildi. Ularning 43 foizi rivojlanayotgan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi (Xitoy, Rossiya). 2007- yildan keyin qo‘shib olish va birlashshi jarayonlari kamayib bordi. MDH davlatlariga bu holat 2008- yillar oxiri va 2009- yillarning boishda sezilarli bo‘ldi. Bunga sabab jahon fond birjalaridagi holat va korporativ daromadni kamayib ketishi hisoblanadi. Masalan 2008- yilda tog‘ – kon sanoatida avvaldan belgilangan qo‘shib olish va birlashish jarayotnlarining atigi 55 foizi amalga oshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi 2012- yil 6- yanvardagi
№ ZRU-319- sonli Qonuniga asosan iqtisodiy konsentratsiya – xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa xarakatlarni sodir etish hisoblanadi (4-m. 3-q.).
Iqtisodiy konsentratsiya ostida avvalam bor tijorat tashkilotlarni muyayan shartlarda tashkil etilishi va qayta tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan bitmlar, muyayan shartlarda aksiyalar va ulushlar (aktvilarning miqdori, sotilgan tovardan foyda va h.k.) bilan bog‘liq bitmlar va raqobatning holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ayrim boshqa bitmlar.
Iqtisodiy konsentratsiyaning dastaklari (instrument) qo‘shib olish va birlashish hisoblanadi. Birlashish deganda yuridik shaxs - kompaniyalar aksiyalarini nazorat paketi, ulushi sotib olish, aktivlarini va mol – mulkini birlashtirish orqali uni ustidan nazorat o‘rnatishga aytiladi.
Qo‘shib olish va birlashish (angl. mergers and acquisitions, M&A) — biznesni va kapitalni kengaytrirish maqsadidagi makro va mikroiqtisodiyot darajasidagi
iqtisodiy jarayon hisoblanadi, buning natijasida bozorda yirik kompaniyalar paydo bo‘ladi.
Birlashish — bu ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subektlarni birlashishi natijasida yagona iqtisodiy birlikni kelib chiqishidir. Birlashish - bu shunday jarayonki unda kompaniyalar mustaqil yuridik shaxs yoki soliq to‘lovchi maqomini yo‘qotadi. Birlashish natijasida tuzilgan kompaniya barcha aktivlarni boshqarish va birlashmaga qo‘shilgan kompaniya majburiyatlari ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oladi. Aktivlarni birlashishi – kompaniyalar birlashishi jarayoni, kompaniya egalari o‘z aktivlarini yangi birlashmaga nizom jamg‘armasiga ulush sifatida kiritadi va ular ustidan nazoratni yangi kompaniyaga topshiradi, kompaniya faoliyati va tashkiliy – huquqiy shakli saqlanib qoladi.
Birlashish kompaniyalar birlashmasi bo‘lib unda birlashayotgan kompaniyalardan biri o‘z faoliyatini davom ettiradi, boshqalari esa o‘z mustaqilligini yo‘qotadi va yuridik shaxs sifatidagi faoliyatini to‘xtatadi. Bosh kompaniyaga birlashtirlgan kompaniyaning barcha huquq va majburiyatlari beriladi.
Qo‘shib olish — qo‘shib olinayotgan kompaniyaning nizom jamg‘armasining 30 foizdan ortiq ulushni sotib olish yo‘li bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustidan nazoratni o‘rnatish bo‘yicha kelishuv hisoblanadi. Qo‘shib olish biznesni sotib olish kelishuvi, bunda qo‘shib oluvchi kompaniya o‘ziga boshqa kompaniyani qo‘shib oladi yoki aksiyalarning nazorat paketini qo‘lga kiritish bilan cheklanadi va qo‘shib olingan kompaniya sho‘‘ba korxonasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Qo‘shib olishda nazorat bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tadi. Ba’zi holatlarda esa nazorat bilan birga qo‘shib olingan kompaniya boshqaruvchilari ham o‘zgartiriladi. Qo‘shib yuborishni nazorat qilishdan asosiy maqsad qo‘shib yuborish natijasida ustun mavqe yuzaga kelishi yoki rivojlanishi mumkin. Bu tufayli esa iste’molchilar sog‘lom raqobat natijasida erishiladigan ko‘plab yutuqlardan mahrum bo‘lishlari mumkin, xususan, past narxlar, mahsulotning yuqori sifati, tovarlar va xizmatlarning keng tanlovi va innovatsiyalar. Qo‘shib yuborish natijasida esa kompaniya tegishli bozordagi narxni muvofiqlashtirishi va oshirishi mumkin
Birlashish bilan qo‘shib olish o‘rtasidagi farq to‘g‘risida fikr yuritilganda birlashish bir xil hajmdagi kompaniyalar orasida amalga oshiriladi. Lekin ikkita bir xil kompaniya bo‘lmaydi, shuning uchun ayrim iqtisodchilar birlashish va qo‘shib olish orasidagi farqni quyidagicha baholaydi: birlashishda ikki kompaniya birlashadi va menedjerlar bir birini o‘rnini to‘ldiradi, qo‘shib olishda esa ulardan biri ustun mavqega ega bo‘ladi.
Kompaniyalarni birlashishi va qo‘shib olish jarayonlarni amlaga oshirishda quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

  • iqtisodiy o‘sishga intilish;

  • ishlab chiqarish hajmini oshirish — bunda ikki yoki bir necha kompaniya aktivlari birlashganda umumiy natija ularni alohida faoliyat ko‘rsatgandagidan samarali bo‘ladi (ishlab chiqarish hajmi ortishi);

  • diversifikatsiya;

  • menedjerlarni shaxsiy motivlari;

  • boshqaruv sifatini oshirishi (samarali boshqaruvga erishish);

  • monopoliya erishishga intilish;

  • qisqa vaqt davomida optimistik moliyaviy natijalarni ko‘rsatish. Iqtisodiy konsentratsiyaning quyidagi turlari alohida ko‘rsatiladi:

  • Gorizontal birlashish – bu bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar ikki yoki undan ortiq kompaniyani birlashishi. Uning maqsadi: raqobatbardoshlikni oshirish va boshqalar;

  • Vertikal birlashish – bir kompaniya ikkinchisiga mahsulot(xomashyo) yetkazib beruvchi sanaladi. Maqsad: mahsulot tannarxini kamaytirish, rentabellikni oshirish.

Vertikal konsentratsiyaning maqsadi bozorda salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ishtirokchilari tomonidan bozorga boshqa subyektlarning kirishiga to‘sqinliklar yaratish bo‘lishi mumkin, chunki boshqa subyektlar ishtiroki ularga bozorda o‘z mavqeidan foydalangan xolda katta miqdorida foyda olishlariga to‘sqinlik qilishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib vertikal konsentratsiya mavjud bozorlarga raqobat munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ayniqsa
bozorga kirish uchun to‘siqlar yaratadi. Ushbu xavfga qarshi kurashish, ko‘rsatilgan salbiy oqibatlarga qarshi kurashish monopoliyaga qarshi kurashish organ raqobatga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan, vertikal iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan qonunchilikning maqsadini tashkil qiladi.
Parallel birlashish – bir biriga bog‘liq tovarlar ishlab chiqaruvchilarni birlashishi. Masalan kompyuter i/ch kompaniya bilan uni ma’lum qismlarini ishlab chiqauvchi kompaniyani birlashishi Afzalligi: i/ch xarajatlarini optimallashtirish, yangi kompaniya rentabelligini oshirish.
Konglomerat birlashuv – ishlab chiqarish va sotish faoliyati bir biri bilan bog‘liq bo‘lmagan, (raqaobtchi, iste’molchi, yetkazib beruvchi emas) bir tarmoqda faoliyat ko‘rsatmaydigan kompaniyalarning birlashuvi hisoblanadi. Ushbu konsentratsiya gorizontal va vertikal turdagi konsentratsiya bilan qamrab olimagan barcha boshqa hollarni o‘z ichiga oladi. Bu konsentratsiya ishtirokchilari:

  1. o‘zaro shartnomaviy xo‘jalik munosabatlarida bo‘lishmaydi;

  2. bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, lekin geografik joylashuvi nuqta’iy nazaridan raqobatchi bo‘la olmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlari hisoblanadi;

v) mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki sotish bilan funksional bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik subyekti hisoblanadi.
Iqtisodiy konsentratsiya turli hil ko‘rinishlarni farqlab olish nafaqat nazariy, balki ko‘proq amaliy jixatdan muhimdir, chunki ular o‘rtasidagi sezilarli farq ularni monopoliyaga qarshi kurashish organlari tomonidan faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish yoki rad qilish masalasini hal qilishda har xil yondashuv asosida bo‘lishi kerak. Raqobatga eng katta xavfni gorizontal konsentratsiya to‘g‘diradi, chunki u xo‘jalik subyekti maqomini bozorda kuchaytirishga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun ko‘p davlatlarning qonunchiligi birinchi navbatda ushbu ko‘rinishdagi konsentratsiyani tartibga soladi.
Bozorda ushbu bitmlar va holat xarakati natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘ziga xos shartlar va sharoitlar mavjudligi, o‘zining salmoqli mavqeini
suiste’mol qilishi, shuningdek, bunday suiste’molchilikni paydo bo‘lishini oldini olish.
Bozorda xo‘jalik yurituvchi subyektning (shaxslar guruhi) salmoqli o‘rnini vujudga kelishi yoki kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, agarda bu borada raqobatni cheklashga va bartaraf qilishga olib kelishi mumkin bo‘lsa.
Monopoliyaga qarshi kurashish nazorati dastlabki va kelgusi shakllarda bo‘lishi mumkin. Monopoliyaga qarshi kurashish nazorati qo‘shib yuborilgunga, qo‘shib olishga, tashkil etishga, bitm tuzishga yoki davlat nazorati obyekti hisoblangan boshqa xarakat sodir etishga qadar amalga oshiriladi va monopoliyaga qarshi kurashish organlari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq iltimosnomada ko‘rsatilgan xarakatlarni bajarishga ruxsat berish haqidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ladi. Bu holatda monopoliyaga qarshi kurashish organ ruxsati mavjudligi iltimosnomada ko‘rsatilgan xarakatlarni amalga oshirishning zarur sharti hisoblanadi, bu esa davlat nazoratidagi xarakatlarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi tartib o‘rnatilganligini anglatadi.
Kelgusi nazorat monopoliyaga qarshi kurashish organ tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan sodir etilgan faktlar to‘g‘risida xabarnomalarni ko‘rib chiqishdan iborat.
Kapitalning konsentratsiyasi yirik korxonalarning ahamiyati va roli va markazlashtirilishi ishlab chiqarish konsentratsiyasi bilan uzviy bog‘liq.
Ishlab chiqarish konsentratsiyasi rivojlanishning yuqori pog‘onasiga etishi natijasida monopoliya vujudga keladi. Shu tariqa, monopoliyaga ishlab chiqarish konsentratsiyasi orqali o‘tilgan, ishlab chiqarish konsentratsiyasi esa, erkin raqobat asosida rivojlangan.
Ishlab chiqarish konsentratsiyasi ayrim hollarda birlashtirish bilan bog‘liq bo‘lib, odatda bir korxonada xar xil yoki aralashgan ishlab chiqarish sohalari mujassamlashgan bo‘ladi. Turli xil ishlab chiqarish sohalarini birlashtirish yirik ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiradi. Dastavval, birlashtirish ishlab chiqarishni arzonlashtiradi, xom-ashyodan foydalanishning ratsional va komkleks imkoniyatlarini oshiradi, jihozlardan yanada yaxshiroq foydalanish imkoniyatlarini
beradi. Keyinchaliq, birlashtirish ishlab chiqaruvchi korxonalarini savdogarlar va xom-ashyo egalarining daromadlaribilan bog‘liq muammolardan xalos etadi. Va nihoyat, korxonani birlashtirish bir turdagi mahsulotlardan olingan daromadlar bilan boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni qoplash imkoniyatiga ega. Bu esa, ularga raqobatbardoshlikni ta’minlaydi.
Birlashtirish bilan bir qatorda, ishlab chiqarish va konsentratsiya shakli zamonaviy kapitalizm sharoitida diversifikatsiyani hosil qiladi.
Diversifikatsiya (lot. –diversificatio –o‘zgartirish, xar hillik) –bu xo‘jalik faoliyatini yangi sohalarga yoyish, kengaytirish demakdir (ishlab chiqarish mahsulotlari assortimenti, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi, faoliyatning geografik sohalari va hokazolarga yoyish, kengaytirish.). Tor ma’noda, diversifikatsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar yoki ularning asosiy vazifalaridan mustaqil ravishda korxonalarning tarmoqlashuvidir. Diversifikatsiya natijasida korxona ko‘p tarmoqli murakkab kompleksga aylanib boradi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda diversifikatsiya AQSH, shuningdek Angliya, G‘arbiy Germaniya va boshqa kapitalistik davlatlarda keng quloch yozdi.
Diversifikatsiya natijasida korxona nafaqat aralash turdagi, balki boshqa mahsulotlarning alohida turlarini ishlab chiqaradi. Mahsulotlarning detallari yoki qismlarini ishlab chiqaruvchi korxona, alohida tayyor mahsulotlar uchun detallar ishlab chiqarishga o‘tadi.
Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasini ko‘paytiradi. Bozor talabining muallaq bo‘lmagan shartlarida diversifikatsiya bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishdan boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tishga imkon yaratadi. Bu esa diversifikatsiyaning asosiy xususiyati-ya’ni har xillikdan ta’sirchanlikka o‘tishga olib keladi.
Bunday ta’sirchanlikdan ko‘zlangan maqsad, mahsulotlarning bir qancha turini bitta korxonada ishlab chiqarish, katta bo‘lmagan ixtisoslashgan korxonalarda ishlab chiqarishdan ko‘ra afzalroq sanaladi.
Monopoliyaga qarshi siyosat qonunchilikka asoslanib, raqobatni himoya qilishning muhim elementi bo‘lib hisoblanadi. U bevosita va operativ xatti-harakatlar
tarzidagi raqobatga xavf soluvchi tahdidlarni bartaraf qiladi, shuningdek, ularni paydo bo‘lishini oldini oladi.
Monopoliyaga qarshi chora – tadbirlar – davlat tomonidan ta’minlanadigan iqtisodiy, ma’muriy va qonuniy choralar yig‘indisi bo‘lib, bozor raqobatini ta’minlash va bozor raqobatining normal mexanizmiga xavf soluvchi tahdidlarni oldini olish vositalari kompleksi hisoblanadi. Antimonopol rejim konsentratsiya darajasini tartibga solish va ishlab chiqarishni monopolizatsiya qilish, korxonalarning strategiyalari va yo‘nalishlari, tashqi iqtisodiy faoliyat, narx va soliq bilan bog‘liq tartibotni o‘z ichiga oladi.
Davlatning monopoliyaga qarshi siyosatidan iborat ta’sir choralari kompleksiga asosan, raqobat bozorida yuqori moddiy holatdagi fuqarolarning erkin tarzda tovarlarolish va xizmatlardan foydalanishni taqozo qiluvchi umumiy konseptual vakillik o‘rnatilgan. Shuningdek hisobga olish lozimki, agar shu tariqa amalga oshiriladigan barcha shartnomalar narx bo‘yicha tuziladigan bo‘lsa, jamiyat raqobat taraflarining narxlarni ko‘tarish yoki pasaytirishga qaraganda ko‘proq moddiy afzalliklarga ega bo‘ladi. Raqobat bozori shu tariqa, umumiy ishlab chiqarishni universal tartibga soluvchi sifatida maydonga chiqadi. Shu o‘rinda, tovar va xizmatlar bozorida qancha miqdorda nima ishlab chiqarishni iste’molchining o‘zi hal qilishi bilan bog‘liq savol tug‘iladi.
Antimonopol qonunchilikning qayta ko‘rib chiqilishi va qabul qilinishi-davlat iqtisodiy siyosatining eng asosiy moddalaridan hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda bu qonunchilikning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bozor mexanizmi kabi oligopoliyani himoya qilishga olib keladi. Monopoliyaga qarshi kurashning ikki xil shakli mavjud bo‘lib, ular:

  • monopoliyani vujudga kelishini ogohlantirish;

  • monopol hokimiyatdan foydalanishni qisqartirish.

Iqtisodiyotda monopolizatsiyaga qarshi kurash ishlab-chiqarish-savdo faoliyatida firmalarning yiriklashib ketishi, qayta tashkil etilishi yoki bo‘linishini ta’qiqlash orqali ham amalga oshiriladi. Turli xil davlatlarning xar xil
antimonopolistik qonunchiligiga qaramasdan, u umumiy maqsadlar va xususiyatlarga ega. Bularga:

  • raqobatni rivojlantirish;

  • bozorda asosiy o‘rin egallagan firmalarning faoliyatini nazorat qilish;

  • iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish;

  • kichik va o‘rta biznes shakllanishiga sharoit yaratish.

Bozorlarni hududiy bo‘lib olish, raqobatchilarga chora qo‘llash, sotib oluvchini muayyan manbalarga biriktirib qo‘yish, narxlar va chegirmalarni o‘zaro kelishgan holda belgilash, taklif xarakteridan kelib chiqib manipulyasiya maqsadida ishlab chiqarish kvotalarini belgilash, raqobatchi firmalarning yagona direktorlarini tayinlash subyektlarning noqonuniy xatti-harakatlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunida iqtisodiy konsentratsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga talablar qo‘yilgan. Ularga taaluqlilari-tender savdolariga, birja savdolariga, xo‘jalik subyektlarini tashkil qilish, tugatish, qo‘shib olishga, aksiyalarga va boshqa mulkiy huquqlarga egalik qilishga nisbatan antimonopol talablardir.
Qolaversa, qonunda ba’zi faoliyat turlari uchun Raqobatga qarshi kurash qo‘mitasidan ruxsat olish tartiblari mustahkamlangan. Qonunning 18-moddasiga ko‘ra, Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar monopoliyaga qarshi organga:
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunida iqtisodiy konsentratsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga talablar qo‘yilgan. Ularga taaluqlilari-tender savdolariga, birja savdolariga, xo‘jalik subyektlarini tashkil qilish, tugatish, qo‘shib olishga, aksiyalarga va boshqa mulkiy huquqlarga egalik qilishga nisbatan antimonopol talablardir.
Qolaversa, qonunda ba’zi faoliyat turlari uchun Raqobatga qarshi kurash qo‘mitasidan ruxsat olish tartiblari mustahkamlangan. Qonunning 18-moddasiga
ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar monopoliyaga qarshi organga:

  • taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda ularda bayon etilgan axborotning ishonchsizligi yoki yolg‘onligi aniqlansa, arizachiga oldindan rozilik berishni rad etishga haqli;

  • monopoliyaga qarshi organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berishga va buni raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablarni bajarishga bog‘liq qilib qo‘yishga haqli.

Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olish bo‘yicha bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi kerak. Mazkur harakatlarning sodir etilishi (bitimlar tuzilishi) tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqei yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda, bu harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar monopoliyaga qarshi organning talabiga ko‘ra raqobatning zarur shart-sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqei yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi, noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) hamda boshqa mulkiy huquqlarni olish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy
shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz sodir etilgan, tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqei yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan harakatlar (tuzilgan bitimlar) sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qonun shuningdek, jismoniy shaxslarning xo‘jalik subyektlari boshqaruv organlaridagi ishtirokini (19-modda) mustahkamlaydi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxs tovar yoki moliya bozoridagi aktivlarining jami balans qiymati oxirgi hisobot davrining so‘nggi holatiga ko‘ra eng kam ish haqining yuz ming baravaridan ortiq bo‘lgan yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan jami tushumi eng kam ish haqining yuz ming baravaridan ortiq bo‘lgan yoxud xo‘jalik yurituvchi subyektlardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektning ijro etuvchi organlarida yoki kuzatuv kengashlarida ishtirok etgan taqdirda, mazkur jismoniy shaxs ijro etuvchi organlarga yoki kuzatuv kengashlariga tayinlanganidan yoxud saylanganidan keyin o‘n besh kalendar kun ichida monopoliyaga qarshi organni bu haqida xabardor qilishi kerak. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar shu muddat davomida monopoliyaga qarshi organga joriy yildagi davrda va jismoniy shaxs ularning ijro etuvchi organi yoki kuzatuv kengashi tarkibiga tayinlangan yoxud saylangan yildan oldingi yilda ishlab chiqarilgan hamda realizatsiya qilingan tovarlarning turlari va hajmlari to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Agar monopoliyaga qarshi organ ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda jismoniy shaxsning xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ijro etuvchi organlaridagi yoki kuzatuv kengashlaridagi ishtiroki raqobatni cheklayotganligini aniqlasa, u holda monopoliyaga qarshi organ raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish masalalari ham qonunda o‘z ifodasini topgan. Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish yuzasidan ilgari qo‘llanilgan choralar samarasiz bo‘lgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish haqidagi da’vo bilan sudga murojaat etadi, bo‘lish yoki ajratib chiqarish xo‘jalik yurituvchi subyekt negizida ikki yoxud bir nechta alohida xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish quyidagi shartlarning barchasi jam bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin:

  • bo‘linayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqish imkoniyati mavjud bo‘lganda;

-uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro uzviy texnologik bog‘lanish mavjud bo‘lmaganda;

  • bo‘lish yoki ajratib chiqarish natijasida tashkil topgan tarkibiy bo‘linmalarning tovar yoki moliya bozorida mustaqil faoliyat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda.




Yüklə 263,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə